9.2. Xotira regixtri
Parallel qabul qiluvchi va axborot uzatuvchi registr xotira registri deb ataladi. Xotira registri elementi sifatida bir fazali kirish signalli (11.14-rasm) sinxron D-triggerlar yoki parafazali kirish signalli R--triggerlar qo‘llaniladi.
9.3. Siljixh regixtrlari
Ketma-ket qabul qiluvchi yoki axborotni uzatuvchi registrlar siljish registrlari deb ataladi. O‘ngga siljituvchi registrda X1 birinchi razryad son kiritish bilan, oxirgi chap tomonidagining kirish qismiga berilib, -n registr razryadli va unga birinchi C sinxronlashtiruvchi signal kelganida, amalga oshiriladi. Keyingi signal kelishi bilan X1 sinxronizatsiya qiymati -n chiqish razryadidan -n-1 razryadiga kiritiladi, -n razryadiga esa X2 uzatiladi. Har bir traktda kelayotgan axborotni bir razryadga o‘ngga siljishi sodir bo‘ladi.
-ignallarning n sinxronizatsiyasida hamma registrlar X razryad soni bilan to‘ladi va birinchi razryad soni X1, S1 chiqish qismida paydo bo‘ladi. Agarda n signallar sinxronizatsiyasi -n kirish razryadiga X=0 uzatilsa, unda registrda X son -1 chiqishdan chiqadi va oqibatda registrning chiqish qismi X sonini saqlab turishdan ozod bo‘ladi. -iljish registrlari D- triggerlarda (11.16- rasm) yoki R-- triggerlarda (11.17-rasm) amalga oshiriladi. Oxirgi sxemada axborotni kiritish uchun birinchi razryadga invertor sxemasi ulanadi.
Registrda axborotni parallel chiqarib olish uchun siljish registrining hamma chiqish razryad qismlari turli qutblarga -n,
-n-1, ..., -1 ulanadi. -iljish registrini hosil qilishda C kirish qismi bo‘yicha dinamik boshqariladigan triggerlardan foydalaniladi. Bunday triggerlarning qo‘llanishi siljish registrining me'yorda ishlashini
ta'minlaydi. 11.18-rasmda dinamik boshqariladigan chapga siljish registri D- triggerli sxemasi tasvirlangan.
-iljish sxemasini o‘ngga va chapga kombinatsiyalab hamda boshqarish signalidan foydalanib, siljish registrini ikkala yo‘nalishda ham qurish mumkin. Bunday registr (11.19-rasm) reversiv deb ataladi. Boshqaruvchi V1 kirish qismiga beruvchi signal berilsa, siljish sxemasi o‘ng tomonga ulanadi. Reversiv registr bu holda o‘ngga siljish registriga aylanadi. Boshqa-ruvchi kirish V2 qismiga beruvchi signal berilsa, siljish sxemasi chap tomonga ulanadi. Reversiv registr bu holda chapga siljish registriga aylanadi. Chapga va o‘ngga siljish registrlarida ikkilik kodi razryadlari registr razryadi chegarasidan ortadi. Agarda chetki o‘ng razryad registrini chekka chap razryad kirish qismi bilan ulansa, bunda halqasimon (siklik) siljish registrini hosil qilinadi. Reversiv registrlardan „stekli“ registrlarni hosil qilish uchun foydalanish mumkin. Bu holda umumiy kirish va chiqishga ega bo‘ladi. Bunday registrlar „birinchisi kirdi-oxirgisi chiqdi“ tamoyilida ishlaydi. -tekli registrlarni magazin tipidagi registrlar ham deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |