9-mavzu. Portret janrida tasviriy san’at asarlarini ishlashning spetsifek xususiyatlari



Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/11
Sana11.02.2022
Hajmi1,17 Mb.
#444451
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-MARUZA



9-mavzu.
Portret janrida tasviriy san’at asarlarini ishlashning spetsifek 
xususiyatlari 
(Fayum portretlari Leanordo da 
Vinchi,A.Volkov,R.Axmedov,R.Santi,Titsian Vechillo,V.Serov,Y.Salpinкidi)
 
Leonardo da Vinchi hayoti va ijodi 
Reja: 
I.
 
 Kirish 
II.
 
Asosiy qism
1.
Leonardo da Vinchi – buyuk olim, injener va rassom. 
2.
Leonardo da Vinchi hayot yo‘li 
3.
Leonardo da Vinchining insoniyat tarixiga kiritgan 
yutuqlari. 
Xulosa 
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 
 


Kirish 
San‘at juda qadim zamonlarda, mehnat jarayonining taraqqiyoti natijasida 
paydo bo‘ldi. Mehnat jarayonida inson tafakkuri kamol topdi, go‘zallik hissi ortdi, 
voqelikdagi go‘zallik, qulaylik va foydalilik tushunchalari kengaydi. Sinfiy jamiyat 
vujudga kelishi bilan esa ijtimoiy taraqqiyotda katta o‘zgarishlar sodir bo‘ldi; aqliy 
mehnat jismoniy mehnatdan ajralib chiqa boshladi. Bu esa fan va san‘at rivojida 
muhim ahamiyat kasb etdi. Professional san‘at va san‘atkorlar shu davrda paydo 
bo‘ldi. San‘at esa o‘zining o‘ziga xos xususiyatini, sinfiyligini namoyon etib
hukmron sinfning ideologiyasini targ‘ib etuvchi kuchli g‘oyaviy qurolga aylandi. 
Lekin shunga qaramay, omma orasidan etishib chiqqan iste‘dodli ijodkorlar 
mehnatkash xalq ommasining orzu-istaklarini, ularning go‘zallik va xudbinlik, 
oliyjanoblik va insonparvarlik haqidagi tushunchalarini ifoda etuvchi asarlar 
yaratdilar. Xalqning turmushi, hulq va odatlari, yutuq va mag‘lubiyatlari ularning 
asarlarida o‘z ifodasini topdi. Har bir davrda mavjud bo‘lgan ana shunday san‘at 
hayot go‘zalliklarini tasvirlab, odamlarda yuksak xislat va fazilatlarni kamol 
toptirdi, ularni tenglik, ozodlik, birodarlik, yorqin kelajakka intilishga da‘vat etdi.
Haqiqatdan ham insoniyat yaratib qoldirgan madaniy qadriyatlar oddiy 
boyliklar bo‘lib qolmay, balki o‘zida inson aql-zakovati, hayot to‘g‘risidagi 
fikro‘ylarini aks ettiruvchi ko‘zgu hamdir. Jahon san‘ati tarixini o‘rgatish, uning 
taraqqiyot qonunlarini tushunish, nodir yodgorliklar bilan tanishish, o‘tmish 
odamlarning 
his-tuyg‘u, 
hayotiy tajribalarini o‘rganish g‘oyaviy-istetik 
qarashlarning shakllanishini bilish demakdir. Bu so‘zsiz, kishilarda hayotiy 
tajribalarning boyishiga, hayotga yanada keng va atroflicha yondoshishga yordam 
beradi.
XV—XVI asrlarda o‘z taraqqiyotini boshidan kechirgan bu yangi madaniyat 
tarixda «Uyg‘onish» deb nom oldi. Bu iborani italiyalik rassom va san‘atshunos 
Jorj Vazari Italiyada san‘at uzoq o‘rta asrdan so‘ng yana qaytadan «uyg‘onganligi» 
sababli ishlatgan va asosan, rassom Jotto ijodiga nisbatan qo‘llangan edi. 
Keyinchalik esa bu ibora keng mazmun kasb etib, Italiyada, so‘ngra Evropaning 


boshqa mamlakatlarida vujudga kelgan, feodalizm asridan farq qiladigan san‘atni 
ta‘riflash uchun qo‘llanila boshlandi. 
Uyg‘onish davri madaniyati va san‘ati o‘z xususiyati va mohiyatini Italiyada 
to‘liq namoyon etib, qator taraqqiyot bosqichlarini boshidan kechirdi. Bular, 
asosan, quyidagilardan iborat: 
1. Uyg‘onish arafasi davri - protorenessans (XIII—XIV asrlar). 
2. Ilk Uyg‘onish davri—kvatrachento (XV asr) 
3. Yuqori Uyg‘onish davri (XV asrning 90-yillari—XVI asrning 20—30-
yillari).
4. So‘nggi Uyg‘onish davri (XVI asrning ikkinchi yarmi). (So‘nggi 
Uyg‘onish davrida gumanistik san‘at bilan birga tushkun manerizm oqimi ham 
mavjud bo‘ldi). 

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish