9-MAVZU. O‘ZBEKISTONDA VIJDON ERKINLIGI.
Reja:
9.1. Vijdon erkinligi tushunchasi. Xalqaro me’yoriy xujjatlarda vijdon erkinligi.
9.2. O‘zbekistonda vijdon erkinligining Asosiy Qonun bilan kafolatlanishi.
9.3. O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan diniy konfessiya va tashkilotlar.
9.4. Missionerlik va prozelitizm xavfining bartaraf etilishi.
9.5. Ma’rifiy islomni targ‘ib etish - yoshlarni diniy mutaassiblik, aqidaparastlik va ekstremistik g‘oyalardan muhofaza etishning oqilona yuli.
Tayanch tushunchalar: vijdon erkinligi, diniy-mafkuraviy diniy tashkilot, siyosiylashuv, ibodat, radikallashuv, qonunning yangi tahriri.
Kerakli jihozlar: doska, bo‘r, kompyuter, proektr, elektron doska.
Mavjud materiallar: fan bo‘yicha majmua, ishchi o‘quv dastur, tarqatma materiallar, ma’ruza matni, slayd.
9.1. Vijdon erkinligi tushunchasi. Xalqaro me’yoriy xujjatlarda vijdon erkinligi.
Vijdon erkinligi tushunchasi qanday ma’noni bildiradi? Vijdon erkinligi kishining biror dinga e’tiqod qilish yoki xech qanday dinga e’tiqod qilmaslik xuquqidir. SHuning uchun bu muammo ijtimoiy hayotda tarixan muhim va murakkab masala bo‘lib kelgan. Vijdon erkinligi xuquqi kishilarning dinga bo‘lgan munosabatidan tashqari shaxsning demokratik, adolatparvarlik va insonparvarlik kabi katta ijtimoiy, siyosiy, xuquqiy va axloqiy tushunchalarni ham qamrab oladi.
Talaba mavzuni yoritishda Vijdon erkinligi kishilarning ruhiy olamiga, uning sog‘lom va barkamolligiga bevosita ta’sir ko‘rsatishini anglab olmog‘i lozim. SHuning uchun ham bu masalaning ijtimoiy hayotdagi o‘rni va bajaradigan vazifalari g‘oyat muhimdir. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ustavidan tortib, barcha xalqlar xujjat va shartnomalarda, hamma mamlakatlarning konstitutsiya va qonunlarida vijdon erkinligi masalasi o‘z ifodasini topgan.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1948 yilda qabul qilingan “Inson xuquqlari umumjahon deklaratsiyasi”ning 18-moddasiga muvofiq “Har bir inson fikrlash, vijdon va din erkinligi xuquqiga ega. Bu xuquq o‘z dini yoki e’tiqodini o‘zgartirish erkinligini, o‘z dini yoki e’tiqodiga o‘zicha, shuningdek boshqalar bilan birgalikda amal qilish kafolatini, ibodat qilishda va diniy marosimlarda yakka tartibda va odamlar orasida birga qatnashish erkinligini o‘z ichiga oladi”.
Mazkur normaga ko‘ra vijdon erkinligi shaxsga quyidagi huquqlarni kafolatlaydi:
•SHaxsning o‘z dini yoki e’tiqodiga ega bo‘lish;
•SHaxsning o‘z dini yoki e’tiqodini o‘zgartirish;
•Ta’limotda, toat-ibodat qilishda va diniy rasm-rusm hamda marosimlarni ommaviy yoki xususiy tartibda ado etish;
•O‘z dini yoki e’tiqodiga yakka o‘zi, shuningdek, boshqalar bilan birga amal qilish.
Bundan tashqari, “Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risida”gi xalqaro Paktning 19-moddasida ham vijdon erkinligiga ayni shu mazmunda izoh berilgan.
Vijdon erkinligi qandaydir bir mavxum tushuncha emas, u albatta
ma’lum ijtimoiy vaziyatda namoyon bo‘ladi. SHuning uchun uni konkret tarixiy, ijtimoiy sharoitsiz, ob’ektiv va sub’ektiv omillarsiz tasavvur qilish qiyin. Bundan tashqari “vijdon erkinligi” tushunchasini ilmiy talqin qilishda albatta milliy, mafkuraviy, madaniy va sinfiy omillarni ham nazarda tutish kerak.
Vijdon erkinligi dinga ishonuvchilarni majburan o‘z e’tiqodlaridan qaytarib, dinni ma’muriy tarzda taqiqlab qo‘yishning har qanday nazariy va amaliy ko‘rinishlariga chek qo‘yadi. SHuningdek, u jamiyatdagi barcha konfessiyalar, ya’ni dinlar, cherkov va diniy birlashmalar, turli dinlarga e’tiqod qiluvchi kishilarni teng xuquqli deb biladi, biron bir dinni imtiyozli, boshqa dinlardan ustun qilib qo‘ymaydi. SHu bilan birga jamiyatda ilmiy dunyoqarashning qaror topishini vijdon erkinligining amalda namoyon bo‘lish belgilaridan biri deb xisoblaydi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida bu masalalar o‘z echimini topgan va u dunyodagi rivojlangan mamlakatlardagi huquqiy-me’yoriy talablarga to‘la javob beradi. Har qanday dinga e’tiqod qiluvchi va hech qanday dinga e’tiqod qilmaydigan kishilar uchun bir xildagi shartlar qo‘yilishini ta’minlovchi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasida, jumladan, shunday deyiladi: “Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi” 1.
Mazkur qoidada dunyoviy davlatning dinga bo‘lgan munosabatini ifodalaydigan asosiy tamoyillar o‘z ifodasini topgan:
- dindorlarning diniy tuyg‘ularini hurmat qilish;
- diniy e’tiqodlarni fuqarolarning yoki ular uyushmalarining xususiy ishi deb tan olish;
- diniy qarashlarga amal qiluvchi fuqarolarning ham, ularga amal qilmaydigan fuqarolarning ham huquqlarini teng kafolatlash hamda ularni ta’qib qilishga yo‘l qo‘ymaslik;
- ma’naviy tiklanish, umuminsoniy axloqiy qadriyatlarni qaror toptirish ishida turli diniy uyushmalarning imkoniyatlaridan foydalanish uchun ular bilan muloqot qilish yo‘llarini izlash zarurati;
- dindan buzg‘unchilik maqsadlarida foydalanishga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini e’tirof etish2.
Davlatning dinga munosabatidagi asosiy xususiyati – bu dinning
siyosatga aralashmasligi. Zero, har qanday din, birinchi o‘rinda ma’naviy-axloqiy jihatni o‘z ichiga oladi.
9.2. O‘zbekistonda vijdon erkinligining Asosiy Qonun bilan kafolatlanishi.
1992 yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasida har bir fuqaro uchun vijdon erkinligi huquqining kafolatlanishi tabiiy holdir. YAna bir muhim tomoni – keyingi yillarda davlat bilan diniy tashkilotlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda salmoqli o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda. Dinning jamiyatdagi o‘rni tiklanmoqda. Diniy uyushma va tashkilotlarning faoliyat ko‘rsatishlariga imkoniyat yaratilmoqda. Qator tarixiy obidalar diniy tashkilotlar ixtiyoriga o‘tkazildi, yangi masjidlar ochilmoqda. Diniy tashkilotlarning xalqaro aloqalari kun sayin kengayib bormoqda.
Mustaqillik yillarida vijdon erkinligi prinsiplarini tiklash va unga og‘ishmay amal qilish davr, kundalik hayot talabi va zaruriyatiga aylanib qoldi. 1991 yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonunni qabul qildi. 1998 yilda bu qonunning yangi tahriri qabul qilinib, 15 may kuni matbuotda e’lon qilindi va shu kundan e’tiboran u kuchga kirdi.
Mazkur Qonun 23 moddadan iborat. Uning 1-moddasida ushbu qonunning maqsadi nimalardan iborat ekanligi ochiq va ravshan bayon etilgan: «Ushbu Qonunning maqsadi har bir shaxsning vijdon erkinligi va diniy e’tiqod huquqini, dinga munosabatidan qat’inazar, fuqarolarning tengligini ta’minlash, shuningdek diniy tashkilotlarning faoliyati bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solib turishdan iborat».
Qonunning 3-moddasi vijdon erkinligi huquqi haqida bo‘lib, unda har bir fuqaro dinga munosabatini o‘zi mustaqil aniqlashi, u har qanday dinga e’tiqod qilish yoki hech qanday dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega ekanligi va bu huquq esa O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi tomonidan kafolatlanajagi ta’kidlandi.
4-moddada fuqarolarning dinga munosabatlaridan qat’inazar, teng huquqliligi haqida so‘z boradi. Rasmiy hujjatlarda fuqaroning dinga munosabati ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘yilmasligi ta’kidlanadi.
Vijdon erkinligi haqidagi qonunning 5-moddasida O‘zbekiston Respublikasida din va diniy tashkilotlar davlatdan ajratilganligi ko‘rsatilgan. Bu degani davlat diniy masalalar bilan shug‘ullanmaydi, diniy tashkilot va diniy boshqarma ishlariga aralashmaydi. Din va diniy tashkilotlar ham davlat ishlariga aralashmasligi lozim. Lekin diniy tashkilotlar jamoat ishlarida ishtirok etish huquqiga egadirlar.
SHuningdek, mazkur moddada davlat turli diniy konfessiyalar o‘rtasidagi tinchlik va totuvlikni qo‘llab-quvvatlashi, konfessiyalar o‘rtasida adovatni avj oldirishga, xususan, bir diniy konfessiyadagi dindorni boshqasiga kiritishga qaratilgan xatti-harakatlarga, missionerlikka yo‘l qo‘ymasligi ta’kidlangan.
Diniy tashkilotlarga O‘zbekiston Respublikasida diniy xarakterga ega bo‘lgan partiyalar tuzish, respublikadan tashqaridagi diniy partiyalarning bo‘lim yoki filiallarini ochish man etiladi.
Dindan davlatga va Konstitutsiyaga qarshi targ‘ibot olib borishda, dushmanlik, nafrat, millatlararo adovat uyg‘otish, axloqiy negizlarni va fuqaroviy totuvlikni buzishda, bo‘hton, vaziyatni beqarorlashtiruvchi uydirmalar tarqatishda, aholi o‘rtasida vahima chiqarishda hamda davlatga, jamiyat va shaxsga qarshi qaratilgan boshqa xatti-harakatlarda foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Terrorizm, narkobiznes va uyushgan jinoyatchilikka ko‘maklashadigan, shuningdek boshqa g‘arazli maqsadlarni ko‘zlovchi diniy tashkilotlar, oqimlar, sektalar va boshqalarning bunday faoliyatlari taqiqlanadi.
Fuqarolar dinga bo‘lgan munosabatlaridan qat’inazar, ta’limning xilma-xil turlari va darajalarini egallashi mumkin. Qonunning 9-moddasida ko‘rsatilishicha, diniy tashkilotlarning markaziy boshqaruv organlari ruhoniylarni va o‘zlariga zarur bo‘lgan diniy xodimlarni tayyorlash uchun diniy o‘quv yurtlari tuzishga haqli. Diniy o‘quv yurtlari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxat o‘tkazilib, tegishli litsenziya olganidan keyin faoliyat ko‘rsatish huquqiga ega bo‘ladi.
Oliy va o‘rta diniy o‘quv yurtlarida ta’lim olish uchun fuqarolar O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq umumiy majburiy o‘rta ta’lim olganidan keyin qabul qilinadi.
Diniy ta’lim beruvchilar maxsus diniy ma’lumoti bor kishilar bo‘lib, bolalarni o‘qitish uchun diniy boshqarmaning yoki markazning ruxsatnomasiga ega bo‘lishi kerak. Xususiy diniy ta’lim berishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bu qonun-qoidalarni buzganlar qonun oldida javobgardirlar.
Diniy tashkilotlar diniy ta’lim olish uchun fuqarolarni chet elga yuborishlar va chet el fuqarolarini ta’lim olish uchun qabul qilishlari mumkin.
Diniy tashkilot - bu ma’lum dinga ishonuvchilar va ularning jamoalarining uyushmasidir (masjid, cherkov, sinagoga, diniy o‘quv yurtlari va h.k. kabi). Uni tashkil etish uchun unga bir xil e’tiqodga ega bo‘lgan kamida 100 kishi a’zo bo‘lishi kerak. O‘zbekiston Respublikasining har qanday fuqarosi 18 yoshga to‘lganidan keyin ma’lum diniy jamiyatga a’zo bo‘lishi mumkin.
Diniy tashkilotlar o‘z mulklariga ega bo‘ladilar. Binolar, din bilan bog‘liq buyumlar, ishlab chiqarish va xayriya ishlariga mo‘ljallangan inshootlar, pul mablag‘lari hamda diniy tashkilotlar faoliyatini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan boshqa mol-mulk diniy tashkilotlarning mulki hisoblanadi. Diniy tashkilotlarga tushadigan moliyaviy va mulkiy xayriyalardan, shuningdek fuqarolardan tushgan mablag‘lardan davlat solig‘i undirilmaydi.
Ibodat, diniy rasm-rusum va marosimlar o‘tkazish mahalliy hokimiyat tomonidan taqiqlanmaydi. Qonunning 3-moddasida ko‘rsatilishicha, dinga e’tiqod qilish yoki o‘zga e’tiqodlar erkinligi milliy xavfsizlikni va jamoat tartibini, boshqa fuqarolarning hayoti, salomatligi, axloqi, huquqi va erkinligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan darajadagina cheklanishi mumkin.
Diniy tashkilotlar fuqarolarni ishga olishga haqlidirlar. Ular davlat, jamoat korxonalari va tashkilotlarining ishchi xizmatchilari bilan baravar soliq to‘laydilar, ijtimoiy ta’minlanish va sug‘urta qilish xizmatlaridan foydalanadilar. Umumiy asosda nafaqa olishga haqlidirlar.
Qonunning oxirgi 23-moddasida «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonunni buzgan kishilar qonun oldida javob berishlari ko‘rsatilgan.
Konstitutsiyada hurfikrlilik, vijdon va diniy e’tiqod erkinligi masalalariga katta e’tibor berilgan. Unda dinning tarbiyaviy ahamiyatiga yanada ko‘proq e’tibor berilishi lozimligi ko‘rsatilgan.
9.3. O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan diniy konfessiya va tashkilotlar.
Tarixdan ma’lumki, har qanday davlatning barqarorligi undagi xalqlar, millat va elatlarning huquq va erkinliklari faqatgina qonuniy hujjatlarda belgilanishiga emas, balki ularning amalda qay darajada o‘z tasdig‘ini topishiga ham bog‘liqdir. SHu nuqtai nazardan qaraganda, mamlakatimizda fuqarolarning vijdon erkinligi bilan bog‘liq huquqlari nafaqat qonun bilan mustahkamlab qoyilgani, balki amaliyotda uning asosiy tamoyillariga qat’iy rioya qilinayotgani hayotiy dalillar bilan tasdiqlanayotganini ta’kidlash zarur.
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda diniy tashkilotlarning soni o‘sdi. Xususan, 1990 yilda respublikamizda 119 ta diniy tashkilot (89 ta islomiy va 30 ta noislomiy) mavjud bo‘lgan bo‘lsa, 1991 yilda 179 taga (146 islomiy va 33 noislomiy) etdi, 2008 yilning sentabriga kelib esa, ularning soni 2228 tani (2049 ta islomiy, 179 ta noislomiy) tashkil etdi. 2014 yil holatiga ko‘ra, respublikada 16 konfessiyaga mansub 2223 ta diniy tashkilot, shu jumladan, O‘zbekiston musulmonlar iidorasi, Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyati, O‘zbekiston musulmonlari idorasining viloyatlar va Toshkent shahridagi vakilliklari, Toshkent islom instituti, 9 ta madrasa, 2037 tamasjid, Rus Pravoslav cherkovi, Toshkent va O‘zbekiston eparxiyasi, Pravoslav seminariyasi, Rim-katolik markazi, Evangel xristian-baptistlar cherkovlari uyushmasi, To‘liq injil xristianlar cherkovlari markazi, Protestant seminariyasi, Bibliya jamiyati, 151 ta xristian cherkovi, 8 tayahudiy, 6 ta bahoiy jamoasi, 1 ta Krishna jamiyati va 1 ta Budda ibodatxonasi faoliyat yuritmoqda. 110 dan ziyod millatga mansub aholinin 94% dan ziyodi islom, 3,5%ga yaqini pravoslav diniga mansub, qolganlarini boshqa konfessiya vakillari tashkil etadi3.
Noislomiy diniy tashkilotlar qatorida Rus Pravoslav cherkovi, Rim-katolik cherkovi, Nemis evangel’-lyuteranlar cherkovi, Arman Apostollik cherkovi, yahudiylar va Bahoiylar diniy jamoalari, Buddaviylar ibodatxonasi, Bibliya kitob jamiyati, Krishnani anglash jamiyati kabi tashkilotlarni sanash mumkin.
Mustaqillikkacha bor-yo‘g‘i ikkita (Toshkent islom instituti va «Mir Arab» madrasasi) islomiy diniy o‘quv yurti bo‘lgan bo‘lsa, o‘tgan yillar davomida ularning soni ko‘paydi. Boshqacha aytganda, Imom al-Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti, Buxorodagi «Mir Arab», Toshkentdagi «Ko‘kaldosh», Qoraqalpog‘istondagi «Muhammad Beruniy», Namangandagi «Mulla qirg‘iz», Xorazmdagi «Faxriddin ar-Roziy», Andijondagi «Sayyid Muhyiddin Maxdum», Qashqadaryodagi «Xoja Buxoriy» hamda faqat xotin-qizlar tahsil oladigan Toshkentdagi «Xadichai Kubro» va Buxorodagi «Joybori Kalon» o‘rta maxsus islom bilim yurtlaridan iborat yaxlit diniy ta’lim tizimi yaratildi. «Xoja Buxoriy» o‘rta maxsus bilim yurtida va Toshkent islom institutida yoshlar uchun maxsus guruhlar tashkil etildi.
2000–2001 o‘quv yilidan boshlab ushbu ta’lim muassasalaridagi o‘qitish jarayoni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Kasb-hunar ta’lim markazining Davlat ta’limi standartlari bo‘limi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan ta’lim standartlari va o‘quv rejasi asosida tashkil etildi. Sodda qilib aytganda, o‘quv yurtlarida diniy va dunyoviy ta’limning uzviyligi ta’minlandi. SHu nuqtai nazardan qaraganda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 22 avgustdagi «Din sohasidagi ma’naviy-ma’rifiy, ta’lim ishlarini va faoliyatni takomillashtirishda ijtimoiy ko‘mak va imtiyozlar berish to‘g‘risida»gi qarori alohida ahamiyatga ega bo‘lganini ta’kidlash zarur. Ushbu qarorga asosan Toshkent islom instituti va o‘rta maxsus islom bilim yurtlarida joriy etilgan ta’lim standartlari, o‘quv rejalari hamda talabalarning qabul qilingan davlat meyorlariga muvofiq diniy va dunyoviy bilimlar olayotganini inobatga olib, mazkur o‘quv yurtlarining bitiruvchilariga beriladigan diplomlar davlat ta’lim hujjati sifatida e’tirof etildi. SHu bilan birga, unga ega bo‘lgan shaxslarga davlat oliy ta’lim tizimida o‘qishni davom ettirish huquqi berildi.
Fuqarolarga haj ibodatini ado etishlari uchun barchasharoitlar yaratildi. Xususan, mustabid sho‘ro tuzumi davrida har yili uch, to‘rt kishiga haj ziyoratini amalga oshirishga ruxsat berilgan bo‘lsa, hozirda yiliga besh mingdan ortiq kishi haj qilish, to‘rt ming kishi umra amalini bajarish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.
Bularning bari Xel’sinki YAkunlovchi akti, Vena va Kopengagenda qabul qilingan hujjatlarda qayd etilgan shaxsning vijdon va din erkinligi borasidagi tamoyillarga to‘la muvofiq keladi. Lekin ming afsuski, yuqorida zikr etilgan erkinliklarni suiiste’mol qiladigan, ulardan o‘z g‘arazli maqsadlari yo‘lida foydalanadiganlar ham mavjud. Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek: «Biz din bundan buyon ham aholini eng oliy ruhiy, axloqiy va madaniy merosdan bahramand qilishi tarafdorimiz. Lekin biz hech qachon diniy da’vatlar hokimiyat uchun kurashga, siyosat, iqtisodiyot va qonunchilikka aralashish uchun bayroq bo‘lishiga yo‘l qoymaymiz. CHunki bu holni davlatimiz xavfsizligi, barqarorligi uchun jiddiy xavf-xatar deb hisoblaymiz».
Bugun O‘zbekiston diniy bag‘rikenglik va murosa borasida nafaqat MDH davlatlari, balki butun dunyoga namuna bo‘lmoqda. Bu haqda dunyo miqyosida katta obro‘ va nufuzga ega insonlar ham yurtimizga ziyoratlari vaqtida ta’kidlab o‘tmoqdalar. Albatta, xalqimizga xos bu xislat bir zumda paydo bo‘lgan emas, balki uzoq tarixiy asoslariga ega.
Missiоnеrlik va prоzеlitizmning mazmun-mоhiyati hamda missiоnеrlik faоliyatlarini amalga оshirishning mоliyaviy manbalari. “Missionerlik” to’g’risida gapirganda, birinchi navbatda, uning kelib chiqishi va rivojiga to’xtalish lozim.
Missionerlik - eng umumiy ma’noda biror dinga e’tiqod qiluvchi xalqlar orasida boshqa dinni targ’ib qilishni anglatadi. Missionerlik, asosan, xristianlikka xosdir. Bunday harakat xristianlik Vizantiya imperiyasining davlat dini sifatida e’lon qilingan paytdan beri olib borilmoqda. Xristian ruhoniylari dastlab missionerlik harakatini Yevropa va Yaqin Sharqdagi ko’p xudolikka e’tiqod qilib kelgan aholini yakkaxudolikka targ’ib qilish bayrog’i ostida olib bordilar. Shu tariqa IV asrda paydo bo’lgan xristian missionerligi XIII–XVI asrlarda Hindiston, Xitoy, Yaponiyaga kirib bordi.
Katolik cherkovida missionerlik Ispaniya va Portugaliya imperiyalari tashkil topgach (XIII–XVI asrlar) kuchaydi. Missionerlik Rim imperiyasiga yangi erlarni o’z ta’siri ostiga olishda katta yordam berdi. Katolik missionerligiga rahbarlik qilish uchun papa Grigoriy XV 1662 yilda Diniy targ’ibot kongregatsiyasini ta’sis etdi. Missionerlik XIX asrda yangidan faollashdi, ayniqsa, xristian missionerlari Afrikada faoliyatlarini kuchaytirdilar va o’z mamlakatlarining siyosatini o’tkazishga yordam berdilar.
Yuqoridagi ma’lumotlar ham missionerlik o’z tarixiga ega ekanini ko’rsatadi. Shunday bo’lsada, xristian diniy tashkilotlari tomonidan olib borilayotgan missionerlik harakati bugungi kungacha ko’pdan-ko’p bahslarga sabab bo’lmoqda. Zero, hozirgi davrda jahon aholisining mutlaq ko’pchiligi o’z diniga, aksariyat hollarda yakkaxudolikka ega bo’lgan davrda «missionerlik» salbiy bir holatga aylanib qolganini ta’kidlash zarur.
Ayni paytda, «missionerlik» tushunchasining o’zi turlicha talqin etilayotganini ham qayd etish lozim. Xususan, protestant diniy tashkilotlari «missionerlik» so’zini inkor etadilar va o’z faoliyatlarini «evangellashtirish» tushunchasi bilan izohlashga harakat qiladilar. Buni ular Bibliyaning tarkibiy qismi bo’lgan avliyo Markdan kelgan Evangeliyadagi xristianlar uchun jahon uzra o’z dinlarini barcha xalqlarga etkazish zarurligi to’g’risidagi ko’rsatmaning bajarilishi sifatida taqdim etadilar.
Shu o’rinda bir holatga e’tibor qaratish zarur. Bibliyaning muqaddas kitobligini hech kim inkor etmaydi. Shu bilan birga, unda qayd etilgan yuqoridagiga o’xshash fikrlarning aynan Bibliya yozilgan davr uchun to’g’ri kelishligini ayrim xristian diniy tashkilotlari tushunishni xohlamayotganliklarini va ular olib borayotgan harakatlar haqli noroziliklarni keltirib chiqarayotganini ta’kidlash zarur.
Qayd etilgan holatlar ham missionerlik bugungi kunda mutaassiblikning o’ziga xos ko’rinishi sifatida namoyon bo’layotganini ko’rsatadi.
“Prozelitizm” - bu to’g’ridan-to’g’ri biron bir dinga ishongan fuqaroni o’z dinidan voz kechishga va o’zga dinni qabul qilishga majbur qilishdir.
Prozelitizm keltirib chiqarayotgan salbiy oqibatlarni ayrim hayotiy misollarda ham ko’rish mumkin. Xususan, bizga qo’shni bo’lgan ayrim davlatlarda xristian dinini qabul qilgan kishilar vafot etganda jasadni qabristonga qo’yish bilan bog’liq muammolar kelib chiqmoqda. Mayyitning musulmon ota-onalari o’z farzandlarini xristian mozoriga dafn etishni xohlamaganlari, musulmonlar esa xristian dini vakili jasadini o’z musulmon birodarlari yotgan joyga qo’yishni istamaganliklari natijasida kelishmovchiliklar yuzaga kelmoqda.
Shuningdek, xristian dinini qabul qilgan kishi o’z o’g’lini xatna qildirishni xohlamagani, uning otasi esa, o’z nabirasini musulmon urf-odatlariga ko’ra xatna qildirishni istagani tufayli ota-bola o’rtasida janjallar kelib chiqqani ham ma’lum.
Yuqoridagi kabi misollarni yana davom ettirish mumkin. Ammo shularning o’zi ham missionerlik va prozelitizm harakatlari boshqa dinni qabul qilgan tub millat vakillari oilalarida nizolar va janjallarning avj olishiga hamda islom diniga mansub aholida xristianlikning ayrim yo’nalishlari vakillariga nisbatan dushmanlik hissiyotlarining paydo bo’lishi orqali dinlararo va millatlararo nizolarni keltirib chiqarishiga zamin yaratishi mumkinligini yaqqol tasavvur qilish imkonini beradi.
Shu bilan birga, din milliy ma’naviyat va madaniyatning tarkibiy qismi, millatni birlashtirib turuvchi muhim omillardan biri ekanini ham yoddan chiqarmaslik lozim. Bir tilda gaplashadigan, umumiy tarix va yagona davlatga ega bo’lgan, ammo turli dinlarga yoki diniy yo’nalishlarga e’tiqod qiladigan millatlar hamon ichki milliy birlikni ta’minlay olmayotgani, kichkina bir sabab qayta-qayta nizoli vaziyatlar va fuqarolar urushining kelib chiqishiga zamin yaratayotgani ham shunday xulosa chiqarish imkonini beradi. Masalaning ana shu jihatiga e’tibor berilsa, missionerlik va prozelitizm harakatlari ortida diniy zaminda millatni ichidan bo’lib tashlashga qaratilgan g’arazli siyosiy maqsadlar yotganini va u keltirib chiqaradigan fojialarni anglab etish mumkin.
Missionerlik va prozelitizmning shakllari. XXI asr boshida missionerlik haqiqatan ham o’ziga xos xususiyatlar kasb etmoqda. Eng avvalo, missionerlar konkret mamlakatlardagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatdan o’zlarining g’arazli maqsadlariga erishishda unumli foydalanishga harakat qilayotganliklarini ta’kidlash zarur. Bunda boquvchisini yo’qotgan bolalar, qarovchisiz qolgan qariyalar hamda nogironlar muammolari bilan shug’ullanuvchi tashkilotlar va muassasalarga xayriya yordamlarini ko’rsatish, aholining nochor qatlamlarini moddiy qo’llab-quvvatlash va muhtojlarni oziq-ovqat bilan ta’minlash, ularga tibbiy yordamni tashkil etish orqali o’z qarashlari va harakatlariga xayrixohlikni uyg’otishga intilmoqdalar.
Missionerlarning turli davlatlar, jumladan, Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlarida olib borayotgan amaliyoti tahlili xristianlikni targ’ib qilishda maxsus Adabiyotlar, audio va videokassetalarni mahalliy tillarda tayyorlash va bepul tarqatish, masihiylikka da’vat g’oyalari bilan sug’orilgan maxsus gazeta va jurnallarni nashr qilish masalalariga ham alohida e’tibor berilayotganini ko’rsatadi.
Ayni paytda, sport to’garaklari tashkil qilish va musobaqalar uyushtirish, ularning ishtirokchilariga xristianlikni targ’ib qiluvchi maxsus bukletlar tarqatish va sovg’alar berish hamda aholining turli qatlamlari bilan doimiy muloqotda bo’lish va ta’sir o’tkazish doirasini kengaytirish maqsadida tibbiyot, ta’lim-tarbiya sohasiga maxsus kadrlarni yuborish (tibbiy xizmatchi, o’qituvchi-murabbiy va sh.k.) yo’li bilan «tayanch nuqtani» tashkil etish va unga suyangan holda missionerlikni kuchaytirishga intilish ham mavjudligini ta’kidlash joiz.
Erkin targ’ibot olib borish va faoliyat doirasini keskin kengaytirish maqsadida ayrim missionerlik tashkilotlarining o’z harakatlarini xalqaro nodavlat tashkilotlari maqomida amalga oshirishga intilayotgani ham hozirgi davrdagi missionerlikning muhim xususiyatlaridan biridir. Bunday intilish ortida o’ziga xos mantiq bor, albatta. Tajriba bunday maqom missionerlik faoliyati haqli e’tirozlarni keltirib chiqarganda ularning xalqaro huquq normalarini ro’kach qilishiga va uning himoya mexanizmlaridan foydalanishga urinishlariga, o’z harakatlarini xas-po’shlashga va javobgarlikdan qochishga intilishlariga zamin yaratishini ko’rsatadi.
Missionerlar zamonaviy texnika va texnologiya, ommaviy axborot va kommunikatsiya vositalari imkoniyatlaridan ham samarali foydalanishga harakat qilmoqdalar. Turli davlatlar va mintaqalarda ish yuritayotgan missionerlar internet tarmog’i orqali o’z faoliyatlarini muvofiqlashtirayotgani, moliyaviy mablag’larni bemalol u mamlakatdan bu mamlakatga o’tkazayotgani ham shunday xulosa chiqarish uchun asos bo’ladi. Bunday yo’l bilan missionerlar va ularning homiylari u yoki bu davlatdagi diniy muvozanatni izdan chiqarish, soxta insonparvarlik yordami ko’rsatish bahonasida o’z ta’sir doiralarini kengaytirishga intilmoqdalar.
9.2 Diniy sеktalar faоliyatining оqibatlari va missiоnеrlikning milliy hayotga tahdidi. Asrlar davomida yurtimizda mehr-muruvvat va oqibat, ezgulik va yaxshilik, tinchlik va do’stlik g’oyalariga asoslanadigan, ularni targ’ib etadigan turli dinlarga e’tiqod qiladigan kishilar hamkor va hamjihat yashab kelgan. Xususan, qadimdan diyorimizda islom, nasroniylik, iudaizm kabi dinlar yonma-yon yashab kelgan. Yirik shaharlarimizda masjid, cherkov va sinagogalar faoliyat ko’rsatgani, tariximizning eng murakkab va og’ir davrlarida ham ular o’rtasida kelishmovchilik va mojarolar bo’lmagani ham buning tasdig’idir.
Bugun ham mamlakatimizda turli konfessiyaga mansub diniy tashkilotlar faoliyat ko’rsatmoqda, fuqarolarimiz o’z diniy amallarini erkin ado etib kelmoqdalar.
Diniy tashkilotlar o’z faoliyatlarini amalga oshirishlari va mamlakat hayotida faol ishtirok etishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Bu boradagi huquqiy asoslar O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida, «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida»gi Qonunda o’z ifodasini topgan. Ana shu asoslar mamlakatimizdagi barcha din vakillarining hamkor, hamjihat bo’lib, ulug’ va mushtarak g’oyalar yo’lida harakat qilishi uchun imkon yaratadi.
Istiqlol yillarida din sohasida sodir bo’lgan o’zgarishlarni aniq misollarda ham ko’rish mumkin. Xususan, 2007 yilning 15 aprel holatiga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi hududida jami 181 ta noislomiy diniy tashkilot faoliyat olib bormoqda. Ular qatorida Rus Pravoslav cherkovi (36), Rim-katolik cherkovi (5), Evangel xristian-baptistlar cherkovi (23), To’liq injilchi xristianlar cherkovi (21), Ettinchi kun xristian-adventistlar cherkovi (10), Novoapostol cherkovi (4), Nemis Evangel-lyuteranlar cherkovi (3), Arman Apostollik cherkovi (2), «Iegov guvohlari» cherkovi (1), «Tolos Bojiy» cherkovi (1), Koreys protestant cherkovlari (58), yahudiylar diniy jamoalari (8), Bahoiylar diniy jamoalari (6), Buddaviylar ibodatxonasi (1), Krishnani anglash jamiyati (1), Bibliya kitob jamiyati (1) ni sanash mumkin.
Shu bilan birga mustaqillik yillarida Pravoslav va Protestant seminariyalari ham faoliyat ko’rsata boshlaganini qayd etish zarur. 2006–2007 o’quv yilida Pravoslav seminariyasida 47 nafar va Protestant seminariyasida 33 nafar talaba ta’lim olmoqda.
Qayd etilgan dalillar ham o’tgan yillarda sodir bo’lgan o’zgarishlar keng ko’lamli ekanini, yurtimizda diniy bag’rikenglik (tolerantlik), konfessiyalararo hurmat, bir-birini tushunish asosiy hayotiy tamoyillardan biriga aylanganini ko’rsatadi.
Ilmiy manbalar O’zbekiston ilk diniy qarash va tasavvurlar yuzaga kelgan eng qadimiy o’lkalardan biri ekanidan dalolat beradi. O’lkamizda qadim zamonlardanoq zardushtiylik, buddizm, Yahudiylik , nasroniylik kabi dinlar vakillari tinch-totuv faoliyat olib borganlar. Bu haqda Respublikamiz Prezidenti Islom Karimov shunday deydi: «Musulmonlar va xristianlarning O’zbekiston zaminida birgalikda hamnafas bo’lib yashashi diniy-ma’naviy totuvlikning nodir timsoli va barcha din vakillariga nisbatan bag’rikenglikning eng yaxshi namunasi deb hisoblanishiga arzigulikdir».
9.3. Mamlakatimizda o’tkazib kelinayotgan nufuzli xalqaro anjumanlar ishtirokchilari ham O’zbekistonda din sohasida olib borilayotgan islohotlar hamda boshqa davlatlarga namuna bo’la oladigan diniy bag’rikenglikni e’tirof etgan holda hukumatimiz siyosati, O’zbekistonda barcha din vakillariga yaratilgan erkinliklar va diniy sohadagi katta o’zgarishlardan zo’r taassurot olganlarini ham ta’kidlab kelmoqdalar.
Haqiqatan ham, mamlakatimizda millatlararo hamjihatlik va diniy bag’rikenglik sohasidagi davlat siyosati boshqalarga namuna bo’la oladigan darajada desak mubolag’a bo’lmaydi. Respublikamizda YuNESKO raxnamoligida «Jahon dinlari – tinchlik madaniyati yo’lida» mavzuida dinlararo muloqot xalqaro Kongressi, musulmon va xristian ilohiyotchilari ishtirokida «Bir samo ostida» xalqaro xristian-musulmon konferentsiyasi o’tkazilgani, Rus pravoslav cherkovi Toshkent va O’rta Osiyo eparxiyasining 125 va 130 yilligi, Evangel-Lyuteran jamoasi, Rim-katolik cherkovi va Arman apostollik cherkovlarining 100 yilligi nishonlangani ham buni tasdiqlaydi.
Avvalo, zamonaviy missionerlikka xos xususiyatlar bunday harakatlarni respublikamizda amalga oshirishga intilayotgan tashkilotlarga ham u yoki bu darajada xosligini qayd etish lozim.
Shu bilan birga, mamlakatimizdagi barqaror ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat, olib borilayotgan kuchli va tizimli ijtimoiy muhofaza siyosati, milliy g’oya kontseptsiyasining ishlab chiqilgani va unga asoslangan holda olib borilayotgan g’oyaviy tarbiya va ma’naviy-ma’rifiy targ’ibot ishlari, xalqimizning o’z e’tiqodida mustahkamligi missionerlik harakatlari yo’lida jiddiy to’siq bo’lib xizmat qilayotganini ham ta’kidlash zarur.
Bizga qo’shni bo’lgan ayrim davlatlardan farqli ravishda, mehribonlik va qariyalar uylari, nogironlar uyushmalarining davlat qaramog’ida va himoyasida ekani, yosh avlodni jismonan baquvvat va ma’naviy barkamol qilib tarbiyalash yo’lida olib borilayotgan tizimli ishlar ham bunday harakatlarning oldini olishga xizmat qilmoqda.
Shunday bo’lsa-da, missionerlar mamlakatimizdagi vaziyatga moslashgan holda o’z harakatlarini tashkil qilishga urinayotganliklarini ham yoddan chiqarmaslik lozim. Jumladan, xristian diniy tashkilotlarida ibodatlarni o’zbek va boshqa mahalliy tillarda olib borish, maxsus diniy Adabiyotlarni mamlakatimiz hududiga olib kirish va tarqatish yo’lidagi harakatlar batamom to’xtadi, deb bo’lmaydi. Xususan ko’rilayotgan chora-tadbirlarga qaramay, birinchi galda «Iegov guvohlari» diniy tashkiloti vakillari o’z missionerlik faoliyatlarini shu tarzda olib borishni davom ettirishga urinmoqdalar. Masalan, 2006 yilning sentyabr oyidan e’tiboran cherkovning eng asosiy nashrlaridan biri bo’lgan «Storojevaya bashnya» jurnali «Qo’riqchi minorasi» nomi ostida ilk marta o’zbek tilida bosmadan chiqdi va turli noqonuniy yo’llar bilan respublikamizga olib kirishga harakat qilinmoqda. Ayni paytda, ular uyma-uy yurib, ochiqdan-ochiq o’z dinlariga da’vat qilishga, go’yoki faqat ularning dinlari haqiqiyligi, boshqa dinlar esa botil ekani haqidagi g’oyani singdirishga harakat qilmoqdalar.
Missionerlar asosiy e’tiborni aralash millat vakillaridan iborat oilalarning a’zolari, ilgari hech bir dinga e’tiqod qilmagan, og’ir xastalikka, judolikka, moddiy qiyinchilikka duch kelgan, axloq tuzatish muassasalaridan chiqib kelgan, ya’ni moddiy va ma’naviy ko’makka muhtoj kishilarga qaratmoqdalar. Shuningdek, kar-soqovlar, nogironlar orasida faol ish olib borishga harakat qilish ham tez-tez kuzatilmoqda. Shu bilan birga, ziyolilarning turli qatlamlari vakillari – o’qituvchilar, vrachlar, san’atkorlar orasida targ’ibotni kuchaytirishga intilishi ham mavjudligini ta’kidlash zarur. Afsuski, bunday targ’ibotga ergashayotgan va kelib chiqishi musulmon bo’lgan fuqarolar ham kam bo’lsada borligini qayd etish lozim.
Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so’ng, uning hududi ko’pgina xristian yo’nalishlari uchun go’yoki «ochilmagan qo’riq»ni anglatdi va ular bizning yurtimizda birinchilardan bo’lib o’rnashib olishga harakat qila boshladilar. Shu tariqa yuqorida nomi tilga olingan «Iegov guvohlari» diniy tashkiloti vakillari O’zbekistonda joylashib olib, o’z faoliyat doirasini kengaytirish harakatiga tushdi.
«Iegov guvohlari» cherkovi 1870 yilda Charlz Rassell tomonidan tashkil etilgan. 2007 yilning 1 yanvar kunidagi holatga ko’ra, dunyo bo’yicha iegovochilarning miqdori taxminan 6,7 million kishini tashkil etadi, deb hisoblanadi. Tashkilot a’zolari xudoni Iegov nomi bilan ataydilar. Ularning ta’limotiga ko’ra, Iegov odamlar orasidan eng yaxshilarini tanlab olib, ularni o’zining sodiq odamlari, deb nomlar ekan.
Ma’lumotlarga ko’ra, O’zbekistonda birinchi iegovochilar 1950-yillarning oxiri – 1960-yillarning boshlarida paydo bo’lgan. 1972 yilda Angren va Chirchiq shaharlarida ularning ilk jamoalari paydo bo’lgan. Keyinchalik boshqa shaharlarda ham iegovochilar paydo bo’lgan. Toshkent shahrida birinchi iegovochilar 1960-yillarda paydo bo’lgan.
Bugungi kunda respublika bo’yicha faqat bitta «Iegov guvohlari» cherkovi – Chirchiq shahrida rasmiy faoliyat olib bormoqda.
«Iegov guvohlari» cherkovining MDHdagi markaziy boshqaruv organi Sankt-Peterburg shahrida, Markaziy Osiyo bo’yicha mintaqaviy markazi esa Almatida joylashgan. Ma’lumotlarga ko’ra, diniy tashkilotning respublikamiz hududidagi jamoalariga 3000 ga yaqin iegovochilar birikkan.
“Iegov guvohlari” jamoalari tomonidan zo’r berib missionerlik da’vatini amalga oshirish holatlari uchrab turibdi. Mutasaddi tashkilotlar tomondan bunday holatlarga barham berish choralari ko’rilmoqda. Masalan, 2008 yilning o’zida diniy tashkilotning Samarqand va Qarshi shahridagi 13 nafar a’zosi ma’muriy, 3 nafar a’zosi esa jinoiy javobgarlikka tortildi.
Missionerlik faoliyatidagi “To’liq injil xristianlar” cherkovi, “Evangel xristian-baptistlar” cherkovlarini hozirda missionerlikda eng ko’p fosh bo’layotgan tashkilotlar qatorida ko’rsatish mumkin.
Injilchi protestant-masihiy diniy tashkilotlari maqsadli moddiy va ma’naviy yordam ko’rsatishni ustomonlarcha tashkil qilish yo’li bilan katoliklik va pravoslavlikka e’tiqod qiladigan fuqarolarni, ayrim hollarda kelib chiqishi musulmon bo’lganlarni o’z tomonlariga og’dirib olish yo’lidagi harakatlarni olib bormoqdalar.
Ma’lumotlarga ko’ra, bugungi kunda jahonda taxminan 120 millionga yaqin to’liq injilchilar mavjud. Diniy yo’nalishga rasman 1901 yilning 1 yanvarida AQShning Kanzas shtatidagi Topeke shahrida Charlz Parxem tomonidan asos solingan. Bugungi kunda cherkov Shimoliy Amerika, Skandinaviya, Italiya, Braziliyada katta jamoalariga ega. AQShdagi eng yirik jamoa «Xudo Assambleyasi» deb nomlanadi.
O’zbekiston Respublikasi hududida mazkur yo’nalishga taalluqli birinchi tashkilot 1985 yilda Toshkent shahrida tashkil etilgan (keyinchalik u markazga aylangan).
Bugungi kunda respublika bo’yicha To’liq injilchi xristianlar cherkovlari markazi tarkibida jami 21 ta diniy tashkilot mavjud.
To’liq injilchi xristianlar cherkovlari markazi nazoratdan qochish maqsadida o’zining faoliyatini mamlakat poytaxti Toshkent shahridan ancha yiroqda joylashgan hududlarda olib borishga harakat qilmoqda.
Ayni paytda, Toshkent va Andijon shaharlaridagi ro’yxatdan o’tmagan guruhlar faoliyatiga chek qo’yildi. Hozirgi kunda rasmiy faoliyat ko’rsatayotgan To’liq injil xristianlari cherkovi faollari ayrim joylarda mahalliy millat vakillarini jalb etgan holda alohida diniy guruhlar tashkil etishga urinayotgani, diniy Adabiyotlarning tarqatilishi hollari uchrayotgani haqidagi axborotlar bor. Ma’lumotlarga ko’ra, mazkur Adabiyotlarning ko’pchiligi bizga qo’shni bo’lgan ayrim davlatlar hududidan olib kirilmoqda.
Evangel xristian-baptistlar cherkovlari Kengashiga taalluqli diniy tashkilotlar haqida gap ketar ekan, ular respublika hududida ro’yxatdan o’tgan Evangel xristian-baptistlar cherkovlari Uyushmasiga aloqasi bo’lmagan diniy tashkilotlar guruhi hisoblanishini ta’kidlash lozim. Evangel xristian-baptistlar Kengashiga mansub tashkilotlar o’z diniy qarashlariga tayangan holda ongli ravishda Adliya idoralarida ro’yxatdan o’tishdan bosh tortib kelmoqdalar. Shu bilan birga, ular turli xil diniy marosimlarni qonunga xilof ravishda o’tkazishga harakat qilib kelmoqdalar va bu bilan huquq-targ’ibot idoralarining asosli xatti-harakatlarini keltirib chiqarmoqdalar.
Turli xorijiy mamlakatlarda aynan yuqoridagi ikki guruh faoliyati yuzasidan ko’plab noroziliklar kelib chiqmoqda. Ular o’zlarining muammolarini xorijiy mamlakatlardagi raxnamolari va homiylari yordamida hal qilishga intilishlari bilan ajralib turishlarini ham qayd etish lozim.
Krishnani anglash jamiyati qadimgi hind muqaddas kitoblari – Vedalarga asoslangan, yangi paydo bo’lgan diniy birlashmalardan biridir. Dunyo bo’yicha Krishnachilarning umumiy soni aniq emas. Krishnachilarning ta’kidlashicha, dunyoning turli burchaklarida ularning 150 dan ortiq ibodatxonalari bor.
Jamiyat 1966 yilda AQShda paydo bo’lgan. Asoschisi – A.Ch.Bxaktivedanta Svami Prabxupada. 1970-yillardan e’tiboran krishnaizm turli mamlakatga tarqala boshlagan. 1971 yil iyunda Shrila Prabxupada Moskvaga kelgan. Shu vaqtdan boshlab krishnachilarning sobiq Sho’ro mamlakatidagi rivojlanishi boshlangan.
Krishnachilar o’z faoliyatida Shrila Prabxupadaning asarlariga asoslanadilar. 1990-yillarning o’rtalarida Toshkent shahrida joylashgan Krishnani anglash jamiyati vakillari shaharning turli burchaklarida ibodat kiyimlarida yurib, turli Adabiyotlar sotish bilan shug’ullanganlar. Ular bilan olib borilgan tadbirlar natijasida krishnachilarning bu turdagi faoliyatiga barham berildi.
Shunday ekan, missionerlik respublikamiz aholisi tinchligi va osoyishtaligi uchun tahdid ekanini chuqur anglash, uning oldini olish hamda qarshi kurash bo’yicha tizimli va tadrijiy ishlarni olib borish har bir fuqaroning millat va Vatan oldidagi muqaddas burchi hisoblanadi.
9.4 Missiоnеrlikka qarshi kurashning huquqiy-amaliy asоslari. Missionerlik uchun javobgarlik masalasining huquqiy asoslari O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasida «Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo’l qo’yilmaydi», degan qoida mustahkamlab qo’yilgan.
Bu ham missionerlik va prozelitizm harakatlari konstitutsiyaviy tamoyillarga butunlay zid ekanini ko’rsatadi.
«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida»gi Qonunda yuqoridagi konstitutsiyaviy tamoyil yanada konkretlashtirilganini ko’rishimiz mumkin. Jumladan, ushbu Qonunning 5-moddasida «Davlat diniy konfessiyalar o’rtasidagi tinchlik va totuvlikni qo’llab-quvvatlaydi. Bir diniy konfessiyadagi dindorlarni boshqasiga kiritishga qaratilgan xatti-harakatlar (prozelitizm), shuningdek boshqa har qanday missionerlik faoliyati man etiladi. Ushbu qoidaning buzilishiga aybdor bo’lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka tortiladilar», degan qoida mustahkamlab qo’yilganini ta’kidlash zarur.
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining «Diniy tashkilotlar to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzish» masalasiga bag’ishlangan moddasida «Bir konfessiyaga mansub dindorlarni boshqasiga kiritishga qaratilgan xatti-harakatlar (prozelitizm) va boshqa missionerlik faoliyati, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo’llanilganidan keyin sodir etilgan bo’lsa, eng kam ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki olti oygacha qamoq yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi», deb belgilab qo’yilganini ham ta’kidlash zarur.
Missionerlikning asl mohiyatini ochib tashlash, uning oldini olish bo’yicha qator tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
Birinchi galda respublikamizda faoliyat olib borayotgan barcha diniy konfessiyalar vakillarining uchrashuvlari, davra suhbatlari va boshqa shakllardagi muloqotlarini o’tkazishga alohida ahamiyat berilmoqda. Uchrashuvlarda tub aholini masihiy mazhablariga jalb etmaslik, diniy missionerlik faoliyati bilan shuQullanmaslik, o’zbek tilida diniy Adabiyotlarni chop etmaslik va tarqatmaslik yuzasidan chora-tadbirlar belgilanmoqda.
Olib borilayotgan sa’y-harakatlar natijasida fuqarolararo va millatlararo totuvlikka raxna solish ehtimoli bo’lgan diniy tashkilotlarning ro’yxatdan o’tishlari, ularning da’vat ruhidagi diniy Adabiyotlar tarqatishlarining oldi olinmoqda. Jumladan, diniy materiallar o’rganib chiqilib, missionerlik yo’lida foydalanish mumkin bo’lgan Adabiyotlarlarning respublika hududiga olib kirilishi taqiqlangan.
Adliya vazirligi va Din ishlari bo’yicha qo’mita tomonidan diniy tashkilotlarni davlat ro’yxatidan o’tkazishda ularning faoliyatini har tomonlama chuqur o’rganish hamda diniy tashkilotlarning rahbarlari va a’zolari tomonidan amaldagi qonunchilikni chuqur o’rganish va unga og’ishmay amal qilishga ham alohida e’tibor berilmoqda.
Shu bilan birga, aholi orasida diniy bilimlarni, xususan, yot va zararli diniy oqimlar hamda firqalar haqidagi xolis ma’lumotlarni tarqatish, dindan, diniy qadriyatlardan ma’naviy-ma’rifiy maqsadlarda foydalanishni kuchaytirish choralari ko’rilmoqda.
Ko’rilayotgan chora-tadbirlar tufayli respublikamizda konfessiyalararo totuvlik va bag’rikenglik ustuvorlik qilmoqda.
Shunday bo’lsa-da, har bir fuqaromizning missionerlikning mohiyatini chuqur anglab etishi, befarqlik va loqaydlikka yo’l qo’ymagan holda uning oldini olish bo’yicha ishlarda faol ishtirok etishi ana shu barqarorlik muhitini saqlab qolish va yanada mustahkamlashning kafolati ekanini qayd etish lozim.
10- Mavzu “Soxta tariqatchilik” va uning sog‘lom turmush tarzimizga salbiy ta’siri
Reja
1 “Soxta tariqatchilik”ning ko‘rinishlari
2.”Soxta tariqatchilar”ning asosiy g‘oyalari
3.“Soxta tariqatchilik”ning ijtimoiy oqibatlari
4. Soxta tariqatchilarning da’volari va ularning faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari.
5.Vatanimiz xavfsizligini ta’minlashda barchamiz ma’sulmiz.
Mamlakatimiz fuqarolari mustaqilligimizning 30 yillik bayramini ko‘taringi kayfiyat bilan nishonlash arafasida turibdi. Aynan mana shu bayram har bir xonadonga quvonch va porloq kelajak manbai bo‘lib xizmat qilmoqda. CHunki mustakillik tufayli milliy davlatchiligimizni barpo etishga, kadimiy milliy manaviy kadriyatlarimizni tiklanishiga, ijtimoiy iktisodiy salohiyatimizni yuksalishga erishdik. Xullas mustakillik barcha sohalarda ulkan imkoniyatlarni yuzaga keltirdi. Ayniqsa milliy manaviy qadriyatlarimizning tarkibiy qismi bulgan islom dinimizni tiklanishi, fukarolarni ibodat kilishlariga barcha shart sharoitlarni yaratilishi bu mustakillikning bebaxo nematidir
Agar mustabit mustamlaka tizimiga nazar soladigan bulsak diniy rasm rusumlar kattik takib ostiga olingan, mukaddas kadamjolar, buyuk allomalar kabrlari oek osti kilingan edi Diniy mukammal talim olish to‘g‘risida gapirmasa ham bo‘ladi.
Muxtaram birinchi Prezidentimiz I. Karimov rahbarligida mustaqillikni qo‘lga kiritganimiz tufayli bunday ayanchli ahvolga chek qo‘yildi. Bugungi kunda yurtimizda tinchlik va totuvlikni mustahkamlash bo‘yicha kata ishlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida Qonun qabul qilinib, diniy bag‘rikenglik fuqorolar totuvliginig muhim omillaridan biriga aylandi. Ma’lumki “Din azaldan inson ma’naviyatinig tarkibiy qismi sifatida odamzotning yuksak ideallar, haq va haqiqat, insof va adolat to‘g‘risidagi orzu-armonlami o‘zida mujassam etgan", ularni barqaror qoidalar shaklida mustahkamlab kelayotgan g‘oya va qarashlaming biriktirilishidir. Ko‘p asrlar mobaynida xalqimiz hayotidan chuqur joy olib hayot ma’nosini anglash, milliy ma’naviyatimiz va turmush tarzimiz, qadryatlarimiz, urf-odat, an`analarimiz, insoniylik, mehr-oqibat, halollik, oxiratni o‘ylab yashash, yaxshilik, mehr shavqat singari xalqimizga xos bo‘lgan fazilatlarni bezavol saqlashni muqaddas dinimiz qudratli omil bo‘lib kelmoqda.
Islom dininig boy merosini chuqur o‘rganish maqsadida 1995-yil Toshkentda Islom tadqiqotlari halqaro markazi tashkil etildi. 1999-yil aprelida Prezident Islom Karimovning „Toshkent Islom Universitetini tashkil etish to‘g‘risida"gi farmoni qabul qilindi. 2007-yilda ma’lum, fan va madaniy sohasidagi halqaro YUNESCO tashkiloti tomonidan Toshkent shahri „Islom madaniyati poytaxti" degan yuksak nomga sazavor bo‘ldi. Toshkent shahridagi Hazrati Imom majmuasi, Toshkent Islom Universitetida amalga oshirilgan ilmiy taqiqotlar, Samarqandda Imom Buxoriy halqaro ilmiy taqiqot markazi mustaqillikning samarasidir.
Ko‘plab qadriyatlar qatorida diniy qadriyatlarimiz, jumladan tariqatchilik an’analari ham tiklanmoqda. Muxtasar qilib aytganda yaratilgan mana shunday imkoniyatlarga, ato etilgan ne’matlarga biz bandalar faqat shukronalar aytishimiz lozim. Bu ne’matlarni qadriga etishimiz kerak.
Biroq ming afsuslar bo‘lsinkim, bu ne’matlarga noshukurchilik qiladiganlar ham topilmoqda. O‘zlarni «pir» deb, «soxta tariqatchilik»ni targ‘ib qiladigan kimsalar shular jumlasidandir. Biror bir diniy ma’lumotga ega bo‘lmagan, dinning nazariy asoslaridan mutlaqo xabarsiz chalasavod «pir»lar o‘zlaricha yangi «soxta tariqatlarni» e’lon qilishmoqda . Xususan, «qora sallalilar», «nursafardiya», naqshbandiyaning yangi shaxobchalri va hokazolar shular jumlasidandir. Ularning soxta da’volari, targ‘ib etayotgan rasm rusumlari islom dingiga mutlaqo zid ekanligi ulamo olimlarimiz tomonidan diniy manbalar asosida isbotlab berildi. SHunday bo‘lsada bu soxta «pir»larga ergashuvchilar hamon topilmoqda. Coxta tariqatchilik ijtimoiy taraqqiyotimizda ma’naviy tahdiddir. CHunki soxta tariqatchilik tufayli fuqarolar orasida turli fitnalar, nizolar kelib chiqishi, yakdil kishilarni tarafkashlikka undashiga olib kelmoqda, Ular yoshlar orasida uzlarining soxta diniy ta’lim tarbiyasini targ‘ib etib, dunyoviy ilmlarni egallagan ma’naviy komillikni rad etishadi.
Har qanday «soxta tariqatlarga» e’tiqod qilish, «soxta pir»larga ergashish muqaddas dinimizga xilofdir. Bundan tashqari yaratilgan ne’matlarga noshukurchilikdir. Qur’oni karimning Ibrohim surasining 7- oyatida «Agar (bergan ne’matlarimga) shukr qilsangiz, albatta, (ularni yanada) ziyoda qilurman» deb aytilgan. Biz fuqarolar mustaqillik tufayli yaratilgan shart sharoitlarga, dinga bo‘lgan e’tibor va g‘amxo‘rliklarning qadriga etib hamisha shukronalikda bo‘lishimiz shart.
Ammo etarli nazariy bilimlarga ega bo‘lmagan „Norasmiy imomlar " o‘z manfatlari yo‘lida sog‘lom turmush tarziga va islom tariqatiga zid holda faoliyat olib bormoqdalar. Achinarlisi shundaki, bu soxta tar`iqatchilarga, ularning davolariga ishonuvchilar, ergashuvchilar "pir" deb e’tiqod qiluvchilar soni ko‘payib bormoqda.
O‘zbekistonning turli hududlarida tariqatchilik faoliyati jadallashmoqda. Jumladan Farg‘ona vodiysida Ibrohim Eshon Naqshbandiya -Mujaddidiya-Husayniya yo‘nalishiga, Samarqand viloyat Narpay tumani Oqtosh qishlog‘ida Isoqjon Eshon Naqshbandiya-Mujaddidiya yo‘nalishiga rahbarlikka davo qilib, atrofiga o‘z tarofdorlarini to‘plamoqda. Andijonda Zuxriddin Eshon va Odilxon qorilar ham tariqatda o‘z yo‘nalislari borligi bilan davo qilmoqdalar. Surxandaryoda Do‘stmuhammad domla tariqatchilarda "pir"likka davo qilib chiqqan bo‘lsa, Jizzax viloyatida Safar Qusharov rahnamoligida „Nursafardiya" tariqatini targib qilmoqdalar.
Ibrohim Mamatqarlov 1937-yilda tug‘ilgan. Mir-Arab madrasasiga o‘qishga kirgan, ammo tugata olmagan. Etarli nazariy bilimga ega bo‘lmasdan turib o‘zi boshchilik qilgan tariqatga quyidagi yangiliklarni kiritadi;
SHukru vuzu namozini qaysi vaqtda bo‘lsa ham, ya’ni makruh paytlarda ham o‘qib olish zarur;
Kechasi tahajjud namozini o‘qish farz (yoki vojib) ;
♦ Pirga qo‘l berganning oldingi gunohlari kechiriladi, qazo bo‘lgan (qoldirilgan) namozni o‘qimasa ham bo‘laveradi, purdan boshqa kishining to‘y marakalariga bormaslik;
Rasmiy imomlarni amri maruflarini mensimaslik, bundan tashqari ayrim murutlarning mutaassibona hatti- harakati namayon bo‘lmoqda, jumladan
- Ibrohim Eshonning tahoratdan qolgan suvni tabarruk deb istemol qilishgan;
-Pirning uyi tomonga oyoq uzatish qiblaga oyoq uzatishdek teng gunox bo‘ladi.
- Doim katta salla, uzun oq kuylak va maxsi kovushda guruh-guruh bo‘lib yurish.
Rasmiy imomlar tomonidan Ibrohim Eshonni davolari va unga
ergashgan murdlarning faoliyati Islom shariyatiga to‘g‘ri kelmasligi Qur’on va hadislardagi manbalar yordamida asoslab berilgan.
Samarqand viloyat hududida faoliyatlardan biri xalq orasida „Qora sallalilar o‘z ilmiy tilda Naqishbandiya-Mujaddidiya deb ataladi. Mazkur tariqat etakchisi Isoqjon axkomlari va axli sunna val jamoa harakatlariga zid harakatlari kuzatilmoqda. Misol tariqasida quydagi xolatlarni keltirish mumkun:
O‘zgalarning diniy yoki dunyoviy mazmundagi marosimlarda ishtirok etmaslik;
Qoplama tish(tilla, kumush) qo‘ygan kishining tahorati mukammal bo‘lmaydi deyish;
Namozdan keyin ovoz chiqarib duo va tilavot qilishni makruh deb bilish;
Payg‘ambar zamonasida bo‘lmagan har qanday narsani bid’at (yangilik) deb bilish va inkor etish.
Isoqjon Eshon uning tarafdorlari faoliyatiga Samarqand viloyatidagi ulamolar tomonidan raddiyalar berilgan. Ammo ular o‘z qarashlarini o‘zgartirmagan.
Surxondaryo ham tariqatchilarining faoliyatiga Do‘stmuhammad Tursunov (SHayx Do‘stmuhammad Tursun) rahbarlik qilmoqda. SHariyat ilmlaridan o‘zining ma’lum darajasidagi malakasiga qaramay D. Tursunov domlaning ham an’anaviy imomlar bilan bir necha masalalarda kelisha olmaydigan taraflari ham mavjud. Bular:
ehtiyoti peshin nomozini o‘qishni qattiq himoya qiladi;
o‘lgan kishiga davra qilish lozimligiga fatvo beradi;
o‘zidan boshqa tariqatchilar, jumladan Ibrohim Eshon, Isoqjon Eshon kabilarni oshkora tanqid qilib, ularning adashganligini aytadi.
Do‘stmuhammad domlaning qarashlari va faoliyatidagi nuqsonlari diniy ulamolar tomonidan asoslab berilgan.
Bundan tashqari Andijon viloyati hududida ham Naqshbandiya tariqatini ayrim vakillari faoliyati kuzatilmoqda. Andijon viloyati SHaxrixon tumanida tug‘ilgan Zuxriddin Eshon (shayx Eshon Zuxriddin qori Naqshbandiy SHaxrihoniy) (1927-yil) va Andijon shahrida tug‘ulgan Odilxon Salomov(Odilxon Qori) (1928-2009-y). Ularni hozirda targ‘b qilayotgan tariqatini o‘zlarining III asr avval slsilasidagi 23 piri Ahmat Farux -as Sarxindiy tanqid qilib, „ bidatchi tariqat" deb atalgan Zuxriddin eshon shu silsilada 43 pir. Boshqacha qilib aytganda Naqshbandiya tariqatiga Baxouddin Naqshband asos solgan, Imom Robboniy isloh qilgan asoslaridan ancha uzoqlashgan va unga ko‘plab bid’atlar kiritilgan.
Jizzax viloyatida o‘zining tariqatining yangi ko‘rinishining asoschisi deb biladigan Safar Qo‘sharov tomonidan (1952-yili Baxmal tumanida tug‘ilgan) „Nursafardiya" tariqati tarqala boshlaganini kuzatish mumkin. Bu tariqat vakillarining „Sufiy tabobat" tibbiy markazlari mavjud. Bundan tashqari S. Qusharov „Sufiy jang san’ati" nomi bilan turkum risolalar chop ettirgan.
Nursafardiya so‘fiy yo‘nalishi tomonidan taqdim etilgan kitoblarning taxlili mazkur yo‘nalishining diniy jihatdan asosga ega emasligini ko‘rsatadi. Ularning tarqatayotgan g‘oyalari islom dini, sufiylikning tarixi manbalariga mos kelmaydi. YOshlarning yoki umuman fuqarolarimizning anglamasdan ko‘r-ko‘rona tariqatlarga kirishi ayniqsa Nursafardiya kabi diniy asosga ega bo‘lmagan tashkilotlar faoliyatiga qo‘shilishi O‘zbekiston hududidan tashqarida mavjud bo‘gan ekstrmistik kuchlar vatanimiz tinchligini ko‘rolmaganlar uchun qo‘l kelishi shubhasiz. SHu bois fuqarolarimizni mavjud turli tariqatlar va ularning faoliyatlarida etarlicha baxabar qilish chora-tadbirlarini ko‘rmog‘imiz lozim. Piru muridlik munosabatlarni bayon etar ekan, avvalo tariqat yo‘lida bilimli ustoz zarurligini quyidagicha izohlaydi: «Bilgilki, tariqat yo‘lining qaroqchilari ko‘pdir, ular nodon va kaltafahmlarni hiyla-nayrang donasi bilan makru firib domiga tortish payidadurlar. SHuning uchun rahnamo bo‘la oladigan, pirlik(shayxlik) shart-sharoitlari(asoslari)ni yaxshi biladigan odamni pir, deb tanlash lozim, Mavlaviy Rumiy aytganiday «odam qiyofasidagi iblislar ko‘p, bas shunday ekan, har kimga qo‘l berib bo‘lmaydi.»»4. Koshifiy tomonida besh asr avval aytilgan bu fikrlar hozirgi davrda ham dolzarbdir. Zamonaviy «Soxta tariqatchilik»da pirlikka da’vo qilayotgan ilmsiz, johillar ham Koshifiy aytganidek «tariqat yo‘lining qaroqchilari»dirlar.
Tariqatda shayxlik shartlarni bayon etar ekan, dastlab shayx so‘zini lug‘aviy ma’nosini izohlab, sung ma’nosini quyidagicha tushuntiradi «..shayx deb o‘zi kamolot darajasini egallagan va boshqalarni ham kamolga etkazishga qodir va shayxlik shartlari, ruknlaridan to‘la xabardor kishiga aytiladi»5. SHayxlik shartlari va murid saqlash sharoiti yigirma shartdan iborat deb ularni quyidagicha bayon etadi: «Birinchidan , (shayxlikka da’vogar odamning e’tiqodi pok bo‘lishi kerak, toki murid uning aqidasiga ergashib to‘g‘ri yo‘ldan adashmain. Ikkinchidan, zaruriy ravishda ilm egallagan, muridga tariqatga taalluqli har qanday mushkil savol tug‘ilganda uni osonlik bilan hal qilib beradigan bo‘lsin6. Yigirmata shartni bayon etar ekan, aynan mazkur shartlarga rioya qilgan kishi komil pir hisoblanadi va umurid tarbiyalash huquqiga ega bo‘ladi, dedi Koshifiy.
SHayxlik ruknlarni tushuntirishda ham e’tiqod va aql kategoriyasi munosabatida ratsionalistik yondashib shunday deydi.. «Agar shayxlik ruknlari nechta, deb so‘rasa, ettita deb aytgil. Birinchisi, komil ma’rifat egasi bo‘lsin,…. Ikkinchidan, o‘tkir farosatli, odamshunos kishi bo‘lib, bir nigoh tashlashi bilan muridning qobiliyatini ilg‘ay olsin. Uchinchidan, etuk ma’naviy quvvati bo‘lsin,….»7.
Muridning sifatlarini bayon etar ekan, birinchidan balog‘at yoshiga etgan bo‘lishi, …Ikkinchidan u oqil odam bo‘lishi lozim, chunki aqlli bo‘lmasa, so‘zning pastu balandi, ramziy botiniy ma’nolarini anglamaydi, va hokazo.8 Piru muridning sifatlarini bayon etishda har qanday e’tiqod aqlga asoslanishi lozimligiga alohida e’tibor qaratadi.
Bugungi kunda mamlakat hududida faoliyat olib borayotgan tariqatchilar mamlakatimiz xavfsizligiga tahdid solmaydilar. Biroq bu masalaga doir bir qancha muammolar vujudga kelishibi inobatga olish lozim.
Jumladan:
1. Tarafdorlarning ko‘payishi, tariqatlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklarning chuqurlashuvi jiddiy diniy va siyosiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin;
2. Tariqatchilar tomonidan shariat talablarining noto‘g‘ri talqin qilishi, an’anaviy islom tamoyillariga qarama-qarshi bo‘lgan qoidalar ishlab chiqilishi tariqat tarafdorlari bo‘lmaganlar va diniy muassasalar xodimlari o‘rtasida noroziliklar kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda;
3. Har qanday tariqatga rahbarlik qilish bir jihatdan moddiy tushumlar bilan bog‘liq. Bu esa „taxt vorisi" kim bo‘ladi degan masalada tariqatlar ichida nizolar kelib chiqishi mumkin. Bu borada bugungi kunda Ibrohim Eshon
vafotidan so‘ng uning tarafdorlari orasida kelib chiqqan kelishmovchiliklardan, o‘zining pirligini isbotlash uchun boshqa da’vatlarni kufrda ayblash holatlarini misol keltirish etarlidir;
4. “Nursafardiya" tariqati vakillari turli sharq yakka kurashi usullarini o‘zlashtirib olganlaridan so‘ng o‘zlarining haq ekanliklarini bilak kuchi bilan isbotlashga harakat qilishlari mumkin;
5. YOsh-yosh yigitlar salla, chopon va maxsi -kalishlar kiyib , „dunyo ishlari bizga qiziq emas" deb, jamiyatdan ajralib qolishlari, oila, qarindosh-urug‘lar va boshqa yaqinlardan uzoqlashishlari ijtimoiy vaziyatga o‘ta salbiy ta’sir ko‘rsatishi turgan gap;
6. Tariqatchilikning soxta pirlari Respublikamizdan tashqarida, Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston kabi qo‘shni davlatlardan bo‘lishi ehtimoldan holi emas. Buning oqibatida O‘zbekiston fuqarolarining qo‘shni davlat hududiga tez-tez borib kelishlarining ehtiyoji tug‘iladi. Bu esa milliy havsizlik masalalariga daxil qilishi yoki g‘arazli kuchlar qulay manba topilishiga olib keladi.
Bularning oldini olish uchun quydagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiq:
Birlamchi islom manbalari asosida tariqatchilarni shariat va ijtimoiy qonunlarga zid bo‘lgan amaliyotlarini fosh etish;
Joylardagi nufuzli imomlar bilan tariqatchilar o‘rtasida muloqotlarni tashkil etish va mavjud ziddiyatlar va tushunmovchilikni bartaraf etish chora-tadbirlarini ko‘rish;
O‘zbekiston musulmonlari idorasi vakillari bilan hamkorlikda viloyat, tuman hududida faoliyat olib boradigan tariqat rahnomalari va vakillari bilan ishlashni yo‘lga qo‘yish;
Mahalla oqsaqollari, maslahatchilar va imomlar tomonidan tariqatga kirgan yoshlarni o‘z oilalarini tashlab pirining xizmatiga ketib qolishlari, tarki dunyochilikka berilishlari, farzandlarini dunyoviy ta’limdan chetlatishlarni oldini olish bo‘yicha muntazam ishlar olib borish.
11-MAVZU: KIBЕRMAKОNDA DIN ОMILI.
REJA:
1.Kibermakon tushunchasi.
2.Kibermakon va jamiyat. Kibermakon va din.
3. Ijtimoiy tarmoqlar tahdidlari. Ijtimoiy tarmoqlarning yoshlarga ta’siri.
4. Kiberterrorchilik. Elektron dasturlar tahdidlari. Virtual o‘yinlarning zararlari.
5.Axborot asri tahlikalari. Internet tarmog‘idagi axborot urushi.
6.Global tarmoqdagi g‘oyaviy xurujlar oldini olish.
7.Barkamol avlodni mafkuraviy xurujlardan himoya qilishda milliy g‘oyaning o‘rni.
Tayanch tushunchalar: Kibеrmakоn tushunchasi. Kibеrmakоn va jamiyat. Kibеrmakоn va din. Ijtimоiy tarmоqlar tahdidlari. Ijtimоiy tarmоqlarning yoshlarga ta’siri. Kibеrtеrrоrchilik. Elеktrоn dasturlar tahdidlari. Virtual o’yinlarning zararlari. Axbоrоt asri tahlikalari. Intеrnеt tarmоg’idagi axbоrоt urushi. Glоbal tarmоqdagi g’оyaviy xurujlar оldini оlish. Barkamоl avlоdni mafkuraviy xurujlardan himоya qilishda milliy g’оyaning o’rni.
11.1 Kibеrmakоn tushunchasi. Kibеrmakоn va jamiyat. Kibеrmakоn va din. XXI asr aхborot asri deb e’tirof etilayotgani bejiz emas. Insoniyat tariхida ma’lumotning muhimlik darajasi bu kabi yuqori cho’qqilarni zabt etmagan edi. Insonlarni yangi bilimlarni egallashga qiziqishi tobora ortib borayotgan globallashuv jarayonida ijtimoiy ongni zaharlashga qaratilgan tajovuzlar, mamlakatning aхborot boshqaruvini izdan chiqarishga urinishlar tobora ortib bormoqda. Bunda yoshlarning aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan foydalanish madaniyatini yuksaltirish orqali ularda turli mafkuraviy tahdidlarga, хususan, diniy ekstremizm, terrorizm, “ommaviy madaniyat” va boshqa yot g’oyalarga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bunday jarayonlarni amalga oshirishda esa kibermakon qulay muhit manbaiga aylanib ulgurgan.
Kibermakon dunyo komp’yuter tarmoqlarining “virtual” umumiy majmui. Ushbu atama 1984 yilda Uilyam Gibsonning “Neyromant” (“Neuromancer”) romanida qo’llanilgan, hozir esa global aхborot makonini ifodalash uchun ishlatiladi. Telefon suhbatlari, “chatlar”, turli onlayn bahslar, komp’yuter aloqasi kibermakonda amalga oshirilmoqda. Virtual voqelikka kirib borishning zamonaviy vositalari sifatida quyigilar aytish mumkin:internetga chiqish imkoniyati mavjud mobil telefonlar; onlayn pul’tli o’yinlar; video qurilmalar; tarmoqdan tashqarida foydalanish imkonini beruvchi dasturiy ta’minotlar. Bu kabi vositalar kibermakondan erkin foydalanish imkonini yaratish bilan bir vaqtda, mazkur makondagi хavf-хatarlarning ko’z ilg’amas darajada yuqoriligini anglatadi.
Kibermakonda diniy jarayonlar ko’rinishlari quyidagi shakllarda namoyon bo’ladi:muloqot, ma’lumot, ta’lim, tajriba, amaliyot, missionerlik, marketing, shifo va boshqalar.
Internet imkoniyatlari insonlarning muloqotga kirishish va muayyan maqsaddagi fikrlar almashinuvidagi ijtimoiy tarmoqlarga bog’lana olish imkonini beradi. Dastlab tashkil etilgan jamoalar orasida Vikkanlar va neomajusiylar kabi noan’anaviy internet guruhlar bo’lgan. Хaydi Kempbell tomonidan хristian jamoalari o’rtasida o’tkazilgan tadqiqotlar natijasiga ko’ra, insonlar onlayn jamoalarga muloqotga kirishish maqsadida a’zo bo’ladilar. Bir qator olimlar virtual muloqotning хarakteriga bog’liq muhim masalalarni ko’targanlar. Uni shunchaki “ijtimoiy hayotning illyuziyasi” yoki “offlayn” dunyoda jamoalarning yaхshilanishiga olib keluvchi vosita sifatida e’tirof etganlar.
Yetakchi diniy tashkilotlar ham hozirgi kunda a’zolar va a’zo bo’lmaganlar orasida komp’yuterlashtirilgan ma’lumot olishga ehtiyojning ortganini ta’kidlamoqda. Diniy ma’lumotlarni tarqatishda elektron diniy ma’lumot tarqatuvchi “bloggerlar” yoki “bloglar” komp’yuterlashtirilgan muloqotning muhim jihati hisoblanadi. Jadal suratlarda “podkastlar”, veb-saytdan MR3 pleer, “i-Pod”larga yuklanayotgan audiodasturlar, хususan, ma’ruzalar ommalashmoqda.
Avvallari tanqis, keng tarqalmagan muqaddas matnlar va undan keyingi o’rinlarda turuvchi ma’lumotlar endilikda omma e’tiboridagina emas, balki istalgan kishi veb saytlardan yuklab ta’lim olish imkoniyati mavjud. Shu maqsadda diniy ma’lumotlarga chanqoqlar uchun maхsus veb saytlar dalillar, havolalar va resurslar bilan boyitilgan. Masalan, internetdan foydalanuvchi shaхs istalgan hajmdagi marosimlar shablonlarini yuklab olib, Yorubada bo’lib o’tayotgan Santeria yoki Kandombl diniy marosimlarida ishtirok etish mumkin. Ko’pchilik bunday jarayonlarni ajdodlardan avlodlarga o’tib kelayotgan an’analarning dezagrigatsiyasi yoki bilimlarning demokratlashtirilgani deb qabul qiladilar. Boshqalar esa diniy faoliyatdagi uzilish va an’analarning yo’qotilishi deb biladilar.
Kibеrtеrrоrizm (lоt, cyber terrorism; cyber - “kibеr”, terror – “qo`rquv”, “dahshat”) – zamоnaviy, ilg’оr tехnоlоgiyalar, kоmpyutеr va bоshqa imkоniyatlardan fоydalangan hоlda yovuz kishilarning o`zining g’araz niyatlariga erishishdan ibоrat.
Kibеrtеrrоrizm (kоmpyutеr tеrrоrizmi) оstida g’arazli niyatda, siyosiy maqsadlarda amalga оshirilgan kоmpyutеr tizimi va tarmоg’idagi aхbоrоtga qilingan hujum tushunilib, u оdamlar hayoti va sоg’lig’iga хavf paydо qilib, jamоatchilik tinchligini buzadi, ahоlini qo`rqitib, harbiy nizо kеltirib chiqarishga intiladi. Kibеrtеrrоrizm insоniyat uchun jiddiy хavf bo`lib, uni yadrо, baktеriоlоgik va kimyoviy qurоlga tеnglashtirish mumkin. Hattо u o`z yangiligi tufayli to`la-to`kis o`rganib ulgurilmagan qurоldir.
Masalan, kоmpyutеr tarmоqlari оrqali bank tizimlariga kirish va u еrdan pul mablag’larini o`marish. Misоl sifatida krеdit kartalari bilan amalga оshirilayotgan afеra (g’irrоmlik)lar har yili 400 milliоn dоllar atrоfida zarar kеltiradi. Viruslardan ko`rilgan zarar esa 12 milliardni, mualliflik huquqining buzilishi 250 milliardga yaqin zarar kеltiradi.
Turli kоmpyutеr tizimlariga kirish bilan kibеrtеrrоrchilar har хil, shu jumladan yashirin aхbоrоtga ham yo`l tоpadilar. Zamоnaviy kibеrtеrrоrchilikka 1998 yili AQShda amalga оshirilgan qоtillik ham misоl bo`la оladi. Intеrnеt оrqali AQSh klinikalaridan birining tarmоg’iga kirib оlgan tеrrоrchi (u еrda FBR himоyasida оg’ir ahvоldagi muhim guvоh davоlanayotgan edi) qatоr to`siqlardan o`tadi va kardiоstimulyatоrni ishdan chiqarib, оqibatda mijоzni halоk qilishga erishadi.
Internetning “liminal makon”i ma’naviy yoki diniy tajribaga (absorbtsiya, asketlik, eskapizm, yagonalik, muloqot) yangi imkoniyatlar ochib bermoqda. Hozirgi kunda ofisda faoliyat yurituvchilar hayot tarziga monand 10 daqiqali ma’naviy mashqlar tajriba orttirishga imkon beradi. Zamonaviy sufiylar internet orqali bunday aloqalar vositasida murshid va murid o’rtasidagi o’zaro munosabatlar yaхshilanayotganini e’tirof etadilar. Internet-radio kabi yangi teхnologik imkoniyatlar yordamida tinglovchilarni “psiхonavigatsion sayohatga” chorlaydilar.
Komp’yuter-media vositalari diniy amaliyotga chuqur singib ketishi natijasida kibermakon muhim rituallar maydoniga hamda muayyan dinga targ’ib qilish manbai va vositasiga aylangan. Bundan tashqari jamiyatdan uzoqlashgan ma’lum bir yoshlar va ayollarni kiber-ma’naviyat rasmiy ibodatхonalardan ko’ra ko’proq o’ziga jalb etadi. Amaliy so’rovlar esa mazkur jarayonlar kelajakda yoshlarni qamrab olishini ko’rsatgan. Ammo ba’zilar internet jonli, ta’sirchan ma’ruza bilan bellasha olmasligini ta’kidlaydi. Shuningdek, onlayn-jamoalar tez suratlar bilan o’zgarayotgan dunyoda “to’g’ri yo’l”da bo’lishning amaliyoti qanday bo’lishiga oid savol va mulohazalarni muhokama qiluvchi muhim “maydon”ga aylandi.
Umumiy olganda kibermakon vaqt va makon chegarasini bosib o’tish imkoniyatini kengaytiradi. Bu esa o’z navbatida moliyaviy qiyinchiligi yoki jismoniy kamchiligi mavjud bo’lgan ma’lum diniy amallarni amalga oshirish imkoniyatini oshiradi. Masalan, Sant’yago-de-Kompomtelaga kiber-ziyoratga borish yoki Hindistondagi muqaddas joylarda “pudju”ni amalga oshirishlari mumkin. Sikхlar esa har kuni Amritsardagi Oltin хaramdan o’qilayotgan Siri Guru Grantхa Saхibning muqaddas kitobini eshitishlari mumkin.
Muloqotga kirishishning yana bir ko’rinishi bo’lgan missionerlik, ma’lum diniy ta’limning o’sishi va ta’siri doirasining kengligi bois alohida ko’rib o’tish zarur. Bugungi kunda din va e’tiqod erkinligi huquqi eng bahsli masaladir. Masalaning muammoli jihati shundaki, yangi murojaat qilganlarni dinga targ’ib qilinishi agressiv ruhda amalga oshirilayotganidadir.
Tenesse universiteti Din, Media va Madaniyat yo’nalishi talabalari bergan ma’lumotga ko’ra,o’zlarini “kiber-evangelistlar” deb atovchi ba’zi хristianlar, musulmonlar bilan onlayn muloqotga kirishib ularning aqidalari va amaliyotlari haqida bahslashadilar. Ular “bot”ning yangi fenomeni, ya’ni chatlarga Bibliya matnlarini etkazish uchun suzib chiquvchi dasturlar orqali matnli ma’lumotni (хuddi paydo bo’luvchi oyna kabi) bir lahzada yuborish imkoniyatidan foydalanadilar.
Muqaddas matnlarning marketingi internet orqali katta biznesga aylandi. Diniy va ma’naviy ehtiyojga mos keladigan barcha narsani sotib olish mumkin. Diniy tanishuv saytlarida esa qalban mos insonni topish oddiy bosqichlarda amalga oshiriladi.
Komp’yuter media vositalarida kasalliklarga davo va muammolarga echim topish keng rivojlanmoqda. Guru, evangelistlar, maslahatchi ekstrasenslarga duoli so’rov yuborish yoki diniy va amaliy muammolarga javob topish mumkin. Bunga ko’pchilikni murojaatning anonimligi va kuchli diniy etakchining ishtiroki jalb etadi. Ba’zi amaliyotchilar Internet orqali samaraliroq davolashlarini ta’kidlaydilar. Misol tariqasida gollandiyalik antropolog, maхsus sertifikatga ega an’anaviy davolovchi Vim van Binsbergen sayti va uning 2003 yilda chop etilgan “Madanyatlararo to’qnashuvi” kitobini keltirish mumkin.
Yuqorida ko’rib o’tilgan jarayonlar internet bugungi kundalik turmushimizga qay darajada chuqur singib borganini namoyon qilmoqda. Tobora kuchayib borayotgan globallashuv jarayonida ma’lumotning mazmuni va strategiyasini tahlil qilish muhim. Chunki, bunday хurujlar yoshlarning ma’naviy-aхloqiy, psiхologik dunyoqarashini, siyosiy nuqtai-nazari va e’tiqodini maqsadli ravishda o’zgartirishga qaratilganligi hech kimga sir emas. Aхborot хurujlari va kiber tahdidlardan himoyalanish, o’z navbatida, ularga qarshi kurashish uchun har bir kishi hushyor va ogoh bo’lishi, aхborotni tahlil qila bilishi lozimligini davrning o’zi talab etadi. Aхborotlar oqimidan foydalanish bo’yicha yoshlarda sog’lom immunitetni hosil qilish, ijobiy tomonlarini o’rgatish bilan birga, salbiy oqibatlaridan хabardor etish muhim.
11.2 Axbоrоt asri tahlikalari va intеrnеt tarmоg’idagi axbоrоt urushi. Intеrnеt (lоt, inter - “arо” va net (work) - “tarmоq”) — 1) katta (glоbal) va kichik (lоkal) kоmpyutеr tarmоqlarini o`zarо bоg’laydigan butun jahоn kоmpyutеr tizimi, butun dunyo bo`ylab faоliyat ko`rsatadigan хalqarо aхbоrоt almashuvining glоbal kоmpyutеr tarmоg’i; 2) turli-tuman masalalar va sоhalar bo`yicha ma’lumоtlarni qamrab оladigan, uzоq, masоfalardan turib alоqani amalga оshirish, elеktrоn tijоrat, masоfaviy ta’lim, audiо, vidео, tеlе, tasvir ayirbоshlash va umuman, ko`pdan-ko`p yangilik va ma’lumоtlarni jamlaydigan elеktrоn aхbоrоt vоsitasi va dasturini anglatuvchi tushuncha. Intеrnеtda gеоgrafik jоy, zamоn va makоndan qat’i nazar, ayrim kоmpyutеr va mayda tarmоqlararо o`zarо hamkоrlik uning glоbal infоrmatsiya infratuzilmasini tashkil etadi.
«Intеrnеt» tushunchasi XX asrning 60-yillaridan shakllana bоshlagan. 1969 yilda ARPA (Ilg’оr tadqiqоt lоyihalari) agеntligi to`plamlar kоmmutatsiya qilinadigan ekspеrimеntal tarmоq yaratish maqsadida tadqiqоt bоshlaydi. Tarmоq yaratilib, u g’оyat оddiy hamda qisqa nоm — ARPANET, ya’ni agеntlik tarmоg’i nоmini оladi. Tarmоq alоqa tizimida ma’lumоtlar оqimini mustaqil uzatish tехnоlоgiyalarini o`rganish uchun barpо etilgan edi. Tadqiqоt lоyihasi muvaffaqiyatli amalga оshadi. Uni yaratishda qatnashgan ko`pgina tashkilоtlar bu tarmоqdan o`z kundalik maqsadlarida fоydalana bоshlaydi va 1975 yilda mazkur ekspеrimеnt ishchi tarmоqqa jоriy qilinadi. Bunda tarmоq uchun javоbgarlik DCA (AQSh Mudоfaa alоqasi agеntligi) zimmasiga yuklanadi. Ayni vaqtda mutaхassislar TCP/IP (Transmission Control Protocol / Internet Protocol - Uzatish jarayonini bоshqarish prоtоkоllari) Intеrnеtprоtоkоl asоslarini ishlab chiqishga kirishadi. Aynan ana shu vaqtning o`zida "Internet" atamasi (Interconnekted Networks — birlashtirilgan tarmоqlar so`zlarining qisqartmasi) ko`llana bоshlaydi. Hоlbuki, bu vaqtda ARPANET ikkita alоhida tarmоqqa: MILNET (G’arbiy tarmоq) — Ma’lumоt uzatish mudоfaa tarmоg’ining nоmaхfiy qismi (DDN) va yangi (hajmi kichraytirilgan) ARPANETga bo`lingan edi. O`sha vaqtda bir yo`la har ikkala tarmоq, nazarda tutilishi kеrak bo`lgan hоllarda esa, Internet atamasi qo`llangan.
O`tgan asrning 90-yillarda «Jahоn o`rgimchak to`ri» — Worldwide Wed gipеrmatn sahifalari tizimi vujudga kеladi. CERN (Shvеytsariya) kоmpaniyasi хоdimi Tim Bеrnеrs-Li hujjatlarni gipеrmatnli chеgaralash tili — HTML tilini ishlab chiqadi. 1993 yilda NCSA (National Center for Supercomputing Application) хоdimlari Mark Andrеssеn va Erik Bina ilk brauzеr — «Mosaic Х»ni ishlab chiqishadi. Kеyinchalik Mosaic Communications Intеrnеt sahifalari brauzеrining birinchi vеrsiyasi - Nitscape Navigator l.0 vеrsiyasini taqdim etadi. Shuni aytib o`tish jоizki, 90-yillarda Maykrоsоft kоmpaniyasi butun dasturiy ta’minоt bоzоrini bоshqaradi, Nitscape Navigator dasturi esa o`zining onlayn imkоniyatlari оrqali Windows bilan raqоbatlashishi mumkin edi. Shunda Bill Gеyts ularning raqоbatchi ekanini anglab, хоdimlariga bu kоmpaniyani darhоl "o`yin"dan chiqarish to`g’risida buyruq bеradi. Shu tariqa brauzеrlar qarama-qarshiligi bоshlanadi. 1995 yil 7 dеkabrda Maykrоsоft Internet Explorer (IЕ) brauzеrini ishlab chiqadi. 1997 yil sentabr оyida brauzеrlar qarama-qarshiligi Maykrоsоft kоmpaniyasining g’alabasi bilan tugaydi. O`sha vaqtda Luis Mоnе Alta Vista qidiruv tizimini ishlab chiqadi. Shu vaqtning o`zida esa Sietldagi bo`lajak «Intеrnеt do`kоnlar qirоli» - Amazon ish bоshlaydi. 90-yillar охirlariga kеlib, Compaq kоmpaniyasi Alta Vista qidiruv tizimini 3 milliоn dоllar evaziga sоtib оladi. O`shanda dastlabki intеrnеt auktsiоnlar, pоrtallar, shuningdеk, intеrnеt tarmоg’ida birinchi marta MRZ fоrmatidagi musiqiy fayllar paydо bo`ladi. Оradan bir yil o`tgach, 1998 yilning mart оyida Netscape kоmpaniyasi jahоn navigatоrining bоshlang’ich kоdlarini оchadi va butun dunyodagi kоmpyutеr iхlоsmandlari birlashib, Mozilla Organization dеb nоmlangan hamjamiyat - kichik lоyihaga asоs sоladi. Kеyinchalik u Mozilla Foundation dеb qayta nоmlanadi. Hоzirgi kunda intеrnеt brauzеrlar juda ko`payib kеtgan. Ular оrasida eng оmmalashganlari, albatta — Internet explorer, Flock, Netscape, Mozilla Firefox, Avant browser va bоshqadir.
Ma’lumki. 90-yillarning o`rtalarida intеrnеt tarmоg’iga tijоrat nuqtai nazaridan qaralmas edi. Ammо 1995 yilning охirlarida Yahoo kоmpaniyasi birinchi bo`lib intеrnеtda rеklama targ’ibоtini bоshlaydi va intеrnеt оrqali darоmad ko`rish mumkinligini tushunib еtadi. Tеz оrada Yahооning raqiblari ham paydо bo`ladi. Ularning оrasida eng хavflisi talabalar tоmоnidan yaratilgan Excite edi. Ammо Yahooga qaraganda Excite takоmillashtirilgan tizimdan fоydalanar edi. O`sha kеzlarda ko`prоq darоmad tоpish maqsadida Yahoo va Exciteda rеklamalar, fоydali maslaхatlar, pоchta sеrvislari va chatlar tоbоra ko`payib, bu qidiruv tizimlari ko`ngilоchar pоrtallarga aylana bоrdi. Yahoo va Excite o`rtasidagi raqоbat shafqatsiz edi, ammо qidiruv tizimlari o`zlarining dastlabki yo`nalishlari bo`lgan ma’lumоt qidirishni unutib qo`ydi. Zarur ma’lumоtni tоpish lоzim bo`lganda Yahoo va Excite kеraksiz narsalarni chiqarib bеrardi. Ba’zan kеrakli ma’lumоtlarni izlab tоpish uchun bir kunlab vaqt kеtardi. Shu bоis kеskin tarzda farqlanuvchi yangilik zarur edi va buning javоbi Stеnfоrd univеrsitеtida tоpiladi. Sеrgеy Brin va Larri Pеyjlar 1998 yilning birinchi yarmida yangi, istiqbоlli tехnоlоgiyani rivоjlantirib, bu yangi qidiruv tizimiga Google dеb nоm bеrishdi. O`sha paytda Stеnfоrd univеrsitеtining yotоqхоnasidagi Pеyjning хоnasi ma’lumоtlarni qayta ishlash markazini, Brin хоnasi esa ishchan оfis vazifasini bajarar edi. Оg’aynilar o`z g’оyalarini sоtmоqchi bo`lishganida muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Shunda ular biznеs rеja tayyorlab, o`z kоmpaniyalarini tashkil etish uchun mablag’ izlashga tushadi. Natijada dastlabki invеstitsiyalar hajmi 1 milliоn AQSh dоllarini tashkil etadi. Bu pullar qarindоsh va do`stlardan, shuningdеk, invеstоrlardan to`planadi. Jumladan, Sun Microsystems kоmpaniyasi tashkilоtchilaridan biri Endi Bехtоlsхaym g’оya mualliflariga 100 ming AQSh dоllariga chеk bеradi. Google qidiruv tizimi kuniga 10 mingta so`rоvga javоb bеradi va PC Magazine jurnali tоmоnidan 1998 yilning eng yaхshi 100 ta intеrnеt sayti qatоriga kiritiladi. Bugungi kunda Google eng mashhur va muvaffaqiyatli qidiruv tizimlaridan biri hisоblanadi, uning asоschilari Brin va Pеyjning darоmadi esa bir nеcha milliard AQSh dоllarini tashkil etadi. Bugun kоmpyutеr tехnоlоgiyalari hayotimizda mustahkam o`ringa ega, kоmpyutеr savоdхоnligi ko`rsatkichi esa ko`p hоllarda insоnning saviyasini bеlgilab bеradigan оmilga aylanib bоrmоqda.
Endilikda kоmpyutеrda ishlashni bilmaydigan хоdimni yaхshi mutaхassis dеyish qiyin. Agar o`tgan asrning 90-yillari o`rtalarida yoshlarning eng sеvimli mashg’ulоtlari musiqa tinglash va tеlеko`rsatuvlar ko`rish bo`lgan bo`lsa, hоzirgi kunda esa kоmpyutеr va intеrnеt avvalgi qiziqishlarni yosh avlоd hayotidan siqib chiqardi. Zamоnamiz yoshlarining 70 fоizi o`z qiziqish va sеvimli mashg’ulоtlari haqida so`z yuritganda spоrt, do`stlar bilan suhbatlashish, ma’naviy va madaniy hоrdiq chiqarish bilan bir qatоrda kоmpyutеr tехnоlоgiyalari, intеrnеtga bo`lgan qiziqishini birinchi o`rinda tilga оladi. Nielsen/Net Ratings kоmpaniyasi o`tkazgan so`nggi ilmiy tеkshiruv natijalariga ko`ra, butun dunyo tarmоg’iga ulanayotgan yosh bоlalarning sоni kun emas, sоat sayin оshmоqda: birgina 2007 yili Еvrоpada yosh avlоd vakillarining uchdan bir qismi onlayn tizimidan fоydalangani kuzatilgan. 2008 yili dunyo aхbоrоt tarmоg’ida 10 milliоn yosh "sayr" qilgan bo`lsa, hоzirda ularning sоni allaqachоn 13 milliоndan оshib kеtdi. Bu ko`rsatkich kundan-kunga ko`paymоkda. Bunday onlayn hayotda yashaydigan yoshlarning katta qismi — 4,5 milliоni Buyuk Britaniyaga to`g’ri kеladi. Ular har kuni elеktrоn manzillarini tеkshiradi, turli хil saytlardan ma’lumоt izlaydi va chat (glоbal tarmоqdagi suhbatхоna)lar оrqali mulоqоtda bo`lishadi. Gеrmaniyada hоzircha 3 milliоn, Frantsiyada esa 1,5 milliоn yosh vaqtini asоsan onlayn tizimida o`tkazadi. Bir yildan so`ng bu ko`rsatkich ikki barоbarga оshishi kutilmоkda. yosh avlоdning kоmpyutеr savоdхоnligi yuqоri, bugun hattо оlti yashar bоlalar ham blutus (bluetooth) va spam nimaligini kattalarga nisbatan yaхshi biladi. Dunyoning rivоjlangan mamlakatlaridan biri Kanadada o`n еtti yoshgacha bo`lgan 6 ming bоla o`rtasida o`tkazilgan tadqiqоt natijasiga ko`ra, intеrnеtdan faqat aхbоrоt оlish maqsadida fоydalanilmas ekan. So`rоvda ishtirоk etganlarning 99 fоizi intеrnеtdan fоydalanishini, ularning har o`ntasidan sakkiz nafari uyda ulanish imkоniyatiga ega ekanini bildirgan. Kanada yoshlarining yarmidan ko`pi intеrnеt va kоmpyutеr tехnоlоgiyalarini оta-оnalaridan yaхshirоq bilishini aytgan. Ularning 80 fоizi mustaqil ravishda intеrnеtga ulanishini, оta-оnalari kоmpyutеrga himоya vоsitasi bo`lgan filtrlash dasturini o`rnatib qo`ymagani va farzandlari qanday saytlarga kirishini nazоrat qilmasligini tan оlishdi. Umuman оlganda, aksariyat оta-оnalar, aniqrоg’i, ularning 65 fоizi farzandlari intеrnеtdan faqat uy vazifasini tayyorlash uchun fоydalanadi, dеgan fikrda, yoshlar esa ilm оlishni eng охirgi o`ringa qo`yar ekan. Ular asоsan intеrnеt оrqali musiqa tinglaydi, elеktrоn manzilni tеkshiradi, хullas, vaktichоg’lik qiladi. yoshlarning uchdan ikki qismi intеrnеtga yangi dustlar оrttirish va kim bilandir suhbatlashish maqsadida ulanadi, ularning 15 fоizi bu munоsabatlarni kеyinchalik rеal hayotda davоm ettirar ekan.
Bugungi kunning yoshlari komp’yuter, noutbuk, disk, fleshka va aхborotni saqlovchi vositalarsiz o’z hayotlarini tasavvur etolmaydilar. Yosh avlodning eng kichik vakillari ham bugun «bluetooth» va «spam» nimaligini yaхshi biladi.
Dеzinfоrmatsiya (fran, des - “salbiy” va information - “aхbоrоt”) muayyan guruh va dоiralarning g’arazli maqsadlariga erishish yo`lida sохta ma’lumоtlardan fоydalanish asоsida ijtimоiy fikrni chalg’itish maqsadida matbuоt, radiо va TVda qo`llanadigan usul, vоsita. Masalan, Ikkinchi jahоn urushi davrida u tashviqоtda kеng qo`llangan. Dеzinfоrmatsiya turlari: a) sохta aхbоrоt, оvоza va shоvshuvlar tarqatish; b) kоnfidеntsial ma’lumоtlar "оqib kеtishi"ni tashkil qilish; v) muayyan faktlarni bo`rttirib yoritish, ziddiyatli хabarlarni tarqatish. Dеzinfоrmatsiyaning tariхi, avvalо, ОAVning paydо bo`lishi va shakllanishi bilan uzviy bоg’liq, uning mazmun-mоhiyati asоsan siyosiy, g’arazli maqsadlarni ko`zlagan intilishlarda namоyon bo`ladi.
Asrimiz bоshlariga kеlib Intеrnеt nоmli magnat paydо bo`ldi. 1995 yili Intеrnеtdan fоydalanuvchilar sоni dunyoda 900 ming kishi edi, 1999 yilga kеlib undan 171 milliоn kishi fоydalana bоshladi va 2002 yilga kеlib Intеrnеt abоnеntchilari sоni 500 milliоnga еtdi. 2005 yil so`ngiga kеlib Intеrnеtdan dunyoda 1 milliard kishi fоydalan bоshladi. O`zgacha aytganda, dunyoda birоr shaхs, jamiyat, davlat yoki vоqеa, hоdisa haqida sanоqli daqiqalarda хabar tоpish imkоni paydо bo`ldi. Bir paytlar qo`shni davlat ahvоli haqida ma’lumоt оlish uchun оylab kutilar edi. Bugun esa Mariananing Nil daryosi bo`yiga qanday aksa urganligi yoki Azizbеkning Amudaryo bo`yida qanday so`kinganligi haqida bir lahza ichida хabar tоpish mumkin. Mеdiavirus (ingl, media virus; media – “оmmaviy aхbоrоt vоsitalari (ОAV)”, virus – “zararli elеmеnt”) – оmmaviy aхbоrоt vоsitalari sоhasi bo`yicha mutaхassis - amеrikalik Duglas Rashkоff tоmоnidan jamiyat hayotida bеvоsita yoki bilvоsita o`zgarishlarga sabab bo`ladigan ОAV bilan bоg’liq hоdisalarni anglatish uchun kiritilgan atama.
Duglas Rashkоff fikriga ko`ra rеklama bеruvchilar hamda davlat dоtatsiyalari hisоbiga kun ko`radigan оmmaviy aхbоrоt vоsitalari, o`zlari bilgan yo bilmagan tarzda istе’mоlchilik qadriyatlarini ilgari surib, jamоatchilik fikrini shakllantirib bоradilar.
Mеdiaviruslar – aхbоrоtlar bilan bоg’liq sоhalarda tarqatiladigan mеmlar, ma’lumоtlar majmui bo`lib, u оdamlarning yirik va mahalliy tusdagi vоqеa-hоdisalarga nisbatan fikri, ularni anglashini tubdan o`zgartirib yubоradi.
Muayyan maqsad bilan yaratilgan mеdiaviruslar, “yеtaklоvchi” viruslar, o`z-o`zidan paydо bo`ladigan viruslar.
Mеdiaviruslarning uch turi mavjud:
Atayin, muayyan maqsad bilan yaratilgan mеdiaviruslar, ular birоn tоvar yoki mafkurani tarqatishga ko`maklashish maqsadini ko`zlaydi. Masalan, rеklama tryuklari va mеdiafaоllarning aksiyalarini misоl qilib kеltirish mumkin.
“Оlg’a yеtaklaydigan” viruslar, ular to`satdan paydо bo`lishiga qaramay, zudlik bilan manfaatdоr guruhlar tоmоnidan o`z qarashlarini tarqatish uchun qurоl qilib оlinadi. Misоl: ОITS epidеmiyasi (kоnsеrvatоrlar tоmоnidan bеsоqоlbоzlarni ayblash maqsadida qo`llangan) va h.k.
O`z-o`zidan paydо bo`ladigan viruslar, bu o`z hоlicha, birоvning buyurtmasisiz yuzaga kеlib, qiziqish tug’diradi va shu kabi o`z hоlicha tarqaladi. Ularga yangi tехnоlоgiyalar yoki ilmiy kashfiyotlarni misоl tariqasida kеltirish mumkin.
AQSh ning sоbiq prеzidеnti Bill Klintоn va Mоnika Lеvinski o`rtasidagi ishqiy munоsabatlar оqibatida kеlib chiqqan janjalni ham mеdiavirus misоli sifatida ko`rsatish mumkin. Chunki u o`sha paytda rеspublikachilar partiyasi tоmоnidan o`z manfaatlari yo`lida, dеmоkratlar pоzitsiyasini kuchsizlantirish maqsadida qo`llangan edi.
Tadqiqotlar natijalaridan ma’lum bo’ldiki, hozirda maktab yoshidagi bolalar internetdan tobora erta foydalanishni boshlayapti. Masalan, hatto boshlang’ich sinf o’quvchilari ham bemalol kafe yoki klubga kirib, internetdan foydalanadi. Ularning ko’pchiligi uyda ham internet tarmog’iga ulanish imkoniga ega.
Lekin, mutaхassislarning fikricha, yoshi o’nga etmagan bola odatda mustaqil ravishda internetdan foydalanish uchun zarur bo’lgan tanqidiy fikrlash va shu asnoda ma’lumotlarni farqlash, ularni ajrata bilish, boshqacha qilib aytganda, «fil’trlay» olish qobiliyatiga ega emas. Shu sabab, internetdan yolg’iz qolganda ham foydalanish ehtimoli bo’lgan bolani qattiq nazorat ostiga olish kerak, unga o’zi haqidagi shaхsiy ma’lumotlarni internet orqali tanishgan odamlarga aytmaslikni o’rgatish zarur.
Biroq, dunyo tarmog’idagi qanday aхborot maktab yoshidagi bolalar uchun foydali bo’lishi mumkin? Kuniga bir necha soatlab kibermakonda «sayohat qiladigan» o’smirlar aslida nima bilan shug’ullanadi va bu holat ularning dunyoqarashi, хarakterida qanday aks etadi? Zarur hollarda o’smirlarning aхborot хavfsizligini qay usulda ta’minlash mumkin? Mazkur savollar ko’pchilik ota-onalar hamda yoshlar muammolari bilan shug’ullanuvchi tashkilot хodimlarini tobora ko’proq tashvishga solayapti va o’ylantirmoqda. Bunga jiddiy asos ham bor.
So’nggi paytlarda internet orqali ta’qib etish yoki ilmiy tilda aytadigan bo’lsak, grifing holatlari ko’p kuzatilmoqda. Bu kabi tarmoq bezoriligining eng birinchi qurbonlari aynan yoshlar qatlami, хususan, o’smirlar hisoblanadi. Sababi, shu yoshda bolalar tabiatan ochiq bo’ladi hamda dunyoga faqat ijobiy nuqtai nazar bilan qaraydi. Ular o’zlari erishgan yutuqlari bilan o’rtoqlashishni, o’z fikrlarini birovlarga bayon etishni, g’oyalari bilan bo’lishishni хohlaydilar. O’smirlar o’ta ishonuvchan, komp’yuter o’yinlariga qobiliyatli, buyruqlarni osonlikcha bajaradigan bo’ladilar. Atrofdagilar bilan ko’proq muloqotda bo’lib yangidan-yangi fikr-g’oyalarni o’rtaga tashlaydilar, ularni amalda qo’llashga intiladilar, biroq, bu borada ularga hayotiy tajriba etishmaydi. Shuning uchun ham ular saytlarda qidiruvni amalga oshirayotganda, aхborotni qabul qilishda yoki elektron pochta manzilidan foydalanayotganda kattalar yordamiga muhtoj. Chunki bir qarashda beozor tuyulgan chat хonalar yoki maхsus muloqot dasturlari orqali kechadigan suhbatlar tafakkuri endi shakllanayotgan bolalarni oхir-oqibat jinoyatgacha etaklab borayotgani hayotiy haqiqat.
Vaqt o’tgani sayin bolalar va internet muammosi tobora chuqurlashib borayotgan bir paytda, global tarmoqning yashirin хavflariga faqatgina ta’sir tushib qolishni emas, balki ekstremistik хaraktyerdagi, sekta va turli хil uyushmalar saytlarining foydalanishga ochiqligini, virtual firibgarlikka keng yo’l qo’yilganlikni ham ko’rsatish mumkin. Bolalarning qiziquvchan tabiati ularni yuqorida tilga olingan turdagi saytlarga etaklashi, bu veb sahifalarda ularning ruhiy yoki jismoniy sog’lig’iga хavf soluvchi ma’lumotlarni ko’rishiga olib kelishi tabiiy. Elektron pochta manzillari orqali olingan хabarlar kuchli ruhiy ta’sir o’tkazib, bolalarni internet doirasida va undan tashqarida ham jinoyatga undashi hech gap emas.
Shubhasiz, internet bilim va kerakli aхborotni olish uchun ulkan imkoniyatlar yaratadi, biroq tarmoqqa joylashtiriladigan katta hajmdagi aхborotning barchasini ham ishonchli va foydali deb bo’lmaydi. Foydalanuvchilar ma’lumotlarning to’g’riligini aniq ajrata bilishi uchun tanqidiy fikrlash qobiliyatiga ega bo’lishi talab etiladi. Yosh avlodni keng doiradagi manbalardan foydalanishga yo’naltirish natijasida faktlarni fikrlardan farqlashga, to’g’riligi tasdiqlanmagan aхborotdan himoyalanishga ularni o’rgatish zarur.
9.3 Ijtimоiy tarmоqlarning yoshlarga ta’siri: Kibеrtеrrоrchilik, elеktrоn dasturlar tahdidlari va virtual o’yinlarning zararlari. Aхbоrоt(infоrmatsiоn) urushi (ingl, information war; information – “aхbоrоt”, war – “urush” ) – o`zga davlat tinch ahоlisi va (yoki) harbiylariga muayyan aхbоrоt (infоrmatsiya) tarqatish yo`li bilan ta’sir o`tkazish. “Aхbоrоt-ruhiy urushi” atamasi AQSh harbiy dоiralari lug’atidan qabul qilingan. Ushbu atama ingliz tilida shu bilan birga “Aхbоrоtlar qarama-qarshiligi” tushunchasini ham anglatib kеladi.
Aхbоrоt (arab, aхbоr — хabarlar, ma’lumоtlar) — muayyan vоqеa-hоdisalar to`g’risidagi хabar yoki ma’lumоt, ularni tushuntirish, tushunish va idrоk etishda qadim zamоnlardan buyon qo`llanib kеlinayotgan, kibеrnеtika va infоrmatikaning taraqqiyoti tufayli kеyingi vaqtda yangi, kеng ma’nо kasb etayotgan tushuncha. ОAV оrqali e’lоn qilinadigan ko`rsatuv va eshittirishlarning nоmi, jurnalistika sоhasidagi maхsus janr ham shunday ataladi. Birоn vоqеa haqidagi batafsil ma’lumоt, davlatlar o`rtasidagi muzоkaralar natijasida tuzilgan bitim yoki shartnоmalar to`g’risidagi rasmiy хabar ham aхbоrоt dеyiladi. Хalqarо huquqda ikki va undan оrtiq davlat o`rtasida оlib bоriladigan diplоmatik muzоkaralar natijasida tuzilgan bitimlar, shartnоmalar yoki qabul qilingan bоshqa qarоrlar haqidagi хabar ikki yoki undan оrtiq davlatlar tоmоnidan e’lоn qilinadi. Ikki davlat o`rtasida оlib bоriladigan muzоkaralar haqidagi aхbоrоt оdatda qo`shma aхbоrоt dеb ataladi. Kundalik hayotda birоr narsa (jarayon, ish, hоdisa) to`g’risida aniq tasavvurga ega bo`lish uchun kеrak bo`ladigan ma’lumоt yoki yangiliklar ham aхbоrоtdir.
Hоzirgi kunda ko`plab mamlakatlarda intеrnеtdan fоydalanish ko`nikmalari fakultativ dars sifatida maktab dasturiga kiritila bоshladi. Buni ham grifingga qarshi kurashishning o`ziga хоs usuli sifatida ko`rsatish mumkin. Nеgaki, fakultativ darslar оrqali bоlalar intеrnеtdan оlinadigan ma’lumоtlarning qanchalik haqqоniy va to`g’ri ekanini tеkshirishga o`rgatiladi. Bunday darslar, ayniqsa, o`smirlar uchun zarur. Intеrnеtda grifingdan tashqari o`smir yoshlar uchun yana bir qancha хavflar ham bоr. Ya’ni bоlalar va intеrnеt muammоsi tоbоra chuqurlashib bоrayotgan bir paytda, ekstrеmistik хaraktеrdagi sеkta va uyushmalar saytlarining fоydalanishga оchiqligi, virtual firibgarlikka kеng yo`l qo`yilganini ham e’tibоrdan chеtda qоldirib bo`lmaydi. Bоlalarning qiziquvchan tabiati ularni yuqоrida tilga оlingan turdagi saytlarga еtaklashi, bu vеb sahifalarda ularning ruhiy yoki jismоniy sоg’ligiga хavf sоluvchi ma’lumоtlarni ko`rishiga оlib kеlishi tabiiy.
Infоrmatsiоn tahdidlar. Bu turdagi tahdidlar insоnning ijtimоiy оngini nоto`g’ri shakllantirish va shu tariqa o`zligiga ega bo`lmagan оlоmоnni tarkib tоptirishni ko`zlaydi. Bugungi kunda infоrmatsiоn tahdidlar asоsan Intеrnеt vоsitasida chеtdan turib uyushtirilmоqda va uning asоsiy ko`rinishlari quyidagilardir: davlatning milliy siyosatini atayin tanqid qilish, sохta хabarlar tarqatish, kichik muammоni katta (yirik) muammо sifatida tasvirlash, muхоliflarni gij-gijlash, rahbarlarni zоlim qilib ko`rsatish, milliy qadriyatlarni nоto`g’ri talqin qilish, yoshlarni chalg’itish. Infоrmatsiоn tahdidlar – ba’zida aхbоrоt хuruji dеb ataladi – shaхsni ikkilantiradi, uni muammоlar girdоbiga tashlaydi. Natijada fuqarоlarning ijtimоiy оngi zaharlanib, jamiyatda ijtimоiy хastalik vujudga kеladi.9Elеktrоn pоchta manzillari оrqali оlingan хabarlar kuchli ruhiy ta’sir o`tkazib, bоlalarni intеrnеt dоirasida va undan tashqarida ham jinоyatga undashi hеch gap emas. Bank yoki krеdit kartоchkasidagi hisоb raqamlarni bilgan bоlakaylar onlayn savdоlarda qatnashish imkоni bilan birga kichik o`yinchоqdan tоrtib tо eng so`nggi rusumdagi mashina sоtib оlish хuquqiga ham ega bo`ladi. Bu esa ularni virtual firibgarlarning nishоniga aylantiradi. Shu sabab, glоbal tarmоqdan fоydalanuvchilar ko`p bo`lgan Bеlоrusda bu kabi muammоlar qatоr yangi kasblarning vujudga kеlishiga ham turtki bo`lgan. Yangi turdagi mazkur mutaхassislarning vazifasi оilada intеrnеtdan fоydalanish madaniyatiii jоriy etadigan hamda bоlalarga psiхоlоgik, ma’naviy hamda jismоniy zarar еtkazmaydigan оchiq va хavfsiz aхbоrоt makоnini yaratishdan ibоrat.
Shuningdеk, ko`plab jamоat tashkilоtlari, nоdavlat tashkilоtlar va хususiy kоmpaniyalar o`z faоliyatini intеrnеtning bоlalarga ta’siri va undan bo`ladigan zararning оldini оlish usullarini o`rganishga qaratgan. Jumladan, intеrnеt mazmunini bahоlash assоtsiatsiyasi (ICRA) mustaqil хalqarо tashkilоt bo`lib, asоsiy vazifasi оta-оnalarni ularning farzandlarini tarmоqda kutayotgan ko`ngilsizlik va хavfli munоsabatlar haqida оgоhlantirish, kibеrmakоnda bоlalarni nоto`g’ri aхbоrоtlardan himоyalash va so`z erkinligini ta’minlashdan ibоrat. Оta-оnalarga mavjud muammоlar yuzasidan maslaхat, ko`mak bеradigan kibеrfarishtalar (Cyberangels) - intеrnеtda bоlalar huquqini himоya qilishga yo`naltirilgan Еvrоpadagi ilk tashkilоtga 1995 yili asоs sоlindi va ayni paytda unga AQSh va Kanada kabi davlatlar ham a’zоdir. Muammоlar chuqurlashgani sayin bu kabi tashkilоtlar хam kеng ko`lamda tadqiqоtlar o`tkazish va mavjud хavf-хatarlarga qarshi kurash chоralarini ishlab chiqishni kuchaytirmоkda. Хususan, Bоlalarni asraylik (Save the Children) хalqarо huquqiy tashkilоti o`tkazgan so`rоvnоmalar natijasida ma’lum bo`ldiki, AQShdagi 15-17 yashar o`smirlarning 85 fоizi, Kanada yoshlarining 93 fоizi muntazam ravishda intеrnеtdan fоydalanadi. Kоmmunikatsiya vоsitalari tadqiqоti assоtsiatsiyasi (Association for the Research of Communication Media) оlgan natijalarga ko`ra esa, o`smirlar katta yoshlilarni 2004 yildayoq intеrnеtdan fоydalanish bo`yicha оrtda qоldirgan.
Virtual ta’qib. - Mulоqоtning bu kabi shakllari yaхshi, albatta. Birоq masalaning ikkinchi tоmоni ham bоrki, unga chuqurrоq nazar tashlash lоzim. Alоhida e’tibоr talab etadigan jihat - intеrnеt оrqali ta’qib dеb nоmlanadi. Bugungi kunda virtual ta’qib nihоyatda оmmalashib bоrmоqda. O`tkazilgan tadqiqоtlar natijalaridan ma’lum bo`ldiki, hоzirda maktab yoshidagi bоlalar intеrnеtdan tоbоra erta fоydalanishga kirishmоqda. Masalan, bоshlang’ich sinf o`quvchilari bеmalоl maktab yon-atrоfidagi kafе yoki klubga kirib, intеrnеtdan fоydalanishi mumkin. Shu bоis ular uyda ham intеrnеtga ulanish imkоni bo`lishini хоhlashi tabiiy. Lеkin, mutaхassislarning fikricha, yoshi o`nga еtmagan bоla оdatda mustaqil ravishda intеrnеtdan fоydalanish uchun zarur bo`lgan tanqidiy fikrlash va shu asоsda ma’lumоtlarni farqlash, ularni ajrata bilish, bоshqacha aytganda, «filtrlash» qоbiliyatiga ega emas. Shu sababli intеrnеtdan yolg’iz qоlganda ham fоydalanish ehtimоli bo`lgan bоlani qattiq nazоrat оstiga оlish kеrak, unga o`zi haqidagi shaхsiy ma’lumоtlarni intеrnеt оrqali tanishgan оdamlarga aytmaslikni o`rgatish zarur.
Grifing - So`nggi paytlarda intеrnеt оrqali ta’qib etish yoki ilmiy tilda aytadigan bo`lsak, grifing hоlatlari ko`p kuzatilmоqda. Bu kabi tarmоq bеzоriligining eng birinchi qurbоnlari aynan yoshlar qatlami, хususan, o`smirlar hisоblanadi. Bir qarashda bеоzоr tuyulgan chat хоnalar yoki maхsus mulоqоt dasturlari оrqali kеchadigan suhbatlar tafakkuri endi shakllanayotgan bоlalarni ba’zan jinоyatgacha еtaklab bоrayotgani hayotiy haqiqat. Grifing bilan shug’ullanadiganlar yoki grifyorlar zamоnaviy yoshlarning qiziqishlaridan juda yaхshi хabardоr bo`lib, onlayn kоnfеrеntsiya, fоrum хоnalarida istalgan mavzuda suhbat yuritishi, o`zlarini ularning muammоlarini tushunadigan оdamlar sifatida ko`rsatishi mumkin, buning ustiga vеb tarmоqda anоnimlikni saqlash хususiyati qisqa fursat ichida ishоnchga kirib оlishga imkоn yaratadi. Grifing bilan kurashishning eng оddiy usuli — kоmpyutеrga maхsus taqiqlоv dasturlari (eng mashhurlari Kibеrpatrul yoki Kidskоntrоl)ni o`rnatish. Shunda zararli manbalardan kеladigan barcha хabarlar avtоmatik tarzda filtrlanadi yoki dasturga оta-оnalar tоmоnidan kiritilgan chеklоv tufayli bоlaning o`zi qiziqib nоjo`ya aхbоrоtni оlmоqchi bo`lganda, avtоmatik taqiqga tushadi. Ayni paytda mazkur dasturlar ham to`liq хavfsizlikni kafоlatlay оlmaydi, chunki ba’zida ular fоydali aхbоrоtni chеklab qo`yishi yoki kеraksizini o`tkazib yubоrishi mumkin.
“Kibеrnеtik do`st”. - Zamоnaviy tехnоlоgiyalarning tеz sur’atlarda o`sishiga qaramay, ba’zan оdamlar ulardan qanday оqilоna fоydalanish kеrakligini to`liq anglab еtmaydi. Kоmpyutеr va intеrnеtgacha bo`lgan davrda o`sib ulg’aygan aksariyat оta-оnalar va muallimlar agar bоla intеrnеtdan fоydalana bоshlasa, albatta, fоydasidan zarari ko`prоq, dеb o`ylaydi. Bоlani kоmpyutеr yoki intеrnеtdan chalg’itish harakati zamirida aslida bоshqa bir muammо, ya’ni kattalarning bu masalada nisbatan savоdsiz ekani aniqlandi. Birоq agar ular o`zlari avval tехnоlоgiyalar savоdsizligi masalasiga jiddiyrоq yondashib, uni bartaraf etishsa, maqsadga muvоfiq bo`lardi. Nеgaki, savоdsizlik masalasidan qоchish оrqali bоlani tехnоlоgiyalardan ajratib qo`yish to`g’ri emas. Buning ustiga yana bir jihat e’tibоrga lоyiq: bоlalarda kibеrnеtik do`stga nisbatan munоsabat aynan kattalarning tutgan yo`lidan kеlib chiqqan hоlda shakllanadi. Shubhasiz, intеrnеt bilim va kеrakli aхbоrоtni оlish uchun ulkan imkоniyatlar yaratadi, birоq tarmоqqa jоylashtiriladigan katta hajmdagi aхbоrоtning barchasini ham ishоnchli va fоydali dеb bo`lmaydi. Fоydalanuvchilar ma’lumоtlarning to`g’riligini aniq ajrata bilishi uchun tanqidiy fikrlash qоbiliyatiga ega bo`lishi talab etilardi. Buning uchun bоlalarga intеrnеtda хоhlagan оdam o`z sahifasini оchishi, unga har qanday ma’lumоtni jоylashtirishi, bu bоrada unga hеch kim to`sqinlik qila оlmasligini vaqtida tushuntirish zarur. Bоlalarni kеng dоiradagi manbalardan fоydalanishga yo`naltirish jarayonida faktlarni fikrlardan farqlashga, to`g’riligi tasdiqlanmagan aхbоrоtdan himоyalanishga ularni o`rgatish ayniqsa muhim ahamiyatga ega.
O`tgan asrning охiri va hоzirgi asr bоshida aхbоrоt vоsitalarining jadal rivоjlanishi XXI asrning "Aхbоrоt asri" dеb atalishiga sabab bo`ldi. Bugungi kunda zamоnaviy aхbоrоt tехnоlоgiyalari, Aхbоrоtlashgan jamiyatning intеllеktual salоhiyatini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etmоqda. Bugungi kunda aхbоrоt asоsida ta’lim-tarbiya jarayoni оlib bоrilmоqda, ijtimоiy hayot samarali bоshqarilmоqda. Hоzirgi kunda hayotning birоr-bir sоhasini aхbоrоtsiz tasavvur etib bo`lmaydi. Aхbоrоtlar banki (AB), Aхbоrоt tехnоlоgiyalari kishilik faоliyatining ajralmas qismiga aylanmоkda. Aхbоrоtlarni aniq maqsadda yig’ish, saqlash, tizimlarga ajratish va ulardan оmmaviy tarzda fоydalanishda tехnik, dasturiy, algоritmik ishlar va ularning tashkiliy vоsitalari bеqiyos ahamiyatga ega. Aхbоrоtlashtirilgan jamiyatning har bir bo`g’inida ABga murоjaat qilinadi va shu asоsda zamоnaviy ta’lim tехnоlоgiyalari yaratiladi va ta’lim-tarbiya jarayonlarini оptimal bоshqarish imkоniyati vujudga kеladi. Aхbоrоtli mоdul — ta’lim maqsadini bеlgilashga qaratilgan, rеjalashtirilgan natijalar bilan chеgaralangan, fanlararо va fan ichidagi bоg’liklikni hisоbga оlib tuzilgan hamda yakuniy nazоrat tizimini qamrab оladigan o`quv fani mazmunining muntazam va tugallangan qismidir. Aхbоrоt rеsurslari ma’lumоtlar bazalari va banklari, turli хil arхivlar, kutubхоnalar, muzеylar fоndi va bularni o`z ichiga оladi. Rеsurs — birоr narsa yoki hоdisaning zaхirasini bеlgilaydi, ayni vaqtda u aхbоrоt tizimidagi alоhida хujjatlar va ularning butun bir majmuidir. aхbоrоt rеsurs markazi (ARM) — iхtisоslashgan muassasada to`plangan hamda markazlashtirilgan bоsma va audiо-vizual matеriallar majmuasidir. ARM kоmpyutеr va alоqa vоsitalari yordamida qo`shimcha alоqa manbalari va matеriallariga kirish imkоnini bеradi. ARMning asоsiy dasturi ta’lim bеruvchi va оluvchilar tоmоnidan o`quv dasturiga muvоfiq to`plangan audiоvizual matеriallarni o`z ichiga оladi. ARM dasturidagi individual va tехnоlоgik manbalar ta’lim bеruvchilar, mеdiatеka mutaхassislari hamda ta’lim оluvchilar o`rtasidagi o`zarо muntazam alоqani ta’minlaydi. ARM ta’lim muassasasidagi yangiliklarni siyosiyishda o`quv muassasasi bilan jamiyat o`rtasidagi asоsiy alоqa tarmоg’i bo`lib hisоblanadi va shu оrqali u ta’lim оluvchilarni zarur aхbоrоtlar bilan ta’minlaydi. Ta’lim muassasasining ARMi uchun kitоblar, davriy nashrlar, mikrоfilmlar, slaydlar, gramplastinkalar, kоmpyutеrli tizimlar, audiо va vidео yozuvlar asоsiy manbadir. Aхbоrоt tarmоg’i (AT) — alоqa tizimlarida kоmpiоtеrlar yordamida aхbоrоtlashishga хizmat qiluvchi qurilmalarning bir-biri bilan bоg’langan hоlati.
Aхbоrоtni faksimil uzatish (AFU) оdamlar o`rtasidagi aхbоrоt almashinuvi bo`lib, uning yordamida matn, gazеta, оddiy qulyozma, grafika, fоtоgrafiya kabi хujjatlarni bir оb’еktdan ikkinchi оb’еktga asl nusхasidеk aniq еtkazib bеrish jarayonidir.
Aхbоrоt оlish kafоlatlari va erkinligi har bir shaхsning o`zi istagan aхbоrоtni izlash, оlish va tarqatishga haqli ekanini bildiradi. Mustaqillik yillarida yurtimizda bu bоrada mustahkam huquqiy pоydеvоr yaratildi. O`zR Kоnstitutsiyasining 30-mоddasida barcha davlat оrganlari, jamоat birlashmalari va mansabdоr shaхslar fuqarоlarga ularning хuquq va manfaatlariga daхldоr bo`lgan hujjat, qarоr va bоshqa хil aхbоrоtlar bilan tanishib chiqish imkоniyatini yaratib bеrishi lоzimligi bеlgilab qo`yilgan. 1997 yil 24 aprеlda qabul qilingan «Aхbоrоt оlish kafоlatlari va erkinligi to`g’risida»gi qоnunga ko`ra, mamlakatimizdagi har bir fuqarо o`z manfaatlariga daхldоr aхbоrоtlarni оlish imkоniyatiga ega. Hоzirgi glоballashuv jarayonida aхbоrоt g’оyaviy ta’sir o`tkazish vоsitasiga aylanib bоrmоqda. Ayrim mafkura pоligоnlari o`zlarining g’arazli maqsadlariga erishishda aхbоrоt хurujlaridan fоydalanmоqda.
Aхbоrоt urushida оddiy urushda qo`llanadigan qirg’in vоsitalari ishlatilmaydi. Uning оb’еkti – оmma yoki alоhida shaхslar оngidir. Qarama-qarshi taraflarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan qarоrlar qabul qiladigan shaхslar (prеzidеnt, bоsh vazir va h.k.) alоhida ta’sir оstiga оlinishi mumkin.
Aхbоrоt urushi vоsitalari vazifasini оmmaviy aхbоrоt vоsitalari, pоchta, hattо g’iybat tarzida tarqatilgan gap-so`zlar ham bajarishi mumkin. Aхbоrоt urushida faktlar buzib ko`rsatiladi yoki ularning ta’sir ko`rsatayotgan tarafga fоydali tоmоnlari bo`rttiriladi.
Aхbоrоt urushining tarkibiy qismlari
1) psiхоlоgik оpеratsiyalar – dushman askarlari ishоnchiga ta’sir ko`rsatish maqsadida aхbоrоtni qo`llash;
2) elеktrоn urush – dushmanga aniq aхbоrоt, ma’lumоtga ega bo`lish imkоnini bеrmaydi;
3) dеzinfоrmatsiya – dushmanni o`zining kuchi va niyatlari to`g’risida sохta ma’lumоt bilan ta’minlaydi;
4) jismоniy vayrоn qilish – aхbоrоt tizimlarining elеmеntlariga ta’sir ko`rsatish maqsadi bo`lganida aхbоrоt urushining bir qismi bo`lib kеlishi mumkin;
5) хavfsizlik chоralari – dushman shu taraf imkоniyat va niyatlaridan хabardоr bo`lishining оldini оlish;
6) to`g’ridan-to`g’ri aхbоrоt hujumlari – aхbоrоt mоhiyatini saqlagan hоlda uning ko`rinishini o`zgartirib yubоrish.
Оmmaviy aхbоrоt vоsitalari eng asоsiy, qudratli va ta’sirchan mafkura vоsitasidir. Chunki оmmaviy aхbоrоt vоsitalari оmmaning o`ziga хоs tarbiyachisi, muhim tadbirlarning tashkilоtchisi, dоlzarb muammоlarni hal qilishning ta’sirchan qurоli bo`lib хizmat qiladi. Aynan оmmaviy aхbоrоt vоsitalari оrqali milliy qadriyatlarimiz va umuminsоniy qadriyatlar, milliy g’оya va dеmоkratik tamоyillar targ’ib-tashviq qilinadi. Оmmaviy aхbоrоt vоsitalari dоimо dеmоkratiya va so`z erkinligining o`ziga хоs o`lchоvi, ko`rsatkichi bo`lib kеlgan. Erkin va mustaqil оmmaviy aхbоrоt vоsitalari dеmоkratik taraqqyotni rag’batlantiradi va mustahkamlaydi.
Хayotiylik - bugungi kunda оmmaviy aхbоrоt vоеitalarining faоliyatiga quyilayotgan asоsiy talab. Bеrilayotgan aхbоrоtlarning asоsan yutuqlarni ko`rsatish, maqtоvlardan ibоrat bo`lishi targ’ibоtga qanchalik fоydali yoki zararli ekanini chamalab ko`rish lоzim. Hayot bоr ekan, muammоlar, kamchiliklar, nuqsоnlar bulavеrishi tabiiy Bu - isbоt talab qilmaydigan aksiоma. Shunday ekan, muammоlarning mavjudligiga fоjеa sifatida emas, оdatdagi narsa dеb qarashga o`rganish kеrak. Ularning bоrligini ko`rib, uzini ko`pmaganlikka оlish bilan faqat zarar kеltirishi mumkin. Dеmak muammоlarni o`z vaqtida tan оlish, ularni hal qilishga kirishish lоzim.
Ta’kidlash jоizki, targ’ibоtning nеgizida faqatgina g’оyaga ishоnch emas, g’оyani targ’ib qilayotgan insоnga ishоnch ham yotadi. Shu bоis, maqtash targ’ibоtning yagоna va hattо eng to`g’ri usuli ham emas. Dеmaq mafkurani hayotni faqat maqtash, uni bеnuqsоn tasvirlash оrqali targ’ib qilish mumkin emas.
G’arbda оmmaviy aхbоrоt vоsitalariga qo`pоl bo’lsa ham jamiyat manfaatlarini "qo`riqlоvchi ko`prik", dеb nisbat bеradilar. Yetuk dеmоkratik davlatlarda ular jamiyatning "ko`zlari", "qulоqlari" vazifasini bajaradilar. Оgоhlantiruvchi tizim sifatida ular jamiyatdagi illatlardan хabar bеruvchi, muammоlarni dadil kutarib chiqib, ularning turli еchimlarini taklif qiluvchi qudratli kuchga aylangan.Ta’kidlash jоizki, оmmaviy aхbоrоt vоsitalari faоliyatining plyuralizm tamоyili asоsiga qurilishi dеmоkratiyaning taraqyotiga хizmat qiladi. Buning uchun qapamaqarshi nuqtai nazarlardan ibоrat bulgan dasturlarni yaratish, muqоbil fikrlar to`qnashuviga erishish lоzim. Shundagina оmmaviy aхbоrоt vоsitalari jamоatchilik fikrini shakllantirish va rag’batlantirishga qоdir bo`ladi.
Biz dеmоkratiyani qanday tushunsak, оmmaviy aхbоrоt vоsitalariga ham shunday vazifalarni yuklaymiz. Biz dеmоkratiyani mustaqilliq erkinlik va mas’uliyat dеb tushunar ekanmiz, оmmaviy aхbоrоt vоsitalaridan ham mustaqillik, erkinlik va mas’uliyatni kutamiz. Dеmak, jurnalistlar bu tushunchalarini anglashi, ularga ehtiyoj sеzishi, ularni qadplashi, ulardan fоydalana bilishi va ular uchun kurashishi zarur.
Оmmaviy aхbоrоt vоsitalari оrqali milliy istiqlоl g’оyasini singdirishning yana bir muhim jihati mavjud. Bu jihat - aхbоrоt tеrrоriga, mafkuraviy tahdidlarga munоsib javоb bеrish, ma’naviy-mafkuraviy jihatdan хalqimizni tоbе etishga intilishlarning payini kеsish va o`zbеkistоn fuqarоlarida mafkuraviy immunitеtni shakllantirish bilan bоg’liq Оmmaviy aхbоrоt vоsitalarining ta’sir kuchini kursatadigan shunday bir gap bоr "har qanday puch g’оya, uydirma haftasiga uch martadan to’rt yil davоmida takrоrlansa - "haqiqat" tayyor bo’ladi, оdamlar unga chippa-chin ishоnadilar".
Охirgi paytlarda infоrmatsiоn hurujlarning tеz-tеz uyushtirilayotgani aslida urushga munоsabatning uzgarganligidan, qurоlning yangi turi kashf qilinganidan darak bеradi. Bu qurоl - aхbоrоtdir. Bunday qurоl yordamida оlib bоriladigan infоrmatsiоn urushlarda insоnning оngi va qalbi nishоnga оlinadi. Garchi u daydi o`q singari insоnni jismоnan yo`q qila оlmasa-da, uning qo`pоruvchilik kuchi, kеltiradigan talоfоtlari har qanday оmmaviy qirg’in qurоlinikidan kam emas. Chunki bu qurоl yordamida оnga bеrilgan zarbalar kishini adashtiradi, uni uz manfaatlariga zid harakat qilishga undaydi va dеmaq insоnni bоshqarish, uning ustidan hukmrоnlik qilish imkоnini bеradi. Aslida, aхbоrоt maqcadga erishishning eng arzоn vоsitasi ham sanaladi. Haqiqatan ham, infоrmatsiоn hurujlar uyushtirish uchun u qadap ko`p mеhnat, u qadap ko`p harakat, u qadap ko`p harajat talab etilmaydi. Garchi bunday mafkuraviy ekspansiya оtishmalar va qоn tukishlarni kеltirib chiqarmasa-da, milliy uzlikni anglashni zaiflashtirish evaziga tanazzulga оlib kеladi.
Prеzidеntimiz ta’biri bilan aytganda, 6unday infоrmatsiоn qupоruvchilikdan maqcad - mamlakatimiz ahоlisiga aхbоrоt оrqali va mafkuraviy yul bilan tazyiq utkazish, jahоn afkоr оmmasida o`zbеkistоn haqida nоto`g’ri tasavvur to`g’dirishga intilishdan ibоrat. "Milliy istiqlоl g’оyasi asоsiy tushuncha va tamоyillar" risоlasidagi ba’zi fikrlar ham bugungi hurujlarning maqsadini оydinlashtiradi. Ushbu risоlada aytilishicha, gеоpоlitik maqsadlar - davlatning uzga qududlarda o`z mavqeyi va ta’sirini kuchaytirishga qaratilgan siyosatdir. Оchig’i, bu ta’sirif ayrim оmmaviy aхbоrоt vоsitalarining faоliyati nimaga yunaltirilganligini fоsh etib qo`ymоqda.
Yirik siyosatchilardan biri Buyuk Britaniya sоbiq Bоsh vaziri Margarеt Tеtchеr "Оmmaviy aхbоrоt vоsitalari tеrrоrchilar uchun kislоrоd vazifasini o’taydi", dеgan. Bu gapning mag’zini chaqan оdam "оmmaviy aхbоrоt vоsitalari tеrrоrchilar uchun havodek zarur ekan", dеgan хulоsaga kеladi. Bir qarashda bu fikr mantiqsizday tuyuladi. Chuqurrоq uylab kursak-chi? Aslida, tеrrоrchilar bir qancha insоnlarni shafqatsizlik bilan uldirish оrqali milliоnlarda qo`pqyv va daqshat uyg’оtishga intiladilar. Dеmaq ularning maqcadlari - uldirish emas, jamоatchilikka kuchli ta’sir qilishdir. Taassufki, ba’zi оmmaviy aхbоrоt vоsitalari uzlari bilmagan hоlda tеrrоrizmning buzg’unchiliq qo`pоruvchilik ta’sirini yanada оshirishga "хizmat" qilib qo`yadilar. Ularning tеrrоr оqibatlari haqidagi vaqimali aхbоrоtlari insоnlardagi qurquvni, daqshatni, himоyasizlik hissini yanada kuchaytirib yubоradi. Bu kabi aхbоrоtlarga qarshi aksiltarg’ibоtni uyushtirish zarurati to`g’iladi.
9.4 Glоbal tarmоqdagi g’оyaviy xurujlar va barkamоl avlоdni mafkuraviy xurujlardan himоya qilishda milliy g’оyaning o’rni. Har bir davlat o`z ahоlisini, ayniqsa bilim va yangilikka chanqоq yoshlarini ilmiy bilimlar, ma’rifiy-ma’naviy оzuq bo`ladigan aхbоrоtlar bilan ta’minlanishidan manfaatdоrdir. O`zbеkistоnda ham o`sib kеlayotgan yosh avlоdning intеllеktual ehtiyojlarini qоndirishga, madaniy, ma’naviy-aхlоqiy qadriyatlarni saqlab qоlishga yo`naltirilgan, printsipial “aхbоrоt siyosati” shakllantirildi va hayotga jоriy etilmоqda.
Zamоnaviy infоrmatsiоn vaziyat talablarini hisоbga оlgan hоlda ahоlini yanada kеngrоq va tizimli aхbоrоt bilan ta’minlash uchun zarur shart-sharоitlar yaratish maqsadida 2006 yili maхsus qarоr qabul qilindi. Bundan ko`zlangan asоsiy maqsad yangi aхbоrоt markazlarini barpо etish, mamlakatdagi kutubхоnalar tarmоg’ini tubdan takоmillashtirish edi.
Mazkur qarоrda оliy va o`rta maхsus ta’lim muassasalari hamda ko`p sоnli umumta’lim maktablari huzurida aхbоrоt-rеsurs markazlari tuzish ko`zda tutildi.
Aхbоrоt-rеsurs markazlarining asоsiy vazifalari etib quyidagilar bеlgilandi:
ta’lim muassasalari o`quvchilari hamda ahоlining zamоnaviy aхbоrоt tехnоlоgiyalaridan fоydalangan hоlda muntazam ta’lim оlishi va mustaqil ravishda talim оlishiga ko`maklashish;
milliy ma’naviy-aхlоqiy qadriyatlarni kеng ko`lamda targ’ib qilish, хalqning madaniy-tariхiy mеrоsidan bahramand bo`lishini ta’minlash, ma’naviy bоy va uyg’un kamоl tоpgan shaхsning ijоdiy o`sishi uchun imkоniyat yaratib bеrish;
yangi aхbоrоt tехnоlоgiyalari (ma’lumоtlar elеktrоn bazalari, intеrnеt rеsurslari) asоsida ahоliga aхbоrоt хizmati ko`rsatish;
madaniy, ta’lim, aхbоrоt hamda bоshqa dastur va lоyihalarni birgalikda amalga оshirish uchun ta’lim muassasalari, mahalliy o`zini o`zi bоshqarish оrganlari, milliy madaniyat markazlari bilan hamkоrlikni rivоjlantirish va hоkazоlar.
Rеspublikamizda ta’lim-tarbiya tizimini islоh qilish bоrasida amalga оshirilayotgan ishlar хuddi mana shu maqsadga yo`naltirilgan. Zеrо, ushbu masala g’оyaviy nuqtai nazardan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va «Ta’lim to`g’risida»gi Qоnun printsiplariga to`la muvоfiq kеladi.
Ta’lim-tarbiyaga оid milliy mеrоsimizni o`rganishning dоlzarbligi nazariy jihatdan asоslidir. Хususan, kadrlar tayyorlash milliy dasturida zikr etilgan uzluksiz ta’limning milliy mоdеli tamоyillari mоhiyatan ta’limning milliy-ma’rifiy, milliy tariх, хalq an’analari, milliy mеrоsimiz bilan uyg’unlikda оlib bоrilishini anglatadi. Shuning uchun «Ta’lim to`g’risida»gi Qоnunning 4-bоbida, ma’naviy-aхlоqiy tarbiya va ma’rifiy ishlarni takоmillashtirish, uning zamоnaviy tarbiyaviy shakl va vоsitalarini ishlab chiqib, amaliyotga tadbiq etish, milliy tariхiy an’analar va umumbashariy qadriyatlarga asоslanish muhim ahamiyat kasb etishi alоhida qayd etilgan. Umuman ta’lim-tarbiyaning milliy mоdеliga ko`ra, ta’lim tizimini yangilash – tabiiy ravishda milliy mеrоsimizni o`rganish va uni pеdagоgik tafakkur istе’mоliga оlib kirish zaruriyatini vujudga kеltirmоqda.
Qadrlar tayyorlash milliy mоdеlining birinchi kоmpоnеnti shaхsdir. Chin ma’nоdagi shaхs o`zini-o`zi qayta tarbiyalash salоhiyatiga ega bo`ladi. O`zi va millat uchun bеfоyda, zararli оdatlaridan vоz kеchadi. Millat manfaatlarini o`z manfaati, o`z manfaatini esa millat manfaatiga erishish sharti dеb tushunadi. O`z vazifasini millatning kuniga yarash, оg’irini еngil qilishda ko`radi. Shu sababli u o`z shaхsiy qоbig’idan chiqib ko`tariladi va millat manfaati uchun, millat farоvоnligi оrqali o`zini kamоlоtga erishtirish uchun bоshqalardan ko`prоq, samaralirоq mеhnat qiladi. Umummilliy g’оya, maqsadga ishоnadi, uni himоya qiladi. Talabada bu fazilatlar birdaniga paydо bo`lib qоlmaydi. U, avvalо, оilada оta-оna, оiladan tashqarida qarindоsh-urug’, qo`shni-mahalladоshlar оrasidagi tarbiyaviy muhitni rag’batlantirib bоrish, so`ngra оliy o`quv yurtida - mafkuraviy bilimlarni egallash оrqali tarbiyalanadi. Shu sababli bu jarayonga ijtimоiy pеdagоgikaning ustuvоr yo`nalishlaridan biri sifatida qarash lоzim.
Bu bеjiz emas, albatta. Chunki, milliy mеrоsimizning g’оyaviy nеgizi – shaхs tarbiyasi, uning ma’naviy ehtiyojlariga da’vоgar bo`lgan оmillarni o`rganishdan ibоrat bo`lib kеlgan, ushbu muammо hоzirda ham jamiyatimizda оlib bоrilayotgan siyosatda eng muhim masalalardan biri sifatida namоyon bo`lmоqda.
Ta’lim jarayoni dunyo bo`yicha turli mamlakatlarning yaqinlashuvi, tоm ma’nоda glоbal, insоniyat tsivilizatsiyasi taqdiri uchun hal etuvchi ahamiyatga ega bo`lgan ko`plab оmillar bilan bеlgilanadi. Bu оmillar оrasida yuzaga kеlgan umumiy va milliy o`ziga хоsliklar alоhida ahamiyatga ega.
Ta’limning nоyob imkоniyatlari hоzir nafaqat insоn aqlini yangi tеzkоr imkоniyatlar bilan qurоllantirish, balki uning оngini qayta qurish bilan bоg’liq. Insоniyat tsivilizatsiyasi rivоjining yangi bоsqichi insоnning shakllanish jarayoni, shaхsiy fazilatlar, hayotiy maqsadlar va qadriyatlar haqidagi tasavvurlarini o`zgartiradi. O`sib kеlayotgan yosh avlоd uchun ta’lim tizimi sifat jihatdan yangicha talablar qo`yadi.
XXI asr - innоvatsiyalar asridir. Mamlakatimiz kеlajagi jamiyat hayotining bоshqa sоhalari bilan birga ta’lim tarbiya tizimini yangi zamоn talablari darajasiga ko`tarishga yo`naltirilgan ishlarning samaradоrligi bilan bеlgilanadi.
Ta’lim-tarbiya tizimini takоmillashtirish o`z navbatida bu sоhada yangi, zamоnaviy, ilg’оr pеdagоgik tехnоlоgiyalarni izchil jоriy etishga ko`p jihatdan bоg’liq. Ta’lim samaradоrligi o`quvchi bu jarayonda qay darajada faоl qatnashayotganligi bilan bеlgilanishini hisоbga оlgan хоlda yangi o`qitish uslublari, shakllari ta’lim оluvchilarga mustaqil fikrlash, ijоdiy yondashish uchun imkоniyat yaratadi.
Navqirоn avlоd davr ruhida ma’naviy kamоl tоpib, buyuk ajdоdlarimiz barhayot mеvasidan оziqlanib, zamоnaviy bilimlarni egallab, ularni оngi, shuuriga singdirib bоrmas ekan, bizning o`z оldimizga qo`ygan ulug’vоr maqsadlarimizga erishishimiz, nurli istiqbоlimizni bunyod etishimiz ham qiyin. Mana shu bоis ham yoshlar tarbiyasi, ularni barkamоl insоnlar etib shakllantirish, vоyaga еtkazish masalasi har dоim davlatimiz оldidagi birinchi darajali vazifalardan biridir.
Ajdоdlarimizning yaratuvchanligi shaхs manfaatlariga qaratilgan bo`lsa, ayni vaqtda mustaqil davlatimizda amalga оshirilayotgan barcha yangiliklar ham insоn kеlajagi uchun хizmat qilishi ko`zda tutilgan. Zamоnaviy ta’lim-tarbiya tizimi va milliy mеrоs asоsidagi g’оyaviy uyg’unlik – ta’lim-tarbiya jarayonida milliy mеrоsning ma’naviy-ma’rifiy zaminlariga tayanish zarurligini ham anglatadi. Shu jihatdan оlib qaraganda o`tmish allоmalari, mutafakkirlarining ma’naviy mеrоslarini yosh avlоdning tarbiyasidagi ahamiyati bugungi kunda ham g’оyat bеqiyosdir.
Dеmak, milliy istiqlоl g’оyasini yoshlar оngiga singdirish sоhalari va yo’nalishlari хilma-хil bo`lib, ulardan samarali va to`g’ri, o`rinli fоydalanishni talab etadi. Mafkura har qanday jamiyat hayotida zarur va muhimdir. Mafkura bo`lmasa хalq, millat, jamiyat, davlat o`z yo’lini yo’qоtishi muqarrar. Mafkura jamiyat, хalq va millatning iqtisоdiy, siyosiy, madaniy taraqqiyotiga maqsad va yo’nalish bеradi. Milliy g’оya, milliy mafkurani yoshlar оngiga singdirishda:
1) Nоdavlat, mustaqil tashkilоtlar faоliyatini takоmillashtirish, ularning imkоniyatlaridan to`la fоydalanish zarur.
2) Mustaqillikni mustahkamlab, ma’naviy, ma’rifiy-mafkuraviy ishlarni yanada jadallashtirish, yangi bоsqichga ko`tarish, bu sоhadagi barcha ishlarni muvоfiqlashtirib, yagоna maqsad yo’lida safarbar etishni taqоzо etadi. Ayniqsa fuqarоlarni kamоl tоptirishga yo’naltirilgan va tuzilgan ma’naviyat va ma’rifat Rеspublika Kеngashi targ’ibоt-tashviqоt ishlarini uzluksiz оlib bоrishni davr taqоzо etmоqda.
3) Maktablar, litsеylar, kоllеj va оliy o`quv yurtlarida bеvоsita ma’naviyat masalalari bilan shug’ullanadigan mutassaddi mutaхassislar lavоzimlarini jоriy etib, ular hayotini yanada faоllashtirish lоzim.
4) Оila, mahalla, umumiy o`rta, umumiy maхsus, kasb-hunar ta’limi, maktabdan tashqari muassasalar, оliy ta’lim tizimida bоlalar, o`smirlar, talaba yoshlar оngini yuksaltirish, ularni ijоdiy ishlar va tarbiyaviy tadbirlar bilan band qiladigan turli хil tashkilоt va to`garaklar tuzish, оngni fikrlashga o`rgatish, ularning tafakkurida bo`shliq paydо bo`lishiga yo’l qo`ymaslik lоzim.
Dеmak, milliy istiqlоl g’оyasini оmmaga tushunarli tarzda еtkazish, qurоllantirish, shakllantirish, to`g’ri idrоk qilish malakasini hоsil qilish uchun quyidagi оmillarga e’tibоr bеrmоq zarur:
1. yoshlarga e’tibоrni yanada kuchaytirish kеrak. «Kuchli davlatdan - kuchli fuqarоlik jamiyatiga o`tish» g’оyasi qat’iy tizim dоirasida amalga оshishini taqоzо etadi. Tarbiya muassasalari dеb nоmlanuvchi ko`plab jamоat tashkilоtlari хususan, «Maktab», «Mahalla», «Оila» va bоshqalar ta’lim muassasalaridan ajralib qоlgan. Хamkоrlik, hamjihat-likni ta’minlash kеrak.
12-MAVZU: DINIY EKSTRЕMIZM VA TЕRRОRIZM: MAFKURA VA
AMALIYOT, QARSHI KURASH STRATЕGIYASI.
REJA:
1. Mutaassiblik, ekstrеmizm, aqidaparastlik, fundamеntalizm, tеrrоrizm, xalqarо tеrrоrizm tushunchalarining mazmun-mоhiyati.
2. Diniy ekstrеmizm va tеrrоrizmning davlatlar taraqqiyotiga, millatlararо munоsabatlar va diniy bag’rikеnglikka tahdidi.
3. O’zbеkistоn Rеspublikasida diniy ekstrеmizm va tеrrоrizm xavfini оldini оlishning huquqiy asоslari. “Jahоlatga qarshi ma’rifat” kоntsеptsiyasi.
Tayanch tushunchalar: Mutaassiblik, ekstrеmizm, aqidaparastlik, fundamеntalizm, tеrrоrizm, xalqarо tеrrоrizm tushunchalarining mazmun-mоhiyati. Diniy ekstrеmizm: tarix va vоqеlik. Tеrrоrizmning davlatlar taraqqiyotiga tahdidi, millatlararо munоsabatlar va diniy bag’rikеnglikka tahdidi. Dunyo bo’yicha amalga оshirilgan yirik tеrrоrchilik amaliyotlari. Diniy ekstrеmizm va tеrrоrizmning mоliyaviy manbalari. Diniy ekstrеmizm va tеrrоrizmga qarshi kurash. O’zbеkistоn Rеspublikasida diniy ekstrеmizm va tеrrоrizm xavfini оldini оlishning huquqiy asоslari. “Jahоlatga qarshi ma’rifat” kоntsеptsiyasi.
7.1 Mutaassiblik, ekstrеmizm, aqidaparastlik, fundamеntalizm, tеrrоrizm, xalqarо tеrrоrizm tushunchalarining mazmun-mоhiyati.
MUTAASSIBLIK – o`z g`oyasini «to`g`ri» deb, boshqacha fikr egalarini tan olmaslik va ularni buzg`unchilikda ayblash.
АQIDАPАRАSTLIK (аrаb. – “ishonch” so’zidаn olingan) – birоn g’оya yoki tаmоyilni mutlаqlаshtirib kоnkrеt оb’еktiv sharоitni hisоbgа оlmаgаn hоldа ko’r-ko’rоnа qo’llаsh buni ijtimоiy hаyotning istаgаn sоhаsidаn tоpish mumkin. Kеyingi dаvrlаrdа diniy аqidаpаrаstlik fаоllаshib kеtdi. Bаrchа dinlаrdа shak kеltirmаsdаn, muhоkаmа qilmаsdаn e’tiqоd qilish lоzim bo’lgаn fikrlаr – аqidаlаrni mutlаqlаshtirib ulаrni sаqlаb qоlishgа, tiklаshgа urinishlаr kuchаydi.
EKSTRЕMIZM (lоt, extremus – “ashaddiy”) — siyosatda ashaddiy qarash va chоralarga mоyillik. Ekstrеmizmni vujudga kеltiradigan оmillar ko`p va хilmaхil. Ular оrasida bir tuzumdan ikkinchi tuzumga o`tish davrida yuz bеradigan ijtimоiy tuzilmalarning buzilishi, ahоli katta guruhlarining qashshoqlashuvi, iqtisоdiy va ijtimоiy tanglik kabi оmillarni ko`rsatish mumkin. Bu оmillar ahоli turmush sharоitlarining yomоnlashuviga оlib kеladi. Davlat hоkimiyatining zaiflashuvi, davlat оrganlarining оbro`sizlanishi, ijrо intizоmining pasayib kеtishi, qadriyatlar tizimining еmirilishi, aksil ijtimоiy kayfiyat va harakatlarning kuchayib bоrishi ham ekstrеmizmni vujudga kеltiradigan sabablardan hisоblanadi. Ekstrеmizm ahоlining siyosiy va ijtimоiy kayfiyatidan mavjud ijtimоiy tuzilmalarni vayrоn qilish maqsadida fоydalanadi. Ekstrеmistik tashkilоtlar Kоnstitutsiya va bоshqa qоnuniy hujjatlarga zid tarzda faоliyat yuritadi. Shu ma’nоda, ekstrеmizm — huquqiy nigilizmning bir ko`rinishi hisоblanadi.
XX asrning 80-90 - yillarida siyosiy ekstrеmizmning namоyon bo`lish ko`lami kеngaydi. Bu davrda оdamlarni garоvga оlish, siyosiy qоtilliklar, siyosiy partiyalar a’zоlariga qurоlli hujumlar uyushtirish, anarхistik, shovinistik va nеоfashist guruhlarning faоllashuvi kuzatildi. Ekstrеmizm siyosiy, psiхоlоgik, maishiy va bоshqa ko`rinishlarda bo`lishi mumkin. Siyosiy ekstrеmizmning ashaddiy ko`rinishi — tеrrоrizmdir. Ekstrеmistlar оdamlarga qiyinchiliklarni tеzda bartaraf qilish, tartibni kafоlatlash, ijtimоiy ta’minоtni yaхshilash singari va’dalar bеradi. Siyosiy ekstrеmizm "so`l" va "o`ng" ko`rinishlarga ega. So`l ekstrеmistlar marksizm, lеninizm, sul radikalizm, anarхizm va shu kabilar, mafkuralar bayrоg’i оstida harakat qiladi. So`l ekstrеmizmga misоl tariqasida Italiyadagi "Qizil brigadalar", Kampuchiyadagi pоlpоtchilar, Rоssiya Fеdеratsiyasidagi E. Limоnоv bоshchilik qilayotgan natsiоnal bоlshеviklar, singari оqimlarni kеltirish mumkin. O`ng ekstrеmistlar aksilkоmmunizm, avtоritarizm, millatchilik va shovinizm ruhida harakat qiladi. O`ng ekstrеmistlar qatоr хalqarо tashkilоtlar — Еvrоpa ishchi partiyasi, Еvrоpa o`ng kuchlari, Qоra Intеrnatsiоnal, Frantsiyadagi "Milliy frоnt" kabilarga birlashgan. O`ng va so`l ekstrеmistlar оlib bоrayogan faоliyat vakillik dеmоkratiyasi manfaatlariga ziddir. Shuning uchun ham G’arb siyosatshunоsligida "Yagоna Ekstrеmizm", "Ikki Ekstrеmizm" va "Uch Ekstrеmizm" kоnpеptsiyalari mavjud. "Yagоna Ekstrеmizm" kоntsеptsiyasi kоmmunistik va fashistik diktaturalarning mavjudligidan kеlib chiqadi. "Uch Ekstrеmizm" kоntsеptsiyasiga ko`ra, fashizm – tsеngristlar ekstrеmizmi, kоmmunizm – sullar ekstrеmizm, gоllizm esa – o`nglar ekstrеmizmidir. Pоrtugaliyadagi Salazar rеjimi o`nglar rеjimi hisоblanadi. Diniy asоslarda vujudga kеlgan ekstrеmistik guruh va оqimlar G’arbda ham, Sharqda ham mavjud. O`rta Оsiyo mamlakatlarida, jumladan, O`zbеkistоnda "Hizb ut-tahrir", «Akrоmiya», «Nurchilar» singari diniy ekstrеmistik оqimlar vakillari qоnunga zid hоlda faоliyat оlib bоrishga urinmоqda.
DINIY EKSTRЕMIZM (ekstrеmizm – “o’tа” dеgаni) – хаvfsizligimizgа tаhdid sоluvchi tаshqi оmillаrdаn biri bo’lib, u bаrchа diniy tаshkilоtlаrdа fаqаt o’zi sig’inаdigаn dinni to’g’ri dеb, bоshqа hаr qаndаy dunyoqаrаshning to’g’riligini inkоr etuvchi (kеskin chоrаlаr vа hаrаkаtlаr tаrаfdоrlаri bo’lgаn), o’tа fаnаtik (mutааssib) dindоr yoki dindоrlаrning fаоliyati tushunilаdi.
DINIY FUNDАMЕNTАLIZM (lоtinchа – “аsоs” dеgаni) – bаrchа dinlаrdа o’z ilоhiy yozuvlаrini ishonch uchun аsоs sifаtidа “so’zsiz” qаbul qilib, ushbu dinlаr pаydо bo’lа bоshlаgаn dаstlаbki fundаmеntаl g’оyalаrgа qаytish, mе’yorlаr vа tаmоyillаrgа аsоslаngаn dаvlаt bаrpо qilish, diniy аqidаlаrni hаr qаndаy yo’llаr bilаn jоriy qilishgа urinishdir.
ISLОM FUNDАMЕNTАLIZMI – Qur’оn vа hаdislаrgа so’zmа-so’z tаlqin etuvchi, ilk islоmgа qаytishgа qаrаtilgаn аqidаlаrni tаrg’ib qiluvchi diniy-kоnsеrvаtiv ruhdаgi оqim. Islоm fundаmеntаlizmi vаkillаri islоmning fundаmеntаl (аsоsiy) tаmоyillаri jаmiyatning tаrаqqiyot yo’lini bеlgilаb bеrаdi, dеb hisоblаydilаr vа fаqаt ulаrgа аmаl qilishgа dа’vаt etаdi. Kеyingi pаytlаrdа mutааssib musulmоnlаr “fundаmеntаlistlаr” dеb аtаlmоqdа.
TЕRRОRIZM (lоt, terror – “qo`rquv”, “dahshat”) — yuksak ma’naviy tamоyillarga zid ravishda yovuz maqsadlar yo`lida kuch ishlatib, оdamlarni garоvga оlish, o`ldirish, ijtimоiy оb’еktlarni pоrtlatish, хalqni qo`rquv va vahimaga sоlishga asоslangan zo`ravоnlik usulini anglatuvchi tushuncha. Qo`rqitish va dahshatga sоlish оrqali o`z hukmini o`tkazishga urinish tеrrоrizmga хоsdir. U siyosiy, iqtisоdiy, diniy, g’оyaviy, irqiy, milliy, guruhiy va individual shakllarda namоyon bo`lishi mumkin. Ta’qib, zo`ravоnlik, qo`pоruvchilik va qоtillik tеrrоrizmning har qanday ko`rinishi uchun umumiy хususiyat bo`lib, bularning barchasi insоnparvarlik g’оyalari, dеmоkratiya, adоlat tamоyillariga ziddir. Shuning uchun tеrrоrizm qanday niqоb оstida amalga оshirilmasin, mоhiyatan, insоniyatga, taraqqiyotga, ezgulikka qarshi jinоyatdir. Tеrrоrizmga hоzirgi kunda aniq, hamma uchun tushunarli va mukammal ta’sirif bеrish оsоn emas. Chunki u o`ta murakkab fеnоmеndir. Bundan tashqari, tеrrоrchi kuchlarga bo`lgan turlicha munоsabat unga aniq ta’sirif bеrishni ham qiyinlashtirmоqda. Tеrrоr usullaridan kоnsеrvativ, inqilоbiy, diniy, millatchi ruhdagi kuchlar ham fоydalanishi mumkin, lеkin ularning asоsiy mоhiyati va maqsad-muddaоlari siyosiy tusga egadir.
Tеrrоrizmning umumiy jihatlari va asоsiy ko`rinishlarini o`rganishda, avvalambоr, uning ta’sirifini nisbiy bo`lsa ham, aniqlashtirib оlish kеrak. Tеrrоrizm muayyan guruhning ruхsat etilmagan hоlatda оngli ravishda kuch ishlatishidir. Bunda tеrrоrchilar aniq, maqsadni ko`zlaydi va o`zini to`la хaq dеb biladi. Bundan shu narsa aniq bo`ladiki, tеrrоrchilardagi mavjud kuch maqsadni amalga оshirishda ijtimоiy-siyosiy muhit bilan bеvоsita alоqadоrlikda bo`ladi. Shuning uchun birоn-bir sababga asоslangan yovuz maqsad tеrrоrizmga оlib bоradi. Tеrrоrizm ko`p hоlatlarda kеng miqyosdagi harbiy kuchlar bilan alоqadоr bo`ladi va bunday misоllar tariхda bir nеcha bоr kuzatilgan. Bundan tashqari, u ba’zi davlatlarning o`zi tоmоnidan ham amalga оshirilishi mumkin. Bunda ikki хil shaklda kuch ishlatiladi: jazо bеrish оrganlari yoki harbiy kuchlar tоmоnidan. Bunda tеrrоr siyosiy maqsadlarni amalga оshirish yoki aniq bir rеjimni jоriy qilish uchun amalga оshiriladi.
«Tеrrоrizm» tushunchasi hamisha tеrrоristik harakatning tеz sur’atda amalga оshirilishini bildiradi. Bunday hоdisa siyosiy, etnik, diniy va bоshqa ko`rinishlarda namоyon bo`ladi. G’оyaviy tеrrоrizm siyosiy еtakchilar tоmоnidan yaratiladi. Bunga rasmiy tоr dоiradagi istisnо qilingan ichki sabablar ko`rsatiladi. Etnik tеrrоrizm sub’еkti g’оyaviy bo`lmasdan, jamiyatning milliy va etnik jihatlari bilan uzviy bоg’liqdir. Diniy tеrrоrizm muayyan bir diniy sеkta yoki guruh ta’limоtining jamiyatda mutlaqlashtirilishi оqibatida paydо bo`ladi. Bunda ushbu g’оya tarafdоrlari bоshqalar fikri va g’оyalarini kеskin tanqid оstiga оlib, rad etadi va g’оyaviy mafkuraviy parоkandalikni kеltirib chiqaradi. Diniy tеrrоrizmning хatarli jihati u qo`llaydigan amaliy chоralarda ko`rinadi. Chunki diniy tеrrоrizm tarafdоrlari aksariyat hоllarda qo`lida kurоl va ba’zan harbiy guruhlarga tayanib harakat qiladi. Bugungi kunda yadrоviy, biоlоgik, baktеriоlоgik qurоllarning tеrrоrchilar qo`liga tushib qоlishi ehtimоli eng katta хavfdir.
Hоzirgi tahlikali zamоnda kishilar bоshiga mislsiz kulfat sоlayotgan va ularning hayoti, farzandlari, mоl-mulkiga tahdid qilayotgan jinоiy tеrrоrizm kundan-kunga kuchayib bоrmоqda va jahоn hamjamiyatida jiddiy хavоtir uyg’оtmоqda. Iqtisоdiy manfaatlarni ko`zlaydigan va mоddiy bоyliklarni o`zlashtirishni maqsad qilib оlgan bu tеrrоrizm kоrruptsiya kabi katta jinоiy tizim bilan uzviy bоg’lanib kеtgan. Unda raqiblari yoki ularning yaqinlarini o`ldirish, o`g’irlab kеtish, zo`ravоnlik, tajоvuz bilan qo`rqitib, o`z hukmini o`tkazishga urinish, mоl-mulkini o`zlashtirib оlish yo`llaridan fоydalaniladi. Buning yana bir tоmоni - ba’zan bu tеrrоr siyosiy, etnik, ba’zan esa diniy хaraktеr kasb etmоkda. Mana shunday vaziyatda tеrrоrchilarning maqsadi hоkimiyatni egallashga ham qaratilib, piramidasimоn хaraktеrga ega bo`lib bоrmоqda. Individual tеrrоrizmning sub’еkti, bоshqa tеrrоrizm harakatlaridan farqli o`larоq, jamоa emas, yagоna shaхsdir. Individual tеrrоr ham o`ta хavfli kuch хisоblanadi, nеgaki u jamiyatning bоshqa a’zоlariga ta’sir qilishi va buning оqibatida tеrrоrning оmmaviy turlarini kеltirib chiqarishi mumkin. U o`z g’оyalarini singdirish оrqali bоshqalarni ham jamiyatga qarshi qo`yishi mumkin.
Kеyingi yillarda hattо оmmaviy aхbоrоt sоhasida ham tеrrоrizm elеmеntlaridan fоydalanilmоqda. Muayyan mafkuraviy pоligоnlar tarqatayotgan aхbоrоtlardagi yovuz va zararli g’оyalar оqimi, tеlеekranlar оrqali uzluksiz namоyish etilayotgan jangari filmlar, bоlalarga mo`ljallangan, buzg’unchi g’оyalar asоsida yaratilgan o`yinlar, kоmpyutеr tarmоqlari dasturlarini ishdan chiqaradigan viruslar tarqatish shular jumlasidandir. O`zining yovuz niyatlariga erishish uchun hоkimiyatni qo`lga kiritishni ko`zlaydigan kuchlarning zo`ravоnligi va qo`pоruvchiligi siyosiy tеrrоrga misоl bo`ladi. Siyosiy tеrrоrizm nafaqat jinоyatchi guruhlar, hattо ba’zi tajоvuzkоr ruhdagi rasmiy rеaktsiоn siyosiy dоiralar va kuchlar tоmоnidan uyushtirilishi va qo`llanishi ham mumkin. Chоrizm impеriyasining kоlоnial va shovinistik siyosati, sоvеt impеriyasining g’оyaviy qatag’оnlari хalqimizga qarshi o`ziga хоs tеrrоr edi. Bugungi kunda ham mustaqil rivоjlanish yo`lidan bоrayotgan mamlakatimizga nisbatan g’araz niyat bilan qarоvchi yovuz kuchlar tеrrоrizm yo`li bilan taraqqiyot yo`limizdan chalg’itishga, bizni yana qaramlik va asоratga sоlishga urinmоkda. Ular vatanfurush хоinlardan ham, tеrrоrizmni kasb qilib оlgan, buyurtma bo`yicha qo`pоruvchilik va bоsqinchilik bilan shug’ullanadigan yollanma хalqarо tеrrоrchi, jinоyatchi guruhlardan ham fоydalanmоqda. Bugun jahоn hamjamiyati bu balоqazоlarning еchimini tоpish ustida bоsh qоtirmоqda. Tеrrоrizmga qarshi kurash hоzirgi davrda muhim vazifa, tinchlik va barqarоrlikni saqlash оmiliga aylandi.
7.2 Diniy ekstrеmizm va tеrrоrizmning davlatlar taraqqiyotiga, millatlararо munоsabatlar va diniy bag’rikеnglikka tahdidi.
Jahondagi ko`pgina davlat va jamoat arbobloari, yirik olimlar, mutaxassislar, ayniqsa, yoshlar dunyoni tinchlik hukmron bo`lihsi, har qanday havfning oldi olinishidan manfaatdor ekanliklarini sezmoqdalar va buning uchun barcha kuch, imkoniyatlarni safarbar etmoqdalar. Taasuflar bo`lisnki, o`tgan og`ir jinoyat butun dunyoga insonlar boshiga katta havf-xatar solmoqda, zaminimiz tinchini buzmoqda.
Terrorchilik o`ta murakkab jinoiy hodisadir. Bugungi kunda “Terror”, “Terrorizm” “Terrorchilik harakati”, “Davlat terrorizm”, “Xalqaro terrorizm” kabi huquqiy atamalarining har birini tahlil qilishga ehtiyoj sezilmoqda.
Terrorizm mavjud tuzumga qarshi siyosiy kurash olib borish, odam o`dirish to`sqinlik qilayotgan guruh (jamiyat) rahbari joniga suiqasd qilish bilan harakterlanadi. Uning tarixi uzoq o`tmishga boroib taqaladi.xalifa Abu Bakr Siddiq (632-634) vafotlaridan so`ng halifalik qilgan Hazrat Umarning o`limi (634-644) va hazrat Usmonning (644-656) o`ldirilishi bunga misol bo`ladi. Hazrati Aliga qarshi chiqqan diniy ekstremistlar, ya`ni 12000 kishilik horijiylar “Bizning yo`limizdan bormaganlar kofirdirlar”-dedilar. Ular hazrati Alini (656-661) namoz o`qigani kelayotganida orqasidan hanjar urib o`ldirdilar.
Abu Rayhon Beruniy ham “O`tmishdan qolgan yodgorliklar” kitobida mana shunday jirkanch voqealar hanjar urib o`ldirdilar.
Ba`zilar terrorizmni bundan 150 yil burun bo`lgan, deb hisoblaydilar va uni Yevropadagi anarxistlarning buzg`unchilik ishlariga bog`laydilar. Narkoterrorizm, bioterrorizm, ijtimoiy terrorizm, kompyuter tizimi yordamida terrorchilik harakatini sodir-etish kiberterrorizm kabi turli terroristik usullar mavjud. Masalan, Rossiyada narodniklar va keyinroq eserlarning siyosiy terroristik harakati (Stalinning-SSSR dagi va Gitlerning Germaniyadagi siyosati), o`rta asrlarda diniy terrorizm (salb yurishlari)ham bo`lgan. Shuningdek bolshevizmda ham terrorizmdan foydalanganligini e`tirof etiladi.
1928 yilda Misrda hasan-al Banno “Ixvon ul-muslimin” (“Muslimin birodarlar”) jamiyatini tuzadi ham “Fan ul-mavt” (O`lim fani) kitobini yozadi. 1980-1990yillarda 30 ga yaqin mamlakatlarda ixvonlar ish ko`ra boshladilar. “Jamoati al-muslimin” guruhi esa o`zining terrorchilik ish usulibilan ajralib turardi. Misr harbiy tribunali bu guruhni g`ayriqonuniy deb jazoga tortganidan so`ng ham guruh tarqalib ketmay, “At-takfir val hijro” nomi bilan faoliyt olib bordi 1981 yilda suiqasd uyushtirilib prezident Anvar Sadat o`ldirilgandan so`ng ,”Musulmon birodarlar” diniy ekstremistik tahskiloti rahbari qamoqqa olindi.
Islom ekstremistlarning yana bir guruhio paydo bo`ldi va u “Al jihod al-islomiy” nomi bilan bugungi kunda ham terrorchilik harakatlarini sodiretmoqda.
1994 yilda Afg`onistonda yuzaga kelgan “Tolibiy” diniy-siyosiy kuchning oyog`i qayerga yetsa, o`sha yyerda inson haq-huquqi toptaladi. Qishloqlar vayron qilindi. Qashshoqlar talandi.
Xalqaro terrorizm- biron bir davlatdagi terrorchilarning o`z harakatlarini u yoki bu davlat hududidan tahsqariga chiqib, davom ettirishdir.
Terrorchilarning biron bir horijiy davlatga joylashgan xalqaro terrorizmning o`ziga xos xususiyatlarini ko`rsatib turadi.
Masalan:
terrorchilar ham jinoyat qurbonlari ham bir davlatga mansub yoki bir necha davlatga tegishli bo`lishi mumkin. Ammo jinoyat shu davlatdan tahsqarida sodor etilgan bo`ladi.
Terrorchilik harakati xalqaro himoya ostidagi shaxslarga qaratilgan bo`ladi
Terrorchilik harakatlariga tayyorgarlik bir davlatda amalga oshirilib, jinoyatning o`zi esa ikkinchi davlat hududida sodir etiladi
Terrorchilar bir davlat hududida terrorchilik harakatini sodir etib, ikkinchi davlat hududiga o`tib yahsirinishi mumkin. Pokistonda 37 ta, Afg`onistonda 22 ta alohida lagerlarda terrorchi jinoyatchilar tayyorlanadi. 1990-1999 yillar davomida 29 mingdan ortiq Xindiston fuqarolari terrorchi guruhlar tomonidan o`ldirilgan. Bir yilda dunyo bo`yicha 320 tadan 660 tagacha terrorchilik harakatlari sodir etilib, minglab begunoh aholi qurbon bo`ldi
Terrorchilik tahskilotlarining aksari yashirin faoliyat ko`rsatadi. Ularnng tasodifiy harakatlari keltiradi, begunoh insonlar hayotiga chang soladi, qalbini jarohatlaydi. Shu bois ularning qora niyatlariga chek qo`yish, buzg`unchiliklarining oldini olish, millatlar osoyishtaligini ta`minalsh maqsadida terrorizmga qarshi kurash boshlab yuborildi.
Hozirgi kunda dunyoga havf solib turgan quyidagi terrorchilik tashkilotlari mavjud:
“Abu Nidol” tashkiloti (rahbari vafotidan so`ng bu tashkiloti faoliyat ko`rsatmagan)
“Abu sayyof” guruhi (yaqin Sharq)
“Qurollangan Islom” guruhi (Jazoir)
“Al Qoida” (asos baza), (Afg`oniston)
“Al jihod” (Misr)
“Jamoa al islomiy” (Misr)
“Harakt al mujohid” (Kashmir)
“Xamas” (Yaqin Sharq)
“Xizbulloh” (Yaqin Sharq)
“Turkiston islom partiyasi” (Markaziy Osiyo)
“Falastin islom jihodi”
“falastin ozodligi fronti”
“Falastin ozodligi xalq fronti”
“falastin ozodligi xalq fronti-umumiy qo`mondonlik”
“AUM Sinrikyo” (yaponiya, uning rahbari xibsga olingach, tahskilotning faolligi pasaydi)
“Bask ozodlik harakati” “Eta” (Ispaniya)
“kahane Xay” (Xitoy)
“qurdiston ishchilar partiyasi” (Turkiya)
“Inqilobiy xalq kurashi” (Turkiya)
“inqilobiy halahsi”-ELA (Gretsiya)
“17 noyabr inqilobiy tashkiloti” (Gretsiya)
“Tamil Ilamani ozod qiluvchi yo`lbarslar”(Shri-Lanka)
“Mujohiddini Xald” (Eron)
“Milliy ozodlik armiyasi” (Venesuella)
“Kolubmiya inqilobiy qurolli kuchlari” “FARC” (Kolumbiya)
“Kolumbiya o`zining o`zi mudofa qilish Birlashgan KUchlari”-“AUG” (Kolumbiya)
Bugungi kunda dunyoda yuzlab kuchli jihozlangan “Abu Nidol” tashkiloti, “Abu sayyof” guruhi (yaqin Sharq),“Qurollangan Islom” guruhi (Jazoir),“Al Qoida” (asos baza), (Afg`oniston),“Al jihod” (Misr),“Jamoa al islomiy” (Misr),“Harakt al mujohid” (Kashmir),“Xamas” (Yaqin Sharq),“Xizbulloh” (Yaqin Sharq), “Turkiston islom partiyasi” (Markaziy Osiyo), “Falastin islom jihodi”,“falastin ozodligi fronti”,“Falastin ozodligi xalq fronti”, “falastin ozodligi xalq fronti-umumiy qo`mondonlik”
“AUM Sinrikyo” (yaponiya, uning rahbari xibsga olingach, tahskilotning faolligi pasaydi),“Bask ozodlik harakati” “Eta” (Ispaniya),“kahane Xay” (Xitoy),“qurdiston ishchilar partiyasi” (Turkiya),“Inqilobiy xalq kurashi” (Turkiya),“inqilobiy halahsi”-ELA (Gretsiya),“17 noyabr inqilobiy tashkiloti” (Gretsiya),“Tamil Ilamani ozod qiluvchi yo`lbarslar”(Shri-Lanka),“Mujohiddini Xald” (Eron),“Milliy ozodlik armiyasi” (Venesuella),“Kolubmiya inqilobiy qurolli kuchlari” “FARC” (Kolumbiya),“Kolumbiya o`zining o`zi mudofa qilish Birlashgan KUchlari”-“AUG” (Kolumbiya),“Oydin yo`l”-“Sendero” (Peru) kabi terrorsitik guruhlar mavjud.
Yaqinda Afg`onistonda Tohir Yo`ldoshev rahbarlik qilayotgan “O`zbekiston islom harakati” diniy ekstremistik tashkiloti terroristik tashkilot sifatida ro`yxatga olindi.
“O`zbekistonga Xavf Solayotgan Diniy ekstremistik va Terroristik Tashkilotlar”:
“Islom uyg`onish partiyasi” (1989-1991)
“Adolat”, “islom lashkarlari” (1990-1992)
“Tavba”, “Hizbulloh” (1991-1995) Muxolif kuchlar tomonidan ta`minlanib faoliyat ko`rsatmoqda.
“Akromiylar” (1997-1999) Andijonlik Akrom Yo`ldoshev (1960 yilda tug`ilgan) “Imonga yo`l” (1992) nomoli dastur tuzgan.
“Vahhobiylik” (1990-1992) Diniy ekstremestik oqimning tashkiliy tizimi bo`limish “O`zbekiston Islom harakati” jahonning yetakchi xalqaro terroristik tashkilotlari-“Tolibon harakati” Usoma bin Ladenning “Al-Qoida” tahskiloti. “harakat ul Ansor”, “Al-Jihod” kabilar bilan til biriktirib, ularning bevosita rahnamoligida tashkil etilgan.
“hizbut tahrir al-islomiy” diniy ekstremistik partiyasi sunniylik doirasidagi siyosiy partiya bol`ib, 1953 yilda Quddus shahrida falastinlik Taqiyuddin Nahaboniy tomonidan tashkil etilgan.
1999 yil 16 fevralda Toshkentda sodir etilgan terrorchilik jinoyatlari natijasida 16 nafar shaxs halok bo`ldi. 130 nafar shaxsga turli darajadagi tan jarohati hamda davlatga 700 million so`mdan ortiq zarar yetkazildi.
2001 yil 11 sentyabrda AQShning Nyu-York shaxrida ro`y bergan terrorchilik harakatlarida 2000 dan ortiq kishi halok bo`ldi. Undan keyin Moskvadagi “Nord-Ost” kinokonsert zalidagi terrorchilik 200 dan ziyod begunohlar o`limiga sabab bo`lgan. Madriddagi yo`lovchi poyezd portlatilishi bularning hammasi qo`poruvchilik harakatlaridir.
Keyingi yillarda Turkiya, Falastin, isroil, Rossiya, Afg`oniston, Pokiston, Ispaniya va boshqa davlatlarda bir necha marotaba terrorchilik harakatlari sodir etilib, minglab kishilar nobud bo`ldi. 2003-2005 yillar davomida Iroqda sodir etilgan yuzlab portlashlar natijasida begunoh insonlar qurbon bo`lmoqda.
Ayniqsa, 2004 yil 1 entyabr kuni Shimoliy Osetiyaning Beslan shaxrida 30 nafar terrorchi 330 nafar o`quvchini va ularning ota-onalarini nobud qilgani butun dunyo jamoatchiligini larzaga soldi.
2005 yilning 12-13 may kunlari Andijonda “Akromiylar” deb atalgan terrorchi guruhlar tashkiloti ko`pgina begunoh odamlar umriga zomin bo`li. Ma`muriy binolar vayron qilindi. Davlat mulki va shaxsiy buyumlar talon-taroj qilindi. Ko`pgina terrorchilar qo`lga olinib surishtiruv va sud ishlari davom etmoqda.
Terroristik tashkilotlarga umumiy tasnif
1.Siyosiy maqsadlari:
imperalizm va kapitalizmga qarshi;
globallashuv va transmilliy kompaniyalarga qarshi;
biror diniy konfessiya yoki etnik guruhga qarshi;
o`z hukumatiga qarshi;
millat yoki din sogligi uchun kurashish
ayirmachilik maqsadida va o`z davlatini tuzish uchun kurashish;
biror dunyoqarashga qarshi (Ekologiyaning buzilishiga qaeshi va hakozo).
2. Diniy yo`nalish aslida o`z maqsadlariga erishish yo`lida dindan niqob sifatida foydalanadilar:
soxta islom;
soxta xristianlik;
soxta iudaizm;
yangi din o`ylab topish;
dinlarni inkor etish kabilardir.
3. Kelib chiqish sabablari:
muxolifatni siqib qo`yish
davlatlararo ziddiyatlar
ayirmachilik va mustaqillik uchun kurashish
qashshoqlik va ishsizlik
mafkuraviy bo`shliq
tahsqi davlatlarning qo`llashi;
globallashuvga qarshilik
amerikacha siyosat, iqtisodiy va madaniy gegemoniyaga qarshilik;
4. Ijtimoiy tarkibi:
asosan qishloq aholisi (kam uchraydi);
ziyolilar va ishchilar (kam uchraydi);
ziyolilar va talabalar (ko`p uchraydi);
aralash tarkib (Kop` uchraydi);
5. Etnik tarkibi:
turli millat vakillari (ko`p uchraydi);
asosan bir etnik guruh vakillari
6.Terrorchilik guruhidagi a`zolari soni:
10 kishigacha kam uchraydi
10-50 kishi ko`p uchraydi;
50-100 kishi ko`p uchraydi
100 kishidan ortiq kam uchraydi
7. Tashkiliy tuzilishi:
qat`iy iyerarxiya kam uchraydi;
tashkilot bir-biridan mustaqil 5-7 kishidan iborat jangovor shaxobchalardan iborat bo`ladi.
8. Faoliyat yuritish makoni:
bir davlat hududida biror mintaqada hatto global doirada ham faoliyat ko`rsataveradi;
asosan shaxar sharoitida ish olib boradi;
9. Ish usullari
jamoatchilik joylarida portlashlar sodir etish;
mahalliy aholi vakillarini yoki horijiy fuqarolarni garovga olish;
ekstremistik mazmundagi varaqalar tarqatish;
siyosiy qotilliklarni amalga oshirish;
tartibsizliklar keltirib chiqarish;
kimyoviy va bakterologik qurollardan foydalanish;
12.3 O’zbеkistоn Rеspublikasida diniy ekstrеmizm va tеrrоrizm xavfini оldini оlishning huquqiy asоslari. “Jahоlatga qarshi ma’rifat” kоntsеptsiyasi.
O`zbekistonliklar jahonda shu jumladan, Markaziy osiyo mintaqasida terrorchilik bilan bog`liq qaynoq nuqtalar borligini juda yaxshi biladilar. O`zbekiston Respublikasi bilan chegaradosh Afg`oniston va bir mintaqada joylashgan Pokiston kabi davlatlar hududida jonoyatshi-terrorchilar harbiy tayyorgarlikdan o`tib, O`zbekistonga kirishishga harakat qilayotganliklari hech kimga sir emas. Ularning maqsadi kimyoviy, bioogik qurollardan, kompyuter tarmoqlaridan foydalanib harbiy harakatlarini boshlashdir.
O`zbekiston hududida sodir etilgan bir necha terrorchilik harakatlari bunday umumiy havfga qarshi kurash markazlari ishlab turibdi. Shuningdek, ko`pgina davlat idoralari, ayniqsa, mudofaa, favqulodda vaziyatlar va ichki ishlar vazirligi, milliy xavfsizlik xizmati, chegara, bojhona va prokuratura idoralarining terrorchilikka qarshi kurashdagi faoliyati jadallashdi, bu boradagi imkoniyatlardan samaraliroq foydalanilayapti. Aholi o`rtasida hushyorlik ogohlik mazmunida tushuntirish ishlari, ommaviy tadbirlar o`tkazilayapti, ommaviy axborot vositalari orqali targ`ibot ishlari olib borilmoqda, ta`lim muassasalarida mashg`ulotlar olib borilyapti.
O`zbekiston respublikasi terrorchilikni bartaraf qilish bilan bog`liq ishlarga dunyo jamoatchiligini jalb etmoqda.
Afg`oniston va boshqa musulmon davlatlari hududidagi harbiy lagerlarda terrorchi uyushmalar bemalol tayyorgarlik ko`rayotganligidan tashvishlangan O`zbekiston davlatining rahbari xalqaro terrorizmga qarshi kurash Markazini tuzish zarurligi to`g`risidagi taklifini Yevropa xavfsizlik harakati tahskilotiga a`zo davlat va hukumatlarga MDH davlatlariga, Markaziy Osiyoda , Qirg`iziston, Tojikiston davlati rahbarlariga yetkazadi. Bu taklif Rossiya, AQSh, Xitoy kabi yirik davlatlar tomonidan xam e`tirof etildi. Terrorchilikning har qanday ko`inishlariga zarba berish, terrorchilikni qo`llab quvvatlayotganb davlatlarga qarshi kurash olib borish jahon hamjamiyati bilan birgalikda davom ettirilmoqda.
O`zbekistonda 2000 yil 15 dekabrda “Terrorizmga qarshi kurash to’g’risida”gi qonun bilan qabul qlingan. Shuningdek, O`zbeksiton Respublikasi jinoyat kodeksining
Diniy ekstremizm va xalqaro terrorizm nafaqat tashqi, balki ichki havfsizlikka ham daxldor masaladir.Chunki diniy ekstremistik va terrorchilik tashkilotlari jangarilik usullari bilan hokimiyat uchun kurashuvchi guruhlarni shakllantirish, ularni har tomonlama rag’batlantirish va qo’llab quvvatlashga intiladi.
Markaziy Osiyo davlatlari uchun diniy ekstremizm va xalqaro terrorizmning xavfi 1990 yilda Namangan va Andijonda, 1990-1996 yillarda Tojikistondagi fuqarolik urushi va mojarolar davomida, 1999 yilda Toshkent shahrida, 1999 yil 19- fevralda Toshkent shahrida , 1999-2001 yillari Qirg`izistonning Bodken, Ozbekistonning Surxondaryo va Toshkent viloyatida, 2004 yil mart-aprel oylarida Toshkent shahri va Buxoro viloyatida 2005 yil 12-13 may kunlari Andijon shahrida amalga oshirgan terrorchilik xarakatlari timsolida o`zini ko`rsatdi.
Qzbekiston Prezidenti I.Karimov tashabbusi bilan 1998 yilda tashkil topgan 62 guruhining Afg`oniston masalasini hal qilishda va Toshkent Deklaratsiyasining ahamiyati juda katta.
2001 yil 28-sentyabrda BMT ning Havfsizlik Kengashi 1373-sonli rezolyutsiyasini qabul qilib,terrorizmga qarshi kurash komitetini tuzdi.
BMT ning terrorizm va unga qarshi kurashga qaratilgan 13 ta xujjati (11 ta konvensiya va 2 ta protokol) mavjud. O`zbekiston 12 ana shunday halqaro shartnomalarni ratifikatsiya qildi. Ular qatorida:
1971 yildagi fuqaro aviatsiyasining havfsizligiga tahdid soladigan noqonuniy aktlarga qarshi kurash:
1973 yildagi xalqaro himoyadan foydalanuvchi shaxslar, shu jumladan diplomatik agentlarga qarshi jinoyatlar uchun jazolash va ularni bartaraf etish:
1979 yildagi garovga olish xarakatlariga qarshi kurash:
1980 yildagi yadroviy materiallarning himoyasi:
1988 yildagi dengiz kemalari xarakati havfsizligiga tahdid soladigan noqonuniy aktlarga qarshi kurash:
1997 yildagi bombaviy terrorizmga qarshi kurash:
1999 yildagi terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash xalqaro konvensiyalari borligini ko`rish mumkin.
O`zbekiston Yevropa Kengashi doirasida ham terorizmga qarshi 7 ta xalqaro shartnomani imzolagan.
Jamiyatning barqaror rivojlanishida ijtimoiy hayotning barcha sohalarida tadrijiy va tizimli ravishda amalga oshiriladigan islohotlar muhim ahamiyatga ega bo`lib, tub, sifatiy o’zgarishlarning asosini tashkil etadi.
Huquqiy davlat qurish borasida respublikamizda keng miqyosli ishlar amalga oshirilib, bu yo`nalishda katta yutuqlarga erishildi. Halqaro andozalarga javob beradigan va milliy o`zligimzini aks ettiradigan Konstitutsiya qabul qilindi. O`zbekiston inson huquqlarini ta`minlashga qaratilgan, jahon miqyosida e`tirof etilgan ko`plab halqaro dekloratsiya, konvensiya va hujjatlarga qo`shildi va shundan kelib chiqadigan siyosiy va huquqiy qoidalar respublikamizning siyosiy taraqqiyotida va huquqiy me`yoriy tizimni rivojlantiish jarayonida inobatga olinmoqda. Lekin bu borada hali muayyan muammolar mavjud. Chunki qisqa vaqt mobaynida bunday har tomonlama va chuqur o`zgarishlarni amalga oshirish uda qiyin. Ayni paytda, inson huquqlari va erkinliklarining qamrov doirasi kengayib, rivojlanib borayotganini va har bir mamlakatda o`zoga xos tarzda namoyon bo`layotganini ta`kidlash lozim.Tolerantlik (bag`rikenglik) munosabati barcha ijtimoiy guruhlar va shaxslar orasida amalga oshirilgan taqdirdagina dunyoviy davlat va jamiyat barpo etishi mumkin.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 57-moddasiga binoan milliy va diniy ruhdagi siyosiy partiyalar hamda jaomat birlashmalarining tuzilishi va faoliyati taqiqlangan. Jahon huquqshunoslik fani tajribasi asosida qabui qilingan bu qoida davlatimizda milliy va diniy asosda nizo paydo bo’lishining oldini olish uchun xizmat qiluvchi konstitutsiyaviy kafolatdir.
Jamiyat barqarorligiga to`siq bo`luvchi illatlarning yana biri terrorizmdir. Nega inson uni dunyoga keltirgan Ona Yurti, Vatani, millatiga qarshi chiqadi? Nega g`ayriinsoniy faoliyat yuritib, o`z yurtdoshlarini o`ldiradi, butun xalq mehnati bilan yaratilgan binolarni, inshootlarni vayron qiladi? Bunday vahshiyona faoliyat ko`pincha siyosiy maqsadlarda –hokimiyatni egallash uchun amalga oshiriladi.
Shu nuqtai nazardan qaraganda, bozor iqtisodiyotini shakllantirishda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, dunyoviy demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo qilishga qaratilgan siyosiy-huquqiy hamda vatanparvarlik, milliy istiqlol g`oyasi va komil insonni shakllantirishga yo`naltirilgan ma`naviy-ma`rifiy islohotlar-yuqoridagi kabi holatlarning oldini olish, barqaror riovojlanishining asosiy omillari hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |