Chegaralangan narx - davlat tomonidan yuqori va quyi chega- ralari belgilanib, shu doirada o‘zgarishi mumkin bo‘lgan narx.
Dotatsiyalangan narx - davlat byudjeti hisobidan maxsus arzon- lashtirilgan narx.
Demping narx - bozorda o‘z mavqeini mustahkamlash va raqib- larini siqib chiqarish uchun firmalar tomonidan foydalaniladigan maxsus narx.
Nufuzli narx - sotish hajmini o‘zgartirmasdan, yuqori foyda olish- ga erishish uchun firmalar tomonidan foydalaniladigan narx.
. Erkin bozor narxi - talab va taklif asosida vujudga keladigan bo- zor narxi.
Narx diapazoni - narxlar oralig'ining puldagi ifodasi.
Hududiy narx - faqat ma'lum hududiy bozorga xos bo‘lib, shu hudud doirasidagi omillar ta’sirida hosil bo‘ladigan narx.
Do'stlaringiz bilan baham: |