Bozor narxi - bir tomondan, tovarlaming sotilishini ta’minlovchi, boshqa tomondan, bozorda tovarlar taqchilligini yuzaga keltir- maydigan muvozanatlashgan narx.
Joriy narx - yil davomidagi ishlab chiqarish natijalarini hisob- lashda qo‘llaniluvchi amaldagi narx.
Qiyosiy narx - ishlab chiqarishning natijalari ma’lum yil (bazis yil) asosida hisoblanuvchi va boshqa yillar bilan taqqoslanuvchi narx.
Narx tizimi - iqtisodiyotda amal qilib turgan barcha narx turlari.
Ulgurji narx - ishlab chiqaruvchilar tomonidan katta partiyadagi tovarlar bir yo‘la ko‘tarasiga sotilganda qo‘llaniladigan narx.
Shartnoma narx - sotuvchi va xaridoming roziligi bilan belgi- lanadigan, ular tomonidan tuzilgan shartnomada qayd qilingan narx.
Chakana narx - tovarlar bevosita iste’molchilarga sotiladigan narx.
Do'stlaringiz bilan baham: |