Monopsoniya sharoitida narxning shakllanishi. Monopsoniya mayda tovar ishlab chiqaruvchilardan tovarlaming katta hajmini sotib olib, talab bo‘yicha narx qonunidan o‘ziga xos tarzda foydalanadi.
Ommaviy talab bo‘yicha narxning o‘zgarishi quyidagi miqdoriy bog‘liqlikni aks ettiradi: taklifga nisbatan xaridorlaming ommaviy ta- labi qanchalik katta bo‘lsa, bozor narxi darajasi shunchalik yuqori bo‘ladi va aksincha, talabning kamayishi bilan bozor narxi pasayib boradi. Bu bog‘liqlik 9.6-rasmda yaqqolroq aks ettirilgan. Rasmdan ko‘rinadiki, tik o‘qda muayyan tovarlarga talab hajmining ko‘payib borishi, yotiq o‘qda esa mahsulot birligiga bo‘lgan narx darajasining oshib borishi aks ettirilgan. Talab bo‘yicha narx egri chizig‘i (RjR2) bozor narxining xaridorlaming ommaviy talabiga bogTiqligini ifo- dalaydi.
Talab miqdori
Monopsonist o‘zi uchun zarur boTgan tovami, masalan qishloq xo‘jaligi xomashyosini oldindan past narxlarda sotib olib, uning katta miqdordagi zaxirasini tayyorlab qo‘yadi. Bu esa unga yangi hosil- ning yig‘im-terimi davrida o‘zi sotib olayotgan xomashyoga monopol past narxlami o‘matish imkonini beradi. Bunday past narxlarda mo- nopsonist juda katta foyda oladi. Sun’iy ravishda sotilayotgan mah- sulot ortiqchaligi hududining vujudga keltirilishi xarid narxlarining navbatdagi pasayishiga olib kelib, natijada monopsonistning foydasi oshib boradi. Bunga g‘arb mamlakatlari monopsoniyalari tomonidan ancha vaqtdan buyon Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari tadbirkorlari va mayda tovar ishlab chiqaruvchilaridan sotib olinayot- gan arzon xomashyoni misol tariqasida keltirish mumkin. Affikadan an’anaviy tarzda eksport qilinuvchi bir qator tovarlar (choy, kofe, ka- kao va h.k.)ga ham azaldan o‘ta past narxlar o‘matib kelinadi.
Bir vaqtning o‘zida monopoliya va monopsoniya hisoblanuvchi firma o‘zining daromadini «narxlar qaychisi» usuli orqali ahamiyatli darajada oshiradi. Bunda monopol yuqori va monopol past narxlardan foydalanilib, ular o‘rtasidagi farq xuddi qaychining ikkita kesuvchi tomoni bir-biridan uzoqlashgandagi singari kattalashib boradi. Narx- laming bunday harakati tovarlar ortiqchaligi va taqchilligi hududlari- ning kengayishiga asoslanadi. U sanoatning ko‘plab qayta ishlovchi korxonalari uchun xosdir. Bu korxonalar o‘zlarining tayyor mahsu- lotlariga undirma sanoat tarmoqlarida o‘matilgan narxlarga nisbatan bir necha marta yuqori narx o‘matadilar.
XX asming ikkinchi yarmida AQSH, Fransiya, Buyuk Britaniya va boshqa g‘arb mamlakatlarida agrobiznes sohasining kengayishi bilan narxlar qaychisi asosiy usullardan biriga aylanib, uning yordamida yirik firmalar o‘rta va mayda fermyerlami qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishidan siqib chiqardilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |