9-Mavzu: Milliylik falsafiy va axloqiy kategoriya sifatida
“Falsafa”, “axloq”, “kategoriya” tushunchalariga izoh.
Badiiy madaniyatda xalq milliy xarakterining ifodalanishi.
Etnik birliklarni shakllanishiga ta’sir qiluvchi omillar.
Etnomadaniyatda ommaviy ong va alohida shaxsning o‘z-o‘zini anglash darajasidagi Psixologik mo‘ljallar yig‘indisi.
Millatchilikda milliy egoizm, milliy fobizm, milliy antipatiyaning namoyon bo‘lishi
Etnomadaniyat uning barcha sohalari etnosning tarixiy taraqqiyot jarayonida yaratgan moddiy va ma’naviy qadriyatlar dunyosini ifodalar ekan unda etnosga xos, umumjahon madaniy qadriyatlarga mos falsafiy va axloqiy kategoriyalar namoyon bo‘ladi.
Bu o‘rinda “falsafa”, “axloq”, “kategoriya” tushunchalariga izoh berish mavzu keng yoritishda muhim ahamiyatga bizningcha ega bo‘ladi. “Falsafa” (arabcha +yun.philosophia-phileo-sevaman+sophia-donishmanlik). 1. Tabiat, jamiyat va tafakkur taraqqiyotining umumiy qonuniyatlari haqidagi fan; olam va unda insonning tutgan o‘rni haqidagi g‘oyalar, dunyoqarashlar tizimi1.“Axloq (arabcha-kishining tabiati) Muomala, hatti-harakat odobi2. “Kategoriya (yun.kategoia-ayblash, ta’na qilish) 1.fals. Moddiy dunyodagi nasa va hodisalarning eng muhim xususiyatlari va aloqalarini ifodalovchi umumiy tushuncha. Zamon kategoriyasi.Sababiyat kategoriyasi. 2. Muayyan belgilarining umumiyligi bilan birlashgan narsa, hodisa, shaxslar turi, turkumi, guruhi; 3 Ilmiy terminologiyada: predmet turlarini yoki ularning umumiy belgilarini bildiruvchi tushuncha. Grammatik kateggoriyalar.Ot kategoriyasi. Egalik kategoriyasi3.
Etnos yaratgan madaniyatining boshqa sohalari singari uning badiiy madaniyatida ham unga xos bo‘lgan belgilar, xarakter kabilar yaqqol namoyon bo‘ladi. Umuman biz fikr yuritayotgan badiiy madaniyat sohasi nihoyatda keng bo‘lib. san’ant barcha tur va janrlarini o‘zi ichiga qamrab oladi. Badiiy madaniyatda so‘z, rang, belgi kabilar o‘zga xos ishoraviylikni ham ifodalagani hol umumetetik mohiyatni namoyon qiladi. Masalan hazar Alisher Navoiyning “Sab’ai sayyor” asari nafaqat yuksak badiiy asar, balki rangshunoslikka oid muhim ilmiy manba hisoblanadi. Bu asarga ko‘ra shoh Bahrom o‘z seviklisi Dilorom uchun etti xil rangda qasr qurdiradi. Ularning ranglarini Navoiy quyidagicha ta’riflaydi:
Rang avvalig‘ining qaro erdi,
YUzi ham buyla rang aro erdi.
YAna bir xil’ate kiyib zarkash,
Zardvash uy ichra rohi asfarqash.
YAna birining maqomi xazao rang,
To‘ni ahzar, uzori sabo rang.
YAna birga libos o‘lub gulfom,
Ham bu rang uy aro anga orom,
Biri azraq libosu ahli xirad,
Bo‘lib oromgohi ko‘k gunbad.
Birining to‘ni sandalioyin,
Sandali uy aro topib tamikin.
YAna birining libosi kofuriy
Ham bu rang ichra bayti ma’muriy.
Bu baytlar Navoiyning nafaqat buyuk so‘z ustasi, balki ranglarni ta’riflash zargari ekanligini ham isbotladi. Xullas, ajdodlarimiz ranglar siri haqida qimmatli fikrlar aytib, ranglar ilimiga o‘z hissalarini qo‘shib, ranglar ma’nosi, ramzi, falsafasiini o‘rganishga munosib zamin tayyorlaganlar4.
Hayot ranglar bilan go‘zal! Ranglar etnosning ruhiy holatini, hayotga bo‘lgan munosabatini kabilarni ham ifodalaydi. Hatto ranglar orqali fikr, axborotlar ifoda etishgan. Masalan: oq rang-tinchlik. ko‘k rang-muloqotga undovchi, qizil rang-muhabbatga chorlovchi hisoblangan.
Ruhshunoslar har bir rang inson ruhiyatiga va ongiga turlicha (masalan: sariq-sokinlashtiruvchi, ko‘k-xotirjamlantiruvchi, yashil-ilhomlantiruvchi, qizil-qo‘zg‘atuvchi, qora-g‘azablantiruvchi) ta’sir etishini aniqlashgan. Qalb holati, ruhiyat, kayfiyatga ham mos ranglar topilgan. Masalan: yashil-xotirjam, ohista; qizil-hayajon, jazava; sariq-xastalik; ko‘k-hayot; havo rang-umid, ishonch; qora-mavhumlik va rangsizlik-bo‘shliqni bildiradi. Gyote ranglarni hissiyotga ta’sirini o‘rgangan. Uning fikricha, sariq rang qalbni kengaytirib, ilitar. moviy rang ichga salqinlik berar, yashil rang real qoniqish hosil qilar ekan.
Insonning axloqiy qiyofasi ham ranglar yordamida ifodalangan, masalan, “U oppoq” degani toza, sof, beg‘ubor, “U hali ko‘m-ko‘k” degani yosh, g‘o‘r, etilmagan, “U qip-qizil ekan” degani jinni kabi ma’nolarni bildirgan5.
Din rang turlarini o‘zicha talqin qiladi. Har bir dinning e’zozlaydigan o‘z ranglari mavjud. Diniy liboslarning rang ham turlicha: buddaviylarda – to‘q-sariq, xristian-katoliklarda-qora, islomda-oq.
Ranglar milliy belgi, timsol, davlat ramzi darajasiga ko‘tarilgan. Masalan: o‘zbeklar-yashil, moviy, ruslar-qizil, yaponlar-sariqranglarni afzal ko‘rishadi. Har bir davlat ranglarni o‘zgacha talqin qiladi va ularda foydalanadi.
Xullas, ranglar har birini o‘z ma’nosi. ramzi va falsafasi bo‘lib. ular inson ruhiyatiga va ongiga o‘zgacha ta’sir etadi. Ranglar insoniyat tafakkuri. orzusi. g‘ururi, e’tiqodi, odatlari, ijodi va san’ati bilan bog‘liq. shunday ekan ranglar ma’nosi, ramzi va falsafasini har tomonlama, chuqur va keng o‘rganish zarur. Bundan kelib chiqib, xalqimiz hayotida turli ranglar bilan bog‘liq bo‘lgan fikr, g‘oya, e’tiqod, odat, marosim va ijod turlari ko‘p bo‘lgani uchun ularning falsafiy ma’nosiga (faqat etti asosiy rang misolida) to‘xtalish maqsadga muvofiq.
Badiiylik-bezavol yangilik, ko‘rkamlik bo‘lib, millat o‘ziga xosligi ularda aks etadi. Rassom etnosga xos fazilatlarni, uni borlig‘ini yuqorida keltirganimizdek ranglar vositasida ifoda etsa, ijodkor adib so‘z vositasi uni yorqin buyoqalarda tasvirlaydi. Maslan; Z.M.Boburning “Boburnomasi” shunday asarlar sirasidandir.
Etnos yaratgan badiiylik o‘z falsafasiga, axloqiy tushuncha va kategoriyasiga hamisha ega bo‘ladi. Etomadaniyat tizimida ortiqcha narsani o‘zi yo‘q. SHu nuqtai nazardan etos yaratgan badiiy qadriyatlar olamining falsafasini, ularda joy olgan aholoqiy-estetik xususiyatarini anglash, yoritish muhim ma’no va ahamiyatga molik. CHunki ularda etnosning orzu umidlari, ideallari, hayotga bo‘lgan munosabatlari, qarashlari, ia’naviy axloqiy olami, ruhiy dunyosi pinhondir.
Davrlar osha etnosga falsafiy tafakkur, axloqiy qadriyatlar yangidan-yangi ma’no va mazmun bilan boyib, takomillashib kelgan. SHu nuqtai nazardan badiiylik davr voqeligini unsiz va unli targ‘ib-tashviq etib ular haqida axborotlar beradi. Masalan, 1000 yiligi nishonlangan “Alpomish” epos shular jumlasidandir. Unda millatga xos juda ko‘plab fazilattlar o‘z mujassamini topgan. undagi g‘oyalar etnik birliklarni shakllanishiga ta’sir qiluvchi omillarda bo‘lib xizmat qilgan.
Har inson ma’lum bir geografik makonda, ma’lum bir etos bag‘rida tug‘ilib voyaga etar ekan, unda shu millatga xos qadriyatlar o‘z ifodasini topadi. Har inson mavjud etnomadaniy qadriyatlarni o‘rganadi, saqlaydi va kelajakka tomon o‘zi bilan olib o‘tadi.
Umuman etnomadaniyat hamda shaxs tarbiyasi va kamoloti bilan bog‘liq masalalarni tizimli tadqiq etish ham muhim ahamiyatga ega. Bu madaniyatning inson va jamiyat hayotidagi o‘rni haqidagi nazariy bilimlarni shakllantirish, mavjud muammolarni aniqlash, ularni falsafiy tahlil qilishga yordam beradi.
Etnomadaniyatda milliylik va umuminsoniylik, vorislik va yangilanish dialektikasi, madaniy qadriyatlarni tarqatish tizimi, madaniyat taraqqiyoti istiqboli tahlili ham madaniyat rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari haqida to‘laqonli tasavvur hosil qilishga ko‘maklashadi.
Etomadaniyatning rivojlanish bosqichlari va istiqbolini bir butun hodisa sifatida o‘rganishda falsafiy qonunlar va kategoriyalarni to‘g‘ri va o‘rinli qo‘llay bilish madaniyat taraqqiyoti bilan bog‘liq muammolarni nazariy-metodologik jihatdan to‘g‘ri echish uchun zamin yaratadi. Mavzu shu kabi masalalar tahliliga alohida e’tibor qaratadi. Albatta, etnomadaniyat falsafasi tadqiq etadigan masalalar keng qamrovli xarakterga ega. Bitta mavzuda ularning barcha jihatlarini qamrab olish nihoyatda qiyin. Ammo imkon darajasida yoritilgan masalalarning o‘ziyoq talabada mavzuga bo‘lgan qiziqish uyg‘otishiga umid qilamiz.
Etnomadaniyat murakkab va serqirra hodisa sifatida turli fanlar tomonidan o‘rganiladi. Xususan, etnomadaniyatni falsafiy tushunish uni yaxlit ijtimoiy fenomen sifatida o‘rganish, talqin qilishga asoslanadi. Etomadaniyatni ijtimoiy hodisa sifatida tushunish uning har bir tarixiy davrda konkret mazmunga ega bo‘lishi va o‘zgaruvchan har akterini to‘g‘ri tushunish va baholash imkonini beradi. SHu bilan birga, falsafiy yondashuv etomadaniyatni insonning tabiat, jamiyat va o‘z-o‘zini anglash va o‘zgartirish yo‘lidagi faoliyati va uning hosilasi hamda jamiyat va shaxsning universal, yaxlit va har tomonlama rivojlanishining me’yori sifatida tavsiflashga yo‘l ochadi.
Etnomadaniyatga xos falsafiy kategoriyalar “madaniy faoliyat”, “madaniy taraqqiyot”, “madaniy vorislik”, “madaniyatni boshqaruv” kabilardir. Ayni paytida, falsafiy kategoriyalar – borliqning umumiy, muhim tomonlari, xossalari, aloqalari va munosabatlari haqida fikrlash uchun qo‘llaniladigan o‘ta keng tushunchalar majmuidir. Ayni shu sababli falsafiy kategoriyalar hech qachon hajman cheklangan tabiiy til tushunchalari darajasida soddalashtirilishi mumkin emas.
O‘zbek xalqi madaniyati bosib o‘tgan yo‘lni, uning yuksalishlar va ziddiyatlarga boy tarixini, jahon madaniyatida tutgan o‘rnini holis yoritish esa o‘tmishimizni yanada teranroq anglashga, madaniyat taraqqiyotini ta’minlashning oqilona yo‘llarini topishga xizmat qiladi.
Mustaqillik sharoitida o‘zbek madaniyati erishgan yutuqlar, madaniy hayotimizda sodir bo‘layotgan ijobiy o‘zgarishlarni chuqur tahlil qilish, ularning mamlakatimiz buyuk kelajagini ta’minlash va komil insonni tarbiyalashdagi o‘rni va ahamiyatini ko‘rsatib berish esa kishilarda ertangi kunga ishonch tuyg‘usini tarbiyalashga mustahkam zamin yaratadi.
Jahon xalqlari madaniyati tarixi, o‘ziga xos xususiyatlari, milliy madaniyatlarning o‘zaro ta’sir va boyish jarayonini har tomonlama ob’ektiv va ilmiy yoritish ularga xos qonuniyatlarni chuqurroq tushunishga, sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarni optimallashtirishga yordam beradi.
Madaniy taraqqiyotga xos zamonaviy ziddiyatlar va ularni hal etish yo‘llarini tadqiq etish esa umuminsoniy madaniyat istiqbolini tasavvur qilish, yuzaga keladigan muammolarni prognoz qilish va zarur choralarni ko‘rish orqali madaniy rivojlanishning ijobiy yo‘sinda kechishini ta’minlashga yo‘l ochadi.
Madaniyatning mavjudligi qabila, elat, millat, davlat, mintaqa bilan bog‘lansa-da, aksariyat hollarda u etnik (milliy) asosga ko‘ra farqlanadi. Masalan, muayyan millat madaniyati haqida gapirilganda eng avvalo har bir etnik birlikning boshqalardan farq qiluvchi, uning ko‘pchilik a’zolari tomonidan tan olinuvchi, o‘zaro bog‘liq va muayyan yaxlitlikni tashkil etuvchi qadriyatlar, normalar, an’ana va urf-odatlar tizimi tushuniladi.
Etnik birlikning yagona sotsial organizm sifatida mavjud bo‘lishi madaniyatning bir butun hodisa sifatida rivojlanishining zaruriy sharti hisoblanadi. Zero, faqat muayyan birlik, hamjamiyat doirasidagina madaniyatdagi umumiylik va uning boshqa madaniyatlarning shunga o‘xshash namunalaridan farqi shakllanadi, mustahkamlanadi, saqlanib qoladi va rivoj topadi. Demak, har bir millat boshqalardan farq qiluvchi, o‘ziga xos, u yoki bu tarzda ajralib turuvchi o‘z madaniyatiga ega. Ayrim hollarda bu o‘ziga xoslik shunchalik kuchliki, u tezda ko‘zga tashlanadi. Masalan, o‘zbek va arab, yapon va fransuz madaniyatlarining o‘zaro farqli jihatlarini bir qaraganda ilg‘ash mumkin.
Bir-biriga geografik joylashuvi, xo‘jalik yuritish usuli, tili, diniga ko‘ra yaqin bo‘lgan xalqlar madaniyatida esa bunday farqlarni kuzatish nisbatan qiyin. Xususan, o‘zbeklar va tojiklar, qirg‘izlar va qozoqlar, ruslar va beloruslar madaniyatidagi bunday farqlarni topish jiddiy kuzatishlarni, katta sinchkovlikni talab etadi. Har holda bunday farqlar birdaniga ko‘zga tashlanmasa-da, ular mavjud va bunday tafovutlarni ajratish mumkin.
Har qanday madaniyatning o‘ziga xosligi milliy urf-odatlar, an’analar, marosimlar va axloqiy normalarda, shuningdek, moddiy madaniyatning kiyim-bosh, uy jihozlari kabi elementlarida ayniqsa, yaqqol ko‘rinadi. Buni milliy bayramlar misolida ham kuzatish mumkin. CHunonchi, o‘z ildizlari bilan zardushtiylikning Bahor va Quyosh bayramiga borib taqaladigan yangi yil bayrami – Navro‘zni ko‘pgina xalqlar bayram qiladilar va u har bir xalqda o‘ziga xoslik kasb etadi. Xususan, asrlar davomida chorvachilik bilan shug‘ullangan, ko‘chmanchilikka asoslangan turmush tarzi hukmron bo‘lgan qozoq, qirg‘iz, turkman xalqlarida va dehqonchilik bilan shug‘ullanib, o‘troq turmush tarziga ega bo‘lgan o‘zbek va tojik xalqlarida bu bayramni nishonlash bir-biridan ozmi-ko‘pmi farqlanadi. SHunday bo‘lsa-da, madaniyatdagi milliylikni bir madaniyatni boshqasidan farqlovchi milliy o‘ziga xoslik bilan bog‘lash metodologik jihatdan noto‘g‘ridir. Har bir madaniyatda qadrdon va yaqin bo‘lib qolgan, boshqacha aytganda, milliy hisoblanadigan elementlarning muayyan qismi aslida nisbatan keng doirada tarqalgan bo‘lishi hayotiy haqiqatdir. Masalan, o‘zbek madaniyatida boshqa xalqlar bilan umumiy bo‘lgan elementlar ham anchagina o‘rinni egallaydi. Ular doirasiga mintaqa, turk, umuman SHarq yoki islom diniga e’tiqod qiluvchi xalqlarga xos bo‘lgan xususiyatlarni kiritish mumkin.
Har qanday madaniyat rivojlanishida etnik, milliy o‘ziga xoslikning ustuvorligi madaniyatlarning o‘z milliy doirasi bilan cheklanib qolishini, ularning mahdudlikka mahkumligini bildirmaydi. Ayrim orollar va tropik o‘rmonlardagi qabilalarni inobatga olmaganda hozirgi davrda bu amaliy jihatdan umuman mumkin emas.
Madaniyatlardagi o‘ziga xosliklar madaniyatlar shakllanishining tarixiy shart-sharoitlari, millat bosib o‘tgan yo‘lning spetsifikasi bilan ham uzviy bog‘liq. Zero, har bir xalq bosib o‘tgan yo‘l uning tili, adabiyoti, san’ati, me’morchiligi, umuman madaniyatning barcha sohalarida o‘zining ifodasini topmay qolmaydi. SHu ma’noda millat madaniyati uning tarixining ko‘zgusi hisoblanadi.
Madaniyatlardagi o‘ziga xosliklarning kamol topishida ular shakllangan jug‘rofiy muhitning ta’siri ham katta. Bu ta’sirning rolini mutlaqlashtirmagan holda uning turli shakllarda ro‘y berishini ta’kidlash zarur. Tarixda ana shu o‘ziga xosliklarni mutlaqlashtirishga urinishlar ko‘plab bo‘lgan. Bunday yondashuvlar hozir ham mavjud. Ularning mohiyati mavjud o‘ziga xosliklarni o‘zgartirmay saqlab qolishga intilishda hamda xalqning o‘zligi, yagonaligi, betakrorligi va bir butunligini ta’minlashning kafolati sifatida qaralishida namoyon bo‘ladi. Bu milliy-madaniy o‘ziga xosliklarni mutlaqlashtirishga urinishlarning bir ko‘rinishi, holos. CHunki jamiyat rivoji davomida u yoki bu millat madaniyatining o‘ziga xosliklaridan kelib chiqib, uning boshqa xalqlar madaniyatiga nisbatan ustunligini asoslashga harakat qiluvchi oqimlar, qarashlar ham yuzaga kelganini ta’kidlash zarur. “Negrityud”, ”arabizm”, “panslavizm” kabi oqimlar ana shu ikkinchi yo‘nalishdagi mutlaqlashtirishning o‘ziga xos ko‘rinishlaridir.
Bir madaniyatning ikkinchisiga nisbatan ustunligini ilgari suruvchi yuqoridagi kabi qarashlar milliy-madaniy yoki mintaqaviy mumtozlik shaklida chiqmasin o‘z mohiyatiga ko‘ra g‘ayriilmiy bo‘lib, biror bir hayotiy asosga ega emas. Zero, milliy o‘ziga xoslik bilan cheklanib qolish milliy-madaniy taraqqiyotga emas, aksincha milliy mahdudlikka, oxir-oqibatda esa shu madaniyatning halokatiga olib keladi.
Etnomadaniyatda millatga xos axloqiy me’yorlar va normalar namoyon bo‘ladi.
Etnomadaniyat bir tomon etnosga xoslikni ifodalasi boshqa bir tomonda umuminsoniyatga dahldorlik ham ifodalaydi. Insonning tashqi qiyofasini tahlil etish orqali uning ichki dunyosiga baho berish bo‘yicha jahon psihologlari tomonidan to‘plangan natijalar umumlashtirilsa, mazkur holatni quyidagi ko‘rinishlarga ajratish mumkin:
1. Insonning tashqi qiyofasidagi har bir o‘zgarish, uning aynan bir—biriga o‘xshashligi, kishining yaqqol shaxsiy xususiyati bilan uzviy bog‘liq ekanligini tushuntirishga asoslangan analitik yoki aql—mulohazaga moyil talqin uslubi, masalan, labni qattiq qisib yurishlik — odamning mustahkam irodaliligi alomatidir. Ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot davomida ajdodlar tomonidan to‘plangan tajribalarga asoslanib, odamning tashqi qiyofasiga qarab ruhiy dunyosini baholash.
2. Insonning tashqi qiyofasidagi (attraksiya) ixtiyorsiz ifoda, nafosatli ko‘rinish, o‘ziga mahliyo etishlik, jozibadorlik, xushbichimlilik shaxsning his—tuyg‘usi xususiyatlari bilan uyg‘unligini e’tirof qilishga qaratilgan yondashuv: did bilan kiyinish, me’yori bilan o‘ziga oro berish, ibo va ishvaning tabiiyligi, guyoki uning ichki dunyosi bilan mutanosibdir. Idrok qilinayotgan inson muayyan masofada muloqotga kirishuvchi tomonidan qay yo‘sinda qabul qilinsa, demak, uning to‘ g‘risidagi taassurot bevosita favquloddagi holatga bog‘liq bo‘ladi, chunki yoqish, yoqtirish, simpatiya — (yunoncha "sympathea" ichdan yoqtirish, ichki mayl, iliqlik, samimiyat ma’nosini anglatadi), ichdan yoqtirmaslik, xush ko‘rmaslik, antipatiya — (yunoncha "antipatheio" simpatiyaning aksini bildiradi), — muruvvat, (yunoncha "epatheia" — hamdardlik, xayrixohlik tuy g‘usini bildiradi, o‘zgalar ruhiy kechinmalariga sheriklik, hamohanglik hissini ifodalaydi) bir lahzalik idrok qilish mahsulida o‘z aksini topadi.
3. Idrok qilinayotgan tashqi ko‘rinish alomatlari ilk taassurot uy g‘otuvchi boshqa shaxsga o‘xshashligi tufayli tanish odamdagi Psixologik xususiyatlar, xislatlar, fazilatlar, sifatlar ixtiyorsiz ravishda notanish kishiga qiyos beriladi. Avval idrok qilingan tanish insonning barcha ruhiy holatlari tashqi qiyofa evaziga notanishga ko‘chiriladi, vaholanki, bu kezda mantiqiy tahlil, uzviylik talqini ishtirok etmaydi. SHuning uchun bu tarzda insonning inson tomonidan idrok qilinishini o‘xshashlikka asoslangan in’ikos deb nomlasa bo‘ladi.
4. Tashki qiyofani idrok qilish zamirida insonning u yoki bu ijtimoiy guruhga (ishchi, dehqon, ziyoli) aloqadorligi to‘ g‘risida muayyan qarorga kelinsa, uning shaxsiy fazilatiga nisbatan xuddi shu nuqtai nazardan baho beriladi va tashqi ko‘rinishning ijtimoiy kelib chiqishi bilan o‘xshashligiga asoslaniladi.
YAngi ming yillikda xalqaro kommunikatsiya kanalining kengayishi, turli shakldagi informativ axborotlar, syujetlar, kino va video filmlar yoyilishining kuchayishi munosabati bilan odamlar xatti-harakatida, nutq manerasida, imo-ishorasida, harakatlanish maromida o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda. YOshlar shaxsiyatida shakllanayotgan ko‘pgina xatti-harakat ko‘nikmalari ham ijobiy, ham salbiy xususiyatga ega. Ijobiy tomoni shundaki, madaniy aloqalar negizida millatlar urf-odati yuzasidan ma’lumot olish, mamlakatlar tabiati bilan tanishish, yangi texnologiya mohiyatini anglash, jahon sivilizatsiyasini egallash, sport turlarini o‘zlashtirish uchun qulay imkoniyat yaratilishidir. Bu ijtimoiy taraqqiyparvarlik ko‘rinishining ro‘y -rost ifodasi bo‘lib, millatlararo baynalminalchilik tuy g‘usini tarkib toptiradi. Ba’zi jihatlari bilan insonning jasurlik, mardlik, botirlik sari undaydi, vatanparvarlik tuy g‘usining paydo bo‘lishiga yordam beradi. Tabiatning to‘g‘ri idrok qilishga nafosat xusnini egallashga, fan va texnikaga qiziqish uyg‘onishiga, saviyani kengaytirishga olib keladi, kamolot jarayonini tezlashtiradi. Insonni zukkolikka, topqirlikka, epchillikka o‘rgatadi, uni yashash va kurash yo‘llari bilan tanishtiradi.
Hozirgi zamon odamlari xulq-atvorida keksa avlod malakalariga rioya qilish xohishlari kamayib, ularning o‘rniga zamonaviy shakllarni yaratishga, o‘zining dag‘alligi bilan keskin ajralib turishiga alohida e’tibor berishga qaratmoqda. Tomoshabin yoshlar xulq-atvorida vulgarlik, harakatida qo‘pollik, nutq faoliyatida dag‘allik, yurish-turishida ibosizlik, sharm-hayosizlik illatlarini shakllantirmoqda. Milliy urf-odatlarga salbiy ta’sir etib, olamlarni nomussizlik, jaholat, shafqatsizlik, shahvoniy hayot namunalari bilan tanishtirmoqda. Bularning barchasi balo g‘atga etmagan o‘g‘il-qizlar xulqining buzilishiga olib kelmoqda, shaxslararo munosabat maromini o‘zgartirib, sharqona tarbiyaga putur etkazmoqda. Ularning salbiy ta’sirlari quyidagilarda o‘z ifodasini topmoqda:
Kinoyalarning dag‘alligi, hazillarning qo‘polligi;
Nutq faoliyatida til madaniyatidan uzoqlashish, jargonlarga serobligi;
SHarm-hayosiz qiliqlar namoyish qilish, kiyinishdagi me’yordan chiqish;
SHahvoniy hayot to‘ g‘risida ochiq parchalarni ko‘rsatish, zo‘rlash (nomusiga tajovuz qilish) usullari bilan tanishtirish;
Zo‘ravonlik va ta’sir o‘tkazish yuzasidan namunalar berish;
Kishilarni jismoniy haqoratlash jarayonini to‘laligicha tomoshabinlar hukmiga havola etish;
Urish, o‘ldirish haqidagi epizodlarga ko‘proq ahamiyat qaratish;
SHarq yakka kurashlaridagi holat ifodasining aks etishi;
Hayotga engiltaklik bilan qarash namunasini ifodalash;
SHaxslararo munosabatlardagi diyonatsizlik, adolatsizlik ko‘rinishlarining haddan ziyod ekanligi va boshqalar. Bunday holatlarni bartaraf etishda etnomadaniy axloqi qadriyatlar muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatmoqda.
Ijtimoiy taraqqiyotning ma’lum bir tarixiy taraqqiyoti bosqichidagi «yaxshilik» deb qaralgan hodisa, boshqa bir bosqichda «yovuzlik», yoki «yomonlik», deb baholanishi mumkin. Masalan, quldorlik tuzumi davrida «qul»ni urish, so‘kish hatto o‘ldirib yuborish mumkin edi. Bu narsa mavjud axloqiy ongga hech ham zid kelmas edi. Hozirchi? Hozirgi zamon axloqiy ongida inson huquqlari va erkinliklariga har qanday tajovuz axloqsizlik yoki «yovuzlik», deb baholanadi. Bu shundan dalolat beradiki, axloqiy kategoriyalar doimo mazmun jihatidan o‘zgarib turadi. Ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot hattoki «yaxshilik»- ni «yomonlik»ga, «ezgulik»ni esa «yovuzlik»ga aylantirib yuborishi mumkin.
EGOIZM (lot. ego – individ «men»i – ichki dunyosini anglatadi) o‘z–o‘zini qadrlash, sevish, shaxsiy «men»i to‘g‘risidagi fikrlariga asoslangan fe’l–atvorni anglatadi.
E. avvalo o‘z–o‘zini muhofaza qilishdan iborat tabiiy instinktning namoyon bo‘lishidir. SHu ma’noda, u odob–axloq maromlariga zid emas. Zero, individ o‘zida mavjud bo‘lgan salohiyatni anglashi va uni ro‘yobga chiqarishga intilishi, binobarin, jamoa va jamiyat oldidagi burchini ado etishi, shaxsiy qobiliyatlari va iste’dodlarini takomillashtirish uchun o‘z qadr–qimmatini bilishi va uni muhofaza eta olishi uchun «men»iga sodiq qolishi lozim. Biroq, shu asnoda boshqalarning hayoti va qadr–qimmatini nazar–pisand qilmaslik odob–axloq maromlari doirasiga sig‘maydi, binobarin, bunday holatda egoistning «men»i individualizmga aylanib ketadi.
O‘zini boshqalardan ustun qo‘yish, o‘z ehtiyojlari va manfaatlarini ustuvor, deb bilib odob–axloq maromlarini chetlab o‘tish, boshqalar manfaati va insoniy qadr–qimmatini nazar–pisand qilmaslik, kibr–havoga berilish va b. qusurlar e.ning salbiy ko‘rinishlaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |