9-Mavzu: Davlat byudjeti, Soliqlar va davlat qarzi reja



Download 90,5 Kb.
bet1/8
Sana31.12.2021
Hajmi90,5 Kb.
#265948
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
9-мавзу


9-Mavzu: Davlat byudjeti, Soliqlar VA DAVLAT QARZI

Reja:

9.1. Davlat byudjetining mohiyati, funksiyalari va xarajatlari

9.2. Soliqlarning turlari va funksiyalari

9.3. О‘zbekiston Respublikasi soliq siyosati va soliq islohotlarining asosiy yо‘nalishlari.
9.1. Davlat byudjetining mohiyati va funksiyalari

Davlat о‘z iqtisodiy funksiyalarini bajarishda moliyaviy manba sifatida davlat byudjetiga tayanadi. Davlat byudjeti mamlakat moliya tizimining markaziy unsuri bо‘lib makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda muhim rol о‘ynaydi.

Davlat byudjeti moliyaviy balans sifatida ikki qismdan iborat bо‘lib, bu qismlarni sodda qilib daromadlar va xarajatlar deb atash mumkin. Davlat byudjeti daromadlari soliq va soliq bо‘lmagan tushumlar hisobiga shakllansada, makroiqtisodiy tahlilda u soliqlar hisobigagina shakllanadi deb qaraladi.

Davlat byudjet xarajatlarini kо‘paytirish yoki qisqartirish orqali mamlakat iqtisodiyotiga aralashadi. Davlat tomonidan tartibga solishning bevosita usullari yoki byudjet siyosatining chora-tadbirlariga quyidagilar kiradi:



  • davlat xaridi (taqchillik va ortiqcha ishlab chiqarish sharoitidagi holat);

  • YAIMni taqsimlash va qayta taqsimlash (soliq va boshqa to’lovlar orqali);

  • ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

  • davlat byudjetining daromadlar va xarajatlar qismidagi mutanosiblikni ta’minlash;

  • ishlab chiqaruvchilarga moliyaviy yordam shakllarini kо‘rsatish (dot., subs., subv);

  • baholar ustidan nazorat о‘rnatish (iste’mol savati, ta’rif va to’lovlar);

  • eksport va import qilinadigan tovarlarga kvotalar о‘rnatish;

  • mamlakat aholisini himoya qilish maqsadida olib borilayotgan siyosat va hokazo.

Davlat tomonidan kо‘rsatiladigan moliyaviy yordamlar dotatsiya, subvensiya va subsidiya shakllarida olib boriladi. Subsidiyalar – bu, pul yoki natura kо‘rinishidagi yordam turi bо‘lib, byudjet va byudjetdan tashqari fondlardan kо‘rsatiladi. Subsidiyalar bevosita va bilvosita bо‘lishi mumkin. Bevosita subsidiyalarga kapital qо‘yilmalar, ilmiy tadqiqotlar, kadrlarni qayta tayyorlashga ajratilgan mablag‘lar kirsa, bilvosita subsidiyalarga soliq imtiyozlari, imtiyozli shartlarda kreditlar berish, pasaytirilgan bojxona bojlari va boshqalar kiradi. Bundan tashqari davlat aholini davlat transfertlari kо‘rinishida himoya qiladi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida kо‘p qirrali soliqlar tizimidan foydalaniladi. Aholi davlat byudjetiga har oyda olgan daromadlariga qarab daromad solig‘i tо‘laydi, korxonalar esa olgan foydasiga qarab foydadan soliq tо‘laydilar. Shu kabi juda kо‘p mavjud soliq turlaridan oqilona va ilmiy asosda foydalanish orqali davlat soliq siyosatini, soliq stavkalari miqdorlarini va imtiyozlari turlarini aniqlaydi va shu bilan butun makroiqtisodiy vaziyatga ta’sir kо‘rsatadi. Soliqlarni о‘zgartirish orqali investitsiyalar va jamg‘armalar rag‘batlantiriladi.

Davlat byudjeti mablag‘lari hukumatning daromadlarni va resurslarni qayta taqsimlash funksiyasini bajarishi uchun imkoniyat yaratadi.

Davlat byudjeti xarajatlari tarkibida quyidagi moddalar mavjud:



  1. Iqtisodiyotga xarajatlar;

  2. Markazlashgan investitsiyalarni moliyalashtirish;

  3. Ijtimoiy himoya;

  4. Ijtimoiy soha, davlat boshqaruv va sud idoralarini moliyalashtirish…




Download 90,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish