9-mavzu banklarning vujudga kelishi va rivojlanishi reja banklarning vujudga kelishi va mohiyati Banklarning funksiyalari



Download 294,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/13
Sana28.06.2022
Hajmi294,01 Kb.
#713905
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
1. Banklarning vujudga kelishi va mohiyati Banklarning funksiyal

2. Banklarning funksiyalari 
Banklarning mohiyati ularning funksiyalarida yanayam yaqqolroq namoyon 
bo‘ladi. Banklarning funksiyalari ularning nazariy masalalari sifatida e’tirof etiladi. 
SHu bois ham banklarning mohiyatini yoritishda vujudga kelgan qator mulohazali 
holatlar ularning funksiyalarini yoritishda ham mustasno emas. Xususan, iqtisodiy 
adabiyotlarda banklarning funksiyalari haqida qator mulohazali va tushunmovchilik 
holatlar mavjud. Masalan, ayrim manbalarda banklar bajaradigan operatsiyalar 
ularning funksiyalari sifatida qayd etiladi. Bu erda bank faoliyati natijasida ular 
tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalari nazarda tutiladi. Biroq, shuni 
ta’kidlash joizki, banklarning barcha operatsiyalari ham ularning funksiyalari bo‘la 
olmaydi. Bank funksiyasi uning ma’lum ko‘rinishdagi faoliyatini ifodalaydigan 
iqtisodiy kategoriya bo‘lishi lozim. 
SHunga qaramasdan, ayrim iqtisodiy manbalarda banklar to‘lov aylanmasi, kassaga 
naqd pullarni qabul qilish va berish, kredit berish, qimmatli qog‘ozlarni saqlash va 
boshqarish, naqd va naqdsiz ko‘rinishda xorijiy valyutani sotish va sotib olish, 
shuningdek, bank tomonidan bajaraladigan boshqa operatsiyalar ularning funksiyalari 
sifatida ta’kidlanadi. 
Bundan tashqari, iqtisodiy adabiyotlarda banklarning qimmatbaho metallar va 
buyumlarni saqlash uchun maxsus seyflar berish, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning 
kapitalini shakllantirishda ishtirok etishi, kreditlash uchun resurslarni jalb etish va 
boshqa shu kabi operatsiyalari ularning funksiyalari sifatida talqin etiladi. Albatta, bu 



banklarning pul – kredit siyosatini amalga oshiruvchi muassasa sifatidagi faoliyatini 
aniqroq tushinishda va ularning imkoniyatlari kengligidan dalolat beradi. Biroq, 
ushbu operatsiyalarning barchasi banklarning funksiyalari bo‘lib hisoblanmaydi. 
CHunki yuqorida ta’kidlaganimizdek, banklarning har – bir operatsiyasini ularning 
funksiyalari sifatida e’tirof etadigan bo‘lsak, demak zamonaviy banklar 300 dan ortiq 
funksiyani bajaradi degan fikr paydo bo‘ladi. 
Banklarning funksiyalari haqida gap ketganda, bu jarayonni nafaqat banklar nuqtai 
nazaridan, balki uning mijozlari manfaatlaridan ham kelib chiqib so‘z yuritish lozim. 
SHu jihatdan banklarning funksiyalarini o‘rganishda ularni quyidagi mezonlariga 
e’tibor qaratish lozim: 
makroiqtisodiy darajada, banklar va real sektor ishtirokchilari 
o‘rtasida iqtisodiy munosabatlar; 
banklarning tashkiliy – huquqiy va mulkiy shakli jihatidan amal qilishi (Markaziy 
bank, tijorat banki, ixtisoslashgan bank va boshqalar). Banklarning funksiyalari 
to‘g‘risida fikr yuritganda quyidagi masalalarni e’tibordan chetda qoldirish kerak 
emas. Birinchidan, banklarning funksiyalari ularning mohiyatini kengroq ochishga 
xizmat qilishi lozim, ikkinchidan, banklarning funksiyasi sifatida ta’kidlangan 
iqtisodiy kategoriya barcha moliyaviy institutlarning xususiyatlariga xos bo‘lgan 
jarayon emas, balki faqat banklargagina xos bo‘lgan iqtisodiy kategoriya bo‘lishi 
lozim. 
Ma’lumki, banklarning asosiy operatsiyalaridan biri iqtisodiyotdagi bo‘sh pul 
mablag‘larini tegishli shartlar asosida o‘ziga jalb etishga qaratilgan. Bu banklarning 
funksiyasi bo‘la oladimi, degan savol tug‘iladi. Markaziy bankda tijorat banklarining 
majburiy zaxiralari jamg‘ariladi, banklarda esa aholi va mijozlarning vaqtinchalik 
bo‘sh pul mablag‘lari jamg‘ariladi. Iqtisodiyotda vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larni 
jamg‘arish banklarning qadimiy operatsiyalaridan biri hisoblanadi. Bu erda asosiy 
masala shundan iboratki, vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larni jamg‘arish faqatgina 
banklarga xos bo‘lgan operatsiya emas, ushbu operatsiyani jismoniy shaxslar yoki 
boshqa yuridik shaxslar ham amalga oshirishi mumkin. CHunki, har qanday sub’ekt 
u yoki bu ob’ektni moliyalashtirish uchun dastlab ma’lum miqdordagi moliyaviy 



mablag‘larni jamg‘arishi lozim. Biroq, masalaga yanayam chuqurroq yondashadigan 
bo‘lsak, banklar ushbu operatsiyani bajarganda boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar 
bajaradigan operatsiyalardan jiddiy farq qiladi. Ular asosan quyidagi holatlarda 
namoyon bo‘ladi: 
banklar pullarni jalb etganda o‘z pullarini emas, balki begona shaxslarning 
mablag‘larini jamg‘aradi; 
banklar jamg‘argan mablag‘larni o‘zining ehtiyoji uchun emas, balki boshqa 
shaxslarning ehtiyojlari uchun sarflaydi (qayta taqsimlash asosida). 
Banklarning funksiyalari xususidagi mulohazalarni chuqurlashtirish fikridan yiroq 
ekanligimizni ta’kidlagan holda, ularning quyidagi funksiyalari mavjudligini qo‘llab 
– quvvatlaymiz. 

Download 294,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish