I
N
F
O
R
M
A
T
I
K
A
-
Oʻ
Q
I
T
I
SH
-
M
E
T
O
D
I
K
A
S
I
.
2.1.2-rasm. Ssitala oʻrin almashtirish shifri
Qadimgi rim imperatori Yuliy Sezar ham axborotni maxfiyligini saqlash
uchun matnni kodlash usulini oʻylab topgan.
Sezar shifrida kalit sifatida birinchi qatori dastlabki alfavit harflaridan,
ikkinchi qatori alfavit tartibida yozilgan harflar ketma-ketligidan (faqat A harfi bilan
emas, boshqa harf bilan boshlanadigan) iborat jadvaldan foydalanadi. Shifrlashda
dastlabki matn harflarini birinchi qatordan topib ikkinchi qatordagi mos harf bilan
almashtiriladi. Kalitni yodda tutish juda oson – ikkinchi qatorni birinchi harfini eslab
qolish kifoya. Masalan, kalit k=3 boʻlganda ikkinchi qator E harfidan boshlanadi
(2.1.1- jadval).
Alfavit A B D E F
G
H
I
J
K
L
M
N
O P Q
Shifr
alfaviti
E F G H I
J
K
L
M
N
O
P
Q
R S
T
Alfavit R S T U V X
Y
Z
Oʻ Gʻ SH CH NG ’ Probel
Shifr
alfaviti
U V X Y Z Oʻ Gʻ SH CH NG
’
A
B
D
_
2.1.1- jadval. Sezar shifrlash tizimi jadvaliga misol
Misol uchun, "OʻZBEKISTON" ma’lumotni ushbu shifrlash tizimidan
foydalanib kodlaganimizda “CHSHFINLVXRQ” shifr matn hosil boʻladi.
Samuel Morze (angl. Samuel Morse) 1791 yil 27 aprelda Charlstaun shahrida
(Massachusets, AQSh) tugʻilgan. U Yel kollejida oʻqigan va
ko‘proq elektr va rassomchilik soxalariga qiziqgan. Morze
1837-yilda elektromagnit telegraf qurilmasini ixtiro qilgan va
1838-yilda shu qurilma uchun telegraf kodini ishlab chiqqan.
Unda turli harf va raqamlar nuqta va tirelarning maxsus ketma-
ketligi koʻrinishida ifodalagan, ya'ni axborot uchta belgi
yordamida
kodlanadi:
"uzun
signal"
(tire
yordamida
ifodalanadi), "qisqa signal" (nuqta yordamida ifodalanadi),
"signalsiz" (boʻshliq, pauza bilan ifodalanadi). Mazkur kodlash
usuli hozirgi kunda ham qoʻllanib kelinmoqda. Morze kodlash
usulini notekis (oʻzgaruvchan) kod deb yuritiladi. Insoniyatga
ma’lum belgilar bu usuldagi ikki yoki undan koʻp belgilar yordamida ifodalanadi.
Umuman, kodlash usulida ishtirok etgan belgilar soni (hajmi) bir xil boʻlsa tekis
kodlash usuli, belgilar soni (hajmi) bir xil boʻlmasa notekis kodlash usuli deb ataladi.
Morze alifbosi harbiy va fuqaro aloqalari boʻyicha mutaxassislar tomonidan bir
asrdan koʻproq vaqt davomida foydalanib kelingan (2.1.3-rasm).
2.1.3-rasm. Morze alifbosi
Mazkur usul yordamida "JDPI" soʻzini kodlasak, u quyidagi koʻrinishga ega
boʻladi:
•--- -•• •--• ••
Bir tomondan, Morze usulida belgilarning turli boshqa belgilar bilan hamda
ularning bir nechtasi bilan ifodalanishi mazkur usulning keng qoʻllanilishiga
toʻsiqlik qilsa, ikkinchi tomondan, uning faqat ikki belgi - nuqta va tiredan iboratligi
uni texnik vositalarda qoʻllash imkonini beradi. Morze usuli notekis kodlash usuliga,
quyidagi usullar tekis kodlash usuliga misol boʻladi.
Axborotni kodlashning yana bir eng sodda usuli - bizga ma’lum boʻlgan
alifbodagi harflarni ularning tartibini koʻrsatuvchi sonlar bilan almashtirishdan
iborat (2.1.2- jadval):
alfavit A
B
D
E
F
G
H
I
J
K
L
M
N
O
P
Q
son
01 02 03 04 05 06 07 08 09 10 11
12
13
14 15 16
alfavit R
S
T
U
V
X
Y
Z
Oʻ Gʻ SH CH NG ’
Probel
son
17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27
28
29
30
31
2.1.2- jadval. Lotin alifbosi va ularning tartibi
Bu usuldan foydalansak, masalan, “INFORMATIKA” degan axborot
quyidagi koʻrinishni oladi: 0813051417120119081001. Bu holda tinish belgilari va
boshqa kerakli belgilarni ham maxsus sonlar bilan ifodalash va ularni matnga kiritish
mumkin. Alifbodagi harflar ketma-ketligini tartiblashning anchagina usuli mavjud.
Masalan, quyidagi tartibni olamiz (2.1.2- jadval):
alfavit A
B
D
E
F
G
H
I
J
K
L
M
N
O
P
Q
son
19 28 21 04 17 16 07 08 09 20 11
29
23
14 25 06
alfavit R
S
T
U
V
X
Y
Z
Oʻ Gʻ SH CH NG ’
Probel
son
05 18 01 10 03 22 13 24 15 26 27
02
12
30
31
2.1.3- jadval. Lotin alifbosi va aralash tartibi
Bu aralashtirilgan alifbo usuli deyiladi. Yuqoridagi “INFORMATIKA” matn
bu holda quyidagi koʻrinishni oladi: 0823171405291901082019. Mazkur axborotni
yuqorida keltirilgan kalit jadvalni bilmasdan qayta kodlash juda murakkab.
Do'stlaringiz bilan baham: |