9-MAVZU: ADABIY TURLAR VA JANRLAR ESTETIKASI HAMDA KLASSIFIKATSIYASI.
(4 soat)
REJA:
Epik adabiy turga xos xususiyatlar, lirika va dramaning o‘ziga xos xususiyatlari
Tur va janrlarning Sharq va G‘arb adabiyotshunosligida o‘rganilishi
Turlarda janrlar ko‘lami, adabiy turlar barqarorligi,mavzu va g‘oya, shakl va mazmun masalalari.
Adabiy asarlarni uch turga: epos, lirika, drama. Rus tanqidchisi V.Belinskiy ham «Poeziyaning xil va turlariga bo‘linishini asarida: epik, lirik, dramatik poeziyaga ajratadi.
L.Tomofeev uch turga: liro-epik tur (she’riy roman, doston, ballada, masal, oda), tarixiy – badiiy tur (ocherk, reportaj, kundalik) va satirani qo‘shadi.
A.Fitrat uch turga: lirika, rivoya, tomosha deb yuritsa, I.Sulton V.Belinskiy fikrini qo‘llab – quvvatladi.
I.Sulton: eposniki-voqea, lirikaniki – ruhiy kechinma, dramaniki -harakterdir. Eposdagi qahramon – voqea, dramaniki - inson shahsi, lirikaniki -insonning ichki sezishlaridir?
Agar adabiyotni chinor deya tasavvur qilsak bu chinorning uchta (epik, drama, lirik) shoxi bor, ya’ni uchala shox ham bir tanadan. Har bir turning o‘ziga xos xususiyatlari (predmetlari) bo‘lishidan qat’i nazar, asosi bo‘lishi mo‘mkin bo‘lgan hayotni qayta jonlantirish ekan, demak ular bir-birlaridan keskin chegaralar bilan ajratilmaydilar, balki ko‘pincha bir - birlariga aralashib-quralashib, o‘zaro ta’sir ko‘rsatib, ta’sirlanib yashaydilar. M/s: «O‘tgan kunlar» eposi o‘z iztiroblari) unsullarini kiritganda, elik asar o‘z mumtozligini yo‘qotmaydi. Huddi shu qoida lirikaga ham, dramaga ham tegishli.
«Poeziyaning hamma turlari – faqat uchga, bundan ortiq bo‘lishi mumkin emas» (V.Belinskiy)? – CHunki ularning «o‘zlarigagina» tegishli bo‘lmagan predmetlari yo‘q.
Asarlarning tashqi ko‘rinishi (hajmi, bayon usuli, qurilishi) va ichki (kayfiyati, munosabati, niyati, ya’ni o‘zining mavzusi, hayot hodisalarini qamrash ko‘lami) jihatidan farqlanadi. Ana shu tarzda uyushgan guruhni janr deb yuritish mumkin. Agar adabiy turlarni adabiyot (chinor) ning uchta xili (shoxi) ga o‘xshatsak, janrlar ana shu xillar (shoxlar) ning aniq shakli (butaqlari) dir. Elik tur: «butoqlari» roman, povest’, hikoya, ocherg bo‘lsa, butoqlarning maydaroq bo‘lakchalari ham bo‘ladi, ya’ni roman janrining tarixiy roman, zamonaviy roman va hokazo shakllari kabi.
Xullas, tur va janrlar – inson hayotini turli tarzda, turlicha aks ettirish usullar bo‘lib ular bitta asosga bo‘ysunadilar: bo‘lishi mumkin bo‘lgan hayot (inson) ning badiiy modelini yaratadilar.
Epos mavzusi. Voqea – taqdir ifodasi. Eposning qonuniyligi. Halqchiligi. Ob’ektivlik. Ko‘lamdorlik. YAngi davr eposi.
V.Belinskiy: epos xalqning endigina uyg‘ongan ongining poeziya sohasida birinchi pishgan mevasi. Eposda xalq taqdiriga ta’sir ko‘rsatgan tarixiy voqealar – tasvirlangani uchun uning bosh qahramoni tarixdir. (xalq taqdiri, shaxst, tarixiy bog‘liq bo‘ladi, ularni yurgizib, turg‘izadi, taqdirini hal etadi). Bundan ko‘rindiki, eposda odam emas, voqea hukmronlik qiladi.
Epos qomusiy xarakterga ega. Epik dostonning asosiy shartlaridan biri uning xalqchilikidir: shoirning o‘zi ham voqeaga o‘z xalqining ko‘zlari bilan qaraydi. Epopeya (Mahobqorat) milliy bo‘lishi bilan barobar individual xalq hayoti va umuminsoniy mazmunni chuqur olishi (ochishi) kerak.
Epos o‘zida miflar, ertakla, rivoyatlar, masallar, afsona, doston, ballada, faloqiyot va ilohiyot haqidagi qissalar, kabi janrlarni birlashtiradi. SHarq mumtoz adabiyotidagi turli nomalar-sayohat-so‘zlar, litfalar, chupchaklar, marsiyalar, yig‘i, madhiyalar, matal, aforizm ham eposning mulki, hazinasi sanaladi.
Epos janrlari tasnifi:
Qahramonlik dostonlari (G‘o‘ro‘g‘li, Alpomish)
Jangnomalar (YUsuf va Ahmad, Alibek va Bolibek)
Tarixiy dostonlar (SHayboniynoma, Jizzax ko‘zg‘oloni)
Ishqiy - romantik dostonlar (Malikai ayyor, Rustamxon)
Kitobiy dostonlar (Farhod va SHirin, Tohir va Zuhra)
YAngi epos ob’ektivlik va ko‘lamdorlik xislati ortadi. Afsonalar, mifologiyalar, mubolag‘alar o‘rnini hayotning mohiyatini ochib beruvchi reallik, asoslar, rostgo‘ylik, haqqoniylik egallaydi.
Qadimgi eposni – okean (ummon) ga qiyoslasak (uning to‘lqinlari shiddatini bir tasvavvur qiling – a) hozirgi epos daryoga tengdir. Hozirgi eposning eng katta janri « roman qisqaytirilgan olam» (N.S.Indrin) deya ta’riflaydi. Ummonda romantizm, daryoda realizm qudrati, fel’eton kabi janrlardan iborat. SHe’riy roman, poema, doston, ballada, masal ham aslida shu eposning «tomorqasi» ga kiradi, chunki ularda ham voqea bandlik – syujetlilik yaqqol ko‘zga tashlanadi. Zamonimizning epopeyasi romandir.
Prof.S.Mirzaev «O‘zbek romanchiligi» 199 yilgacha 219 o‘zbek romani yaratilgan, keyingi uch yil qo‘shilsa bu jarayon izchil davom etmoqda. Lekin ko‘pchiligi roman janri talablariga javob bera olmaydi – hayotning yuzaki tasvirlash asosida g‘oya chuqur ochilmaydi.
«Olamning yaxlit falsafiy konsepsiyasi», «O‘tkan ko‘nlar», «Sarob», «Qutluq qon», «Navoiy» «(Oybek)», «YUlduzli tunlar» (L.Qodirov), «Ulug‘bek xazinasi» (O.YOqubov) «Girdob» (O‘.Usmonov), «Lolazor» (Murod Muhammad Do‘st), «Otamdan qolgan dalalar» (Tog‘ay Murod) kabi sanoqli romanlardagi aksini topgan. Darvoqe, «XX asr o‘zbek romani» turkumida 17 ta romanni eng sara va mukammal asar topilgan va nashr etishga qaror qilingan.
Eng yaxshi romanlarga xos xususiyatlar:
Asarning ob’ekti, sifatida xalq va jamiyat hayotida eng muhim sanalgan davrlar, voqealar va ko‘zga ko‘ringan shaxslar hayoti olinishi.
Tasvirlangan davr va undagi voqealar, tarixiy shaxslarga nisbatan davr ijtimoiy – siyosiy xarakteristikasini yaratish.
YOzuvchi bilan tasvir ob’ekti o‘rtasida jamiyat taraqiyotining muhim etaplari bilan izohlanuvchi davriy masofani mavjud bo‘lishi
Tasvirlanayotgan voqealar va shaxslar hayotining chuqur badiiy tadqiq etilishi, shart ekanligi kabilar bugungi kun romanlarini baholashda asosiy mezon bo‘la olishi mumkin» (A.Kattabekov. Tarix saboqlari) V.Belinskiy: Romanning ikki turi mavjud: tarixiy va zamonaviy roman.
Badiiy adabiyotning uchinchi turi – dramatik turdir. «Dramada epos bilan lirika bir butun bo‘lib birlashadi, ichki hodisa tash qariga chi qadi. Undan shaxslar o‘zlarini harakatda ifoda qilishlari kerak (V.Belinskiy). Epopeyada vo qea, dramada odam xukmron. Eposdagi qahramon – vo qea, drama qahramoni – inson shaxsidir. Dramada voqea ustidan inson xukmonlik qiladi, vo qeani istaganicha yakunlaydi. Demak, dramaning predmeti – harakat. «Drama nazariyasi» muallifi Hafiz Abdusamatov fikricha «Dramaning predmeti – harakatdagi yoki harakat qiluvchi insondir». I.Sultonov dramaning spetsifikasini: uch burchak – yozuvchi, teatr va tomoshabining o‘zaro munosabatlaridan kelib chiqadi». Dramaning sahnadagi ijrosi (rejissyor va aktyorlar kashfi), tomoshabinlar munosabati – teatr san’ati ilmining vazifasiga kiradi. Dramada harakat faqat jismoniy xarakat ma’nosida emas, balki bosh g‘oyaning rivoji ma’nosida, konflikt ham bosh qahramonning o‘z maqsadlarini amalga oshirish yo‘lida uchratgan to‘siqlarni engishi jarayoni (keng ma’noda). Ana shunday harakat konfliktni, harakatni ishga soladi. Bu birlik dramada kuchli dramatizmni talab etadi. Agar, masalan ikki kishi bahslashsa, bu erda fa qat drama emas, balki dramatik element ham yo‘q, ammo ular bir–biridan ustun chi qish uchun, xarakterlarining biron tomonini bosib qo‘yshiga, yoki ruhning zaif torlarini chertib qo‘yishga o‘rinsalar va bu orqali ularning xarakterlari ochilsa – bu drama deb ataladi.
Drama uzundan uzoq xikoyalarning yo‘q bo‘lishidir, har bir so‘z harakat – amal bilan ifodalanishi lozim. Masalan, «So‘nggi nusxalar» (A.Qahhor) da Suxsurov va Qorining dialogi xarakterlidir (ko‘zlari olayib, jon – poni chi qib) – Drama joy, vo qealar, shaxslar ko‘z oldimizda bulishi lozim» (V.Belinskiy) bosh alomat – harakat.
Do'stlaringiz bilan baham: |