Dramada zarur bo‘lmagan bitta ham shahs bo‘lmasligi kerak. Syujet siqiqligi, kompozitsiyaning zanjirsimonligi, dramatizmning o‘tkirligi, konfliktining keskinligi, so‘zning tushunarli bo‘lishi. Drama – «San’atning gultoji, adabiyotning oliy bosqichidir» (V. Belinsikiy) muallif nutqi (remarkadan tash qari) ishlatilmaydi. Har bir replika (personaj aytgan jumla). Dialog – fikriy qilichbozlik» dir (I.Sulton).
Dramaturg SHarof Boshbekov «Temir xotin» tragikomediyasi (Alomat va Qo‘chqorning dialoglarida qishloq haqiqati ochiq oshkor qilinayapti, fojia engil kulguga «urab» uzatilayapti. Drama janri o‘rta va kichik shakllarga bo‘lib o‘rganiladi. O‘rta shakl – tragediya, komediya, tragikomediya, drama, melodrama. Kichik shakl – intermediya, vodevil’, bir pardali p’esa, kichik instsenirovka, monodrama, dialog va sh.k.
Tragediya – dramatik turning butun mohiyatini o‘z ichiga oladi, hamma elementlarini qamraydi. Janr xususiyatlari (V.Belinskiy): 1) Qalbning to‘siqlik bilan to‘qnashuvi, qayg‘uli tomosha, uning oqibati – harakat qalbning eng qimmatli umidlarining emirilishi, hayot saodatining yo‘qoluvidir. 2) Tragediya asosida buyuk haqiqat, yuksak donolik yotadi. Kurashda o‘lgan qahramonga biz chuqur qayg‘uramiz. 3) Fa qat oliy tabiatli odam tragediya qahramoni yoki qurboni bo‘la oladi. Tragediya ko‘krak sun’iy asardir. «Muqanna» (H. Olimjon), «Mirzo Ulug‘bek» (SHayxzoda).
Adabiyot (chinor) uchta tur (shoh) va unlab janrlar (shohning butoqlari) bir tanadan oziqlanadi.
Drama dialoglarga asoslanadi. Lirik kayfiyatlar va ularning nutqi hamda xatti – harakati orqali ifodalanadi. Tragediya (yunoncha trogos – echki, taka, odo - qo‘shiq, taka haqida qo‘shiq). Avval hor, 1 aktyor, keyin ko‘payishi hayot – mamot kurashi ifodalanadi. Fojia, halokat bilan yakunlansa kishilarni o‘z kuchiga ishonmaslikka va umidsizlikka etaklamaydimi? Yo‘q, chuqur optimizm bilan sug‘orilsa bo‘ladi, yozuv kuchlar ustidan g‘alaba qilishi mumkinligiga ishonch hosil qiladi. Aristotel’: «Tragediyada vo qealar ko‘tarinki ruhda tasvirlanadi shu or qali insonning ma’naviy go‘zalligi, a ql va hissiyotining kuchi, hayot ha qi qati ochiladi. Esxil, Sofokl, evripid, V. SHekspir. YUnonistonda eramizgacha bulgan 5 asrda kamolot bosqichi. Esxil mumtoz «tragediyaning otasi» (Eroniylar, Oresteya, Zandjirband Prometey – trilogiya), Sofokl «SHoh edip, edip Kolonda, Antigona, Alkestida, «Medeya, Gerakl, Ion. Keyingi davrlar uyg‘onish va hokazo.
O‘zbek adabiyotida tragediya janrining kirib kelishi H.Niyoziy nomi bilan bog‘liq «Loshmon fojialari» (trilogiya, 1916, 1820), «Farg‘ona fojiasi» (1918 – 1920), M.SHayxzoda, Sarvar Azimov «Qonli sarob» vatangadolar hayotidan.
Komediya (yun comos – xushchaqchaq olomon va aide - qo‘shiq). O‘zbek adabiyotshunosligida hajv rus tili orqali g‘arb adabiyotshunosligidan kirib kelgan satira va yumor atamalarini o‘zlaricha talqin qilib kelgan. A.Firdavsiy «SHohnoma»si da «Hajv» o‘rnida «hijo» ishlatiladi: Ranjigan shoir hajv yaratsa agar, yangrar u qiyomat kuniga qadar. Qayqovus «Qobusnoma» da o‘g‘liga hijo (hajv) yozmagil deydi (maddoh bo‘lma, haqiqatni yoz, deydi). YOki 1) hajv deb madh (maqtov) teskarisi tush. 2) Hajv yozish o‘sha davrda ham havfli ish bo‘lgan. G‘arb adabiyotida shu tushuncha satira (aralash degani) atamasi ostida beriladi. SHarq adabiyotshunosligida mazax (mazoq) hazil, mutoyiba, zarofat, zaharxanda, kinoya, piching, kesatish kabi atamalar mavjud bo‘lishiga qaramay, XX asr adabiyotshunosligida g‘arbdagi satira va yumor atamalari ham hajv atamasi bilan ifoda qilib kelinmoqda. Bizningcha, (Said Aliev «O‘zbek komediyalari») satirani hajv, yumorni hazil, mutoyiba, zarofat atamalari bilan berish mumkin. Satirada ham, yumorda ham asosiy vosita kulgidir Satira – achchi q, fosh qiluvchi, er bilan yakson qiluvchi, masharalovchi, zaharli kulgi. YUmor – engil, do‘stona, tabassumli, hazilomiz kulgi. (yumor inglizcha fe’l–atvor, lotincha suyu qlik).
Hayotda, xalq og‘zaki ijodida, yozma adabiyotda ham satira va yumor orasida dialektik aloqa bor. Buning ma’nosi shuki, ular bazan chatishgan, qorishiq va ba’zan bir – biriga zid holda keladilar. Lekin biron bir asarda qaysi komponent nisbatan ko‘pro q bo‘lsa, o‘sha asar aniqlovchisi bo‘lib keladi. Masalan, A.Qahhor «SHohi so‘zana» komediyasida satira va yumor aralashib keladi. Lekin asar ruhida yumor satiraga nisbatan ustunlik qilganidan bu komediyani yumoristik komediya, deyish ma’ qulro q. SHuningdek, «So‘nggi nusxalar» (Tobutdan tovush) satira yumorga nisbatan ko‘pro q o‘rin olgan, satirik komediya. YUriy Borev fikricha «satira ko‘proq salbiy hodisalarni fosh qilish, yumor ijobiy hodisalarga qaratiladi. Hamza «Boy ila hizmatchi» dramasi o‘zbek dramaturgiyasining birinchi asari, «Tuhmatchilar jazosi (1918) birinchi satira.
Satiraning nosatirik asarlardan (epos va dramadan) farqi D.P.Nikolaev «Kulgi – satira quroli». Epik va dramatik asarlarda konflikt eskilik bilan yangilik, salbiy kuchlar bilan ijobiy kuchlar o‘rtasidagi qarama qarshilik, satirada hajviy konflikt, bu biron hodisaning, ijtimoiy tip yoki tiplarning ideal bilan ziddiyatlari orasida davom qiladi.
Satirik konfliktda syujetlar 2 tipda bo‘ladi: 1) salbiy personajlarning o‘zaro konfliktiga asoslangan syujetlar. Bunday asarlarda satirik personajlar ham o‘zlarini, ham bir birovlarini fosh qilishadi («Revizor») 2) salbiy va ijobiy personajlarning bir–biriga qarshi qo‘yilishiga asoslangan konfliktli syujetlar (Maysaraning ishi). SHu bilan birga salbiy qahramonlarni fosh qilishda ijobiy personajlardan ham foydalaniladi «Tobutdan tovush» komediyasida (Obidjon, Navro‘zov)
Komediya dramatik turning bir janri (jinsi) bo‘lib, shaxslar va ularning muhitidagi hodisalarni kulgili ruhda aks ettiradigan sahna asaridir (komediya – yun. quvnoq olomon).
Komediya syujetini harakatga keltiradigan vositalardan biri komik konflikt yoki kolliziya bo‘lsa, boshqasi intrigadir. Intriga – fitna «ig‘vo, hiyla – nayrang o‘zbekcha ekvivalentlar. Komediyalar: Maysaraning ishi, YUrak sirlari, Tobutdan tovush, Parvona. Kelinlar qo‘zg‘oloni, Temir xotin. Komediyanavis Said Ahmad.
Do'stlaringiz bilan baham: |