9-Ma’ruza: Topografik plan va kartalar masshtabi
.
Reja:
1.Topografik plan va kartalarning varaqlarga bo‘linishi va nomenklaturasi.
2.Nomenklatura. Masshtab va ularning aniqligi.
3. Topografik kartaning ramkasi, to‘gri burchakli koordinata to‘ri hamda ramkadan
tashqarida beriladigan elementlar
9.1 Topografik plan va kartalarning varaqlarga bo‘linishi va nomenklaturasi
Katta hududlarning topografik kartalaridan qulay foydalanish uchun ular
chegaralangan formatli alohida varaqlarda chop etiladi va birlashgan varaqlarga
bo‘linish sistemasini tashkil qiladi.
Karta varaqlarini belgilash sistemasida kartalarning har bir varaqi ma’lum
belgilarga ega bo‘ladi va uni karta nomenklaturasi deyiladi. Kartalarni varaqlarga
bo‘lishda to‘g‘ri burchakli va trapetsiyali uslub qo‘llanadi. Birinchi holatda varaqalar
berilgan o‘lchamda to‘g‘ri burchakli ramkalar bilan chegaralangan bo‘lib, ular to‘g‘ri
burchakli koordinatalar to‘ri chiziqlari bilan birlashgan. Bunday varaqlarga bo‘linishi
masshtabi 1:5000 va undan kichikroq topografik planlar uchun qo‘llaniladi.
Trapetsiyali varaqlarga bo‘lish sistemasida alohida varaqlarni ramkalari
bo‘lib, meridian va parallellar chiziqlari xizmat qiladi.
Turli masshtablardagi trapetsiya nomenklaturasining zaminiga 1:1 000 000
masshtabli karta varaqlarining xalqaro bo‘linishi asos qilib qabul qilingan.
Kartani varaqlarga bo‘lish xamda varaqlar nomenklaturasini belgilash uchun
butun er kurasining sirti uzoqligi bo‘yicha har 60 dan meridianlar orqali 60 ta
kolonnaga bo‘linadi. Kolonnalar arab raqamlar bilan Grinvich meridianning Tinch
okeandagi shaxobchasidan g‘arbdan sharqqa qarab 1 dan 60 gacha nomerlanadi.
Kolonnalar ekvatordan boshlab, shimoliy va janubiy qutblarga tomon har 40
dan o‘tkaziladigan parallelar orqali qatorlarga bo‘linadi. Qatorlar o‘rni lotin
alfavitining bosh harflari A, V, .... V, Z bilan belgilanadi (1.6-shakl).
9.1-shakl.
Kolonnalar va koordinata zonalari nomerlari orasidagi bog‘lanish quyidagicha
ifodalanadi: n = Q – 30, n – Gauss-Kryuger koordinatalari zona nomeri, Q – 1:1 000
000 masshtabdagi karta kolonna nomeri.
YUqoridagidek o‘tkazilgan meridian va parallellar bilan er yuzasida 1:1 000
000 masshtabdagi kartalarning trapetsiyasi hosil bo‘ladi. Har qaysi trapetsiya bitta
alohida varaqda tasvirlanadi; meridian va parallel chiziqlaresa shu varaqlarning ichki
ramkasi hisoblanadi.
1:1 000 000 masshtabdagi karta bir varag‘ining nomenklaturasi shu karta
trapetsiyasi joylashgan qator harfi va kolonna nomeridan iborat. Masalan, Toshkent
shahri K qatori va 42 kolonnada joylashgan. SHuning uchun masshtabi 1:1 000 000
karta varag‘iga mos nomenklaturasi K-42 bo‘ladi (9.1 - shakl).
Do'stlaringiz bilan baham: |