9-maruza o‘zgaruvchan tok relelari reja



Download 0,53 Mb.
bet1/7
Sana09.06.2022
Hajmi0,53 Mb.
#648109
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
9-ma\'ruza


9-MARUZA
O‘ZGARUVCHAN TOK
RELELARI


REJA
9.1. O‘zgaruvchan tok relelari: to‘g‘rilagichli va bevosita ishlaydigan relelar
9.2. Ikki elementli induksion relelar
9.3. Faza sezgir ikki elementli relelardan rels zanjirlarida foydalanish


Tayanch so’z va iboralar
O‘zgaruvchan tok relelari: to‘g‘rilagichli va bevosita ishlay-digan relelar, НМШ rele asosida AШ12, AСШ2-24, AСШ2-220 avariya relelari, РЭЛ rele asosida A2-220, БA2-220 relelar, bevosita ishlaydigan o‘zgaruvchan tok relesi o‘zgarmas tok relesiga nisbatan ikkita xususiyatlari, ikki elementli induksion ДСШ relelar, ishlash prin-stipiva tuzilishi, faza sezgir ikki elementli relelardan rels zanjirlarida foydalanish, tortqi tokni ortga qaytarish, drossel-trans-formatorlar


9.1. O‘ZGARUVCHAN TOK RELELARI TO’G’IRLAGICHLI
VA BEVOSITA ISHLAYDIGAN
To‘g‘rilagichli relelar. O‘zgaruvchan tok relesi, aslida, to‘g‘rilagich orqali ulangan o‘zgarmas tok relesidir. To‘g‘rilagichli relelarni yo‘l, chiroq (olovli) va avariya relesi sifatida o‘zgaruvchan tok zanjirlarida ishlatishadi. Bunda НMШ yoki РЭЛ relelarning korpus ichida maxsus bilan ta’minlab, platalar ustida ushbu to‘g‘rilagichlar: НMШ rele uchun Д242, Д7G diodlar, НМШ va РЭЛ relelar uchun KД206A, KД105V, KД2052 diodlar joylashti-riladi.
To‘g‘rilagichlar ulashning birinchi uslubi, bu rele g‘altagini diodli ko‘prik orqali ulashdir (9.1,a-rasm).

9.1-rasm. To‘g‘rilagichga ega neytral relelarning
ulanish sxemalari

B u uslubni avariya relelari uchun ishlatishadi. Bu relelar, ta’minot manbasida o‘zgaruvchan tok borligini nazorat qilishga va agar asosiy manbadan ta’minot yo‘qolsa avtomatik ravishda zaxira manbani ulashga mo‘ljallangan. Avariya relelari kuchaytirilgan metall-keramik kontaktlarga va kattalashti-rilgan kontaktlararo tirqishga ega. НМШ rele asosida AШ12, AСШ2-24, AСШ2-220 avariya relelari, РЭЛ rele asosida A2-220, БA2-220 relelar ishlab chiqariladi.
Diodlar ulashning ikkinchi uslubi, stansiyadagi svetoforlarning chiroqlari yonishini nazorat qiladigan ikki g‘altakli olovli relelarda ishlatilgan (9.1,b-rasm
OMШ2-40 releni bitta g‘altagi signal ST transformatorining birlamchi w1 cho‘lg‘ami bilan ketma-ket ulangan bo‘lib, uni ikkilamchi w2 cho‘lg‘amidan quvvati 15 yoki 25 Vt bo‘lgan svetoforning EL chirog‘i iste’moliga 12 V kuchlanish olinadi.
Relening ikkinchi g‘altagi (13-73 chiqarmalari) diodga ulangan bo‘lib, shu g‘altakda hosil bo‘ladigan kuchlanishning o‘zgarmas tashkil etuvchilari ta’siridan rele yakori tortiladi. EL chiroqni ipi kuyganda, 1-4 g‘altakdagi tok, transformatorning salt ishlash tokigacha keskin kamayadi va rele yakorini qo‘yib yuboradi. Bu bilan esa, svetofor chirog‘ining nosozligi ma’lum bo‘ladi.
Peregondagi avtoblokirovka signallari bo‘lgan svetoforlarning chirog‘-larini nazorat qilish uchun, AOШ2-180/0,45 relesi ishlatiladi. РЭЛ relesi asosida О2-0,7/150; БO2-0,7/150 (quvvati 15 Vt lampa uchun) va О2-0,33/ 150; БO2-0,33/150 (quvvati 25 Vt lampalar uchun) belgilashlarga ega olovli relelari yaratilgan.
Bevosita ishlaydigan relelar. Bevosita ishlaydigan o‘zgaruvchan tok relesi o‘zgarmas tok relesiga nisbatan ikkita xususiyatga ega.
Birinchidan, uyurma toklar va qayta magnitlanish isroflarini kamaytirish uchun magnit o‘tkazgich yuqori solishtirma elektr qarshilikka ega tunikali po‘latdan yig‘ishadi. Shu sababli magnit o‘tkazgich odatda kvadrat yoki to‘g‘ri burchakli kesimga ega bo‘ladi.
I kkinchidan, magnit oqim va tortish kuchi davriy nolga teng bo‘lganligi sababli, rele yakorni qo‘yib yuborishga intiladi va shu tufayli o‘zgaruvchan tok relesida yakorni vibratsiyasi bo‘ladi.


Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish