4. . Katalitik krekingning mahsulotlari.Tabiiy gaz asosida metanolni
olish kinetikasi va mexanizmi.
Atsetilenning eng muhim reaksiyalaridan biri unga vodorod sianid
qo‘shilishidir. Bunda poliakrilonitril tolalari, sintetik kauchuk va so‘nggi vaqtda
plastmassa olishda muhim yarim mahsulot bo‘lgan akrilonitril hosil bo‘ladi.
Poliakrilonitril tolalari ajoyib xossalarga ega bo‘lib, uning xalq xo‘jaligidagi
ahamiyati kattadir. Akrilonitril polimerlari va sopolimerlari asosida tayyorlangan
sintetik tolalar ishlab chiqarish yil sayin ko‘payib bormoqda. 1955 yili jahon
mamlakatlarida 45 ming tonna ana shunday tola ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 1965
yilga kelib bu miqdor 360 ming tonnaga yetdi. Bu tolalar nurga chidamliligi
jihatidan boshqa tolalardan yuqori turadi. Shuning uchun ham ular serquyosh O‘rta
Osiyo respublikalarida muvaffaqiyatli qo‘llanilishi mumkin. Shuningdek, bu
tolalar issiqlik o‘tkazmaslik xossasiga ham ega. Uning ko‘rinishi jundan to‘qilgan
gazlamalarga o‘xshash bo‘lib yumshoq, chirituvchi bakteriyalarga bardoshlidir.
Poliakrilonitril tolalari yuqoridagi xossalari tufayli ham hozirgi vaqtda ko‘plab
ishlab chiqarilmoqda.
Sanoatda mazkur tolalar nitron deb ataladi. O‘zbekistonda Navoiy kimyo
kombinatining ishga tushirilishi nitron ishlab chiqarishni ko‘paytirishda muhim rol
o‘ynaydi. Kombinat meniral o‘g‘itlar bilan birga tabiiy gazdan akrilonitril ham
ishlab chiqara boshladi. Keyinchalik bu moddadan qayta ishlash yo‘li bilan
poliakrilonitril - polinak so‘ngra esa nitron tayyorlanadi.
Navoiy shahridagi kimyo kombinatida ishlab chiqaradigan suniy toladan
yiliga 140 million metr apel gazlama to‘qish mumkin. Bu miqdordagi nitron
millionlab qo‘y junining o‘rnini bosa oladi. Dastlab asosiy moddalar sianid
kislota va atsetilen sintez qilinadi va yaxshilab tozalanadi. Reaksiya 85 - 90
gradus haroratda suyuq (suv) yoki bug‘ fazasida boradi. Katalizator sifatida tuz
kislotasi va kaliyning xlorli tuzlari, shuningdek natriy, mis va kobalt aralashmasi
ishlatiladi.
N
C
CH
CH
HCN
CH
HC
2
Акрилонитрилни бевосита ацетилендан синтез қилиш усули бошқа sintezlarga
(masalan, etilennikiga) qaraganda birmuncha afzalliklarga ega. Sintezning
texnologik sxemasi sodda, kam xom ashyo sarflanadi va nihoyat mahsulot juda toza
chiqadi. Shuning bilan birga mazkur usulning muhim kamchiligi ham bor, ko‘proq
elektr energiyasi talab etadi. Shu tufayli ham Navoiy shahrida qudratli issiklik
elektr stansiyasi qurilgan. Arzon energiya manbai va bitmas-tuganmas tabiiy gaz
zapaslar bo‘lgan Navoiy shahrida, shuningdeq tabiiy gaz trubalar orqali olib
boriladigan boshqa rayonlarda akrilonitril olish ancha qulay va maqsadga
muvofiqdir.
Akrilonitril xuddi vinilatsetatga o‘xshab quyosh nuri, yadro nurlanishi, qizdirish,
polimerlash tashabbuskorlari ta’siri ostida va boshqa yo‘llar bilan polimerlanadi.
Poliakrilonitril tolalarini yigirish birmuncha murakkab. Chunki bu polimer
yomon eriydi. Erituvchining uchib ketishi qiyin. Shu tufayli ham uni yigirish
alohida usullarni qo‘llanishni taqozo etadi, bu usullar ho‘l va quruq usullar deb
ataladi. Poliakrilonitril tolalarini quruq usul bilan yigirish usuli keng qo‘llanilmadi.
Bu jarayon murakkab qurilmalar bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lib bunda shtapel tolasi
olishi mumkin emas. Shuning uchun ham ho‘l usuli bilan tola yigirish kengrok
tarqalgan. Mazkur usul qo‘llanilganda tola hosil bo‘ladigan suyuqlik ma’lum
ingichka naychalardan o‘tkaziladi teshiklardan tolalar qator vannalarga tushadi va
erituvchidan tozalanadi, yuviladi, usti silliqlashtiriladi. Shuningdek tolaning sirti
pardozlanadi. Tindiruvchi vannalar sifatida ko‘prok suv yoki organik
tindiruvchi vannalar qo‘llaniladi (polimer tola suv yoki organik erituvchi
yordamida cho‘ktiriladi, ular polimerni cho‘ktirib, yigiruv qorishmasi erituvchini
eritib yuboradilar). Organik vannalarda yigirilgan tolalar suvli vannalarda
ishlanganiga qaraganda yumshoqligi va elastikligi bilan ajralib turadi.
Shu usullarning biri bilan hosil qilingan tolani erituvchi qoldiqlaridan tozalash
uchun yuviladi, sulfat kislotasi yoki boshqa reagentlar bilan ishlov berilib
oqartiriladi va cho‘ziladi. Ularning hammasi tolaning elastiklik xossalarini
yaxshilaydi, uzilishga chidamliligini oshiradi. Shuningdek boshqa fizik va mexanik
xossalari ham yaxshilanadi. Bunday tolalardan tuqilgan gazlamalar uzoq vaqt
yirtilmaydi. Bu tolalarni paxta yoki jun tolalari bilan qo‘shib to‘qilgan gazlamalar
puxta bo‘ladi, maxsus stanoklarda yoki cho‘ktirish jarayonida mexanik ishlov
berish yo‘li bilan chiniqtiriladi.
Tolani ishlashning yuqoridagi va undan boshqa usullari bora-bora nitron tolasi
olishga olib keladi. Bu tola hozirgi vaktda sintetik tolalarning eng ko‘p tarqalgan
turlaridan biridir. Nitron tolasi ishlab chiqarilayotgan boshqa xildagi barcha sintetik
tolalarning 16 foizga yaqinini tashkil etadi.
To‘g‘ri, poliakrilonitril tolalar juda qiyin bo‘yaladi. Bu uning ikkinchi yirik
kamchiligidir. Hozirgi vaqtda tolani bo‘yashning turli usullari qo‘llanmoqda.
Buning uchun tola strukturasi yumshatilmoqda, bunda tolaga buyoq ko‘prok
singadi yoki poliakrilonitrilning makromolekulasi buyoq molekulalari bilan birika
oladigan boshqa komponentlar qo‘shilmoqda.
Har qaysi usul ham akrilonitrilning vinilatsetat, vinil xlorid, vinilpiridin, akril
kislota efirlari ta’sirida sopolimerlashga asoslanadi. Vinilxlorid, ayrim xollarda
akril kislotasi efirlari poliakrilonitril tolasining ko‘pgina fizik va mexanik
xossalarini sezilarli darajada o‘zgartiradi, polimerlarni bo‘yaluvchan va
eruvchanligiga ham ta’sir qiladi. Sopolimer poliakrilonitrilning barcha kimyoviy
xossalarini, ayniqsa to‘kimachilik sanoatida qo‘l keladigan ajoyib xususiyatlarini
saqlab qolishi sopolimer tarkibidagi akrilonitril miqdori ...foizdan kam bo‘lmasligi
kerak Sopolimerda akrilonitril miqdori kamaysa tola hosil qilish xususiyati ma’lum
darajada yomonlashadi. Bunday sopolimerlarda har ikki komponentning xossalari
uyg‘unlashib ketadi va qaysi komponent ko‘proq bo‘lsa, o‘sha moddaga ko‘proq
ta’sir qiladi. Sopolimerlarning bu ajoyib xossasidan amaliyotda keng foydalaniladi.
Shu munosabat bilan sintetik butadiyen-nitril kauchuklari alohida diqqatga
sazovordir.
Ma’lumki, dastlabki vaqtlarda sintetik kauchuklar kamyob tabiiy kauchukning
o‘rnini bosar edi. Biroq hozirgi vaqtda sintetik kauchuk kimyosi shunday darajaga
erishdiki, sintetik kauchuklar tabiiylaridan ham o‘zib ketdi. Turli o‘simliklar
shirasidan olinadigan tabiiy kauchuklar sovuqqa chidamli bo‘lsa ham tez yig‘ilishga
moyil bo‘ladi, yog‘ va benzin ta’siriga chidamsizdir.
Butadiyen va akrilonitril sopolimerlari asosida tayyorlangan sintetik kauchuk
yuqoridagi kamchiliklardan xoli. Uning yagona kamchiligi -sovuqda bardosh
berolmasligidadir. Bu esa shunday sintetik kauchuklardan tayyorlangan
buyumlardan sovuq iqlimli joylarda foydalanishga yo‘l bermaydi.
Mamlakatimiz sanoati butadiyen-nitril kauchuklarining turli navlarini ishlab
chiqarmoqda. Bu navlar sopolimerdagi akrilonitril miqdoriga bog‘liq. Sopolimer
tarkibidagi akrilonitrilning miqdori 17 - 40 % o‘rtasida bo‘ladi, akrilonitril miqdori
qancha ko‘p bo‘lsa, uning moy va benzinga chidamliligi oshadi, lekin sovukda
chidamliligi kamayadi.
Xalq xo‘jaligida akrilonitrilning ahamiyati undan sun’iy tola va sintetik kauchuk
olish bilangina chegaralanmaydi. Unga ishqor ta’sir ettirish bilan poliakril kislotasi
hosil qilish katta ahamiyatga ega. Poliakril kislotasi eritmaga tushganda ionlarga
ajralib poliionlar hosil qiladi.
Sanoatda ko‘proq akril kislotasining efirlari olinadi. Uning polimerlari
ajoyib optik xususiyatlarga ega bo‘lgan turli oyna va linzalar ishlab chiqarishda
qo‘llaniladi. Bundan tashqari plastmassa sanoatida, yelim, sintetik tolalar
tayyorlashda mazkur polimerlarning ahamiyati katta. Ammo akril kislotasidan
efirlar olishning yuqoridagi yo‘li yagona usul emas. Turli bu usul texnikada keng
tarqalgan. Keyingi vaqtlarda akril kislotasi va uning efirlarini olishda uning
kashfiyotchisi Reppe nomi bilan yuritiladigan reaksiyadan foydalanila boshladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |