TA’LIM KREDITI
O‘zbekiston Respublikasi Oliy o‘quv yurtlari kunduzgi bo‘limlariga to‘lov-
kontrakt asosida qabul qilingan talabalarning o‘qishi uchun beriladi.
Kredit shartlari
1 yilgacha bo‘lgan muddatga – yillik 21%
3 yilgacha bo‘lgan muddatga – yillik 23%
Kredit ta'minoti
Kredit summasining 125 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda quyidagi
ta’minot turlari taqdim etilishi mumkin:
Mol-mulk garovi;
Uchinchi shaxs kafilligi;
Kredit qaytmaslik xatarini sugurta qilinganligi bo‘yicha sugurta polisi.
Kerakli hujjatlar
Qarz oluvchining pasporti;
Ish haqi to‘g‘risida ma’lumotnoma;
Talaba va oliy o‘quv yurti o‘rtasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish
to‘g‘risidagi o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan shartnoma (kontrakt);
Kredit qaytarilishi ta’minotiga doir hujjatlar.
Bankka kreditni qaytarishda imtiyozli davr beriladi
IQTISODIYOT
Prezidentimizning 2020 yil 19 martdagi “Koronavirus pandemiyasi va global
inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha
birinchi navbatdagi chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga asosan viloyatimizdagi
mavjud tijorat banklarida mijozlarning moliya muassasalariga tashrifini kamaytirish
va masofaviy bank kanallaridan, shu jumladan internet-banking, tijorat banklarining
mobil ilovalari, bankomatlar, bankning avtomatlashtirilgan depozit mashinalari va
avtomatlashtirilgan ayirboshlash bankomatlaridan foydalanish yo‘lga qo‘yilmoqda.
Tijorat banklarining mobil ilovalari orqali Siz bank filialiga bormasdan turib:
- onlayn mikroqarzlar rasmiylashtirishingiz;
- kommunal va boshqa xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishingiz;
- har qanday banklarning kreditlari bo‘yicha qarzdorliklarni qaytarishingiz;
- Xalqaro to‘lov tizimlari (Visa/UnionPay) kartalarini ochishga buyurtma
berishingiz;
- xorijiy valyutalarni onlayn sotib olishingiz va sotishingiz;
- xalqaro pul o‘tkazmalarini masofadan turib bank kartalariga qabul qilishingiz;
- banklarning istalgan kartalariga pul o‘tkazishingiz;
- ortiqcha pul mablag‘larni omonatga qo‘yishingiz va ularni yechib olishingiz
mumkin.
Hozirda viloyatimizda 408 ta bankomat (“Humo” tizimida 216 ta, “Uzkard”
tizimida 192 ta) va 61 ta avtomatlashtirilgan ayirboshlash bankomatlari ishlamoqda.
Tijorat banklari kassalarida yetarli miqdorda naqd pul zaxiralari mavjud bo‘lib,
uzluksiz ravishda bankomatlar naqd pul mablag‘lari bilan ta’minlanmoqda.
“Humo” to‘lov tizimida ishlovchi terminallar va bank kartalari orqali 50 000
so‘mgacha bo‘lgan xaridlar uchun to‘lovlarni kontaktsiz (kartochkani qo‘ldan-
qo‘lga bermagan holda, pin kodni termasdan amalga oshirish) imkoni mavjud.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti naqd pullardan foydalanish virus
tarqalishiga olib keluvchi kanallardan biri bo‘lishi mumkinligi haqidagi
ma’lumotiga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi davrida virusning naqd pullar orqali
insondan insonga yuqishining oldini olish maqsadida Markaziy bank tomonidan
joriy yilning 24 martidan barcha bank muassasalari bank kassalariga kelib tushgan
naqd pullar qayta sanalib, multivak apparati yordamida o‘rab-bog‘langandan so‘ng
kamida bir hafta muddatda pul omborxonalarida alohida saqlangandan so‘ng chiqim
qilish yuzasidan ko‘rsatma berilgan. Hozirda Markaziy bankning viloyat bosh
boshqarmasi va tijorat banklari filiallarida mazkur talab ijrosi bo‘yicha zaruriy
chora-tadbirlar olib borilmoqda.
Shuningdek, kreditlarni qaytarish muddatlari grafiklarini kechiktirish
bo‘yicha ham muayyan ishlar tashkil etildi. Xususan, koronavirus pandemiyasi
holatlari ustuvor ravishda salbiy ta’sir qilayotgan sohalar, jumladan mehmonxona
va turizm xizmati, transport, xususiy ta’lim, sport, ko‘ngilochar maskanlar va
maishiy xizmatlar ko‘rsatish, umumiy ovqatlanish, faoliyati eksport-import bilan
bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarish sohalaridagi tadbirkorlik sub’yektlariga grafik
bo‘yicha qarzdorliklari muddatini uzaytirish (restrukturizatsiya) bo‘yicha amaliy
chora-tadbirlar olib borilmoqda.
Shuningdek, Markaziy bank tomonidan barcha kredit tashkilotlariga 2020 yil
1 oktyabrga qadar:
- joriy etilgan karantin rejimi faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan qarzdor - jismoniy
shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning murojaatlariga asosan real daromadlari
va imkoniyatlari hamda vaqtinchalik moliyaviy qiyinchiliklarni bartaraf etish
muddatlaridan kelib chiqib, kredit bo‘yicha to‘lovlarini qaytarish yuzasidan
imtiyozli davr berish masalasini ko‘rib chiqish;
- jismoniy shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning muddati o‘tgan
qarzdorliklari kechiktirilishida jarima sanksiyalarini qo‘llamaslik hamda undiruvni
kredit ta’minotiga qaratmaslik borasida tavsiyalar berildi.
(Shu o‘rinda qarzdorliklarning faqat to‘lov muddati ma’lum muddatga
kechiktirilayotganligiga urg‘u berib o‘tmoqchimiz. Ya’ni, qarzdorliklardan voz
kechilmaydi, foizlar hisoblash to‘xtatilmaydi).
Xulosa:
Biz 9-labaratoriya ishini bajarish davomida Mobile bankingdan online kredit
olish va olingan kreditni qaytarishga doir iqtisodiy masalani MS Excel dasturida
bajarish haqida ma’lumotga ega bo’ldik.
Do'stlaringiz bilan baham: |