Qurilma
|
Ma’lumot almashish tezligi
|
Klaviatura
|
10 bayt/s
|
Sichqoncha
|
100 bayt/s
|
Modem 56K
|
7 Kbayt/s
|
Raqamli kamera
|
3,5 Mbayt/s
|
Blu-ray disk 4x
|
18 Mbayt/s
|
802.11n standartli simsiz tarmoq
|
37,5 Mbayt/s
|
USB 2.0
|
60 Mbayt/s
|
FireWire 800
|
100 Mbayt/s
|
Gigabit Ethernet standart tarmog‘i
|
125 Mbayt/s
|
SATA 3 disk
|
600 Mbayt/s
|
USB 3.0
|
625 Mbayt/s
|
SCSI Ultra 5 disk
|
640 Mbayt/s
|
Bir yo‘lakli shina PCIe 3.0
|
985 Mbayt/s
|
Shina Thunderbolt 2
|
2,5 Gbayt/s
|
SONET OC-768 tarmog‘i
|
5 Gbayt/s
|
Kontroller qurilmasi
Kiritish/chiqarish qurilmasi mexanik va elektr komponentlardan iborat. Bu komponentlar ko‘p holatlarda maksimal model va modelni umumlashtirish maqsadida mantiqiy ajratilishi mumkin. Odatda u shaxsiy kompyuterlarda kengayuvchan slotga o‘rnatiladigan ma’lum bir ko‘rinishli plata shaklida bo‘ladi. Mexanik komponentlar - qurilmaning o‘zi. Odatda kontroller platasi asosiy qurilmaning o‘ziga kabel orqali ulanishi mumkin bo‘lgan qismlar bilan jihozlangan bo‘ladi. Ko‘plab kontrollerlar ikki, to‘rt, xatto sakkizta qurilmalarni boshqarish imkoniyatiga ega. Agar kontroller va qurilma o‘rtasida interfeys standart bo‘lsa, unda belgilangan rasmiy standartlar ANSI, IEEE yoki ISO, yoxud alohida qurilma va kontrollerlar ishini soddalashtirish uchun chiqarilgan standartlar mavjud. Ko‘plab kompaniyalar SATA, SCSI, USB, Thunderbolt yoki FireWire (IEEE 1394) bilan mos keladigan qattiq disklarni ishlab chiqaradilar.
Ko‘plab kichik kompyuterlar yagona shina modeli bo‘yicha tashkil qilingan qurilmalar bilan birga ishlaydi (1.1- rasm). Ko‘plab mashina, meynfreymlar (dast-labki superkompyuterlar) kiritish/chiqarish kanali deb ataladigan ixtisoslashtirilgan kompyuterlarga kiritish/chiqarish xizmatini ko‘rsatish uchun bir nechta shinali modelni ishlatadi. Bunday tashkil qilish asosiy protsessorda yuklamani pasaytirishga imkon beradi.
1.1- rasm. Protsessor, xotira, kiritish/chiqarish va boshqa kontrollerlarni ulanish modeli
Demak yuqoridagilarni inobatga olgan holda Linux operatsion tizimida tashqi qurilmalar xaqida ma’lumot beruvchi bir qancha buyruqlar bilan tanishib chiqamiz:
Eng avvalo linux operatsion tizimimizni terminal oynasini ochib olamiz.
2-rasm. Linux operatsion tizimining terminal oynasi.
Lsusb- buyrug’i kompyuterimizning usb portlari xaqida ma’lumot beradi va u xaqidagi ma’lumot 3-rasmda ko’rsatilgan.
3-rasm. Kompyuterimizning usb portlari to’grisida ma’lumot.
Markaziy protsessor to’g’risidagi ma’lumotni esa lscpu - buyrug’ini terish orqali olishimiz mumkin. 4-rasmda ushbu markaziy protsessor to’g’risida ma’lumot keltirilgan.
4-rasm. Markaziy protsessor xaqida kengaytirilgan ma’lumot.
5-rasm. Kompyuterning texnik xolati xaqida kengaytirilgan ma’lumot.
Yuqoridagi 5 rasmda operatsion tizimimizning terminal oynasiga lshw – buyrug’ini kirishimiz orqali kompyuterimizning barcha texnik xolati va barcha qurilmalar to’g’risida kengaytirilgan ma’lumotni olishimiz mumkin.
pydf
|
Doimiy xotira to’g’risida kengaytirilgan xolda ma’lumot beradi
|
lsscsi
|
Qattiq diskga ulanadigan portlar xaqida ya’ni (ATA,SATA) umumiy ma’lumot chiqarib beradi.
|
inxi
|
Kompyuterimizning texnik xarakteristikasini taqdim etadi.
|
Inxi -Fx
|
Ushbu buyrug’ orqali kompyuterimizning kengaytirilgan texnik parametrlari to’g’risida ma’lumot beradi yani (CPU, audio, display, tarmoq, Ethernet portlar va boshqalar).
|
Nazorat savollari.
Kompyurning tashqi qurilmalari deganda nimalarni tushinasiz va sanab bering ?
Print server xizmati nima ?
Linux operatsion tizimida tashqi qurilmalar to’g’risidagi ma’lumotni qaysi buyrug’ orqali olishimiz mumkin ?
Linux operatsion tizimida markaziy protsessor to’g’risidagi ma’lumotni qaysi buyrug’ orqali olishimiz mumkin ?
Linux operatsion tizimida doimiy xotira to’g’risidagi ma’lumotni qaysi buyrug’ orqali olishimiz mumkin ?
Kontroller qurilmasi nima va uni ta’riflab bering ?
Kompyuter tizimlarining kiritish/chiqarish qurilmalari nima va uni ta’riflab bering ?
Do'stlaringiz bilan baham: |