9.3.Kassa intizomiga rioya etish Korxonalar aholi bilan hisob-kitobda naqd pulni nazorat-kassa mashinalarini kullagan xolda qabul qiladilar. Korxona yilning har choragi uchun 45 kun ilgari bankka kassa buyurtmasini topshiradi. Buyurtma to’rt bo’limdan iborat bo’ladi. Birinchi bo’limda korxona kassasiga kelib tushadigan barcha pul kirimi ko’rsatilsa, ikkinchi bo’limda ish xaqi va mehnat xaqiga oid oshqa to’lovlarning o’tgan yil tegishli choragida va hisob yili rejalashtirilayotgan choragidagi summalari kayd etiladi. Uchinchi bo’limda boshqa to’lovlar, yaoni ijtimoiy sug’urta nafakalari va safar xarajatlariga tulovlar aks ettirilishi lozim. Oxirgi bo’limda ish xaqi olishning kelishilgan muddatlari ko’rsatiladi.
Korxonalarda kassa qoldig’i limiti faoliyat turi va inkassatsiyalash tartibidan kelib chiqib belgilanadi. Inkassatsiya xizmatidan kunlik tushum minimal ish xaqi summasidan kam bo’lmagan xolda foydalanish shart hisoblanadi. Korxona naqd pulni aloka korxonalari orqali yoki kundo’z gi va kechki kassalar orqali bankka topshirishi mumkin.
Korxona bankka naqd pulni 3 qismdan iborat bo’lgan badalnoma asosida topshiradi. Banklarda mijozlarga ish xaqi uchun naqd pul berish oldindan tuzilgan kalendar-jadval asosida amalga oshiriladi. Har kuni pul muomalasi bo’limi shu kuni beriladigan naqd pul miqdorini belgilaydi. Kassa mudiri kassirlarga tegishli naqd pullarni kayd etgan xolda beradi va kun oxirida ularni qoldig’ini qaytarib oladi. Naqd pul bank kassasidan pul chekiga asosan beriladi.
Bankka naqd pul kelib tushganda quyidagi buxgalteriya yozuvi tuziladi:
D-t 10100
K-t mijozning hisob-kitob scheti.
Bankdan naqd pul olinganda esa:
D-t mijozning hisob-kitob rakami
K-t 10100
Korxona kassasida naqd pul belgilangan limit doirasida saklanishi mumkin. Limitdan ortikcha bo’lgan pullar bankka topshirilishi shart. Ish xaqi va unga tenglashtirilgan to’lovlar uchun olingan mablag’lar 3 ish kuni davomida saklanishi mumkin xolos. Bank muassasi limitdan ortikcha naqd pulni saklanishiga yul kuygan yoki naqd pulni bankka topshirmagan (kechikib topshirgan) korxonalar to’g’risida chora kurish uchun pul kredit komissiyasiga xabar berishlari lozim.
Kassa intizomiga rioya etilishi bank tekshiruvi asosida amalga oshiriladi. Tekshirishda quyidagilarga e’tibor qaratiladi:
- korxona kassa daftaridan yozuvlarning bankdagi olingan va bankka topshirilgan summalar haqidagi bank ma’lumotlariga mos kelishi;
- naqd pul tushumidan foydalanish normalariga, kassa qoldig’i limitiga, naqd pul tushumini topshirish tartibi va muddatlariga rioya etilishi, ish xaqi va unga tenglashtirilgan to’lovlarning belgilangan muddatda tulanmay kolgan summasini bankka qaytarilishiga;
- olingan naqd pullarni tegishli maqsadda ishlatilishiga va boshqalarga.
Tekshirish natijalari dalolatnoma va ma’lumotnoma xujjatlarida aks ettiriladi va korxona rahbari, bosh hisobchi, bank vakili tomonidan imzolanadi. Tartibbuzarlik aniqlanmasa faqat ma’lumotnoma tuziladi.
2021 yil yanvarь-iyunь oylarida banklar orqali naqd pul aylanmasi hajmi 231,9 trln.so’mni tashkil etgani holda, 2020 yilning mos davriga nisbatan 47 foizga oshdi.
Jumladan, banklar kassalariga naqd pul tushumlari 115,4 trln.so’mni, o’z navbatida, chiqim qilingan naqd pullar 116,5 trln. so’mni tashkil etdi.
1-rasm Naqd pul tushumlari hajmi va tarkibi dinamikasi (2019-2021 yillarning yanvarь-iyunь oylari) mlrd. so’mda 2021 yil yanvarь-iyunь oylarida bank kartalariga 126,9 trln.so’mlik
mablag’lar kelib tushib, ushbu davrda bank kartalaridagi42,1 trln. So’mlik (33,2 foiz) mablag’lar aholi tomonidan naqdlashtirib olingan.
2-rasm Bank kartalariga kelib tushgan mablag’lar va ularni naqdlashtirish hajmi dinamikasi (2019-2021 yillarning yanvarь-iyunь oylari) mlrd. so’mda Joriy yilning yanvarь-iyunь oylarida bank kassalaridan (shu jumladan, bankomatlardan) berilgan naqd pullar 2020 yil yanvarь-iyunь oylariga nisbatan 35,6 trln. so’mga oshishi kuzatilgan bo’lsa, ushbu o’sishning asosiy qismi bank kartalaridan naqd pul yechish hajmi 15,8 trln. so’mga hamda naqd chet el valyutasini sotib olish uchun 11,3 trln. so’m oshishi hisobiga yuzaga keldi.
3-rasm Banklardan naqd puldagi chiqimlar hajmi va ularning maqsadlari bo’yicha tarkibiy dinamikasi (2019-2021 yillarning yanvarь-iyunь oylari) mlrd. so’mda Banklar kassalariga naqd pul tushumlari hajmi va naqd pulga bo’lgan talabdan kelib chiqqan holda muomalaga qo’shimcha naqd pullar chiqarib borildi hamda ayrim davrlarda muomaladagi ortiqcha naqd pullarning qaytishi kuzatildi.
4-rasm