9-BILET
BILDIRISHNOMA.
Muayyan muassasa (tarkibiy qism) rahbariga xizmat faoliyati bilan
aloqador muhim masalalar yuzasidan yoki yuqori idora, mansabdor
shaxsga b iron-bir voqea va hodisa haqida xabardor qilish zarurati
tug‘ilganda taqdim etiladigan mufassal yozma axborot. Unda, odatda,
bayon qilinayotgan masalalar bo‘yicha tuzuvchi (yozuvchi)ning takliflari
aks etadi.
Kimga yo‘nalganiga qarab bildirishnoma ichki va tashqi turlarga
ajraladi.
Ichki bildirishnoma o‘z muassasasi rahbariga yoki bo‘lim mudiriga
yoziladi. U toza qog‘oz varag‘iga qo‘lda yoki kompyuterda yozilishi
mumkin. Bunday bildirishnomalar muallif tomonidan imzolanadi. Tashqi
bildirishnoma, ya’ni muassasa rahbari tomonidan yuqori idoraga yoki
mansabdor shaxsga yoziladigan bildirishnoma, o datda, xos ish qog‘oziga
ikki nusxada yoziladi. Hujjatning ikkinchi nusxasi muassasaning o‘zida
qoldiriladi. Bunday bildirishnomalar muassasa rahbari tomonidan
imzolanadi.
Bildirishnoma tashabbus, axborot va hisobot xususiyatiga ega. Bu
xususiyatlar hujjat matni sarlavhasidayo q o‘z aksini topadi. Tashabbus
bildirishnomasi matnida tegishli masala yuzasidan umumiy yoki aniq
takliflar ilgari surilib, rahbarni ularni hal qilishga undaydi (masalan,
Navoiy nomidagi maktabda mukofotlash nizomining buzilganligi haq ida).
Axborot bildirishnomasi, odatda, umumiy holati rahbarga ma’lum
muayyan jatuman to‘g‘risida xabar beradi. Masalan, Nishon tumanidagi Oq
oltin nomli shirkat xo’jaligida chigit ekishning borishi (2012-yil 10-
apreldagi holati) haqida.
Hisobot bildirishno masi ma’lum bir ishning tugallanishi haqida yoki
biron-bir ko‘rsatma, tavsiya, rejaning ijrosi to‘g‘risida rahbarni xabardor
qilishi kerak. Muayyan vazifa yoki majburiyatlarni bajarilishi ha qidagi
hisobot bildirishnomasi amaliyotda raport ham deyiladi. Asli fransuzcha
bo‘lib, rus tili orqali bizga kirgan bu so‘zning muqobili sifatida « bildirgi»
atamasini ilgari suramiz.
Bildirishnomaning zaruriy qismlari:
1. Bildirishnoma yo‘llangan rahbarning lavozimi, ismi va ota ismining
bosh harflari hamda jo‘nalish kelishigidagi familiyasi.
2. Bildirishnoma tayyorlagan shaxsning lavozimi, ismi va ota ismining
bosh harflari hamda jo‘nalish kelishigidagi familiyasi.
3. Hujjat turining nomi (Bildirishnoma).
4. Matn sarlavhasi.
5. Bildirishnoma matni (mazmuni).
6. Qancha varaqligi ko‘rsatilgan ilovalar ro‘yxati (agar ilova bor
bo‘lsa).
7. Bildirishnoma tayyorlovchi xodim yoki rahbarning imzosi (agar bir
necha shaxs tomonidan tayyorlangan bo‘lsa, u barcha mualliflar
tomonidan imzolanadi).
8. Bildirishnoma taqdim etilgan sana (sana muallif yoki muass asa
rahbari tomonidan bildirishnoma imzolanayotgan paytda qo‘yiladi).
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, zaruriy qismlari va yozilish shakli
jihatidan bildirishnomalar xizmat ma’lumotnoma (spravka)lariga yaqin
turadi. Ularning farqi shundaki, ma’lumotnomalarda asosan talab qilingan,
so‘ralgan voqea-hodisalar haqidagina axborot beriladi, bildirishnomalarda
esa voqea-hodisalarni sanash bilan birga, ularni keltirib chiqargan omillar
tahlil qilinadi va tegishli xulosalar qilinib, takliflar beriladi.
Bildirishnoma tayyorlayotgan shaxsning xulosa va takliflari aniq,
ravshan va ishonarli bo‘lmog‘i kerak. Shuning uchun ham
bildirishnomalarda chiqarilgan xulosalarni tasdiqlovchi, bo‘lib o‘tgan
voqea-hodisalarga, qonunchilik ko‘rsatmalariga, tegishli hujjatlarning
raqam va sanasiga hamda bildirishnomada bayon etilgan masalani bevosita
muassasa misolida o‘rganish yoki sinab ko‘rish natijasida olingan boshqa
dalillarga havolalar qilinishi zaruriy hisoblanadi. Bildirishnoma matni
asosan ikki qismdan ib orat bo‘lmog‘i kerak. Birinchi qismda uning
yozilishiga sabab bo‘lgan dalillar, voqealar bayon qilinishi lozim. Ikkinchi
qismida esa xulosalar va aniq harakatlar haqidagi takliflar aks etmog‘i
zarur. Muallifning fikricha, bunday harakatlar bayon qilingan voqealar
munosabati bilan yuqori idora yoki mansabdor shaxs tomonidan qilinishi
(boshlanishi) kerak.
Agar bildirishnomada bayon qilinayotgan ma’lumotlar aniq bir sana
yoki vaqt oralig‘iga taalluqli bo‘lsa, xuddi ma’lumotnomadagidek, ushbu
vaqt-matndan alohida zaruriy qism sifatida ajratilib, matn oldidan
joylashtiriladi. Masalan «2012-yil 1-yanvardagi holatga ko‘ra» yoki « 2012-
yilning 1-yanvaridan 1-mayigacha bo‘lgan davr uchun». Bu ma’lumotlarni
matn sarlavhasiga qo‘shib yuborish ham mumkin.
2- Tavsifnoma
Urganch Davlat universiteti 3-bosqich 181-Mehmonxona yo’nalishi tolibi Abdullaev Husniddin Norbek o`g`liga
TAVSIFNOMA
UrDU Turizm va Iqtisodiyot fakulteti 3-bosqich 181-Mehmonxona guruhi talabasi Abdullaev Husniddin Norbek o`g`li 01.03.2021 dan 10.04.2021 gacha o’quv malakaviy amaliyotini “Uzagrosug`urta” AJ Xiva sug`urta markazida amaliyot o’tadi.
Amaliyot davomida Abdullaev Husniddin Norbek o`g`li o’zini barcha tomonlama yaxshi ko’rsata oldi. U o`ziga berilgan har bir topshiriqni astoydil bajarib ohirigacha yetkazishga xarakat qilishi bilan birga xodimlar orasida muomila madaniyatiga va texnika havfsizligi qoidalariga to`liq rioya qildi. Mehmonxona xodimlari bilan hamjihatlikda o’z ishini alo darajada va o’z vaqtida amalga oshirdi.
“Uzagrosug`urta” AJ Xiva sug`urta
markazi menejeri: Madrimov F.
Do'stlaringiz bilan baham: |