9-AMALIY MASHG’ULOT. VEKTORLI TASVIRLARNI YARATISH VA QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYALARI
Mashg’ulotning maqsadi. Vektorli tasvirlarni yaratish va qayta ishlash texnologiyalari bo’yicha nazariy va amaliy ko’nikmalarga ega bo’lish.
Amaliy mashg’ulotning qisqacha bayoni
Vektorli grafika
Grafika bilan ishlashga mo’ljallangan dasturiy vositalar esa birinchi navbatda illyustratsiyalarni yaratishga va undan keyin ularni qayta ishlashga mo’ljallangan. Bunday vositalar reklama agentliklarida, dizaynerlik byurolarida, tahririyat va nashriyotlarda keng ko’lamda ishlatiladi. Shriftlar va oddiy geometrik elementlarni qo’llashga asoslangan bezatish ishlari vektor gafikasi yordamida osonroq bajariladi. Vektor grafikasi yordamida yaratilgan yuqori darajadagi badiiy asarlar namunalari mavjud.
Agar rastr grafikasini asosiy elementini nuqta tashkil etsa, vektor grafikasida bu narsa chiziqdan iborat (to’g’ri yoki egri bo’lishi mumkin).
Rastrli garfikada ham chiziq mavjud, lekin unda u nuqtalar to’plamidan iborat. Chiziqning har bir nuqtasi uchun rastr grafikasida xotiraning bir yoki bir nechta yacheykasi ajratiladi (nuqtalar rangi qanchalik ko’p bo’lsa, shuncha ko’p xotira yacheykasi ajratiladi). Bundan kelib chiqadiki, rastrli chiziq qancha uzun bo’lsa, u xotirada shuncha ko’p joy egallaydi.
Vektorli grafika - uning tasvirni aks ettirishda asosiy elementi chiziq bo’lib hisoblanadi. Kompyuter xotirasida bu chiziq juda katta joy egallaydi, chunki xotirada chiziqning parametrlari ko’rsatiladi yoki formula orqali beriladi. Chiziq vektor grafikasining elementar obyekti bo’lib hisoblanadi. Sodda obyektlar murakkab obyektlarga birlashtiriladi, shu sababli vektor grafikasini ob’yektga yo’naltirilgan grafika deb aytiladi. Kompyuter xotirasida vektor grafikasi chiziqlar sifatida saqlanib turishiga qaramasdan, tasvir ekranga nuqtalar sifatida chiqariladi. Tasvirni ekranga chiqarishdan oldin har bir parametrni qisoblab chiqadi. Shu sababli vektor grafikasini hisoblanuvchi grafika deb ham aytiladi. Vektorli grafika yordamida sodda turdagi bezash ishlarini olib borish mumkin.
Vektorli grafikada chiziq egallagan xotira hajmi chiziqning uzunligiga bog’liq bo’lmaydi, chunki chiziq formula ko’rinishida, aniqroq qilib aytganda bir nechta parametr bilan tasvirlanadi. Bu chiziq qanday o’zgartirilsa ham uning faqat xotira yacheykasida saqlanadigan parametrlari o’zgaradi. Har qanday chiziq uchun xotiradagi yacheykalar soni o’zgarmasligicha qoladi.
Chiziq – vektor grafikasining asosiy ob’yekti hisoblanadi. Vektorli illyustratsiyalardagi tasvir faqat chiziqlardan tashkil topgan bo’ladi. Oddiy ob’yektlar murakkab obyektlarga birlashtiriladi, masalan, to’rtburchak ob’yektni to’rtta bog’langan chiziqlar to’plami deb qarash mumkin. Kub ob’yekti yanada murakkabroq bo’lib, uni 12 ta bog’langan chiziqlar yoki 6 ta bog’langan to’rtburchak deb qarash mumkin. Bunday qarash tufayli vektor grafikasini ko’pincha ob’yektga yo’naltirilgan (oбъектно – ориентированная графикa) grafika deb ham ataladi.
Vektorli grafikaning ob’yektlari xotirada parametrlar to’plamidan iborat bo’lsa ham, ekranda ular nuqtalar shaklida tasvirlanadi (sababi, monitor shunday tuzilgan). Har bir ob’yektni ekranga chiqarishdan oldin dastur ob’yekt tasviridagi ekran nuqtalarining koordinatlarini hisob-kitob qiladi, shu sababdan vektor grafikasini gohida hisoblanadigan grafika (вычисляемая графика) deb ham ataladi. Xuddi shunday hisob-kitoblar ob’yektni printerga chiqarishda ham bajariladi.
Barcha ob’yektlar singari chiziqlar ham o’z hususiyatlariga ega. Bunday xususiyatlarga chiziq shakli, uning qalinligi, rangi, chiziq turi (to’liq, pun krir va b.) kiradi. Yopiq chiziqlar to’ldirish xususiyatiga ham ega. Yopiq sohali ob’yektning ichini rang, tekstura yoki karta bilan to’ldirish mumkin. Oddiy chiziq, agar u yopiq bo’lmasa, 2 ta uchga ega bo’lib, ular tugun deb ataladi. Tugunlar ham o’z xususiyatlariga ega bo’lib, unga chiziqning uchi qanday bo’lishi va 2 ta chiziq bir-biri bilan qanday birlashishi bog’liq bo’ladi.
Vektorli grafika bilan ishlaydigan dasturlarga misol sifatida Adobe Illustrator 7.0, Macromedia Freehand 8.0 va Corel Draw 5.0 larni keltirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |