9-Amaliy mashg‘ulot
Podshipnikning xizmat muddatini hisoblash va mufta tanlash
Podshipniklar val hamda o’qlarning shiplariga o’rnatilib, tayanch vazifasini o’taydi. Ular o’q yoki valga qo’yilgan radial va o’q bo’yicha yo’nalgan kuchlarni qabul qiladi hamda aylanish o’qining berilgan holatini saqlaydi.
Mashinaning ishlash qobiliyati va chidamliligi podshiniklarning sifatiga ko’p jihatdan boqliq. Shuning uchun podshipniklar tanlash va ish jarayonida ularni kuzatib turish masalalariga alohida e’tibor berish lozim.
Podshipniklar ishqalanish turi va qabul qilayotgan yuklamaning turiga qarab tasniflanadi.
Yarim suyuqlik sharoitida ishlaydigan sirpanish
podshipniklarini hisobi
Bunday sharoitda ishlaydigan podshipniklar qo‘pol sekinyurar mexanizmlar, tez ishga tushadigan va to‘xtaydigan mashinalar yuritmalarining, yuklanish sharoiti beqaror bo‘lgan, moylash sharoiti yomon bo‘lgan podshipniklar kiradi. Bu podshipniklarni hisobi ikki turga bo‘linadi:
a) shartli bosim bo‘yicha ularga sekinyurar mexanizmlarning, qisqa muddatli va tez-tez tanaffus bilan ishlaydigan podshipniklar kiradi. Bunda shartli bosim
, (18.1)
bunda podshipnikdagi radial yuklanish (uning miqdori statikaning muvozanat tenglamaridan aniqlanadi); d-val sapfasining diametri, l-podshipnik uzunligi; / nisbat bo‘yicha sirpanish podshipniklari
kalta; normal; uzun turlarga bo‘linadi.
a) o‘rta tezlikda ishlaydigan podshipniklar bosimni tezlikka ko‘paytmasiga binoan
(18.2)
bunda v - val sapfasining aylana tezligi.
Suyuqlik sharoitida ishlaydigan podshipniklar hisobi
Boshlang‘ich ma‘lumotlar: odatda sirpanish podshipnigini hisoblash uchun quyidagi ma‘lumotlar berilishi mumkin: sapfa diametri d, tayanchga ta‘sir etadigan kuch (yuklanish) va valning aylanishlar takroriyligi n (yoki tezligi v).
Sirpanish podshipnikini hisoblash tartibi.
1) Podshipnik uzunligi aniqlanadi. Podshipnikni nisbati bo‘yicha (18.1) va (18.2) formulalarga binoan tekshiriladi.
2) Nisbiy tirqish
(18.3)
tanlanadi va uni standart o‘tkazishlar bilan moslashtirib olinadi. Bunda standart o‘tqazishlar qiymatlarga moslashtiriladi.
3) Moy navini va uning o‘rtacha haroratini tanlaymiz. Moy navini tanlashda 18.1-rasmdagi grafikdan foydalanamiz.
|
18.1- rasm. Moy qovushqoqligini o‘rtacha qiymatini tanlash uchun grafiklar:1,2,3,4-markali industrial moylar; 5-22 – markali turbinali moy
|
Moy qovushoqligini aniqlashda moyning o‘rtacha haroratini 45-75oC tanlaymiz.
Moyning o‘rtacha harorati va 18.1-rasmdagi grafikdan moy qovushoqligini o‘rtacha qiymati ni aniqlaymiz.
4) Podshipnikning yuklanish koeffitsienti:
(18.4)
va 18.2- rasmdagi grafikdan nisbiy ekssentrisitetni aniqlaymiz.
|
18.2-rasm. Nisbiy ekssentrisitetni hisoblash grafigi.
|
So‘ngra moyning minimal qatlamini aniqlaymiz (val va sapfa orasidagi)
(18.5)
5) Moy qatlamining kritik qiymatini hisoblaymiz (qatlam bundan kichik bo‘lsa, suyuqlik sharoitida ishqalanish buziladi)
, (18.6)
bunda val va podshipnik ustquymalarining g‘adir-budurliklari. Ko‘pincha qabul qilinadi.
6) Sirpanish podshipnigini moy qatlami bo‘yicha ishonchliligining koeffitsienti.
, (18.7)
bo‘lishi talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |