7.Neyrogliya va uning turlari Neyrogliya turli vazifalarni: tayanch, chegaralovchi va sekretor faoliyatlarni bajaruvchi ko‘p miqdordagi hujayralardan tashkil topgan. Neyrogliya elementlari ikki xilga: makrogliya va mikrogliyaga bo‘linadi. Makrogliya o‘z navbatida ependimagliya, astrogliya va oligodendrogliyalarga ajraladi.
8.Ependimogliya orqa miya kanali, miya qorinchalarini qoplaydi. Uning hujayralari uzun o‘simtaga ega bo‘lib,
kiprikchalar tutishi mumkin. Ular tayanch vazifasidan boshqa yana sekretor faoliyatini ham o ‘taydi. Ependima hujayralari orqa miya suyuqligining hosil bo‘lishida ishtirok yetadi.
9.Astrogliya ko‘p miqdordagi o‘simtalarga boy bo‘lgan hujayralaradan iborat bo‘lib, markaziy nerv tizimining tayanch apparati hisoblanadi. Astrositlaming sitoplazmasi mitoxondriyalarga mo‘ldir, bu esa ularning modda almashinish jarayonidagi faol ishtirokini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |