3.Nerv hujayrasi o'z faoliyatiga ko'ra sezuvchi, harakatlantiruvchi va kiritma xillariga bo`linadi.
4.Sezuvchi nerv hujayralari o ‘z dendritlari bilan to'qimaga birikkan. Shu to ‘qimadan ular qo‘zg‘alishni qabul qiladi,
so‘ngra neyritlar orqali kiritma neyronga yoki harakat hujayralariga uzatadi. Sezuvchi hujayralar, asosan soxta
o ‘simtali - psevdounipolyar shaklda bo‘lib, orqa miya nerv tugunlarida, bosh nerv sezuvchi tugunlarida, sezuv organlarida joylashadi.
5.Kiritma hujayralari bu o‘z dendritlari bilan sezuvchi hujayralardan yoki kiritma nerv hujayralardan impuls qabul
qilib, neyritlari orqali harakat neyronlariga yoki deyarli barcha markaziy nerv tizimini tashkil etgan kiritma hujayralariga
uzatuvchi multipolyar hujayradir.
Do'stlaringiz bilan baham: |