9- mavzu: Oʻzbek xonliklarning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi. Mustamlakachilik zulmiga qarshi milliy ozodlik harakati. Jadidchilik


 Sovetlarning Turkistonda amalga oshirgan siyosatlari



Download 95,45 Kb.
bet9/16
Sana01.01.2022
Hajmi95,45 Kb.
#298323
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
сиртқи 4 мавзу

10.2. Sovetlarning Turkistonda amalga oshirgan siyosatlari

XX asrning 20- yillarida Turkistonda sodir boʻlgan hokimiyat ozgarishlari, siyosiy beqarorliklarga qaramasdan tub aholi oʻlkada ijtimoiy hayotni yolga qoyishga intildilar. Qishloqlar, daha-mahallalarda oqsoqollar, miroblar jamoat ishlariga rahbarlikni davom ettirdilar. Ammo qozixonalar yopilgan, fuqarolarning nizoli ishlari chiqib qolganda, ular yangi shaharlarga borib sudga murojaat qilishlari kerak edi. Bu bir qancha noqulayliklarni keltirib chiqarardi. Aholi boshqaruv idora-mahkamalarni tuzishga asosan manfaatdorlik bilan yondashdi. Mahalliy boshqaruv idoralariga faol, obro-e'tiborii, savodli vakillarni koʻrsatib sayladilar.

Bularga: Turor Risqulov Turkiston MIK raisi, keyinchalik Turkiston XKS raisi, Nazir Toraqulov Turkiston kompartiyasi MK kotibi, Qaygʻusiz Oʻtaboev Turkiston XKS raisi, soʻngra Buxoro respublikasi nozirlar shorosi raisi muovini, Abdulla Rahimboev Turkiston MIK raisi, Inomjon Xidiraliev Turkiston MIK raisi, Oʻzbekiston yer ishlari komissari kabilarni misol qilib keltirish mumkin. Ular xalq ommasi manfaatlari uchun astoydil xizmat qildilar. Sovet hokimiyati bilan hamkorlik qilgan yerli xalq vakillari ijtimoiy adolat, erkinlik shiorlariga ishondilar.

Zoʻravonliklar, xalqni talashga barham berishga bel bogʻladilar va bu yolda kurash olib bordilar. Tub erlik xodimlar, jumladan yuqori lavozimlardagi arboblar faoliyati markaz tomonidan qattiq nazorat qilinar edi. Oʻlkaning tobeligini kuchaytirish uchun Markazdan bolshevik kadrlar yuborildi. 1920-1932- yillarda Turkistonga 1400 rusiyzabon bolshevik keldi. Markaz Oʻlkada hukmronlik qiluvchi organ sifatida RKP(b) Turkiston byurosi (Turkbyuro)ni ham tashkil qildi. Tez orada bu byuro Oʻrta Osiyo byurosiga aylantirildi. Xorazm, Buxoro Kompartiyalari Oʻrta Osiyo byurosi tarkibiga kiritilib, uning korsatmalari boyicha ish olib bordilar.

20- yillarga kelib markazda Turkistonni boʻlib yuborish, uni yagona davlat tuzilmasi sifatida yoq qilish gʻoyasi ustuvor boʻlib qoldi. Tarixan tarkib topgan uchta daviatni tugatib, ularning orniga yangi davlatlar tuzish fikrini Turkkomissiya raisi Ya.E.Rudzutak 1920- yillarning boshlaridayoq oʻrtaga tashlagan edi. 1921- yiI boshiga kelib Oʻrta Osiyoda TASSRdan tashqari Buxoro va Xorazm Xalq Sovet respublikalari ham bor edi.

Hududlarni qaytadan belgilash va chegaralash tarafdorlari til tafovutlari, milliy tafovutlarga diqqatini koʻproq qaratib, xoʻjalikka oid iqtisodiy omillarni, mavjud suv resurslari, sugʻorish tizimlarining umumiy ekanligini hamroq hisobga oldilar. Rahbar xodimlar orasida rusiyzabonlar bilan tub xalqlar vakillari oʻrtasidagi ixtiloflar, ayrim guruhbozlik korinishlarini Rudzutak va boshqalar Oʻrta Osiyodagi milliy mojaro deb, davlatlar hududini tubdan qayta belgilash uchun hal qiluvchi asosiy dalil sifatida ilgari surdilar.

1924- yildan Oʻrta Osiyoni chegaralab bolish va milliy respublikalar tuzish gʻoyasi amalga oshirila boshlandi. Bu gʻoyani amalga oshirishda turli loyihalar, takliflar kiritildi va ular astoydil himoya qilindi, oʻzaro ziddiyatlar, gʻoyaviy kurashlar avj oldi. Shunga qaramay, milliy-hududiy chegaralanish oʻtkazilishini ma’qullab rezolyutsiyalar qabul qilindi. 1924- yil 31- oktyabrda Oʻzbekiston SSR Inqilobiy Komiteti (revkom) tuzildi, u Oʻzbekiston Respublikasi tuzishni boshqarib bordi. 1925- yil 13- fevralda Buxoroda Sovetlarning I umumoʻzbek qurultoyi ochildi. Unda Deklaratsiya qabul qilinib, “Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi tuzilgani” e'lon qilindi.

Oʻzbekiston hukumatining raisi qilib Fayzulia Xoʻjaev saylandi. Respublika Markaziy Ijroiya Komiteti raisi etib Fargʻona vodiysidan chiqqan dehqon, “Qoʻshchi” uyushmasining rahbari Yoʻldosh Oxunboboev saylandi. Shuningdek, Oʻzbekiston kommunistlar partiyasi tashkil topdi. Uning Markaziy qomitasining birinchi sekretari etib V. I. Ivanov, ikkinchi kotibi lavozimiga Akmal Ikromov saylandilar. 1927- yilda esa A. Ikromov birinchi sekretar lavozimiga kotarildi. Oʻz SSRning poytaxti qilib Samarqand shahri belgilandi. 1925- yil mayda Oʻzbekiston SSR SSSR tarkibiga kirdi. 1930- yilda poytaxt Toshkentga koʻchirildi.

Shunday qilib, milliy hududiy chegaralash xalqning ijtimoiy-siyosiy hayotiga, madaniyatiga, an’analariga katta ta’sir koʻrsatdi. Mintaqa kartasi qaytadan tuzilib, ikkita mustaqil davlat XXSR va BXSR tugatildi. Millatning bir qismi oʻz ota-bobolari yerida yashab, mehnat qilsa-da, rasmiy ta’rifga koʻra, “oʻz sonli millatga” aylanib qoldi. Shuningdek, bu tuzumalarni Oʻrta Osiyo xalqlarining “milliy davlatchiligi” deb ham boʻlmaydi.

Oʻrta Osiyoda tashkil qilingan bu tuzilmalar davlat boʻlib shakllanmagan tuzilmalar edi. Mazkur tuzilmalar suverenitet va mustaqillikdan mahrum edilar. Ular SSSR ning ma’muriy-iqtisodiy rayonlari darajasiga tushirilgan boʻlib, asosan Markazning manfaatlariga xizmat qilish, xomashyo etishtirish kabi vazifalar belgilab berilgan edi. 1936- yil 5- dekabrda SSSRning yangi Konstitutsiyasi qabul qilinib, unda Qoraqalpogʻistonning Oʻzbekiston SSR hududiga kirishi qayd qilindi.

1921- yil boshlariga iqtisodiyot sohasida bir qator konikmalarni e'lon qildi, bu sovet mamlakatida yangi iqtisodiy siyosat (YalS) nomini oldi. Uning asosiy mazmun mohiyati “harbiy kommunizm” siyosati, oziq-ovqat razvyortkasi, dehqon mahsulotlarini tartib olishni yoq qilish, soliqlar tizimini joriy etishdan iborat edi. Buning natijasida Turkistonda mayda korxonalar, dokonlar, bozorlar, karvon-saroylar va boshqalar qisqa vaqt ichida ishga tushirilib, xizmat korsata boshladi. Hunarmandchilik tez tiklandi.

Davlat iqtisodiyotni boshqarish tizimini yangi sharoitlarga moslashtirish choralarini koʻrdi. 1921- yil mart oyida Turkiston Iqtisodiy Kengashi (Turk EKOSO) tuzilib, mahalliy iqtisodiy kengashlar uning tasarrufiga otkazildi. Shuningdek, Turk EKOSO tarkibida Davlat Planlashtirish Komissiyasi (Gosplan) tuzildi. RSFSR rahbariyati, bolsheviklar mintaqani siyosiy-ma’muriy qaramlikda tutish bilan birga, bundagi boyliklarga egalik qilishga asosiy e'tiborini qaratdilar.

Paxtachilikni rivojlantirishga Markaz alohida ahamiyat berdi. Paxtani soliqdan ozod qildi, uning harid narxini oshirdi. Dehqonlarni paxta etishtirishga ragʻbatlantirish maqsadida byudjetdan mablagʻ bilan ta’minlash., qishloq xoʻjalik qurollarini olib kelish, hamquvvatli xoʻjaliklarni ish hayvonlari bilan ta’minlash choralarini kordi. Irrigatsiyani qayta tiklash, sugʻorish tarmoqlarini ta’mirlash ishlariga dehqonlar ommasini majburan jalb qilishga e'tiborini qaratdi.

1923- yili Toshkentda qishloq xoʻjalik banki ta’sis etildi, shirkatchilik uyushmalari (kooperatsiya) tashkil qilindi. Davlat-bank mablagʻlari shular orqali dehqon xoʻjaliklariga kredit qilib beriladigan boʻldi. Kreditdan foydalangan dehqon xoʻjaliklari paxta maydonini kengaytirib bordilar. Moskvada glavxlopkom (paxtachilik qoʻmitasi), shelkotrest (pillachilik tresti) va shu kabi tashkilotlar tuzilibdi, ular Oʻrta Osiyo paxtachilik va pillachiligi ustidan oʻz nazoratini oʻrnatdilar. 1923- yilda Oʻrta Osiyo Iqtisodiy Kengashi tashkil qilinib, uning I-qurultoyida rasman uchta respublika iqtisodiyotining hamkorlik yolida birlashuvi e'lon qilindi. Bu mintaqa xoʻjaligi ustidan Markaz nazorati ornatildi, boyliklariga amaliy egalik qilish yoʻli ochildi, degan edi.

Shunday qilib, XX asrning 20- yillarida jamiyat hayotining barcha sohalarida boshlangan erkin faoliyat jarayoni, yangi iqtisodiy siyosat prinsiplari va tarkibiy qismlarining birgalikdagi sa’y-harakatlari vayronagarchilikni, qahatchilikni asta-sekin tugatishga va xoʻjalik hayotining birmuncha tiklanishiga olib keldi. Ammo, 20- yillarning II yarmidan Oʻzbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy hayotining hamma jabhalarida ma’muriy-buyruqbozlik usuli borgan sari zorayishi natijasida yangi iqtisodiy siyosat oʻzining bor mohiyatini, mavqeini yoʻqota bordi. Sanoat va qishloq xoʻjaligida qiyinchiliklar koʻpayib bordi.

Tovar tanqisligining kuchayib borishi narx-navoning oshib ketishiga, somning qadrsizlanishiga olib keldi. Sanoat mollari va qishloq xoʻjalik mahsulotlari narxlari oʻrtasida katta farq bolishi, sanoat bilan bolayotgan iqtisodiy munosabatlar dehqonlarning noroziligiga olib keldi. Ijtimoiy-iqtisodiy siyosatda roʻy berayotgan keskin qiyinchiliklarni adolat yuzasidan, aql-idrok bilan emas, balki ma’muriy-buyruqbozlik yoʻli bilan, zoravonlik usuli bilan bartaraf qilish uchun Markaz siyosiy hokimligining harakati kuchayib bordi.




Download 95,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish