10.4. Turkistonda milliy-hududiy chegaralanishning oʻtkazilishi. Oʻzbekiston SSRning tashkil etilishi
XX asr 20- yillarga kelib markazda Turkistonni boʻlib yuborish, uni yagona davlat tuzilmasi sifatida yoq qilish gʻoyasi ustuvor boʻlib qoldi. Tarixan tarkib topgan uchta daviatni tugatib, ularning orniga yangi davlatlar tuzish fikrini Turkkomissiya raisi Ya. E. Rudzutak 1920- yillarning boshlaridayoq oʻrtaga tashlagan edi. 1921- yiI boshiga kelib Oʻrta Osiyoda TASSRdan tashqari Buxoro va Xorazm Xalq Sovet respublikalari ham bor edi.
Hududlarni qaytadan belgilash va chegaralash tarafdorlari til tafovutlari, milliy tafovutlarga diqqatini koʻproq qaratib, xoʻjalikka oid iqtisodiy omillarni, mavjud suv resurslari, sugʻorish tizimlarining umumiy ekanligini hamroq hisobga oldilar. Rahbar xodimlar orasida rusiyzabonlar bilan tub xalqlar vakillari oʻrtasidagi ixtiloflar, ayrim guruhbozlik korinishlarini Rudzutak va boshqalar Oʻrta Osiyodagi milliy mojaro deb, davlatlar hududini tubdan qayta belgilash uchun hal qiluvchi asosiy dalil sifatida ilgari surdilar.
1924- yildan Oʻrta Osiyoni chegaralab bolish va milliy respublikalar tuzish gʻoyasi amalga oshirila boshlandi. Bu gʻoyani amalga oshirishda turli loyihalar, takliflar kiritildi va ular astoydil himoya qilindi, oʻzaro ziddiyatlar, gʻoyaviy kurashlar avj oldi. Shunga qaramay, milliy-hududiy chegaralanish oʻtkazilishini ma’qullab rezolyutsiyalar qabul qilindi. 1924- yil 31- oktyabrda Oʻzbekiston SSR Inqilobiy Komiteti (revkom) tuzildi, u Oʻzbekiston Respublikasi tuzishni boshqarib bordi.
1925- yil 13- fevralda Buxoroda Sovetlarning I umumoʻzbek qurultoyi ochildi. Unda Deklaratsiya qabul qilinib, «Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi tuzilgani» e'lon qilindi. Oʻzbekiston hukumatining raisi qilib Fayzulia Xojaev saylandi. Respublika Markaziy Ijroiya Komiteti raisi etib Fargʻona vodiysidan chiqqan dehqon, «Qoʻshchi» uyushmasining rahbari Yoldosh Oxunboboev saylandi. Shuningdek, Oʻzbekiston kommunistlar partiyasi tashkil topdi. Uning Markaziy qomitasining birinchi sekretari etib V. I. Ivanov, II sekretari lavozimiga Akmal Ikromov saylandilar. 1927- yilda esa A. Ikromov birinchi sekretar lavozimiga kotarildi. OʻzSSRning poytaxti qilib Samarqand shahri belgilandi. 1930- yilda poytaxt Toshkentga koʻchirildi. 1925- yil mayda Oʻzbekiston SSR SSSR tarkibiga kirdi.
Shunday qilib, milliy hududiy chegaralash xalqning ijtimoiy-siyosiy hayotiga, madaniyatiga, an'analariga katta ta’sir koʻrsatdi. Mintaqa kartasi qaytadan tuzilib, ikkita mustaqil davlat XXSR, BXSR tugatildi. Millatning bir qismi oʻz ota-bobolari yerida yashab, mehnat qilsa-da, rasmiy ta’rifga kora, «oz sonli millatga» aylanib qoldi. Shuningdek, bu tuzumalarni Oʻrta Osiyo xalqlarining «milliy davlatchiligi» deb ham bolmaydi. Oʻrta Osiyoda tashkil qilingan bu tuzilmalar davlat boʻlib shakllanmagan tuzilmalar edi. Mazkur tuzilmalar suverenitet va mustaqillikdan mahrum edilar. Utar SSSRning ma’muriy-iqtisodiy rayonlari darajasiga tushirilgan boʻlib, asosan Markazning manfaatlariga xizmat qilish, xomashyo etishtirish kabi vazifalar belgilab berilgan edi.
1936- yil 5- dekabrda SSSRning yangi Konstitutsiyasi qabul qilinib, unda Qoraqalpogʻistonning Oʻzbekiston SSR hududiga kirishi qayd qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |