10.3. Buxoro amirligi va Xiva xonligining tugatilishi. BXSR va XXSRning tashkil etilishi
Oʻrta Osiyoda jadidchilik harakati oʻlkaning barcha hududlarida bir vaqtda paydo boʻlgan boʻlsa-da, oʻz oldiga qoygan kurash maqsadlari jihatidan ikki xil yonalish kasb etgan. Jumladan, Turkiston jadidlari oʻz oldilariga bosh maqsad qilib Turkiston oʻlkasini Rossiya mustamlakachilaridan ozod qilish va milliy mustaqil davlat tuzishni qoygan bolsalar, Buxoro va Xiva jadidlari amir va xon zulmiga qarshi kurashni bosh maqsad deb bildilar. Chunki ular mustamlakachilik zulmini oʻz boshidan toʻliq kechirmagan edilar. Xalq ommasi amir va xon orniga insofliroq va adolatliroq hukmdorga ega boʻlishni istar edilar. Xalqning bu istagini idrok eta olgan Buxoro va turklar»ga taqlid etib, oʻzlarini “Yosh buxoroliklar” va “Yosh xivaliklar” deb atay boshladilar.
Ular konstitutsiyaviy monarxiya tuzumi doirasida islohotlar oʻtkazish yoli bilan adolatli va insonparvar jamiyat qurish mumkin, deb ishondilar. 1917-1920- yillar davomida Xiva xonligi va Buxoro amirligida rivojlanib kelgan demokratik harakatlar kengaydi, islohotchilik talablari amaliyotda mujassamlashdi. Yosh buxoroliklar va yosh xivaliklar avvalo yuqoridan turib demokratik islohotlar otkazish yoʻli bilan xonliklarning ijtimoiy taraqqiyot yoʻlida rivojlanishini ta’minlashga harakat qildilar.
“Yosh xivaliklar” xon oldiga qoyilajak talablarni ishlab chiqdilar va bu manifest matni 1917- yil 5- aprelda e'lon qilindi. Xon Majlis chaqirishga va boshqa islohotlar qilishga rozilik bildirdi. Xon hokimiyati cheklab qoyildi. Natijada, Xiva xonligida ahvol murakkablashdi, Asfandiyorxon Junaidxonga xonlikni birgalikda boshqarish va bolsheviklarga qarshi kurash olib borishni taklif etdi. Xon Junaidxonni qoshinlar qoʻmondoni qilib tayinladi va mamlakatdagi butun hokimiyatni unga topshirdi. Oradan koʻp oʻtmay, Asfandiyorxon oʻldirildi va taxtga Said Abdullaxon oʻtirdi. TASSR bilan Xiva xonligi oʻrtasida qurolli toqnashuv kuchayib bordi.
Xorazmga qarshi fitna-hujumlarni toʻxtatish uchun Junaidxon 1919- yil aprelida sovet hokimiyati vakillariga murojaat qildi. 9 aprelda Xiva yaqinidagi Taxtada bitim imzolandi. Unda, chunonchi, sovet hukumati (Rossiya) Xorazm aholisining mustaqilligini tan oladi, deyilgan edi. Ammo Xorazmga qarshi tajovuzkorliklar toʻxtamadi, bolsheviklar Xorazm xalqi inqilob uchun yetildi, deb yordamga shoshildilar. Oqibatda, 1919- yil 23- dekabrda sovet qoʻshinlarining xonlik hududiga bostirib kirishi boshlandi, 1920- yil fevralida Xivani oldilar va qizil askarlar qismlari hamda yosh xivaliklar tazyiqi ostida Said Abdullaxon taxtdan voz kechdi. Shu tariqa, qizil armiya qismlari yordamida Xivada davlat tontarishi amalga oshirilib, monarxiya tuzumi agʻdarib tashlandi.
1920- yil aprelida Xivada boʻlib oʻtgan xalq vakillarining I Butunxorazm qurultoyi Xiva xonligini bekor etilgan deb e'lon qildi va mamlakatni Xorazm Xalq Sovet Respublikasi deb e'lon qildi. Qurultoy sobiq yosh xivaliklar a’zosi boʻlgan Polvonniyoz Hoji Yusupov boshchiligida Xalq Nozirlari Kengashini sayladi. Hukumat sobiq yosh xivaliklar, turkman urugʻlari rahbarlari va kommunistlardan tashkil topdi.
Buxoroning ichki siyosiy hayoti 1917- yil bahorida yangi pallaga kirdi. Islohotlar, ozgarishlar zarurligi aniq boʻlib qoldi. Mamlakatda ikki oqim liberal-demokratik (“Yosh buxoroliklar”) va konservativ oqim harakat boshladi. Natijada, 1917- yil 7- aprelda amir farmoni (manifest) e'lon qilindi. Unda amaldorlar ustidan nazorat ornatish, soliqlar tizimini tartibga solish, davlat byudjetini joriy qilish, sanoat, tijorat, ma’rifat rivojlanishi uchun qaygʻurish va’da qilingan edi. Ammo konservativ kuchlarning bosh koʻtarishi natijasida bu islohotlar amalga oshmadi.
1918-1920- yillarda “Yosh buxoroliklar” dasturlari, siyosiy qarashlari, taktikasida Buxoroda islohotlar oʻtkazish uchun kuch, zoʻrlik ishlatish zarur boʻlib qolgani tan olindi, ikkinchi tomondan, aholining diniy e'tiqodi e'tirof etildi. Shunga qaramay, ular bolsheviklarga yordam sorab murojaat qildilar.
Buxoro bilan Rossiya davlatlari oʻrtasidagi munosabatlar keskinlashib bordi. RSFSR hukumati Buxoroni oʻz ta’sir doirasiga olish uchun barcha chora-tadbirlarni kora boshladi. 1920- yil avgust oyi oxirlarida Turkiston fronti qomondoni Frunze buyrugʻi bilan Buxoro hududlari chegaralarida katta harbiy kuchlar: zambaraklar, bronepoezd, aeroplan jangovor holatga keltirildi. Endi bolsheviklarning "Sharqqa doir siyosati" ning rejasida Buxoro amirligini qulatish vazifasi turardi. 1920- yil 29- avgustda qizil askar qoshinlari amirlikka bostirib kirdilar. Lekin bu yerda bosqinchilar amir qoshinlarining va aholining qat'iy qarshiligiga duch keldilar.
Turkfront qomondonligi buyrugʻi bilan Eski Buxoro samolyotlardan bombardimon qilindi, toplar va bronepoezdlardan turib qattiq oqqa tutildi. Dahshatli janglardan soʻng 2 sentyabrda Buxoro magʻlub boʻldi, amirlik agʻdarildi. 6 oktyabrda amirning yozgi saroyi-Sitorai Mohi Xosada xalq vakillarining 1 Umumbuxoro qurultoyi ish boshladi. Qurultoy Buxoroni Xalq Sovet respublikasi deb e'lon qildi. Fayzulla Xojaev xalq Nozirlar Kengashining raisi boʻldi.
Buxoro respublikasining xoʻjaligi sezilarli zarar korib, ziddiyatli ahvolni boshdan kechirdi. Qizil qoʻshinlar qomondonligi mamlakatning turli joylarida, chunonchi, Xatirchi, Qarshi va Shahrisabzda katta boylik, mol-mulklarni qoʻlga kiritdilar. Buxoro xazinasidagi oltin va javohirlar, boshqa qimmatbaho boyliklar vagonlarga ortilib, Turkkomissiya buyrugʻiga binoan Rossiyaga olib ketildi. Shu bilan birga, qizil qoshinlarning respublikalarda qoldirilishi, rusiyzabon siyosatchilarning ekstremistik xatti-harakatlari ijtimoiy-siyosiy vaziyatga salbiy ta’sir korsatdi.
Shunday qilib, 1920- yilda Buxoro amirligi va Xiva xonligida amalga oshiriJgan harbiy tontarish Markaz va Toshkentda oldindan ishlab chiqilgan reja asosida sun'iy ravishda mavjud jamiyat taraqqiyotiga majburan kuch ishlatish yoʻli bilan amalga oshirildi. Oʻrta Osiyo xonliklarida roy bergan bu tontarish bolsheviklarning "jahon inqilobi" deb nom olgan xayoliy va gʻayri ilmiy gʻoyasini amalga oshirishdan iborat boʻldi. Bu maqsadga erishish uchun bolsheviklar rejimi suveren Xiva va Buxoroning “qozgʻolon koʻtargan xalqi”ga yordam koʻrsatish bahonasi bilan ularga qurolli bosqinchilik qilishdan ham tap tortmadilar. Qizil armiya qismlari yordamida amalga oshirilgan toʻntarish oqibatida bu mamlakatlar ijtimoiy rivojlanishning tabiiy evolyutsion jarayoni sun'iy ravishda uzib qoyildi, dastlabki bosqichda xalq-demokratik korinishda boʻlgan sovet tuzumi bu mamlakatlar xalqlariga majburan tiqishtirildi. Garchi BXSR va XXSR rasman suveren davlatlar bolsalar-da, haqiqatda esa ular avvalboshidanoq Sovet davlatiga qaram boʻlib qolgan edilar.
Xullas, 1917-1920- yillar Turkiston oʻlkasi tarixida eng jiddiy burilish yuz bergan davrlardan biriga togʻri keldi. Oʻtgan on- yilliklar mobaynida yetilgan jarayonlar ijtimoiy hayot yuzasiga qalqib chiqdi. Uning negizini qamrab olgan chuqur tanglikni ochib tashladi. Tashqi va ichki omillar tufayli vujudga kelgan bu jarayonlar oʻz tabiatiga koʻra bir xil emas, lekin yemiruvchilik ta’siri jihatidan yaxlit edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |