9- mavzu: Oʻzbek xonliklarning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi. Mustamlakachilik zulmiga qarshi milliy ozodlik harakati. Jadidchilik


Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi davrida



Download 39,3 Kb.
bet7/7
Sana09.07.2022
Hajmi39,3 Kb.
#761594
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
sIZgDFqQZfXrVq4us7gRNe113UeELZWI0M7B9nlf

9.7. Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi davrida
Turkistonda aloqa tizimi
XIX asrning ikkinchi yarmida Oʻrta Osiyoni Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi, Turkiston general-gubernatorligi va Turkiston harbiy okrugining tashkil etilishi, ushbu hududlarning taraqqiyot yoʻlini ochib berdi, iqtisod va ma`lumotlar almashish ishlari hamda elektr aloqa sohasining rivojlanishiga asos boʻldi.
Turkistonda iqtisodiy munosabatlari bilan ajralib turgan aholi yashash punktlari bilan shaharlari oʻrtasida yangi pochta traktlari qurildi. Pochta aloqa tarmogʻi asosan shaharlarni qamrab oldi, shaharlarda pochta qutilari oʻrnatildi, lekin qishloq joylarida pochta xizmatlari deyarli yoʻq edi. Viloyatlardagi ayrim joylari gubernatorlar pochtasidan foydalanmaslik maqsadida, viloyat idoralari bilan pochta korrespondensiyalarini almashib turish maqsadida oʻzlarining pochta boʻlimlarini ochishga majbur boʻldilar. Pochta xizmatlarini koʻrsatish juda past darajada edi: korespondensiya juda kech muddatlarda egalariga yetkazib berilgan, yetqazish yoʻllari orqali yurishda koʻp qiyinchiliklar mavjud edi. Shuning uchun pochtani joylarga yetkazish maqsadida asosan otli, tuyali aravalardan foydalanilgan.
Aravalar orqali yuborilayotgan korrespondensiyalarning maxsusligi, muhimligi va qiymatiga qarab, 2 tadan 10 tagacha qurollangan soqchilar aravalarni qoʻriqlab borishgan. Bu xizmat turi bilan 1865- yildan 1888- yilgacha pochta aloqa xizmatlari koʻrsatilgan. Oʻzbekiston hududida, 1888- yildan boshlab, pochta aloqasi temir yoʻl transporti orqali amalga oshirilgan.
Pochta aloqa xizmati rivojlana boshlagan bir vaqtlarda bosqichma-bosqich telegraf aloqasi ham rivojlana boshladi. 1873- yil iyun oyida Turkistonda Toshkent- Orenburg yoʻnalishi boʻyicha birinchi xalqaro telegraf aloqasi ishga tushirildi. 1876- yilda Turkistonning katta shaharlaridan: Samarqandda, Yangi Margʻilonda, Kattaqoʻrgʻonda telegraf aloqasi tashkil etildi. 1884-1900- yillarda Buxoro amirligi va Xiva xonliklarida ham telegraf liniyalari ochildi. 1901- yilda Qoʻqon-Andijon, Namangan-Chust shaharlari oʻrtasida telegraf aloqa liniyalari ishga tushirildi.
Telegraf aloqasi rivojlanayotgan bir vaqtda aloqa uskunalarini oʻrtanish imkoniyatiga ega boʻlmagan togʻliklarda hamda bir-birlari bilan kesishgan vodiylarda aloqaning boshqa turidan-geliografikaloqadan foydalanish imkoniyatlari ochildi. Mazkur aloqa xizmati faqat bir-birini toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrish imkoniyatlari boʻlgan vaqtlarda, ya`ni bahor-yoz oylarida qoʻllanilgan. Chunki shu aloqa xizmatini tashkil etish uchun kunduz kunlari quyosh nuridan, kechalari esa ochiq alanga yoki oyning yoruqlik nurlaridan foydalanilgan. Morze telegraf alfavitiga monand boʻlgan yoruqlik dastasi 60 vyorst masofagacha boʻlgan maxsus aylanma uskunasiga oʻrnatilgan oynalar yoki oynaga tushyotgan tasvirlar orqali yuborilgan.
Turkistonda iqtisodiyotning sezilarli oʻsishi, shaharlarda sanoat, bank-moliyaviy tashkilotlari, tijorat korxonalari faoliyat koʻrsata boshlashi oʻlkada shahar va shaharlararo telefon aloqasining asta-sekin rivojlanishigakatta asos boʻldi. 1887- yilda Okrug boshligʻi xonadoni bilan Toshkent pochta-telegraf idorasi oʻrtasida telefon aloqasi tashkil etildi.
1891- yil iyulda Turkiston pochta-telegraf okrugi boshligʻi bilan Turkiston general-gubernatori oʻrtasida gʻaznadagi mablagʻlar hisobidanToshkent telefon tarmogʻini tashkil etish boʻyicha muzokaralar boʻlib oʻtdi va 1891- yilda Toshkent shahrida umumiy foydalanish imkoniyatlarini beruvchi telefon tarmogʻi tashkil etildi. Shu tufayli, 1901- yilga kelib, Toshkentda telefonaloqasi xizmatidan foydalanuvchilar soni 55 nafarga etdi.
1904- yil 7- sentabrda 200 raqamli “Simens va Galske” tizimidagi birinchi qoʻl bilan boshqariladigan telefon stansiyasini ekspluatatsiyaga qabul qilishboʻyicha kerakli hujjatlar imzolandi. 1904- yilga kelib, Toshkent shahrida birinchi davlat telefon stansiyasi ishga tushirildi.
Toshkent shahridan keyin shunday telefon stansiya Samarqand shahrida qurildi. 1907- yilda esatelefon tarmogʻida va telefon apparatlarda boʻlayotgan nosozliklarni bartaraf etish uchun Toshkent shahrida shaxsiy telefon ustaxonasi ochildi. 1895- yilda Xiva xoni Muhammad Rahimxonning topshirigʻiga koʻra, Xiva shahrida birinchi shaxsiy telefon stansiyasi ishga tushirildi. Ushbu qoʻl bilan boshqariladigan stansiya 20 nomerli boʻlib, mahalliy batareyali, “Eriksson” Shved firmasi tomonidan ishlab chiqilgan edi. 1917- yilga kelib, Xiva shahrida 100 ga yaqin telefon nomerlaridan foydalanish imkoniyatlari ochildi.
1901- yil 26- iyulda Turkiston Ichki ishlar vazirligi tomonidan xususiy tadbirkorlarga shahar telefon stansiyalarini qurish, ishga tushirish va ekspluatatsiya qilish huquqi berish haqidagi farmoyishi imzolandi. 1914- yilga kelib, Toshkentda 942 abonent va 5 telefon-avtomat boʻlib, telefon-avtomatlar yuqorida koʻrsatilgan joylardan tashqari, Tovar idorasiga ham oʻrnatildi. 1915- yilda shahar eski chegarasini telefon aloqasi bilan ta`minlash maqsadida qoʻshimcha telefon stansiyasi qurildi.
XX asr birinchi yarmiga kelib, telegraf aloqasi xizmatini koʻrsatayotgan korxonalar aholi tomonidan tushayotgan oddiy buyurtmalarni ham bajara olmay qoldilar. Oʻsha davrda oʻlkaning har bir aholisiga oʻrta hisobda 0,25 ta telegramma toʻgʻri kelib, ushbu koʻrsatgichni Markaziy yevropa regionlaridagi koʻrsatgichlar bilan taqqoslaganda, ancha miqdorda kam edi. Katta hududlar, jumladan, Qoraqalpogʻiston, Qashqadaryo, Surxandaryoda yashayotgan aholi telefon aloqasi xizmatidan foydalanish imkoniyatiga ega emas edi
1917- yil boshlarida 10 ta ishlayotgan telefon stansiyalaridan 9 tasi xususiy shaxslarga tegishli boʻlib, ular asosan aloqa xizmatlaridan tijorat ishlarini olib borishda foydalanishgan. Oʻrtacha hisobda, bitta telefon aloqa stansiyasi 6400 kv.km maydonda istiqomat qilayotgan 150 minggacha boʻlgan aholiga xizmat koʻrsata olgan.
Download 39,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish