9- mavzu. Global jarayonlar va barqaror taraqqi



Download 86,48 Kb.
bet6/7
Sana23.05.2022
Hajmi86,48 Kb.
#608396
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
9- mavzu. Global jarayonlar va barqaror taraqqiyot

«Terrorizm» tushunchasining o‘zi lotin tilidan olingan bo‘lib, «terror» - qo‘rquv, dahshat demakdir. Dastlab terror siyosiy ta’sir metodi sifatida Ulug‘ fransuz inqilobi davrida radikallar tomonidan siyosiy raqiblarni qo‘rqitish maqsadida qo‘llanilgan. Boshqacha qilib aytganda, terrorizm – bu to‘g‘ridan to‘g‘ri kuch ishlatish metodi orqali siyosiy muammolarni echishning o‘ziga xos usulidir.
Terror davlatning o‘z raqiblariga nisbatan qarshi qo‘llanilishi bilan birga, shuningdek maxfiy tashkilot va guruhlarning davlatga nisbatan qarshi qo‘llanilishi mumkin. Birinchi holatda gap repressiv (jazo) davlat terrori haqida boryapti. Keng ko‘lam­da u fashistik davlatlarda (XX asrning 30 – 40 yillarida Germaniyada, 20–40 yillarda Italiyada, 30 – 60 yillarda Ispa­niyada va h.), bir qator kommunistik diktaturalarida (20-yillarning «qizil terrori», 30 – 50-yillarda SSSRdagi Stalin repressiyalari, 40 – 60-yillarda Xitoydagi Maoist repressiyalari va h.), Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasining bir qator davlatlarida harbiy va diktatorlar tomonidan qo‘llanilgan.Ikkinchi holatda gap haqiqiy ma’nodagi terrozizm haqida boryapti, qaysiki oppozitsion, davlatga qarshi, maxfiy, aniq bir maqsadga qaratilgan, boshqariladigan, mafkuraviy faoliyatni kuch ishlatish orqali o‘zida namoyon qiladi. Terroristlarning qurbonlari tasodifiy yoki ataylab tanlangan shaxslar bo‘lishi mumkin.
Terroristik aktlar ma’lum bir guruhlarni (yoki butun bir jamiyatni) qo‘rqitish uchun yoki terroristlarning g‘oyalarini propoganda va namoyish qilish uchun xizmat qiladi.
Terrorizmning mohiyatini anglash uchun odatda 3ta uning asosiy tomonlariga e’tibor qaratiladi: harbiy, jinoiy va siyosiy. Harbiy muammo sifatida terrorizm qurolli harakatlarningg alohida, spetsifik turi sifatida ko‘riladi va «past (sust) intensivli qurolli to‘qnashuv» tarzida belgilanadi.
Jinoiy muammo sifatida terrorizm alohida xavfli qattiq jinoyat turidir. Nihoyat, uchinchi pozitsiyada terrorizm siyosiy kurash sifatida ko‘riladi, qaysiki ma’lum bir tuzumlarga yoki davlat hokimiyatining aniq, u yoki bu harakatlariga qarshi ijtimoiy-siyosiy norozilik asosida shakllanadi.
Siyosiy terrorizm – siyosiy tizimning yo‘nalishini o‘zgartirishga har qanaqa terroristik harakatdir. Bunda siyosiy terrorizmning haqiqiy ko‘rinishlari davlat rahbarlarining o‘ldirilishi hisoblanadi: Djon Kennedi (1963 yil), Anvar Sadat (1981 yil), Indira Gandi (1984 yil), Radjiv Gandi (1986 yil) va h.
Ijtimoiy terrorizm chuqur ijtimoiy-siyosiy ziddiyatlar asosida shakllanadi. U 2 asosiy shaklda namoyon bo‘ladi: chap (so‘l) terrorizm («revolYusion», «qizil») va o‘ng (reaksion, konservativ) terrorizm (kontrrevolYusion, fashistik oqim, «qora» yoki «jigar rang»). CHap terroristlar ultrarevolYusion nazariyaga asoslanadilar (anarxizm, trotskizm, maoizm va h.) va odatda hukmron tuzum bilan bog‘liq shaxslarni, ya’ni yirik davlat arboblari, qurolli va huquq-tartibot tashkilotlarining hamda davlat havfsizligining hukmron partiyalarining xizmatchilari va hokazolarni o‘zlariga yo‘qotishni asosiy maqsad qilib qo‘yadilar. CHap oqimning tipik ko‘rinishi»: chor Rossiyasining eser va anarxistlari, «Qizil brigada» (Italiya), Lotin Amerikadagi bir qator harakatlar («Sendero luminoso» va h.). O‘ng terrorizm odatda hukmron tuzumning radikal himoya usullari bilan, yach’ni o‘ng, liberal, demokratik ruhda bo‘lgan siyosiy arboblarning o‘ldirilishi bilan bog‘liq. O‘ng oqimning tipik ko‘rinishi: chor Rossiyasining qoraguruhchilari, neofashistlar, AQSHdagi Ku-Kluks-Klan, Lotin Amerikadagi «o‘lim eskadroni» va h.z.
Etnik terrorizm radikal guruhlarning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, etnik mayda millatlar vakillaridan iborat. U o‘ziga xos muammolarni echishga qaratilgan bo‘lib, bir necha shaklda namoyon bo‘ladi:
Etnoseparatistik terrorizm – avtonomiyani kengayishiga, suverenitetni himoya qilishga yoki etnik mayda millatlar istiqomat qiluvchi hududlarga to‘la mustaqillikni berishga kurashayotgan guruhlar tomonidan amalga oshirilladi. Bularga: ETA (bask terroristik tashkiloti), IRA (Irlandiya respublika armiyasi), KMOF (Korsikaning milliy ozodlik fronti), AMAA (Armanistonnning maxfiy arman armiyasi), SHTMRF (SHarqiy Turkistonning milliy-revolYusion fronti), KIP (Kurd ishchi partiyasi) va h.z.
Milliy-ozodlik terrorizmi – bosib olingan va kolonial davlatlar xalqlarining agressor va metropoliya davlatlari namoyondalariga qarshi amalga oshiriladi. U davlat suverenitetini tiklashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Terroristlarning asosiy nishonlari Yuqori pog‘onadagi amaldorlar va zobitlar (ofitserlar) hisoblanadi. Masalan, SSSR partizan va maxfiy tashkilot a’zolarining terroristik aktlari va II jahon urushi davridagi Evropaning fashistlarga qarshi olib borilgan terroristik aktlari (R.Geydrixning CHexiyada, gaulyaytor Kubening Ukrainada va gaulyaytor Koxaning Belorussiyada o‘ldirilishi va h.), Aljir, Hindixitoy davlatlarida antikolonial kurash va h.
Diniy terrorizm. Islom niqobidagi terrorizm – an’anaviy islom dini tarqalgan regionlarga (YAqin va O‘rta SHarq, SHimoliy Afrika va h.) hamda oxirgi o‘n yilda musulmon diasporalari paydo bo‘lgan mamlakatlarga xosdir. Bu islom fundamentalizmi va ekstremizmini namoyon qilishni o‘ziga xos shaklidir. U G‘arbni o‘zida mujassam etadigan barcha narsalar bilan, uning hayot tarzi bilan bog‘liq va nihoyat, butundunyo islom xalifaligini o‘rna­tishdir. Bu oqimning tipik ko‘rinishi: «Al-qoida», «Musulmon birodarlari», «Xizbiolloh», «Hamas», «Tolibon».
Ko‘pchilik fikriga qarshi o‘laroq, islom terrorizmidan tashqari boshqa diniy terrorizmlar ham mavjud: yahudiy, katolik (Olster), protestant, sikx, induist va h.k. Ammo global islom terrorizmiga nisbatan ularningg kichik mintaqaviy faoliyatini inobatga olgan holda umumiy olganda ularga kam e’tibor beriladi.
Terrorizmning har xil ko‘riniщlari bilan kurash dunyo hamjamiyatining eng asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Ekstremizm va terrorizmga yondoshishning eng ma’qul yo‘llaridan biri bunday hodisalarga taalluqli bo‘lgan barcha muammolar doirasini ob’ektiv ravishda xolisona, haqiqiy ilmiy tahlil asosida idrok etishdir.
Fundamentalizm, radikalizm, ekstremizm, terrorizm qat’iy belgili aloqa bilan bog‘langan emaslar. Mohiyat jihatdan ushbu hodisalarning har birini to‘laligicha, bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda mustaqil ravishda o‘rganib chiqish mumkin. Negaki, ularning har biri o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, kelib chiqish xususiyatlari va amal qilish jihatlari bilan bir-biridan farq qilishi mumkin. Biroq muayyan vaziyatlarda ular o‘zaro aloqada namoyon bo‘lishlari mumkin. SHuning uchun ham fundamentalizm, radikalizm, ekstremizm va terrorizm tushunchalari va hodisalari nisbatini nazariy va amaliy tahqiq qilish zaruriyati kelib chiqadi.
Fundamentalizmni ijtimoiy fikrdagi e’tiqodga sodiq oqim sifatida (albatta diniy bo‘lishi shart emas) qarab chiqish mumkinki, o‘zining asliy (o‘z nomini shundan olgan) qadriyatlar, g‘oyalar, qandaydir ta’limot qoidalari. Dunyoqarashlar, mafkuraviy ta’limotlarga sodiqligini va uni qat’iy ravishda himoya qilajagini e’lon qiladi. Bunday ma’noda fundamentallik nafaqat islomda, balki har qanday dinda (xristianlik, yahudiylik, buddaviylik va hokazo), hamda juda ko‘plab dunyoviy ta’limotlarda ham mavjuddir.
Radikalizm – mafkuraviygina emas, balki siyosiy amaliyot va taktika (ish Yuritish tarzi) masalasiga taalluqli hodisadir. Radikal ruhdagi kishilar shuni qat’iy ravishda targ‘ib qiladilarki, siyosiy kurashda (hamda mafkuraviy va hokazo) agar u zarur deb topilgan natijani bersa, man’ etilgan vosita va usullarning bo‘lishi mumkin emas. Radikalizmning mantiqiy oqibati ekstremizmdir.
Ekstremizm (siyosiy, irqiy, diniy va hokazo) mintaqaviy va hatto umumiy xususiyat kasb etgan unchalik ham yangi hodisa bo‘lmasdan, unga qarshi kurash o‘zining muayyan tarixiga ega. Muayyan qarashlar, g‘oyalar, e’tiqodlar tizimi sifatidagi ekstremizmda o‘zining alohida xususiy yo‘nalishi bilan maydonga chiqqan diniy ekstremizm o‘z ifodasining turli shakllariga ega? Etarli darajada tinchlik va nisbatan demokratik tarzdan tortib, zo‘ravonlik va oshkora terroristik shakllargacha.
Ekstremizmni qandaydir g‘oyani alohida olingan shaxs, guruh, partiya, tashkilot tomonidan mutaqlashtirish natijasida, uni amlaga oshirishga undovchi o‘ziga xos o‘ta faollik sifatida qarab chiqish mumkin. Ekstremizmning o‘zi siyosiy, mafkuraviy yoki ruhiy hodisa sifatida hamma vaqt ham jinoyat emas va har vaqt ham jinoiy-huquqiy boshqaruv me’yorlariga to‘g‘ri kelavermaydi. Ammo bu shu asnogacha to‘g‘ridirki, u hanuz zo‘ravonlik va tovlash usullarini qo‘llashdan tiyilib tursa.
Terrorizm – radikalizm va ekstremizmning eng nihoiy shakli bo‘lib, davlat ma’muriy tizimlari yoki boshqa ijtimoiy ob’ektlarga ekstremistik guruhlar talabini bajarilishini ta’minlash maqsadida majburlash va ularga tazyiq ko‘rsatish vositasi sifatida namoyon bo‘ladi. Terroristik amallar turli vositalar: portlatish, o‘t qo‘yish, siyosiy arboblar joniga suiqasd, garovga olish. O‘g‘rilash va ommaviy qirg‘in qurollarini qo‘llashga (yadroviy, biologik va kimyoviy) tahdid qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Ekstremistik ruhdagi har bir guruh ham terroristik bo‘lib qolishi shart emas, ammo imkoniy jihatdan o‘zining mantiqiy xotimasi sifatida ekstremizm terrorizmga olib kelishi mumkin. SHu bilan birga ushbu mantiq juda ham o‘ziga xosdir. Terroristlar talablarini hukumat yoki boshqa ma’muriy tizimlar tomonidan qondirilishi hamma vaqt ham terroristik faollikning kamayishiga olib kelmaydi. Terroristlar orasida hamisha shunday radikallar topiladiki, ijtimoiy vaziyatning o‘zgarishidan qat’iy nazar terror taktikasini qo‘llashda davom etadilar.
Qachonki, jamiyatda qandaydir keskin o‘zgarishlar Yuz bersa, bo‘layotgan hodisalarga nisbatan turli qarashlar paydo bo‘ladi. Tanlangan yo‘lni ma’qul topmagan opponetlar topiladiki, ularning ta’kidlashlaricha, barcha narsani bunday emas, balki boshqacha qilmoq lozim. Bunday fikr bilan xayrixohlik qiluvchi kishilar guruhi ham paydo bo‘ladi. Bunday vaziyatda umuminsoniy qadriyatlar tizimiga yoki alohida olingan katta ijtimoiy jamoalarning qadriyatlariga qarama-qarshi bo‘lgan alohida g‘oyalar va qarashlar tizimi shakllanishi mumkin.
Tarixda terrorizm dunyoviy va diniy sohalarda ham siyosiy kurashning eng keskin vositasi sifatida etarli darajada keng qo‘llanildi. Ayniqsa terrorizm ko‘proq darajada jamiyatning bir holatdan ikkinchisiga o‘tish davrida, siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy beqarorlik sharoitida qo‘llanilgan va qo‘llanilmoqda.
Hozirgi zamon terrorizmining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri alohida amaliyotdan ommaviy, jamoaviy tarzdagi oldindan yaxshi rejalashtirilgan va tashkil etilgan saviyaga o‘tishdir. Terror endi ayrim olingan mutaassib bir kishining ishi bo‘lmay qoldi. Hozirgi vaqtda u bilan keng tarmoq otgan, katta moliyaviy, insoniy, texnik zahiralarga ega bo‘lgan qudratli tashkilotlar shug‘ullanmoqda. Bundan Markaziy Osiyo mintaqasi ham istisno emas. Bu erda XX asrning 90-yillaridan boshlab «Xizb-ut-tahrir», «Islom ozodlik partiyasi», «O‘zbekiston islomiy harakati», «Tojikistonning islomiy uyg‘onish harakati» (90-yillargacha ham) kabi terroristik tashkilotlar va boshqalar faol ish olib bormoqdalar. O‘zlarining maqsadi sifatida ular mintaqada mavjud bo‘lgan siyosiy tuzumni ag‘darib tashlab, diniy davlatni barpo qilish ekanligini e’lon qilmoqdalar. Ushbu tashkilotlar «Tolibon», «al-Qoida» kabi terroristik tashkilotlar bilan bevosita aloqa bog‘lagandirlar. Ularning faoliyati tashqi kuchlarning yordami va chet ellardagi qudratli moliyaviy manbalarga asoslandir. Ularning sa’y-xarakatlari tufayli bir qator terroristik aktlar ro‘y berdiki, ularning natijasida ko‘plab qurbonlar, moddiy zararlar va begunoh kishilarning azob-uqubatlarga duchor bo‘lishi kuzatiladi.
Terrorizm bilan kurashning dunyoda to‘plangan tajribasi shuni ko‘rstadiki, yangi terroristik harakatlarning oldini olish maqsadida shunga e’tibor qaratish juda muhimki, bunday harakatlar yo‘li bilan davlatni ular ko‘zlagan maqsadlar sari amal qilishga majbur qilishga terroristlarda hech qanday umid qoldirmaslik lozim. Terrorsitlarni o‘z qilmishlarining be’mani va behuda ekanligini o‘ylab ko‘rishga majbur qilish lozimki, toki ular o‘z talablarini tanqidiy ravishda o‘ylab ko‘rsinlar va xalqaro terrorizm jabhasida olib borilayotgan kurashda ekstremistik yo‘lning hujumkorlik mohiyatini to‘g‘ri ekanligiga shubha qilsinlar. Terrorizmning namoyon bo‘lishiga va uning ijtimoiy asosiga barham berish-bugungi kunning eng dolzarb muammosidir. Faqat shugina ayrim olingan har bir davlatning, mintaqaning va umumiy xavfsizlikning milliy xavfsizligini ta’minlay oladi.
O‘zbekiston Respublikasi dunyoda birinchilardan bo‘lib, xalqaro terrorizmning milliy va xalqaro xavfsizlik uchun xatarli tahdid ekanligini anglab, mo‘‘tabar xalqaro tashkilotlarning, birinchi navbatda Birlashgan millatlar tashkilotining tribunasidan foydalanib xalqaro hamjamiyatning diqqat-e’tiborini bu umumiy muammoga qaratdi5.



Download 86,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish