9- ma’ruza. Mоdda va matеriallarning yonish-p



Download 2,01 Mb.
bet43/55
Sana25.06.2022
Hajmi2,01 Mb.
#704734
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   55
Bog'liq
9-MARUZA. MОDDA VA MATЕRIALLARNING YONISH-PОRTLASH ХAVFI TAVSIFI.

Binolar tutunga qarshi himoyasining asosiy maqsadi bo’lib, yong’in yuz bergan vaziyatda insonlarni evakuatsiya qilish uchun zarur bo’lgan sharoitlarni yaratish hisoblanadi.
Binolarni tutunga qarshi himoyalash masalasining qoniqarsiz hal etilishida, yonish mahsulotlari liftlarning shaxtalari, koridorlar, zina kataklari, shamollatish tizimlari, axlat to’kish quvurlari (musoroprovod), to’suvchi konstruksiyalardagi teshik va eshik, deraza o’rinlari orqali tarqaladi. Bu esa o’z navbatida insonlarni evakuatsiya qilishni qiyinlashtiradi, ba’zi vaziyatlarda esa umuman bunga imkon bermaydi. Masalan, qavatdagi koridorlarning tutunga to’lishi, evakuatsiya uchun hattoki tutun qoplamaydigan zina kataklaridan foydalanish imkonini ham yo’qqa chiqaradi.
Undan tashqari, yuqori haroratlargacha qizigan yonish mahsulotlari yong’inning tarqalishiga ko’mak beradi va ayrim hollarda yong’inning boshlang’ich o’chog’idan ancha uzoq bo’lgan masofada yong’inning qayta o’chog’ini yuzaga keltirishi mumkin. Bu, yong’inning tarqalishini cheklash va uni bartaraf etish uchun zarur bo’lgan sharoitlarni yaratish bilan bog’liq bo’lgan binolarni tutunga qarshi himoyalashning ikkinchi yo’nalishini belgilaydi.
Me’yorlanadigan yechimlar, qoidaga muvofiq, binolarni tutunga qarshi himoyalashning ikki yo’nalishini bir vaqtning o’zida bajarilishini ko’zda tutadi. Masalan, binolardagi tutunni ketkizish qurilmalari boshqa hajmiy-rejaviy va konstruktiv yechimlar bilan birgalikda qo’shni xonalarning va evakuatsiya yo’llarining tutunga to’lmasligini ta’minlashi kerak. Bunday shart, bir vaqtning o’zida yong’in o’chiruvchilar yetib kelgunga qadar yong’inni yonayotgan xonadan tashqariga tarqalmasligini oldindan belgilab qo’yadi, yong’in o’chirish yenglarini yong’in o’chog’i tomoniga qarab tortilishini va yong’in o’chog’iga turli yong’in o’chirish vositalarining berilishini yengillashtiradi.
Yong’in vaqtida zina kataklari insonlarni evakuatsiya qilish uchun mo’ljallangan bo’lib, yong’in o’chirish vositalarini uzatish uchun asosiy yo’l hisoblanadi. Shuning uchun, zinalarni tutunga qarshi himoyalash bo’yicha texnik yechimlar insonlarni evakuatsiya qilish uchun zarur bo’lgan vaqt davomida zinalarni tutunga to’lmasligini hamda yong’in o’chirish bo’linmalari tomonidan jangovar harakatlarni muvaffaqiyatli tarzda amalga oshirishlarini ta’minlashi kerak.
Zinalarni tutunga to’lishidan himoyalashga binoning vazifasi va qavatlarining soniga qarab konstruktiv, hajmiy-rejaviy va maxsus texnik yechimlar bilan erishiladi. Asosiy konstruktiv va hajmiy-rejaviy yechimlarning mohiyati binoning qavatlaridagi vazifasi turlicha bo’lgan xonalardan zinalarni ajratish (izolyatsiya qilish), zinalarni yerto’lalardan ajratish, zinalarni chordoqlardan ajratish, zinalarni tutundan bo’shatuvchi qurilmalarni qo’llashdan iboratdir.
Ishlab chiqarish binolarida portlashdan xavfli xonalarga hamda V toifadagi ishlab chiqarish xonalariga liftdan chiqish, tambur-shlyuz orqali amalga oshirilishi kerak. Tambur-shlyuzda 20 Pa ga teng havoning ortiqcha bosimi ta’minlanishi kerak. Balandligi 30 m dan ortiq bo’lgan binolarda lift hollari yoki tambur- shlyuzlar bo’lmaganida (В, Г va Д toifadagi ishlab chiqarish xonalari), yong’in vaqtida mazkur binolarning lift shaxtalarida, birinchi qavat sathida, bitta ochiq eshik hisobi bilan 20 Pa ga teng havoning ortiqcha bosimini ta’minlanishi talab etiladi. Jamoat binolarida liftlarning shaxtalari yerto’la va sokol qavatlar bilan aloqa qilganida tambur-shlyuzlarning ko’zda tutilishi talab etiladi. Barcha hollarda tambur-shlyuzlarning to’suvchi konstruksiyalari olovga bardoshlilik chegarasi kamida 45 daqiqaga teng bo’lgan yonmaydigan materiallardan bajarilishi kerak. Jamoat binolaridagi tambur-shlyuzlarning xonalarga qaragan tomonidagi eshiklari hamda ishlab chiqarish binolaridagi tambur-shlyuzlarning A, Б va В toifadagi ishlab chiqarish xonalariga qaragan tomonidagi eshiklari yong’inga qarshi etib bajarilgan bo’lishi kerak.
Binoning qavatlaridagi vazifasi turlicha bo’lgan xonalardan zinalarni ajratish, ularni (zinalarni) zina kataklarida joylashtirish evaziga erishiladi. Zina katagi devorlarining olovga bardoshlilik chegarasi binoning olovga bardoshlilik darajasiga qarab belgilanadi.
Portlashdan xavfli ishlab chiqarish jarayonlari kechadigan ishlab chiqarish binolarida portlashdan xavfli xonalarni zina katagining hajmi bilan bog’laydigan zina kataklarining eshik o’rinlari tambur-shlyuzlar bilan himoyalanadi. Tambur- shlyuzlarda doimiy ravishda havoning ortiqcha bosimi mavjud bo’lishi kerak.
Yerto’la xonalarida omborxonalarni yoki yonuvchi materiallarni ishlatish bilan bog’liq texnologik jarayonlar o’tkaziladigan xonalarni joylashtirishda, zinalarni yerto’lalardan ajratish, yerto’laga alohida yoki mustaqil kirish joylarini bajarish evaziga erishiladi.
Tayanch so’z va iboralar: Yong’in nazorati bo’yicha davlat inspektori, yong’in xavfsizligi talablariga rioya qilinishini tekshirish, yozma ko’rsatma, ob’yekt, tadbirkorlik subektiga tegishli bo’lgan ob’yektning yong’in-profilaktik ko’rigi. evakuatsiya chiqish joyi, evakuatsiya yo’llari, koridorlar, zina marshlari, zina kataklari, panduslar, zina va panduslarning qiyaligi, evakuatsiya, yong’inning xavfli omillari, toksin moddalar, kislorod konsentratsiyasi, evakuatsiya vaqti, evakuatsiyaning zaruriy vaqti, evakuatsiyaning hisobiy vaqti, odamlar oqimi, odamlar oqimi harakatining tezligi, odamlar oqimi harakatining jadalligi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:

Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish