9- HUQUQ. 1-12.
1-mavzu: KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ
1. «Konstitutsiya» so’zining lug’aviy ma’nosini
aniqlang.
A) yunoncha «constitutio» so‘zidan olingan bo‘lib,
«belgilash», «tuzilish»
B) lotincha «constitutio» so‘zidan olingan bo‘lib,
«aniqlash», «ko’rinish»
C) lotincha «constitutio» so‘zidan olingan bo‘lib,
«belgilash», «tuzilish»
D) nemischa «constitutio» so‘zidan olingan bo‘lib,
«aniqlash», «ko’rinish»
2. Konstitutsiya nimlarni belgilab beradi ?
1) jamiyat va davlat tuzilishini; 2) davlat
hokimiyati va boshqaruv organlarini tuzish;
3) ularning ish faoliyati asosiy prinsiplari va
vakolatlarini; 4) fuqarolar asosiy huquqlari va
burchlarini; 5) jamiyat va shaxs o‘rtasidagi
munosabatlar
A) 1, 2, 3
B) 3, 4, 5
C) 2, 3, 4, 5
D) 1, 2, 3, 4, 5
3. Konstitutsiya negizida va unga muvofiq
tarzda qabul qilinadigan hujjatlarni aniqlang.
1) qonun; 2) kodeks; 3) qaror; 4) farmon
A) 1, 2, 3
B) 1, 2, 3, 4
C) 1, 2, 4
D) 1, 3,4
4. Konsitutsiya jamiyat hayotining qaysi
sohalariga ta’sir o‘tkazadi ?
A) siyosiy va iqtisodiy
B) ma’naviy-axloqiy va maishiy
C) mehnat faoliyati va shaxsiy hayotga
D) A, B, C
5. Mamlakatda qanday qonunlar Konsitutsiyaga
zid bo’lishi mumkin?
A) Prezident farmonlari
B) Oliy sud qarorlari
C) favqulotda qarorlari
D) birorta qonun Konstitutsiyaga zid bo’lishi
mumkin emas
6. Davlatning Asosiy qonunini aniqlang.
A) Konstitutsiya
B) farmon
C) qonun
D) qaror
7. “Тo‘lа ishonch bilаn аytish mumkinki,
O‘zbеkiston Rеspublikаsining Konstitutsiyasi
xаlqimiz siyosiy-huquqiy tаfаkkurining yuksаk
nаmunаsidir” ushbu jumlaning muallifini
aniqlang.
A) Islom Karimov
B) Shavkat Mirziyoyev
C) Sharof Rashidov
D) Rafiq Nishonov
8. «Nega yer yuzida yovuzlik bu qadar ko‘p?»
degan savolga kim quyidagicha javob bergan ?
«Sababchisi siz-u biz. Bilmaslik yoki uquvsizlik
sababli yovuzlik bilan kurashishdan voz
kechishimiz asnosida o‘zimiz ham yovuzlik keng
tarqalishiga imkon yaratib beramiz»,
A) Abu Nasr Farobiy
B) Abu Ali ibn Sino
C) Abu Rayhon Beruniy
D) Al-Farg’oniy
9. Butun qonunchilik tizimi poydevorini
aniqlang.
A) Konstitutsiya
B) farmon
C) qonun
D) qaror
10. Davlat tomonidan qonunlarda va boshqa
me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan va
davlatning majburlash kuchi bilan muhofaza
qilinadigan, mamlakat barcha aholisi uchun
majburiy bo‘lgan xulq-atvor qoidalari tizimiga
nima deyiladi ?
A) qonun
B) huquq
C) axloq
D) norma
11. «Konstitutsiyamiz аsosidа mаmlаkаtimizdа
milliy qonunchilik tizimi, dаvlаt orgаnlаri,
fuqаrolik jаmiyati institutlаri shаkllаndi.» ushbu
jumlaning muallifini aniqlang.
A) Islom Karimov
B) Shavkat Mirziyoyev
C) Sharof Rashidov
D) Rafiq Nishonov
12. Qaysi qonun o‘zida umummajburiy
normalar tizimini mujassamlashtiradi ?
A) qonun
B) huquq
C) axloq
D) norma
13. Har bir mamlakat milliy huquq tizimida
yetakchi mavqega ega bo’lgan qonunni aniqlang.
A) Konstitutsiyaviy huquq
B) Ma’muriy huquq
C) Fuqarolik huquqi
D) Jinoyat huquqi
14. Huquq tizimini piramida ko‘rinishida
tasavvur qilsak, uning cho’qqisida nima turadi ?
A) O‘zbеkiston Rеspublikаsi Qonunlari
B) O‘zbеkiston Rеspublikаsi Prezidentining
Farmonlari, Qarorlari
C) O‘zbеkiston Rеspublikаsi Oliy Majlisi
Palatalari Qarorlari
D) O‘zbеkiston Rеspublikаsi Konstitutsiyasi
15. Konstitutsiyaviy huquqning asosiy
manbayi – .
A) Konstitutsiya
B) O‘zbеkiston Rеspublikаsi Qonunlari
C) O‘zbеkiston Rеspublikаsi Prezidentining
Farmonlari, Qarorlari
D) O‘zbеkiston Rеspublikаsi Oliy Majlisi
Palatalari Qarorlari
16. Konstitutsiyaviy huquqning manbalariga
nimalar kiradi ?
A) Konstitutsiya
B) boshqa qonunchilik hujjatlari
C) ma’yoriy-huquqiy hujjatlar
D) barcha javoblar to’g’ri
17. O’zbekiston Respublikasi asosiy huquq
tarmoqlari to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang.
1) Ma’muriy huquq; 2) Ekologik huquq; 3) Yer
huquqi; 4) Jinoyat huquqi; 5) Moliyaviy huquq;
6) Konstitutsiyaviy huquq; 7) Oila huquqi;
8) Fuqarolik huquqi; 9) Mehnat huquqi
A) 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9
B) 1, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9
C) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9
D) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 9
18. Huquq tizimini piramida ko‘rinishida
tasavvur qilsak, uning eng quyida nima turadi ?
A) O‘zbеkiston Rеspublikаsi Qonunlari
B) Joylardagi mahalliy davlat boshqaruvi organlari
qarorlari
C) O‘zbеkiston Rеspublikаsi Vazirlar
Mahkamasining Qarorlari
D) Vazirliklar va Davlat qo‘mitalari Qarorlari
19. O’zbekiston Respublikasi
Konstitutusiyasining nechanchi bo’limida
Konstitutsiyaga o’zgartirish kiritish tartibi va
shartlari keltirilgan ?
A) III bo’lim
B) IV bo’lim
C) V bo’lim
D) VI bo’lim
20. O’zbekiston Respublikasi Konstitutusiyasiga
o’zgartirishlar qay tartibda amalga oshiriladi ?
A) Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi deputatlari
B) Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi deputatlari
va Senati a’zolari umumiy sonining kamida
uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchiligi
tomonidan ovoz berilsa
C) O‘zbekiston Respublikasi referendumi
jarayonida
D) B va C
21. Referendumga berilgan to’g’ri ta’rifni
ko’rsating.
A) barcha fuqarolar ishtirok etadigan umumxalq
so‘rovi
B) saylov huquqi
C) davlat hayotining o‘ta muhim masalalari
bo‘yicha so’rovnoma
D) barcha javoblar to’g’ri
22. Qonunchilik organi tegishli taklif
kiritilgandan keyin qancha muddat mobaynida
Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar hamda
tuzatishlar kiritish to‘g‘risida keng va har
taraflama muhokamani hisobga olgan
holda qonun qabul qilishi mumkin ?
A) 3 oy
B) 5 oy
C) 6 oy
D) 9 oy
23. Oliy Majlis Konstitutsiyaga o‘zgartirish
kiritish to‘g‘risidagi taklifni rad etsa, taklif
qancha muddat o‘tgandan keyingina qayta
kiritilishi mumkin.
A) 6 oy
B) 1 yil
C) 1,5 yil
D) 2 yil
24. Kimlar davlat organlari o‘z aktlarining
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga
muvofiqligi uchun mas’uldirlar ?
A) vazirliklar
B) sud organlari
C) prokuratura
D) barcha davlat organlari
26. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
alomatlarini to’g’ri ko’rsatilgan javobni
aniqlang.
A) Davlatning Asosiy qonuni
B) Oliy yuridik kuchga ega
C) Joriy qonunchilikning asosiy manbayi, negiz
D) A, B, C
27. Konsitutsiyaviy huquq…
A) qonunlarni o’rgatuvchi huquq sohasi
B) Oliy Majlis faoliyati bilan shug’ullanuvchi
vakillik organi
C) huquqning yetakchi tarmog’i
D) jinoyat ishlari bilan shug’ullanuvchi soha
2-mavzu: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
KONSTITUTSIYASI MUNDARIJASI VA
TAVSIFI
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
loyihasini yaratish qachondan boshlangan ?
A) 1990-yil 24-martdan
B) 1990-yil 20-iyundan
C) 1991-yil 31-avgustdan
D) 1992-yil 8-dekabrdan
2. Konstitutsiya loyihasining umumxalq
muhokamasi qancha muddat davom etgan ?
A) ikki oy
B) uch oy
C) olti oy
D) besh oy
3. Umumxalq muhokamasi jarayonida
fuqarolar tomonidan nechta taklif kelib
tushgan ?
A) 5000
B) 6000
C) 6500
D) 7000
4. Umumxalq muhokamasiga kelib tushgan
takliflar asosida loyihaga qancha tuzatishlar
kiritilgan ?
A) 70 dan ortiq
B) 90 ga yaqin
C) 80 dan ortiq
D) 80 ga yaqin
5. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
qachon va Oliy Kengashning nechanchi
sessiyasida qabul qilingan ?
A) 1992-yil 8-dekabrda Oliy Kengashning XII
chaqiriq, XI sessiyasida
B) 1992-yil 8-dekabrda Oliy Kengashning XIII
chaqiriq, XII sessiyasida
C) 1992-yil 8-dekabrda Oliy Kengashning XII
chaqiriq, X sessiyasida
D) 1992-yil 8-dekabrda Oliy Kengashning XI
chaqiriq, XII sessiyasida
6. Konstitutsiya – davlatning Asosiy qonuni
bo‘lib, nimalarni belgilab beradi ?
A) konstitutsiyaviy tuzum, davlat va jamiyat
qurilishi asoslarini belgilab beradi;
B) qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud
hokimiyati organlari tashkillashtirilishini tartibga
solib turadi; saylov tizimini belgilaydi;
C) fuqarolarning huquq va erkinliklarini, davlat
ramzlarini mustahkamlab qo‘yadi; Konstitutsiyaga
o‘zgartirishlar kiritish tartibini
D) barcha javoblar to’g’ri
7. Xususiy mulk kimning muhofazasida ostida
bo’ladi ?
A) jamiyat
B) davlat
C) prokuratura
D) president
8. Preambula so’zi qaysi tildan olingan ?
A) lotincha
B) yunoncha
C) fransuzcha
D) inglizcha
9. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
nechanchi bo’limi “Konsitutsiyaga o’zgartirish
kirish tartibi” deb nomlanadi ?
A) VI bo’lim
B) III bo’lim
C) IV bo’lim
D) V bo’lim
10. Konsitutsiyaning kirish qismi nima deb
ataladi ?
A) muqaddima
B) preambula
C) debyut
D) A va B
11. Siyosiy plyuralizm nima ?
A) fikrlar xilma-xilligi
B) ko’ppartiyaviylik
C) yakkapartiyaviylik
D) A va B
12. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
1-bo’limni qanday nomlanadi ?
A) jamiyat va shaxs
B) davlat hokimiyatining tashkil etilishi
C) asosiy prinsplar
D) inson va fuqarolarning asosiy huquqlari,
erkinliklari va burchlari
13. O’zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasinining III bo’limi qaysi boblarni
o’z ichiga oladi ?
A) 12, 13, 14, 15-boblar
B) 16, 17-boblar
C) 1, 2, 3, 4-boblar
D) 5, 6, 7, 8, 9 10,11-boblar
14. “O‘zbеkiston Rеspublikasining Konstitutsiyasi
va qonunlari ustunligi so‘zsiz tan olinadi.”
Ushbu jumla Konsitutsiyaning qaysi moddasida
belgilab qo’yilgan ?
A) 16-modda
B) 13-modda
C) 12-modda
D) 15-modda
15. O‘zbеkiston Rеspublikasi qonunlari va
boshqa normativ-huquqiy aktlari qanday hujjat
asosida qabul qilinadi
A) O‘zbеkiston Rеspublikasining Konstitutsiyasi
B) Prezident farmonlari va farmoyishlari
C) Oliy Majlis qonunlari
D) Vazirlar Mahkamasining qarorlari
16. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
nechanchi bo’limi “Inson va fuqarolarning
asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari” deb
nomlanadi ?
A) II bo’lim
B) III bo’lim
C) IV bo’lim
D) V bo’lim
17. “Birorta ham qonun yoki boshqa normativhuquqiy hujjat Konstitutsiya normalari va
qoidalariga zid kelishi mumkin emas” Ushbu
jumla Konsitutsiyaning qaysi moddasida
belgilab qo’yilgan ?
A) 16-modda
B) 13-modda
C) 12-modda
D) 15-modda
18. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
III bo’limni qanday nomlanadi ?
A) jamiyat va shaxs
B) davlat hokimiyatining tashkil etilishi
C) asosiy prinsplar
D) inson va fuqarolarning asosiy huquqlari,
erkinliklari va burchlari
19. Konstitutsiyaning jiddiy va e’tiborli
xususiyati … asoslanganligidir
A) o‘zbek xalqi qadimiy madaniyatiga
B) o‘zbek xalqi milliy qadriyatlariga
C) o‘zbek xalqi qadimiy madaniyati va milliy
qadriyatlariga
D) to’g’ri javob yo’q
20. O’zbekiston Respublikasining tuzilishi to’g’ri
ko’rsatilgan javobni aniqlang.
A) 6 ta bo’lim, 28 ta bob, 126 ta moddadan iborat
B) muqaddima, 6 ta bo’lim, 28 ta bob, 127 ta
moddadan iborat
C) 6 ta bo’lim, 26 ta bob, 128 ta moddadan iborat
D) muqaddima, 6 ta bo’lim, 26 ta bob, 128 ta
moddadan iborat
21. Qaysi qonun asosiy qonun sifatida amalda
davlat va mamlakat aholisi o’rtasidagi
shartnomani ifodalaydi ?
A) dekloratsiyasi
B) konsitutsiya
C) huquq
D) konvensiya
22. O’zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasinining 118-121-moddalari qaysi
organ faoliyatiga taaluqli ?
A) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
B) O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti
C) O‘zbekiston Respublikasining sud hokimiyati
D) Prokuratura
23. Konstitutsiya Muqaddimasi nima ?
A) Asosiy qonun qabul qilinishiga sabab bo‘lgan
prinsiplar to‘g‘risida xalqning tantanali
bayonotidir.
B) mamlakat xalqi nomidan e’lon qilinishi va
uning orzu-armonlari, niyatlari va zimmasiga
oladigan majburiyatlari aks ettiriladigan bayonot
C) davlat va mamlakat aholisi o’rtasidagi shartnoma
D) A va B
24. “Davlat va uning organlari, mansabdor
shaхslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar
Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish
ko‘radilar” Ushbu jumla Konsitutsiyaning qaysi
moddasida belgilab qo’yilgan ?
A) 16-modda
B) 13-modda
C) 12-modda
D) 15-modda
25. O’zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasinining qaysi moddalari oila
sohasiga taaluqli ?
A) 53 – 55 - moddalar
B) 43 – 46 - moddalar
C) 63 – 66 - moddalar
D) 32 – 35 – moddalar
26. O’zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasinining 56-62-moddalari qaysi
organ faoliyatiga taaluqli ?
A) ommaviy axborort vositalari
B) jamoat birlashmalari
C) iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar
D) moliya va kredit
27. O’zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasinining 117-moddasi nima haqida
ekanliginini aniqlang.
A) Vazirlar Mahkamasi
B) ommaviy axborot vositalari
C) saylov tizimi
D) tashqi siyosat
28. O’zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasinining qaysi moddalari
Qoraqalpog’iston Respublikasiga taaluqli ?
A) 68 – 69 - moddalar
B) 70 – 75 - moddalar
C) 76 – 88 - moddalar
D) 89 – 97 – moddalar
29. O’zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasinining 67-moddasi nima haqida
ekanliginini aniqlang.
A) Vazirlar Mahkamasi
B) ommaviy axborot vositalari
C) saylov tizimi
D) tashqi siyosat
30. O’zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasinining 124-126-moddalari qaysi
soha faoliyatiga taaluqli ?
A) mudafaa va xavfsizlik
B) prokuratura
C) mahalliy davlat hokimiyati asoslari
D) O’zbekiston Respublikasi sud hokimiyati
31. O’zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasinining qaysi moddalari
O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga taaluqli ?
A) 76 – 88 - moddalar
B) 89 – 97 - moddalar
C) 99 – 105 - moddalar
C) 70 – 75 - moddalar
32. O’zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasinining nechanchi bobi Moliya va
kredit sohasiga oid ?
A) 23-bob
B) 24-bob
C) 25-bob
D) 26-bob
33. Qaysi hujjatda inson, uning hayoti va
erkinliklari oliy qadryat deb e’lon qilingan ?
A) oila kodeksida
B) fuqarolik kodeksida
C) konsitutsiyada
D) mehnat kodeksida
34. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
nechanchi bo’limi “Ma’muriy hududiy va davlat
tuzilishi” deb nomlanadi ?
A) II bo’lim
B) III bo’lim
C) IV bo’lim
D) V bo’lim
3-mavzu: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
KONSTITUTSIYASINING ASOSIY
PRINSIPLARI
1. Suverenitet so’zining lug’aviy ma’nosini
aniqlang.
A) lotincha, barcha fuqarolar ishtirok etadigan
umumxalq so‘rovi
B) ) fransuzcha, davlatning o‘z ichki
munosabatlarida boshqa bir davlatdan to‘la
mustaqilligi
C) ) fransuzcha, davlatning tashqi munosabatlarida
boshqa bir davlatdan to‘la mustaqilligi
D) fransuzcha, davlatning o‘z ichki ishlarida va
tashqi munosabatlarida boshqa bir davlatdan to‘la
2. O‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasida 1-moddasida davlatimiz
qanday nomlangan ?
A) “O’zbekiston”
B) “O’zbekiston Respublikasi”
C) “O’zbekiston Muhtor Respublikasi”
D) A va B
3. Davlat suverenitetining quyidagi asosiy
prinsiplari to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang.
1) davlat hududi hamda chegaralarining daxlsizligi
va bo‘linmasligi; 2) mustaqil ichki va tashqi
siyosat; 3) xalqaro huquqning asosiy prinsiplarini
e’tirof etish va hurmat qilish 4) davlat tili o‘zbek tili
va qoraqalqoq ekanligi; 5) o‘z taraqqiyot yo‘lini,
davlat ramzlarini tanlashdagi mustaqillik
A) 2, 3, 4, 5
B) 1, 2, 3, 4
C) 1, 2, 3, 5
D) 1, 2, 4, 5
4. 1991-yil 31-avgustda O‘zbekiston SSR Oliy
Kengashining nechanchi sessiyasida
Respublikamiz mustaqil davlat deb e’lon
qilingan ?
A) VI
B) VII
C) VIII
D) IX
5. «O‘zbekiston Respublikasining davlat
mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi qonun
qachon qabul qilingan ?
A) 1990-yil 20-iyun
B) 1990-yil 24-mart
C) 1991-yil 31-avgust
D) 1991-yil 1-sentabr
6. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi
qachon qabul qilingan ?
A) 1991-yil 18-noyabr
B) 1992-yil 2-iyul
C) 1992-yil 10-dekabr
D) 1992-yil 8-dekabr
7. Qaysi qonun O‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi qabul qilingunga qadar Asosiy
qonun rolini bajarib keldi ?
A) «O‘zbekiston Respublikasining davlat
mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi Qonun
B) «Mustaqillik dekloratsiyasi»
C) “Inson huquqlari umumjahon dekloratsiyasi”
D) 1978-yildagi O’zbekiston SSR konsitutsiyasi
8. O‘zbekiston Respublikasida birinchi marta
muqobillik asosida Prezident saylovi qachon
bo‘lib o‘tgan ?
A) 1991-yil 29-dekabrda
B) 1991-yil 1-noaybrda
C) 1990-yil 24-martda
D) 1990-iyun 20-iyunda
9. Muqobil saylovlar deb nimaga aytiladi ?
A) saylovda bevosita ishtirok etish
B) saylovda bilvosita ishtirok etish
C) saylovda faqat bitta nomzod ko’rsatilishi
D) ikki yoki undan ortiq nomzodlardan
saylanishi
10. «O‘zbekiston Respublikasining Davlat
bayrog‘i to‘g‘risida»gi Qonun qachon qabul
qilingan ?
A) 1991-yil 18-noyabr
B) 1992-yil 2-iyul
C) 1992-yil 10-dekabr
D) 1992-yil 8-dekabr
11.O’zbekiston Respublikasi suverentiteti
alomatlari to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang.
1) o‘z konstitutsiyaviy-huquqiy tizimi;
2) davlat hududi va uning chegaralari;
3) oliy hokimiyat organlari tizimi;
4) yagona Qurolli Kuchlar;
A) 1, 2, 3
B) 2, 3, 4
C) 1, 2, 3, 4
D) 1, 2, 4
12. «O‘zbekiston Respublikasining Davlat gimni
to‘g‘risida»gi Qonun qachon qabul qilingan ?
A) 1991-yil 18-noyabr
B) 1992-yil 2-iyul
C) 1992-yil 10-dekabr
D) 1992-yil 8-dekabr
13. “O‘zbekistonning davlat chegarasi va hududi
daxlsiz va bo‘linmasdir” deb konsitutsiyaning
nechanchi moddasida belgilab qo’yilgan ?
A) 2-modda
B) 6-modda
C) 4-modda
D) 3-modda
14. «O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi
to‘g‘risida»gi Qonun qachon qabul qilingan ?
A) 1991-yil 18-noyabr
B) 1992-yil 2-iyul
C) 1992-yil 10-dekabr
D) 1992-yil 8-dekabr
15. O’zbekiston Respublikasi suverentiteti
alomatlari to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang.
1) davlat mulki; 2) yagona pul-kredit tizimi;
3) davlat ramzlari mavjudligi; 4) xalqaro
munosabatlar subyekti ekanligi.
A) 1, 2, 3
B) 2, 3, 4
C) 1, 2, 4
D) 1, 2, 3, 4
16. «O‘zbekiston Respublikasining Davlat gimni
to‘g‘risida»gi qachon qilingan ?
A) 1991-yil 18-noyabr
B) 1992-yil 2-iyul
C) 1992-yil 10-dekabr
D) 1992-yil 8-dekabr
17. Qaysi voqea O’zbekistonning jahon
hamjamiyatiga xalqaro munosabatlarning to‘la
huquqli subyekti sifatida kirishiga imkon berdi ?
A) davlat mustaqillikka erishishi
B) Konsitutsiyaning qabul qilinishi
C) MDH ga a’zo bo’lishi
D) 2 palatali parlamentning joriy qilinishi
18. Demokratiya so’zi yunonchadan tarjima
qilinganda qanday ma’noni bildiradi ?
A) “xalq hokimiyatchiligi”
B) “fuqarolik jamiyati”
C) “huquqiy davlat”
D) “ummumiy ish”
19. O‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi, 7-moddasiga ko’ra:
“…. davlat hokimiyatining birdan bir
manbayidir”.
A) jamiyat
B) sud
C) xalq
D) president
20. Demokratiya ilk marotaba qayerda vujudga
kelgan ?
A) Qadimgi Rimda
B) Qadimgi Misrda
C) Qadimgi Old Osiyoda
D) Qadimgi Yunonistonda
21. O‘z tarixi davomida insoniyat
demokratiyaning qanday shakllarini yaratgan ?
A) doimiy va vaqtinchalik
B) ichki va tashqi
C) bevosita va bilvosita
D) ochiq va yopiq
22. Referendumga berilgan to’g’ri ta’rifni
toping.
A) davlat miqyosidagi muammolarni hal etishda
xalqning bevosita ishtiroki
B) mamlakat siyosiy hayotining eng muhim
masalalari yuzasidan o‘tkaziladigan umumxalq
muhokamasi va bevosita ovoz berishda qatnashishi
C) mulk senszi asosida saylovda ishtirok etishi
D) A va B
23. Xalq nomidan kim ish olib borishga haqli ?
A) Prezident
B) Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputatlari
C) Oliy Majlis senat a’zolari
D) barcha javoblar to’g’ri
24. “Jamiyat va davlat hayotining eng muhim
masalalari xalq muhokamasiga taqdim etiladi,
umumiy ovozga (referendumga) qo‘yiladi.” deb
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaning
nechanchi moddasida belgilab qo’yilgan ?
A) 7-modda
B) 9-modda
C) 11-modda
D) 17-modda
25. O‘zbekiston Respublikasining ikki palatali
parlamentini saylash to‘g‘risidagi masala
qachon hal etildi ?
A) 2002-yil 27-yanvar
B) 2000-yil 9-yanvar
C) 1995-yil 26-mart
D) 2007-yil 23-dekabr
26. Hokimiyatning bo‘linishi prinsipi
Konsitutsiyamizning nechanchi moddasida
ko’rsatilgan ?
A) 7-modda
B) 9-modda
C) 11-modda
D) 17-modda
27. O’zbekiston Respublikasida davlat
hokimiyati bo’linishi prinspi to’g’ri ko’rsatilgan
javobni aniqlang.
A) Oliy Malis deputatlari orasida
B) Qonun chiqarivchi va sud hokimiyatlari o’rtasida
C) Qoraqalpog’iston Respublikasi va viloyatlar
o’rtasida
D) Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud
hokimiyatlari o’rtasida
28. Bevosita demokratiya qanday amalga
oshiriladi ?
A) parlamentni saylash orqali
B) Prezidentni saylash orqali
C) referendum orqali
D) miting va namoyishlar orqali
29. Bilvosita demokratiya qanday amalga
oshiriladi ?
A) deputatlar va senatorlarni saylash orqali
B) Prezidentni saylash orqali
C) referendum orqali
D) miting va namoyishlar orqali
4-mavzu. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
TASHQI SIYOSATI
1. O‘z chegaralaridan tashqarida xalqaro
hayotda ishtirok etgan holda davlatning boshqa
davlatlar, хalqaro tashkilotlar bilan
munosabatlarini, davlatning хalqaro
munosabatlardagi umumiy siyosatini amalga
oshirishidan iborat faoliyatiga nima deyiladi ?
A) tashqi aloqa
B) ichki siyosat
C) tashqi siyosat
D) xalqaro huquq
2. Tashqi siyosat prisplari to’g’ri ko’rsatilgan
javobni aniqlang.
1) suveren tenglik; 2) davlatning ichki ishlariga
aralashmaslik; 3) kuch ishlatmaslik yoki kuch
bilan tahdid qilmaslik; 4) nizolarni tinch yo‘l
bilan hal qilish; 5) chegaraning daxlsizligi;
6) ittifoqlar tuzish va ulardan ajralib chiqish;
A) 1, 2, 3, 4, 5, 6
B) 2, 3, 4, 5, 6
C) 1, 2, 3, 5, 6
D) 1, 2, 3, 4, 5
3. Hozirda dunyoning qancha mamlakati
O‘zbekistonni mustaqil davlat sifatida tan
olgan ?
A) 146 dan ortiq
B) 150 dan ortiq
C) 138 dan ortiq
D) 160 ga yaqin
4. Xalqaro huquqga to’g’ri berilgan ta’rifni
aniqlang.
A) davlatning o‘z ichki ishlarida va tashqi
munosabatlarida boshqa bir davlatdan to‘la
mustaqilligi
B) davlat organlari tomonidan inson huquqlariga
rioya etilishi ustidan nazorat qiluvchi mansabdor
shaxs
C) insonning yalpi huquqlari kafolatlanadigan,
mafkuraviy plyuralizm ta’minlanadigan jamiyat
tuzilishi.
D) xalqaro muloqot jarayonida davlatlararo va
xalqaro tashkilotlar bilan munosabatlarni tartibga
solib turuvchi yuridik qoidalar majmuyi.
5. “O‘zbekiston Respublikasi xalqaro
munosabatlarning to‘la huquqli subyektidir” deb
konsitutsiyaning qaysi moddasida belgilab
qo’yilgan ?
A) 16-modda
B) 19-modda
C) 14-modda
D) 17-modda
6. Butun insoniyat tarixida sayyoramizda
qancha urushlar bo‘lib o‘tgan ?
A) 10 mingdan ortiq
B) 15 ming
C) 15 mingdan ortiq
D) 15 mingga yaqin
7. Butun insoniyat tarixida sayyoramizda
bo’lib o’tgan urushlarda qancha odam halok
bo‘lgan ?
A) 3 mlrd
B) 4 mlrd
C) 3,5 mlrd
D) 2,8 mlrd
8. Qanday davlat o‘zining ichki va tashqi
siyosatini amalga oshirish borasida mustaqil
bo‘ladi ?
A) etatik davlat
B) huquqiy davlat
C) mustaqil davlat
D) davlatning oraliq turi
9. Ikkinchi jahon urushi qaysi yillarda bo’lib
o’tganligini aniqlang.
A) 1914-1918
B) 1941-1945
C) 1939-1945
D) 1933-1945
10. O’zbekiston 1993-yil 26-fevralda qaysi
tashkilotga a’zo bo’lgan ?
A) MDH
B) YXHT
C) YUNESKO
D) SHHT
11. Birlashgan Millatlar tashkiloti tashkil topgan
sanani aniqlang.
A) 1941-yil 22-iyun
B) 1939-yil 1-sentabr
C) 1945-yil 2-sentabr
D) 1945-yil 24-oktabr
12. Birlashgan Millatlar tashkiloti nizomi qaysi
shaharda imzolangan ?
A) Nyu-York
B) Vashington
C) London
D) San-Fransisko
13. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta’lim,
fan va madaniyatga ixtisoslashgan
muassasasi qanday nomlanadi ?
A) YUNESKO
B) AYSESKO
C) UNISEF
D) INTERPOL
14. O’zbekiston BMTning YUNISEF Xalqaro
Favqulodda Bolalar fondiga qachon a’zo
bo’lgan ?
A) 1993-yil 29-oktabrda
B) 1995-yil 22-dekabrda
C) 1993-yil 26-fevralda
D) 2001-yil 15-iyunda
15. “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari
O‘zbekiston Respublikasi ning davlat
suverenitetini va hududiy yaxlitligini, aholining
tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun
tuziladi” deb konsitutsiyaning qaysi moddasida
belgilab qo’yilgan ?
A) 124-modda
B) 125-modda
C) 126-modda
D) 123-modda
16. 1945-yildagi Birlashgan Millatlar tashkiloti
nizomi nechta mamlakat tomonidan
imzolangan ?
A) 31 ta
B) 41 ta
C) 51 ta
D) 71 ta
17. Hozirgi kunda BMT tashkilotiga a’zo
bo’lgan davlat soni to’g’ri ko’rsatilgan javobni
aniqlang.
A) 193 ta
B) 146 ta
C) 220 ta
D) 186 ta
18. O’zbekiston 1992-yil 2-martda qaysi
tashkilotga a’zo bo’lgan ?
A) MDH
B) BMT
C) YUNESKO
D) UNISEF
19. Shanxay hamkorlik tashkilotiga O’zbekiston
qachon qabul qilingan ?
A) 1995-yil 22-dekabr
B) 1993-yil 26-fevral
C) 2001-yil 15 iyun
D) 2001-yil 15-iyul
20. 1993-yil 29-oktabrda O’zbekiston qaysi
tashkilotga a’zo bo’lgan ?
A) MDH
B) OTB
C) YUNESKO
D) UNISEF
21. BMT ishtirokchilari bo’lgan davlatlar o‘z
faoliyatlarida qanday prinsiplarga rioya qilish
majburiyatini oladiladilar ?
1) xalqaro norma va shartnomalarga amal qilish;
2) kelishmovchiliklarni tinch yo‘l bilan tartibga
solish; 3) kuch bilan xavf solish yoki uni
qo‘llashdan tiyilish; 4) ichki ishlarga va hamkorlik
ishlariga aralashmaslik.
A) 1, 2, 3
B) 2, 4
C) 1, 3, 4
D) 1, 2, 3, 4
22. O’zbekiston 1993-yilda a’zo bo’lgan
tashkilotlari to’g’ri ko’rsatilgan javobni
aniqlang.
A) BMT va MDH
B) YUNESKO va YXHT
C) UNISEF va SHHT
D) OTB va IHT
23. O‘zbekiston faol hamkorlik olib borayotgan
xalqaro tashkilotlar to’g’ri ko’rsatilgan javobni
aniqlang.
1) MDH; 2) Yevropa ittifoqi 3) Xalqaro valyuta
amg’armasi; 4) NATO; 5) Butunjahon banki;
6) O’zaro Iqtisodiy Yordam Kengashi; 7) Osiyo
taraqqiyot banki; 8) IHT
A) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7
B) 1, 2, 3, 5, 7, 8
C) 1, 3, 4, 5, 6, 7, 8
D) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8
24. O’zbekiston Respublikasi Konstutsiyasining
nechanchi moddasida tashqi siyosat prinsplari
belgilangan ?
A) 16-modda
B) 19-modda
C) 14-modda
D) 17-modda
25. O’zbekiston a’zo bo’lgan tashkilotlarni
yillari bilan to’g’ri moslashtiring.
1) MDH; 2) BMT; 3) YUNESKO;
4) UNISEF; 5) SHHT; 6) YXHT
a) 1995; b) 1992; c) 2001; d) 1991; e) 1993
A) 1-d, 2-b, 3-e, 4-a, 5-b, 6-e
B) 1-a, 2-b, 3-e, 4-b, 5-c, 6-e
C) 1-d, 2-b, 3-e, 4-a, 5-c, 6-e
D) 1-c, 2-b, 3-e, 4-a, 5-d, 6-e
26. Mamlakatimiz konstitutsiyasida
mustahkamlab qo’yilgan tashqi siyosat
prinsiplari to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang.
1) davlatlarning suveren tengligi prinsipi, ya’ni
boshqa davlatlar suvereni tetini hurmat qilish
majburiyligi; 2) kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan
tahdid qilmaslik prinsipi; 3) chegaralarning
daxlsizligi prinsipi; 4) boshqa davlatlarning ichki
ishlariga aralashmaslik prinsipi; 5) nizolarni tinch
yo‘l bilan hal qilish prinsipi prinsipi
A) 1, 2, 4, 5
B) 1, 3, 4, 5
C) 1, 2, 3, 5
D) 1, 2, 3, 4, 5
5-mavzu. INSON VA FUQAROLARNING
ASOSIY HUQUQLARI VA ERKINLARI
1. Kishilarning o‘z huquqlari uchun kurashi
jarayonida nimalar yuzaga keldi ?
A) g’oya
B) nazariya
C) ta’limot
D) barcha javoblar to’g’ri
2. “Har bir insonning tabiiy huquqlari, u ana shu
davlatning fuqarosi ekanligi yoki aksinchaligidan
qat’i nazar, rioya etilishini qonunlashtirish va
ta’minlash zarurligi” to‘g‘risidagi g‘oyaning
muallifini aniqlang.
A) Zamaxshariy
B) Marg’inoniy
C) Moturidiy
D) Buxoriy
3. Taraqqiy etgan mamlakatlarning inson –
erkak yoki ayol bir xildagi ijtimoiy huquqlar va
imkoniyatlarga ega ekanligini e’tirof etuvchi
konvensiya nima deb ataladi ?
A) Genotsid
B) Emansipatsiya
C) Diskriminatsiya
D) Gender tengligi
4. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
II bo’limi qanday nomlanadi ?
A) jamiyat va shaxs
B) davlat hokimiyatining tashkil etilishi
C) asosiy prinsplar
D) inson va fuqarolarning asosiy huquqlari,
erkinliklari va burchlari
5. Hokimiyatga to’g’ri berilgan ta’rifni toping.
A) jamiyatni boshqarish va xalq manfaatlarini
himo ya qilishni amalga oshiradigan davlat
organlarining yaxlit tizimi.
B) qonunga muvofi q ravishda o‘z tizimiga, ijtimoiy
hayot ning muayyan sohasini boshqarish bo‘yicha
aniq belgilangan vako latiga ega bo‘lgan davlat
idorasi yoki muassasasi.
C) odamlar, moddiy obyеktlar, hududlarni
boshqarish, buyruq bеrish imkoniyati
D) davlat faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘lib,
ularda davlatning ijtimoiy jihatlari ro‘yobga
chiqariladi.
6. “O‘zbekiston Respublikasida demokratiya
umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga
ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni,
qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy
qadriyat hisoblanadi” deb konsitutsiyaning qaysi
moddasida belgilab qo’yilgan ?
A) 16-modda
B) 13-modda
C) 14-modda
D) 11-modda
7. Qaysi faoliyat turi Konstitutsiyaga zid
hisoblanadi va qonun bo‘yicha javobgarlikka
tortiladi ?
A) Konstitutsiyada ko‘rsatilmagan tartibda
hokimiyat organlari faoliyatini to‘хtatish yoki bеkor
qilish
B) davlat hokimiyati vakolatini bеrish
C) yangi va hokimiyatning parallеl tuzilmasini
tuzish
D) barcha javoblar to’g’ri
8. Davlat fuqarolarning huquq va
erkinliklarini kafolatlashi to‘g‘risidagi qoida
qaysi hujjatda mustahkamlab qo‘yilgan ?
A) Konstitutsiyada
B) Prezident farmonida
C) Vazirlar Mahkamasi qarorida
D) Inson huquqlari umumjahon dekloratsiyasida
9. Inson va fuqaroning asosiy huquq va
Erkinliklari qanday turlarga bo’linadi ?
1) shaxsiy huquq va erkinliklar; 2) siyosiy
huquqlar; 3) Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar;
4) madaniy huquqlar
A) 2, 3, 4
B) 1, 2, 3, 4
C) 1, 2, 3
D) 2 , 4
10. O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining II bo‘limi qaysi moddalarni
o’z ichiga oladi ?
A) 18 – 52 -moddalar
B) 32 – 35 -moddalar
C) 41 – 42 -moddalar
D) 36 – 42 -moddalar
11. Apatridlar deb kimlarga nisbatan aytiladi ?
A) fuqaroligi bo’lmagan shaxslar
B) xorijiy fuqarolar
C) ikki davlat fuqaroligi bo’lgan shaxs
D) to’g’ri javob yo’q
12. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyada
qaysi moddalar siyosiy huquqlarga taaluqli ?
A) 18 – 52 -moddalar
B) 32 – 35 -moddalar
C) 41 – 42 -moddalar
D) 36 – 42 -moddalar
13. Fuqarolarning barcha huquq va
erkinliklari O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining nechanchi moddalarida
mustahkamlab qo‘yilgan ?
A) 18 – 52 -moddalar
B) 32 – 35 -moddalar
C) 18 – 46 -moddalar
D) 36 – 42 -moddalar
14. “Fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda
mustahkamlab qo‘yilgan huquq va erkinliklari
daxlsizdir” deb konsitutsiyaning qaysi
moddasida belgilab qo’yilgan ?
A) 21-modda
B) 19-modda
C) 16-modda
D) 23-modda
15. Bir joydan ikkinchi joyga ko‘chish va
yashash joyini tanlab olish erkinligi
fuqarolarning qanday huquqi hisoblanadi ?
A) siyosiy
B) shaxsiy
C) madaniy
D) ijtimoiy-iqtisodiy
16. Jamoat va davlat ishlarini boshqarishda
ishtirok etish fuqarolarning qanday huquqi
hisoblanadi ?
A) siyosiy
B) shaxsiy
C) madaniy
D) ijtimoiy-iqtisodiy
17. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyada
qaysi moddalar shaxsiy huquq va erkinliklarga
taaluqli ?
A) 18 – 52 -moddalar
B) 32 – 35 -moddalar
C) 24 – 31 -moddalar
D) 36 – 42 -moddalar
18. Ta’lim olish huquqi, bepul umumiy ta’lim
olish kafolatlanganligifuqarolarning qanday
huquqi hisoblanadi ?
A) siyosiy
B) shaxsiy
C) madaniy
D) ijtimoiy-iqtisodiy
19. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyada
qaysi moddalar madaniy huquqlarga taaluqli ?
A) 18 – 52 -moddalar
B) 32 – 35 -moddalar
C) 41 – 42 -moddalar
D) 36 – 42 -moddalar
20. Mehnat qilish sharoitiga ega bo‘lish va
ishsizlikdan himoyalanganlik huquqi, faoliyat va
kasb tanlash erkinligi fuqarolarning qanday
huquqi hisoblanadi ?
A) siyosiy
B) shaxsiy
C) madaniy
D) ijtimoiy-iqtisodiy
21. Vijdon va diniy e’tiqod erkinligi
fuqarolarning qanday huquqi hisoblanadi ?
A) siyosiy
B) shaxsiy
C) madaniy
D) ijtimoiy-iqtisodiy
22. Hokimyatning vazifalariga nimalar kiradi ?
A) kishilarning hamkorlik faoliyatiga rahbarlik
qilish
B) kishilarning birgalikdagi faoliyatini ta’minlash
C) Jamiyatda tartibni ta’minlash
D) barcha javoblar to’g’ri
23. Apatrid atamasi qaysi tildan olingan ?
A) gerkcha
B) nemischa
C) fransuzcha
D) lotincha
24. Davlat hokimiyatining vakillik organlariga
saylash va saylanish fuqarolarning qanday
huquqi hisoblanadi ?
A) siyosiy
B) shaxsiy
C) madaniy
D) ijtimoiy-iqtisodiy
25. Apatrid atamasi qanday ma’noni bildiradi ?
A) bevatan
B) vatandan judo bo’lgan
C) allakimningdir manffatlari vakili
D) A va B
6-7-mavzular. INSON VA FUQAROLARNING
ASOSIY HUQUQLARI VA ERKINLARI
1. Insonning eng muhim shaxsiy huquqi nima ?
A) mulkka egalik qilish huquqi
B) ta’lim olish huquqi
C) malakali tibbiy yordamdan foydalanish huquqi
D) yashash huquqi
2. Rаsmiy dаvlаt dini mаvjud bo‘lmаgаn vа
birоrtа diniy tа’limоt mаjburiy sаnаlmаydigаn
dаvlаt nima deb ataladi ?
A) huquqiy davlat
B) dunyoviy davlat
C) etatik davlat
D) fuqarolik jamiyati
3. “Yashash huquqi har bir insonning uzviy
huquqidir. Inson hayotiga suiqasd qilish eng og‘ir
jinoyatdir” deb konsitutsiyaning qaysi
moddasida belgilab qo’yilgan ?
A) 31-modda
B) 24-modda
C) 26-modda
D) 28-modda
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
«O‘zbekiston Respublikasida o‘lim jazosini
bekor qilish to‘g‘risida»gi farmoni qachon
imzolangan ?
A) 2007-yil 1-yanvarda
B) 2005-yil 1-avgustda
C) 2006-yil 1-aprelda
D) 2008-yil 1-yanvarda
5. Qaysi davlat organi ayblanuvchini qamoqqa
olish va hibsda saqlash uchun sanksiya berish
huquqiga ega ?
A) prokuratura
B) sud
C) ichki ishlar
D) adliya vazirligi
6. “Hech kim qonun nazarda tutgan hollardan
va tartibdan tashqari birovning turar joyiga
kirishi, tintuv o‘tkazishi yoki uni ko‘zdan
kechirishi, yozishmalar va telefonda
so‘zlashuvlar sirini oshkor qilishi mumkin
emas.”
A) 26-modda
B) 27-modda
C) 28-modda
D) 29-modda
7. Inson huquqlari deb nimaga aytiladi ?
A) davlat qonunlarida mustahkamlab qo‘yilgan
huquqlar
B) mamlakatda har bir fuqaro huquq va
erkinliklarini ta’minlaydi
C) A va B
D) to’g’ri javob yo’q
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
«O‘zbekiston Respublikasida o‘lim jazosini
bekor qilish to‘g‘risida»gi farmoni qachondan
kuchga kirgan ?
A) 2007-yil 1-yanvarda
B) 2005-yil 1-avgustda
C) 2006-yil 1-aprelda
D) 2008-yil 1-yanvarda
9. O’lim jazosi bekor qilingandan so’ng, uning
o’riniga qanday jazo belgilandi ?
A) umrbod qamoq
B) umrbod axloq tuzatish jazosini qo’llash
C) uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etish
D) A va C
10. “Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod
qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega.” deb konsitutsiyaning qaysi
moddasida belgilab qo’yilgan ?
A) 31-modda
B) 27-modda
C) 26-modda
D) 28-modda
11. Turar joy jumlasiga qayidagilardan qaysi
biri kiradi ?
A) fuqaro tomonidan qonuniy asosda doimiy
yashash joyi
B) fuqaro tomonidan qonuniy asosda vaqtichalik
yashash joyi
C) fuqaro tomonidan noqonuniy asosda doimiy yoki
vaqtichalik yashash joyi
D) fuqaro tomonidan qonuniy asosda doimiy yoki
vaqtichalik yashash joyi
12. “Har kim fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi
huquqiga ega” deb konsitutsiyaning qaysi
moddasida belgilab qo’yilgan ?
A) 31-modda
B) 27-modda
C) 29-modda
D) 28-modda
13. Fikr yuritish va uni ifodalash erkinligi qaysi
hollarda qonun bilan cheklanishi mumkin.
A) faqat davlat siri va boshqa sirlarga taalluqli
bo‘lgan taqdirdagina
B) amaldagi konsitutsiyaviy tuzumga qarshi
qaratilgan axborot
C) qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar
D) barcha javoblar to’g’ri
14. Davlat va diniy tashkilot orasidagi
munosabatlar qaysi qonun asosida boshqarilib
boriladi ?
A) “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar
tog’risida”gi qonun
B) Konstitutsiya
C) “Musulmonlar idorasi to’g’risida”gi qonun
D) Fuqarolik to’g’risida”gi qonun
15. Davlatning yashash huquqini ta’minlashga
kofolatlari to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang.
1) xalqaro mojarolarni hal qilish vositasi sifatida
urushdan va unda qatnashishdan voz kechish;
2) atrof-muhitni muhofaza qilish;
3) qurol-yarog‘ga ega bo‘lish va uni qo‘llashning
alohida tartibini belgilash; 4) ochiq va malakali
tibbiy yordam olish imkonini yaratish
A) 1, 2, 3, 4
B) 1, 3
C) 1, 2
D) 2, 4
16. “Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har
bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda,
oshkora ko‘rib chiqilib, uning aybi
aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmaydi.” deb
konsitutsiyaning qaysi moddasida belgilab
qo’yilgan ?
A) 31-modda
B) 27-modda
C) 26-modda
D) 28-modda
17. “O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi respublika
hududida bir joydan ikkinchi joyga ko‘chish,
O‘zbekiston Respublikasiga kelish va undan
chiqib ketish huquqiga ega.” deb
konsitutsiyaning qaysi moddasida belgilab
qo’yilgan ?
A) 31-modda
B) 27-modda
C) 26-modda
D) 28-modda
8-mavzu. INSON VA FUQAROLARNING
IQTISODIY VA IJTIMOIY HUQUQLARI
1. Quyidagilar qaysi biri iqtisodiy huquqlarga
misol bo’la oladi ?
A) ish faoliyatini tanlash erkinligi va ishsizlikdan
himoyalanish
B) davlat hokimiyatining vakillik organlariga
saylash va saylanish huquqi
C) ta’lim olish huquqi, bepul umumiy ta’lim olish
kafolatlanganligi
D) fuqaroning huquq va manfaatlariga daxldor
bo‘lgan hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar
bilan tanishib chiqish;
2. Quyidagilar qaysi biri ijtimoiy huquqlarga
misol bo’la oladi ?
A) sha’ni va obro‘siga tajovuz qilinishidan, shaxsiy
hayotiga aralashishdan himoyalanish va turar joy
daxlsizligi huquqi
B) sog‘liqni saqlash va malakali tibbiy xizmatdan
foydalanish
C) qonunda taqiqlanmagan iqtisodiy faoliyat bilan
shug‘ullanish
D) kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar va boshqa
jamoatchilik birlashmalariga birlashish, ommaviy
harakatlarda ish tirok etish huquqi
3. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
nechanchi moddasida: “har bir odam mulkdor
bo‘lish huquqiga ega ekanligi” haqida so‘z
yuritiladi
A) 39-modda
B) 40-modda
C) 36-modda
D) 37-modda
4. Qaysi hujjatda majburiy mehnat, ya’ni xizmat
burchi doirasiga kirmaydigan ishlarni
bajarishga majburlash taqiqlanishi alohida qayd
etilgan ?
A) Mehnat kodeksida
B) Konstitutsiyada
C) Oila kodeksida
D) Fuqarolik kodeksida
5. Ishga kirayotgan odamdan, avvalo qanday
ma’lumot so‘raladi ?
A) yoshi haqida
B) ta’lim muassasi haqida
C) yashash joyi haqida
D) ota-onasining roziligi haqida
6. O’zbekiston Respublikasining Mehnat
kodeksiga muvofiq korxona ma’muriyati voyaga
yetmaganlarni necha yoshdan boshlab ishga
qabul qilishga haqilidir ?
A) 14 yosh
B) 15 yosh
C) 16 yosh
D) 18 yosh
7. O‘quvchilar necha yoshdan boshlab,
o‘qishdan bo‘sh vaqtda ishga qabul qilinishi
mumkinligi Mehnat kodeksining nechanchi
moddasida belgilab qo’yilgan ?
A) 77-modda
B) 66-modda
C) 72-modda
D) 81-modda
8. Voyaga yetmaganlar kim(lar)ning yozma
roziligi bilan ishga joylashishlari mumkin ?
A) maktab ma’muriyati
B) mahalla raisi
C) ota-onasi
D) voyaga yetmaganlarning nazorati komissiyasi
9. 15 yoshdan boshlab o’quvchilarni ishga qabul
qilishda qanday hujjatlar talab qilinadi ?
A) ota-onasining yozma roziligi
B) salomatligi to’g’risida tibbiy ma’lumotnoma
C) mahalla raisining yozma roziligi
D) A va B
10. “Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb
tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va
qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan
himoyalanish huquqiga egadir” deb
konsitutsiyaning qaysi moddasida belgilab
qo’yilgan ?
A) 39-modda
B) 37-modda
C) 36-modda
D) 38-modda
11. Voyaga yetmaganlarga qaysi kasblarda
ishlash taqiqlanadi ?
A) gaz payvandchi
B) shaxtyor
C) temirchi
D) barcha javoblar to’g’ri
12. O’zbekistonda munosib turmush darajasini
saqlab turish uchun kimlarga turli ko’rinishdagi
ijtimoiy yordam ko’rsatilmoqda ?
A) ko’p bolali va kam ta’minlangan oilalarga
B) yolg’iz onalarga va boshqa yolg’iz kishilarga
C) imkoniyati cheklangan bolalarga
D) barcha javoblar to’g’ri
13. “Har kim qariganda, mehnat layoqatini
yo‘qotganda, shuningdek, boquvchisidan
mahrum bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan
boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish huquqiga
ega” deb konsitutsiyaning qaysi moddasida
belgilab qo’yilgan ?
A) 39-modda
B) 37-modda
C) 36-modda
D) 38-modda
14. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
40-moddasida nima belgilab qo’yilgan ?
A) har kim bilim olish huquqiga ega
B) Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb
tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va
qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan
himoyalanish huquqiga egadir
C) Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi
D) har bir inson malakali tibbiy xizmatdan
foydalanish huquqiga ega
15. Voyaga yetmaganlarga yana qanday hollarda
ishlash taqiqlanadi ?
A) tungi ishlarga
B) qo’shimcha ishlarga
C) dam olish kunlaridagi ishlarga
D) A, B, C
16. O‘zbеkiston Rеspublikаsi Prеzidеntining
2018-yil 25-yanvardаgi Fаrmonida maktab
ta’limi bo’yicha nima bеlgilаb qo‘yilgаn ?
A) 2018/2019 o‘quv yilidаn boshlаb 11 yillik
majburiy ta’lim
B) 2019/2020 o‘quv yilidаn boshlаb 11 yillik
majburiy ta’lim
C) 2018/2019 o‘quv yilidаn boshlаb 10 yillik
majburiy ta’lim
D) 2018/2019 o‘quv yilidаn boshlаb 9 yillik
majburiy ta’lim
17. O‘zbеkiston Rеspublikаsi Prеzidеntining
2018-yil 25-yanvardаgi Fаrmonida 11-sinf
bitiruvchilari hisobidan tеgishli mutаxаssislikkа
(kаsbgа) egа bo‘lish uchun qancha muddat
o’qitish belgilangan ?
A) 3 oydan 1 yilgacha
B) 1 yildan 3 yilgacha
C) 6 oydan 2 yilgacha
D) 6 oydan 1,5 yilgacha
18. Maktab ishlari …. nazoratidadir.
A) davlat
B) jamiyat
C) xalq ta’limi
D) mahalla
19. “Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul
umumiy ta’lim olish davlat tomonidan
kafolatlanadi.” deb konsitutsiyaning qaysi
moddasida belgilab qo’yilgan ?
A) 39-modda
B) 42-modda
C) 40-modda
D) 41-modda
20. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
42-moddasida nima belgilab qo’yilgan ?
A) har bir inson malakali tibbiy xizmatdan
foydalanish huquqiga ega.
B) har kimga ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi,
madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi
kafolatlanadi
C) har kim bilim olish huquqiga ega
D) hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi.
9-mavzu. SIYOSIY HUQUQLAR
1. “O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari
jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda
bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok
etish huquqiga egadirlar.” deb konsitutsiyaning
qaysi moddasida belgilab qo’yilgan ?
A) 35-modda
B) 32-modda
C) 30-modda
D) 34-modda
2. O‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasida o‘z fuqarolari uchun
belgilangan siyosiy huquqlar to’g’ri ko’rsatilgan
javobni aniqlang.
A) vakolatli davlat organlari, idoralari va xalq
vakillariga arizalar, taklif, shikoyatlar bilan
murojaat qilish huquqi
B) qarilikda, mehnat qilish qobiliyatini
yo‘qotganda, shuningdek, boquvchisini
yo‘qotganda ijtimoiy ta’minot (pensiya,
nafaqa) olish huquqi
C) qonunda taqiqlanmagan iqtisodiy faoliyat bilan
shug‘ullanish huquqi
D) ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi huquqi
3. Mamlakatni boshqarishda ishtirok etish
huquqi qanday amalga oshiriladi ?
A) bevosita
B) saylanadigan vakillar orqali
C) bevosita yoki saylanadigan vakillar orqali
D) to’g’ri javob yo’q
4. Fuqaro qay tariqa hokimiyatga va qabul
qilinadigan qarorlarga ta’sir o‘tkazadi ?
A) miting orqali
B) namoyishlar orqali
C) mahalliy hokimliklar orqali
D) fuqarolar har qanday saylab qo‘yiladigan
organlarni saylash va saylanish huquqi orqali
5. O‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasida o‘z fuqarolari uchun
belgilangan siyosiy huquqlar to’g’ri ko’rsatilgan
javobni aniqlang.
1) ish faoliyatini tanlash erkinligi va ishsizlikdan
himoyalanish; 2) kasaba uyushmalari, siyosiy
Do'stlaringiz bilan baham: |