9 “ ” 201 yil mig`ma «Tasdiqlayman» O`ibdo` mavzu: Moddiy va ma'naviy hayot uyg'unligi. Amaliy mashg'ulot



Download 20,83 Kb.
Sana26.05.2020
Hajmi20,83 Kb.
#56099
Bog'liq
moddiy va manaviy hayot uygunligi (1)


Aim.Uz

9 “___”_____________________201__ yil MIG`MA «Tasdiqlayman»

__________O`IBDO`
MAVZU: Moddiy va ma'naviy hayot uyg'unligi. Amaliy mashg'ulot

Darsning maqsadi:

a) Ta’limiy: o`quvchilarni moddiy va ma'naviy hayot uyg'unligi mavzusi bilan tanishtirish va tushuncha berish.

b) Tarbiyaviy: O`quvchilarni zukko va bilimdonlikka o`rgatish, o`zaro mehr-oqibatli qilib tarbiyalash, dars jarayonida o`quvchilarda axloqiy, estetik, mehnat, tarbiya sifatlarini shakllantirib borish.

c) Rivojlantiruvchi: O`quvchilarni erkin va mustaqil fikrlashga o`rgatish, ularni og`zaki va yozma nutqini rivojlantirish.

Dars turi: darslik bilan ishlash

Dars metodi: aqliy hujum, og`zaki savol-javob, ma’ruza, suhbat, guruh bilan ishlash.

Dars jihozi: 9-sinf MIG` va MA darsligi, plakat, texika vositalari, tarqatma materiallar.

Asosiy tushunchalar:

moddiy va ma'naviy hayot uyg'unligi

Bilimlar: har bir insonni ezgu ishlarni bajarishi farz va qarz.

Ko`nikmalar: Ona Vatanimizda ulug' ishlarga bosh qo`shish, ma’naviyatli inson bo`lib etishish hamda Vatanimiz uchun xizmat qilish.

Dars tafsilotlari:

Tashkiliy qism: O`quvchilar bilan salomlashish, o`quvchilarning davomatini aniqlash, sinfxonaning darsga tayyorgarligini nazorat qilish.

Uyga vazifani tekshirish

Har tomonlama bilimlarini tekshirish

Yangi bilimlarini o`zlashtirish.

Yangi mаvzu bayoni: MODDIY VA MA'NAVIY HAYOT UYG'UNLIGI. Amaliy mashg'ulot

Bu galgi amaliy mashg'ulot Yurtboshimizning «Yuksak ma'na-viyat — yengilmas kuch» asarining 65—70-sahifalaridan o'rin olgan mulohazalarini to'liq o'qish va muhokama qilishga bag'ishlanadi. Avvalo, muallifning materializm va idealizm ta'limotlarining yuzaga chiqish tarixi to'g'risidagi fikrlari darslikda mazkur termin-larga berilgan ta'riflar yordamida keng sharhlanishi maqsadga muvofiqdir. Shundan keyin sho'ro zamonida materialistik qarashni ustun qo'yish natijasida paydo bo'lgan, insonning ma'naviy qadriyatlari, ayniqsa, uning milliy va diniy tuyg'ulariga bepisand munosabatda bo'lishning salbiy oqibatlari hayotiy misollar yorda­mida izohlanadi. Bunda, masalan, «O'zbekkino» Milliy agentligi tomonidan suratga olingan «O'rtoq Boykenjayev» nomli badiiy filmda aks ettirilgan ham fojiaviy, ham kulgili tarixiy lavhalar sharhi orqali sho'ro siyosatining insoniylikka zid mohiyatini ochib berish mumkin. Yoki «Temir xotin» badiiy filmidagi inson va uning taqdiriga faqat moddiy boyUk yaratishi lozim bo'lgan bir mashinadek munosabat ko'rsatilgani, odamning ruhiy olami, ma'naviy ehtiyojlari esa ochiqdan ochiq oyoqosti qilingani to'g'­risida xulosalar chiqarish maqsadga muvofiqdir.

Umuman, insonning moddiy va ma'naviy ehtiyojlarini bir-biriga qarama-qarshi qo'yish oxir-oqibatda jamiyat hayotini inqirozga olib kelishi muqarrar ekanini isbotlovchi tarixiy misollarni amaliy mashg'ulot paytida ko'plab keltirish mumkin.

Mashg'ulot davomida Yurtboshimizning quyidagi fikrlariga alohida to'xtalish, ularni amaliy misollar yordamida keng sharhlash tavsiya etiladi:



«Biz iqtisodiy o'nglanish, iqtisodiy tiklanish, iqtisodiy rivojlanish jarayonlarining ma'naviy poklanish, ma'naviy yuksalish harakatlari bilan tamomUa uyg'un ravishda rivojlanib borishini doimo davlatimiz va jamiyatimizning e'tibor markaziga qo'yib kelmoqdamiz»'.

Mazkur tamoyil asosida rivojlanayotgan O'zbekistonda fuqaro-lararo, millatlararo, dMararo o'zaro hamjihatlik ta'minlanayotgani, jamiyatimizda inson qadri, huquq va erkinliklari e'zozlanayotgani hayotiy haqiqatdir. Ayrim mamlakatlarda bozor iqtisodiyotiga o'tish jarayonida aholi qatlamlari o'rtasida o'zaro tengsizlikning keskin kuchayib ketgani, nafsiy qadriyatlarning markaziy o'rin egallab borayotgani, buning natijasida mazkur jamiyatlarda «Boy boyga boqar, suv soyga oqar» qabilidagi qarashlar hukmronlik qila boshlayotgani ham sir emas.

Shundan kelib chiqib, bizning yurtimizda moddiy va ma'naviy jarayonlarning o'zaro mutanosib tarzda rivojlantirilayotgani siyosiy-ijtimoiy barqarorlik va taraqqiyotning mustahkam garovi bo'lib xizmat qilayotganini alohida ta'kidlash o'rinli.

Amaliy mashg'ulotga tayyorgarlik jarayonida rasm chizish qo'lidan keladigan o'quvchilar ko'magi bilan katta qog'ozga qa-notlarini keng yoyib parvoz qilayotgan qushning suratini solish, uning bir qanotiga moddiy hayot bilan bog'liq tushunchalarni, ikkinchi qanotiga esa ma'naviy hayot qadriyatlarini yozib chiqish mavzuni esda saqlab qolishimizga yordam beradi, deb o'ylaymiz.


Uyga vazifa: berilgan topshiriqni bajarib, o`tilgan mavzuni o`qib o`rganib kelish.

Foydalanilgan adabiyot: 9-sinf MIG` va MA. I. Karimov. Yuksak ma'naviyat — yengilmas kuch.
Download 20,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish