2. Davlat byudjeti ijrosini amalga oshirishda byudjet
nazoratining o’rni va axamiyati.
Davlat moliyaviy nazorati byudjet to’g’risidagi qonun hujjatlarining
moliyaviy nazorat ob’ektlari tomonidan buzilishi hollarini aniqlash, bartaraf
etish va unga yo’l qo’ymaslik maqsadida davlat moliyaviy nazorat organlari
tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat moliyaviy nazorati:
Respublika darajasida — O’zbekiston Respublikasi respublika
byudjetining, davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining va respublika
byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari byudjetdan tashqari
jamg’armalarining shakllantirilishi hamda ijro etilishi ustidan;
Mahalliy darajada — Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetining,
viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining, Qoraqalpog’iston
Respublikasi byudjetidan, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy
byudjetlaridan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari byudjetdan
tashqari jamg’armalarining shakllantirilishi hamda ijro etilishi ustidan
amalga oshiriladi.
Davlat moliyaviy nazorat organlari davlat moliyaviy nazoratini davlat
moliyaviy nazorat organlari yoki vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadigan
nazorat qilish yillik rejalariga muvofiq amalga oshiradi.
Ayrim hollarda rejadan tashqari davlat moliyaviy nazoratini amalga
oshirishga:
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O’zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining;
davlat moliyaviy nazorat organiga byudjet to’g’risidagi qonun hujjatlari
buzilganligi faktlari to’g’risida ma’lumotlar kelib tushgan hollarda davlat
moliyaviy nazorat organlari rahbarlarining qarorlari asosida yo’l qo’yiladi.
Davlat moliyaviy nazorat organlari: O’zbekiston Respublikasi Hisob
palatasi, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning tasarrufidagi
vakolatli organlar davlat moliyaviy nazorat organlaridir.
Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining
daromadlari qismi bo’yicha davlat moliyaviy nazorati berilgan vakolatlar
doirasida davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat moliyaviy nazorati printsiplari. Davlat moliyaviy nazoratini
o’tkazishning qonuniyligi va mustaqilligi, shuningdek davlat moliyaviy
nazorati natijalarining ishonchliligi va xolisligi davlat moliyaviy
nazoratining printsiplaridir.
Budjet ijrosi jarayoni xaqida axborotlar budjet hisobini tashkil qilish va
yuritish orqali shakllantiriladi. Bunda, belgilangan budjet tasnifi bo’yicha
budjet daromadlari shakllantiriladi va xarajatlar amalga oshiriladi. Budjet
hisobini alohida xususiyatlaridan biri – budjet ijrosini to’g’ri tashkil etish,
moliya budjet intizomiga rioya qilish va nazorat funksiyasini amalga
oshirilishidir.
Nazorat funksiyasi orqali budjet mablag’laridan maqsadli foydalanish,
mulklarni saqlanishi va tayinlanishi bo’yicha sarflanishi tizimi yo’lga
qo’yiladi.
Budjet hisobida ham yuqorida qayd etilganidek, nazoratning uch turi
qo’llaniladi:
- dastlabki nazorat;
- joriy nazorat;
- keyingi nazorat.
Dastlabki nazorat – smetalarni tuzish va tasdiqlash jarayonida amalga
oshiriladi. Unda budjet intizomiga rioya qilinishi, shuningdek, qonunchilik
talablari buzilishi oldi olinadi.
Joriy nazorat – budjet ijrosi jarayonida amalga oshirilib, sodir bo’lgan
muomalalarni qonuniyligi, pul mablag’larini oqilona sarflanishi, mulkiy
qiymatliklar bo’yicha hisob ma’lumotlarini xaqiqiy holatga mosligi,
hisoblashuvlar holati va boshqalar nazorati amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |