O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasi tomonidan amalga
oshiriladigan davlat moliyaviy nazorati. Hisob palatasi quyidagilarni
amalga oshiradi:
- makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni, byudjet-soliq va pul-kredit parametrlarini
shakllantirish jarayonlarini, ularning qonun hujjatlari talablariga
muvofiqligiga rioya etilishini tizimli o’rganish;
- byudjet tizimi byudjetlarining daromadlarini shakllantirish va mablag’lari
sarflanishini umumiy, moddalar bo’yicha, tarmoqlar hamda hududlar
kesimida nazorat qilish va tekshirish;
- davlat maqsadli dasturlari amalga oshirilishining to’liqligi va
samaradorligini baholash;
- O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining va O’zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligining bank hisobvaraqlaridagi mablag’larining
qonuniy shakllantirilganligini, maqsadli hamda samarali sarflanganligini
nazorat qilish va tekshirish;
- O’zbekiston Respublikasining respublika byudjeti va Qoraqalpog’iston
Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari
o’rtasida maqbul nisbatga erishishga doir takliflarni tahlil qilish hamda
baholash;
- davlat aktivlari shakllantirilishini, ulardan samarali va maqsadli
foydalanilishini tekshirish;
- daromad keltiruvchi tarmoqlar korxonalari faoliyatini byudjet tizimi
byudjetlariga qo’shimcha tushumlar zaxiralarini aniqlashga yo’naltirilgan
tarzda tahlil va nazorat qilish;
- O’zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi,
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari
uchun xarid qilinadigan qishloq xo’jaligi mahsulotlari uchun hisob-kitoblar
jamg’armasi, Qishloqlarni qishloq xo’jalik texnikasi bilan ta’minlashni
davlat tomonidan rag’batlantirish jamg’armasi va belgilangan tartibda
tashkil etilgan boshqa jamg’armalarning mablag’lari tushumi va
daromadlarining shakllantirilishi, ularning mablag’laridan maqsadli va
samarali foydalanilishi yuzasidan tahlil va nazorat qilish;
- valyuta, eksport va import operatsiyalari o’tkazishning qonuniyligini,
shuningdek byudjet tizimi byudjetlariga tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksporti
va importidan majburiy to’lovlar bo’yicha mablag’lar tushumini nazorat
qilish;
- mamlakat oltin-valyuta zaxiralarining o’rni qayta to’ldirilishi va ular bilan
amalga oshiriladigan operatsiyalar ustidan nazorat qilish;
- ichki va tashqi aktivlarni boshqarish bo’yicha hisobotlar va balans
hisobkitoblarini tahlil qilish, mablag’lar va oltin-valyuta zaxiralarini chet el
banklariga va boshqa banklarga joylashtirish hamda qayta joylashtirishning
asosli va samarali ekanligini nazorat qilish;
- davlat qarzini boshqarish samaradorligini tahlil qilish, unga o’z vaqtida
xizmat ko’rsatilishi ustidan nazorat qilish, O’zbekiston Respublikasi
nomidan yoki uning kafolati ostida jalb qilingan chet el kreditlari
mablag’laridan samarali foydalanish masalalari bo’yicha predmetli
tekshiruvlar tashkil etish;
- davlat mulki realizatsiya qilinishi bilan bog’liq masalalarni tahlil qilish va
ular bo’yicha nazoratni ta’minlash;
- byudjet tizimi byudjetlari mablag’laridan maqsadli va samarali
foydalanilishi ustidan nazorat qilishga doir vazifalar moliya organlari, shu
jumladan g’aznachilik bo’linmalari tomonidan bajarilishi samaradorligini
tahlil qilish;
- davlat mulki ulushi bo’lgan korxonalarning moliya-xo’jalik faoliyatini
dividendlar to’g’ri hisoblanishi va to’lanishi yuzasidan tekshirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |