81-variant Akronitril asosida polimer ishlab chiqarish


Markazdan qochma tipdagi mashinalar



Download 43,57 Kb.
bet2/20
Sana17.07.2022
Hajmi43,57 Kb.
#816451
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
80-90

2Markazdan qochma tipdagi mashinalar.
Kompressor — havo yoki gazni siqadigan va bosim ostida uzatadigan qurilma. Tuzilishiga koʻra, porshenli, rotatsion, markazdan qochirma, uqaviy va oqimli; siqiladigan gaz xiliga qarab, havo va kislorod Kompressorlari; bosimga qarab, past (0,3—1 MYA/m2), oʻrta (10 MYA/m2 gacha) va yuqori (10 MYA/m2 dan yuqori) bosimli xillarga boʻlinadi. Havoni 12 kPa bosimgacha siqadigan mashinalar ventilyatorlar, 0,3 MPa gacha siqadigani havo puflagichlar deyiladi.Porshenli Kompressor, asosan, ish silindri va porshendan iborat. U bir va koʻp silindrli, silindrlari vertikal, gorizontal, Vintsimon va Wsimon oʻrnatilgan, bir yoqlama yoki ikki yoklama ishlaydigan, bir yoki koʻp bosqichli boʻladi. Gaz silindrning ichki devorlari bilan ilgarilanmaqaytma harakat qiladigan porshen orasida qisiladi. Rotatsion Kompressorda aylanuvchi bir yoki bir necha porshen va rotor ish organi hisoblanadi. Ularda soʻrilgan gazning xajmi rotorda ekssentrik joylashgan sirpanuvchi plastina bilan silindr orasida (plastina va vintsimon rotor orasida (vintli Kompressor) kamayadi. Markazdan qochirma Kompressorda rotorning ish gʻildiragiga aylanma harakat beradigan gaz, avval markazdan qochma kuch taʼsirida, soʻngra harakat tezligining pasayishi natijasida (halqa diffoʻzorda) siqiladi. Oʻ qa viy K.da gaz oʻqqa parallel siljiydi. Bunda gaz rotor koʻraklari bilan korpusning koʻzgʻalmas koʻraklari orasida siqiladi. Markazdan qochirma va uqaviy Kompressorni turbokompressorlar ham deb ataladi. Oqimli Kompressorlarning tuzilishi va ishlashi oqimli nasoslarga oʻxshash, ammo bosim darajasi nasosnikidan yuqori. Bunda ish muhiti sifatida, koʻpincha, suv bugʻidan foydalaniladi. Kompressorlar sanoatning koʻp tarmoqlarida ishlatiladi.


3Kalsiy nitratning fizik - kimyoviy xossalari.
Nitrat kislota, HNO3 - kuchli bir asosli kislota. Suvsizi beqaror suyuklik. Mol.m. 63,016. Suvsiz Nitrat kislotaning suyuqlanish temperaturasi — 41,59°,qaynash temperaturasi 84°, zichligi- 1,513 g/sm3. Nitrat kislota suv bilan istalgan nisbatda aralashadi. Suvsiz Nitrat kislota (98—100%li) xona haroratida tutab parchalanadi, bunda hosil boʻlgan NO2 dan havo sariq tusga kiradi. Nitrat kislota qaynatilganida ham parchalanadi: 4HNO3-^2H2O+4NO2T+O2T. Amalda zichligi 1,44 g/sm³ boʻlgan 63— 65% li konsentrlangan kislota ishlatiladi. Nitrat kislota — kuchli oksidlovchi. Shu sababli metallarga taʼsir ettirilganda vodorod ajralib chiqmaydi. Konsentrlangan nitrat kislota qaytarilish mahsuloti har xil bo’lishi mumkin.Unga odatdagi sharoitda Fe, Al, Cr, Au va Pt ta’sir etmaydi. Cu, Ag, va Ag ni eritib, o’zi NO2 ga qadar qaytariladi. Sn,As, P, B kislotalarigacha oksidlanadi: Sn + 4HNO3 = H2SnO3 + 4NO2 + H2O Suyultirilgan nitrat kislotaning oksidlovchilik xossasi juda kuchli, ozi esa NO, NH4NO3 va boshqa mahsulotlargacha qaytariladi: 3Cu + 8HNO3 = 3Cu(NO3)2 + 2NO + 4H2O 4Mg + 10HNO3 = 4Mg(NO3)2 + NH4NO3 + 5H2O PbS + 8HNO3 = 3PbSO4 + 4H2O + 8NO 3HCl + HNO3 = 2H2O + 2Cl2 + NOCl Platina ham zar suvida (3HCl*HNO3) eriydi. 3Pt + 4HNO3 + 12HCl= 3PtCl4 + 4NO + 8H2O Eng muhimi nitrat kislotaning metallar bilan reaksiyasida vodorod ajralmaydi. Agar nitrat kislotaga metallmaslar ta’sir ettirilsa metallmaslar kislotalargacha oksidlanadi: S+6HNO3(kons)=H2SO4+6NO2+2H2O Suyultirilgan nitrat kislota fosforni ortofosfat kislotagacha oksidlaydi: 3P+5HNO3+2H2O=3H3PO4+5NO Uglerod nitrat kislota ta’sirida CO2 gacha oksidlanadi: 3C+4HNO3=3CO2+2H2O+4NO Nitrat kislota tuzlari suvda yaxshi eriydigan oq qattiq moddalar. Ular selitralar deyiladi. NaNO3-natriyli selitra, KNO3- kaliyli, Ca(NO3)2-kalsiyli, NH4NO3- ammoniyli selitradir. Tuzlarining parchalanishi 3 xil: Eng aktiv metallarning (magniydan chapda turgan) nitratlari parchalansa nitritlar va kislorod hosil bo’ladi: 2KNO3 = 2KNO2 + O2 Agar metallning aktivligi kamroq va metall Mg va Cu orasida joylashgan bo’lsa bu metallarning nitratlari parchalanishida metal oksidi, NO2 va kislorod hosil bo’ladi. 2Zn(NO3)2= 2ZnO + 4NO2 + O2 Agar metallar aktivligi kam bo’lsa, nitratlarning parchalanishida metallning o’zi, NO2 va kislorod hosil qiladi: 2AgNO3= Ag + 2NO2 + O2 Hg(NO3)2= Hg + 2NO2 + O2
Konsentrlangan nitrat kislota (HNO3) bilan xlorid kislota (NS1) aralashmasi, 1 hajm nitrat kislotaga 3 hajm xlorid kislota qoʻshilsa, "zar suvi" deb ataladigan kuchli oksidlovchi hosil bo'ladi: HNO3 + 3HCl=Cl2 + NOCl + 2H2O



Download 43,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish