8-sinf Sana _________
Darsning mavzusi: 4-laboratoriya mashg‘uloti. Jismoniy mashqlarning yurak-qon tomir tizimiga ta’sirini aniqlash.
Darsning ta’limiy maqsadi: O’quvchilarga jismoniy mashqlarning yurak-qon tomir tizimiga ta’siri haqidagi tushunchalarni berish, ko’nikmalarni shakllantirish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: Ma’naviyat daqiqasi. Tinchlikni e’zozlash, shukronalik, keksalarni qadrlash. O’quvchilarni dunyoqarashlarini kengaytirish, ekologik tarbiya berish. Kasbga yo’natirish. Tabiatni asrashga o’rgatish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarning tirik organizmlar, ularda boradigan hayotiy jarayonlar haqidagi bilimlari, darslik ustida mustaqil ishlash, guruhlarda ishlash, mustaqil fikrlash ko’nikmalarini rivojlantirish.
Darsning turi: Yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi, o’quvchilar egalagan bilimlarni nazorat qiluvchi dars.
Darsning jihozi: Darslik, albom, ko’rgazmali qurollar, mavzuga oid rangli plakat(rasm)lar, mikropreparatlar, mulyajlar, didaktik materiallar, texnika vositasi.
Tashkiliy qism; Salomlashish, davomatni aniqlash. Darsni o’quvchilardan kun, sana, oy, yil fasli, kun yangiliklarini aniqlashdan boshlanadi.
O’tgan mavzuni mustaxkamlash. Tezkor savol-javob orqali o’quvchilar bilimi tekshiriladi va mustaxkamlanadi.
Atmosfera bosimi va havo harorati o‘zgarishi yurak-qon tomir faoliyatiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
Spirtli ichimliklar va chekish yurak-qon tomir sistemasiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
Yangi mavzu bayoni: Zarur asbob va jihozlar: sekundomerli soat, fonendoskop, sfigmomanometr yoki tonometr.
Ishni bajarish tartibi
2—3 o‘quvchi 5 minut partada tinch o‘tirganlaridan so‘ng pulslari sanaladi va arterial bosimi o‘lchanadi. Tinch holatda olingan natijalar doskaga liar bir o‘quvchining familiyasi qarshisiga yozib qo‘yiladi.
0‘quvchilar navbat bilan belgilangan jismoniy mashqni bajaradilar. (30 sek. davomida 20 marta o‘tirib-turish.)
Mashq tugashi bilanoq, pulsi sanaladi, arterial qon bosimi o‘lchanadi. Olingan natija doskaga — tinch holatdagi natijalar yoniga yozib qo‘yiladi.
Uch minut dam olgandan keyin puls va qon bosimini takror o‘lchab, doskaga yozib qo‘yiladi. Bu natija tinch holatdagi natijaga tenglashishi kerak.
Yangi mavzuni mustakamlash. Tezkor savol-javob orqali o’quvchilar bilimi tekshiriladi va mustaxkamlanadi.
O’quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi (baholanadi).
Uyga vazifa; mavzuni o’qish, mustaqil test tuzish 10 tadan. Rasm chizish, savollarga javob yozish.
Foydalanilgan adabiyotlar:
8-sinf darsligi-Toshkent 2019(O.Mavlonov, T.Tilavov, B.Aminov)
www.biology.com
Fan o’qituvchisi Axtamova Sh.O’
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari G’aniyeva F.B
Do'stlaringiz bilan baham: |