8-sinf.O’zbekiston tarixi.22-25-mavzular.Aralash.(yangi kitob:2019)
1.Buxoro amirligida taqiqlangan ichimliklarning iste’mol qilinishiga va sudxo’rlikka qarshi choralar ko’rgan lavozim egasini toping. A)muhtasib B)shayxulislom C)muftiy D)qozikalon
2.Ernazarbiy elchi sifatida savdo aloqalarini rivojlantirishdan tashqari qaysi shaharda Rossiya tomonidan jome masjidi qurdirishga hamda amirlik fuqarolarining Astraxan orqali Haj safariga erkin borib kelishlarining kafolatlanishiga erishgan edi? A)Peterburg B)Orenburg C)Astraxan D)Saroy
3.Ernazarbiy elchiligidan qaysi hukmdor siyosiy maqsadlarni ham ko’zlagan edi? A)Abulfayzxon B)Muhammad Rahim C)Doniyolbiy otaliq D)Amir
Shohmurod
4.Nechinchi asrda Buyuk Britaniya va Rossiya o’rtasida O’rta Osiyo masalasida raqobat kuchaydi? A)XVIII asrda B)XIX asrning birinchi yarmida C)XIX asrning birinchi choragida D)XVIII asr oxirlari — XIX asr boshlari
5.”Gulshan ul-muluk” asarining muallifini aniqlang. A)Doniyolbiy Buxoriy B)Mirzo Shams Buxoriy C)Mir Olim Buxoriy D)Muhammad Hakimxon 6.Qaysi Xiva hukmdori markaziy hokimyatdan mustaqil bo’lishga harakat qilgan turkman va qoraqalpoqlarning qo’zg’alonini shafqatsizlik bilan bostirdi? A)Muhammad Amin inoq B)Subxonqulixon C)Olloqulixon D)Muhammad Rahimxon I 7.Qaysi Xiva hukmdori hukmronligi davrida Rossiya tomonidan mustahkamlangan Orenburg liniyasining paydo bo’lishi Xiva xonligiga bevosita tahdid solmoqda edi? A)Muhammad Amin inoq B)Subxonqulixon C)Olloqulixon D)Muhammad Rahimxon I
8.Xorazm shayboniylar hujumi arafasida qaysi davlat tasarrufida edi? A)Xuroson B)Movorounnahr C)Bu davrda u mustaqil edi. D)Safaviylar 9.Arab Muhammadxon hukmronligi oralig’ida yuz bermagan voqeani aniqlang. A)Bu davrda Bedil hayot edi B)Ko’chimxon Sibir xonligi taxtini egalladi. C)Buxoro xonligida mamlakat sarhadlari jipsligini mustahkamlash,boshqaruv tizimini izga solish uchun ko’p uringan hukmdor shu davr oralig’ida hukmronlik qildi. D)Ashtarxoniylar Balx shahrini bo’ysundirdi
10.Muhammad Rahimxon davrida tuzilgan Oliy Kengash haqida noto’g’ri javobni aniqlang. A)Vakolati cheklanmagan mazkur boshqaruv organi
xon farmonlarini tasdiqlovchi,ijro etuvchi va sud hokimyati vazifasini bajardi. B)Oliy Kengash ishida xonning yaqin qarindoshlari,mehtar,qo’shbegi,devonbegi,naqib,shayxulislom,bosh qozi,inoq,otaliq va biylar qatnashgan. C)Oliy Kengash majlisi Afinadagi xalq majlisi kabi haftada bir marta o’tkazilgan va unda davlatning ichki va tashqi siyosatiga oid eng muhim masalalar muhokama etilgan. D)Oliy Kengashga xonning o’zi rahbarlik qilgan. 11.Qaysi Xiva hukmdori hukmronligi davrida xonlik siyosiy jihatdan birlashtirildi? A)Muhammad Amin inoq B)Subxonqulixon C)Olloqulixon D)Muhammad Rahimxon I 12.Xorazmliklarning safaviylar hukmronligiga qarshi kurashiga qaysi tabaqa vakillari boshchilik qilishdi? A)yirik yer egalari B)mahalliy aslzodalar C)qabila boshliqlari D)xalq ommasi 13.To’g’ri javobni aniqlang. A)Elbarsxon davrida mamlakat poytaxti Urganch shahridan Vazir shahriga ko’chirildi. B)Ivan III Oltin O’rdaga yasoq to’lashdan bosh tortgan yilda Muhammad Shayboniyxon tomonidan o’z bobokaloni Shayboniyxon avlodiga mansub Berka Sulton o’ldirildi. C)Xiva xonligida shayboniylar hukmronligi davri oralig’ida Buxoroda Juvayniy ijod qilgan D)1770-yilda taxtga kelganlar Jo’jining beshinchi o’g’li shaybon naslidan bo’lgan Arabshoh ibn Po’lodning avlodlari bo’lganligi uchun arabshohiylar deb ham atalgan. 14.Asfandiyorxon ukasi Arabmuhammad Bahodirxonni qaysi shaharga hokim etib tayinladi? A)Xiva B)Vazir C)Urganch D)Hazorasp 15.Turkman qabilalariga qarshi kurash olib borgan, biroq dastlab muvaffaqiyatsizlikka uchrab Buxoro amirligiga – Doniyolbiy otaliq huzuriga ketgan Xiva hukmdorini aniqlang. A)Muhammad Aminxon B)Subxonqulixon C)Olloqulixon D)Abulg’oziy Bahodirxon E)Asfandiyorxon F)t.j.y 16.Qaysi Xiva hukmdori Xiva-Buxoro urushida halok bo’lgan? A)Muhammad Amin inoq B)Avaz Muhammad C)Eltuzarxon D)Elbarsxon 17.Kimning hukmronligi davrida Xiva xonligi iqtisodiy jihatdan ancha mustahkamlandi? A)Muhammad Rahimxon I B)Avaz Muhammad inoq C)Eltuzar D)Olloqulixon E)Muhammad Amin inoq 18.Qachonga kelib Xiva xonligi hududi 19 ming km.kv ni tashkil etdi? A)XIX asarning birinchi yarmida B)XIX asrning 40-yillarida C)XIX asr boshida D)XIX sar o’rtalarida 19.Xivada Qo’ng’irotlar boshqaruvi davrida qaysi lavozim o’troq aholi vakillari orasidan tayinlangan? A)mehtar B)qo’shbegi C)devonbeegi D)muhtasib 20.Muhammad Rahimxon I bekor qilgan mansablar sirasiga kirmaydiganini aniqlang. A)biy B)otaliq C)inoq D)qutvol 21.Abulg’oziy Bahodirxonning Buxoro xonligi bilan sulh tuzishi va hokimyatni o’g’li Anushaxonga topshirishi oralig’i necha yilni tashkil qiladi? A)1 yil B)6yil C)3yil D)Bu voqealar biy yilda sodir bo’lgan 22.Qachonga kelib turkman yovmutlari Xivada hokimyatni amalda o’z qo’llariga oldilar? A)1740-yilda B)1761-yilda C)1764-yilda D)XVIII asrning 60-yillaridan 23.Husayn Boyqaro Xorazmga noib qilib tayinlagan Chin So’fi qaysi qabiladan edi? A)qipchoq B)qo’ng’irot C)turkman D)qiyot
24.XVI asrning 70-yillarida Xiva xonligi iqtisodiy inqirozga duchor bo’ldi.Buning asosiy sabablariga quyidagilardan qaysi biri kirmaydi? A)O’zaro qabilaviy nizolar,og’ir
soliqlar,turli to’lov va jarimalarning mamlakat aholisini xonavayron qilishi B)Amudaryoning o’z o’zanini o’zgartirib,Orol dengizi yo’nalishida oqa boshlashi C)XVI asrda xonlikning Buxoro amirligi tomonidan ikki marta bosib olinishi D)Amudaryoning Orol dengiziga oqa boshlagani oqibatida,eski o’zan atrofidagi yerlar cho’lga aylanib,aholining xonlikning boshqa hududlariga ko’chib o’tishga majbur bo’lishi
25.Xiva xonligida devonbegi rahbarlik qilgan vazirliklar sirasiga kirmaydiganini aniqlang. A)xo’jalik B)ijtimoiy-siyosiy C)moliya D)harbiy ishlar
26.Xorazmni Eron Safaviylaridan ozod etish va mustaqil davlat tuzish uchun boshlangan kurashning tashabbuskori o’sha davrda Umar qori bo’ldi.U qaysi shahar qozisi edi? A)Vazir B)Urganch C)Ko’hna Urganch D)Xiva
27.”Husn-u dil” yaratilgan yillarda Buxoro va Xiva hukmdorlarini belgilang. A)Muhammad Rahim,Subhonqulixon B)Doniyolbiy otaliq,Muhammad Aminxon C)Subhonqulixon,Olloqulixon D)Doniyolbiy otaliq,Muhammad Amin inoq
28.2018-yil 6-10-sentabr kunlari xalqaro maqom festivali qaysi shaharda o’tkazildi va unda nechta davlat vakillari ishtirok etdi? A)Toshkent,300 ga yaqin davlat B)Qarshi,63 davlat C)Samarqand,75 davlat D)Shahrisabz,73
davlat
29.Amir Haydar 1803-1804-yillardagi ta’lim islohotini amalga oshirish uchun qaysi hudud begini mas’ul etib tayinlaydi? A)Qarshi B)Toshkent C)Samarqand D)Miyonqol
30.XIX asr boshlarida qaysi shaharda 60 ta madrasa bor edi? A)Qarshi B)Toshkent C)Samarqand D)Miyonqol
31.Qaysi asarda yaxshilik va yomonlik o’rtasidagi qarashlarda xayrli intilishlar,aql va oliyjanob niyatlar ustun keladi? A)”Hayvonotnoma” B)”Husn-u dil” C)”Qushlar munozarasi” D)”Podsholar gulshani”
32. Qaysi ijodkorning asarlarida jamiyatdagi ijtimoiy tengsizlik,adolatsizlik va odamlar fe’lidagi illatlar tanqid ostiga olinadi? A)Vola B)Muhammad Yaq’ub ibn Doniyolbiy C)Mujrim Obid D)Mirzo Sodiq Jondoriy
33.Ataman Shamay boshchiligidagi Yoyiq kazaklari qaysi hukmdor davrida Xiva xonligiga hujum qilgan edi? A)Sherg’oziyxon B)Abulg’oziyxon C)Asfandiyorxon D)Arab
Muhammad
34.Qaysi asar Buxoroning qadimgi tarixi,uning hukmdorlari shajarasi bayoniga bag’ishlangan? A)”Podsholar gulshani” B) Hayvonotnoma” C)”Husn-u dil” D)”Qushlar munozarasi”
35.Qaysi ijodkor o’zbek,fors va arab tillaridagi she’rlarini uchta devonda to’pladi? A)Vola B)Mujrim Obid C)Shayboniyxon D)Ubaydullaxon
36.Quyidagi qaysi elchi Buxoro amirligi qo’shbegisi bilan aloqa bog’laydi? A)Muravyov B)Murkford C)A.Byorns D)Xoxlov
37.”Gulshan ul-muluk”asarining ikkinchi qismida O’rta Osiyoning nechinchi asrlardagi voqealari bayon etilgan? A)XVIII asrning oxirgi choragi B)XVIII—XIX asr boshlari C)XVII-XVIII asrlar D)XVI-XVII asrlar
38.Qaysi ekspeditsiya natijasida inglizlar Buxoro amirligini har tomonlama o’rganishga va mahalliy hukmdorlar orasida o’zlariga tarafdor guruhni shakllantirishga muvaffaq bo’ldilar? A) Muravyov B)Murkford C)A.Byorns D)Xoxlov
39.Quyidagi qaysi inshoot ham madrasa,ham masjid vazifasini o’tagan? A)Ko’kaldosh B)Sherdor C)Tillakori D)Baroqxon
40.Qaysi ijodkorning bizgacha 3 misra she’rlari yetib kelgan? A) Vola B)Mujrim Obid C)Shayboniyxon D)Ubaydullaxon
41.Buxoro amirligida soliq tushumlarini yozib borish qaysi amaldor zimmasiga yuklatilgan? A)devonbegi B)mehtar C)mushrif D)muhtasib
42.Quyidagi shahar nomlari orasidagi juftliklar ichidan noto’g’risini aniqlang. 1.Yassi-Turkiston; 2.Pekin-Xonabaliq; 3.Chimkent-Shimkent; 4.Juzgun-Fayzobod; 5.Hojitarxon-Astraxan; 6.Binkat-Toshkent; 7)GurgancH-Ko’hna Urganch A)4,5,6 B)1,3,4 C)3,4,5,7 D)2,4,6 E)barcha juftliklar to’g’ri qayd etilgan F)faqat 4
43.Qaysi Buxoro hukmdori Rossiya orqali Istanbul shahriga borish uchun ruxsat so’ragan? A)Abdullaxon II B)Amir Shohmurod C)Abulfayzxon D)Doniyolbiy
otaliq
44.Amir Shohmurodning 1797-yilda Rossiyaga yuborgan elchisini belgilang. A)Ernazarbiy B)Polvonquli qurchi C)Polvonquli parvonachi D)Xoja Nafas
45.Muhammad Rahimbiy tomonidan qatl etilgan soxta xon nomi bilan bir xil nomga ega bo’lgan Buxoro xoni nechinchi yillarda hukmronlik qilgan? A)1598-1601-yillar B)1598-1599-yillar C)1598-yil D)1598-1600
46.Xalq manfaatlariga qilinadigan tajovuzning oldini olish uchun tadbir o’tkazgan hukmdordan so’ng taxtga chiqqan hukmdroning vorisi nechinchi yillarda davlatni boshqargan? A)1800-1826-yillar B)1663-1686-yillar
C)1530-1533-yillar D)1826-1860-yillar
47.Abulg’oziy Sulton Eronda tutqunlikda bo’lgan yillar oralig’ida sodir bo’lgan voqealarni aniqlang. 1.Bedil tavallud topdi; 2.Rizoquli Buxoro hududlariga bostirib kirdi; 3.Mir Arab madrasasi qurilishi tugallandi; 4.Ubaydullaxon Xivani Buxoroga bo’ysundirdi; 5.Asfandiyorxon
taxtni egalladi; 6.Elbarsxon hukmronligi boshlandi
A) faqat 2 B)1,3 C)5,6 D)barchasi
48.Abulg’oziy Bahodirxon qaysi hududda yashovchi aholini to’rtta birlashmaga bo’lgan edi? A)Orol dengizi bo’ylarida B)Sirdaryoning quyi oqimida C)Amudaryoning quyi oqimida D)Turkmanlar yashaydigan hududda
49.1843-yilda Marv viloyati uchun talashayotgan Buxoro va Xiva o’rtasida urush kelib chiqqanida Xiva qo’shini Buxoro qo’shinini qayerda mag’lubiyatga uchratgan edi? A)Hazorasp yaqinida B)Amudaryo qirg’oqlarida C)Xiva yaqinida D)Marv yaqinida
50.Xiva xonligida arabshohiylar sulolasi davrida har bir qabilaviy guruhga qaysi mansab egasi tayinlangan?
A)naqiblar B)muhtasiblar C)inoqlar D)vakillar
51.Abulg’oziy Bahodirxon nima maqsadda aholini to’rtta katta guruhga bo’lgan edi? A)markaziy hokimiyatni mustahkamlash B)markazlashgan mutlaq hokimiyatni yaratish C)harbiy to’qnashuvlarning oldini olish maqsadida D)urug’ boshliqlari o’rtasidagi to’qnashuvlarning
oldini olish maqsadida
52.Subhonqulixon Xivani bo’ysundirganidan so’ng noib etib tayinlangan Shohniyoz qaysi mansab egasi edi? A)noib B)eshikog’aboshi C)parvonachi D)otaliq
53.XVIII asrda qaysi hodisa qudratli Rossiya davlatining Xivani o’z ta’sir doirasiga bo’ysundirish yo’lidagi dastlabki urinishi bo’ldi? A)Perovskiy ekspeditsiyasi B)”Shimoliy urush”dagi g’alaba C)Bekovich-Cherkasskiy ekspeditsiyasi D)Pyotr I ning O’rta Osiyo davlatlarini Rossiyaga teng davlatlar emas deya kamsitishi
54.Qaysi Xiva hukmdori davrida parokandalik ,ayniqsa,yaqqol namoyon bo’ldi? A)Sherg’oziyxon B)Arab Muhammad C)Asfandiyorxon D)Elbarxon
55.”Moskva kompaniyasi”tashkil etilganidan yuz o’tib qanday voqea sodir bo’lgan? A)Subhonqulixon Balxni egalladi B)Abulg’oziyxon Buxoro atroflarini ikki marotaba talon-taroj qildi C)Angliyada “Oq va qizil gullar urushi” boshlandi D)Bedil tavallud topdi
56.Ivan Grozniy Qozon xonligini bosib olgan davrdan yuz yil o’tib Buxoro hukmdori kim ekanligini aniqlang. A)Navro’z Ahmadxon B)Iskandarxon C)Abdulazizxon D)Abdullaxon II
57.Dinnosbek hokimlik qilgan shaharda qo’zg’alon ko’targan yili Xiva xonligi taxtiga o’tirgan hukmdor qaysi hukmdor bilan bo’lgan jangda halok bo’lgan? A)Amir Haydar B)Amir Nasrullo C)Amir Shohmurod D)Doniyolbiy otaliq
58.Quyuidagi qaysi voqea Muhammad Rahimxon nomi bilan bo’gliq emas? A)Oltin tanga tanga zarb etilgan yilda qoraqalpoqlarni bo’ysundirdi B)Yuqori boshqaruv organi –Oliy Kengash ta’sis etildi C)Yer solig’ining ancha qismi pul shaklida yig’iladigan va ularning hammasi umumdavlat xazinasiga topshiriladigan bo’ldi D)Bojxona xizmatining tashkil etilganligi va oltin tangalar zarb etilib muomulaga chiqarilganligi davlat xazinasiga tushumning ko’payishiga
xizmat qildi
59.1728-1740-yillarda Xiva xoni bo’lgan shaxs qaysi xonlikdan edi? A)Qozon B)Qozoq C)Sibir D)Qrim
Tuzuvchi : G’olib Tohirov