Bog'liq 9-sinf O’zbekiston tarixi fanidan mavzulashtirilgan
39-Turkistonda ilm-fan taraqqiyoti (49)
Testlar
1. Jadidlar tarbiyaviy maqsadlarda ……sohasidagi tadqiqotlarni rivojlantira boshladilar.
A) fiqh
B) din
C) davlat
D) tarix
2. Jadidlar ……tarixning haqiqiy bunyodkori ekanligini o’quvchilarga tanishtira boshladilar.
A) inson
B) millat
C) davlat
D) xalq
3. “Tarixi Turkiston” asarining muallifi kim?
A) Mulla Olim Toshkandiy
B) Mulla Olim Maxdum Hoji
C) Muhammad Solih
D) Muhammad Yusuf Bayoniy
4. “Tarixi Turkiston” asarida …….bo’lgan voqealarning yilnomasi bayon etilgan edi.
A) qadimgi davrdan to Turkistonning XIX asr boshlarigacha
B) odam paydo bo’lgandan to Turkistonning 1917-yilgacha
C) qadimgi davrdan to Turkistonning XX asr boshlarigacha
D) qadimgi davrdan to Turkistonning 1917-yilgacha
5. O’zbek tilidagi ilk tarixiy asar sifatida shuhrat qozongan asarni aniqlang.
A) “Shajarai Xorazmshohiy”
B) “Tarixi Turkiston”
C) “Xorazm tarixi”
D) “Tarixi jadidai Toshkand”
6. Kim Turkistonning barcha aholisiga “hozirgi dunyoda yashash, ziyoli, komil va odil” bo’lish uchun o’z vatani tarixini o’rganish da’vati bilan murojaat qildi?
A) Avloniy
B) Fitrat
C) Cho’lpon
D) Behbudiy
7. “Tarixi jadidai Toshkent” asarining muallifi kim?
A) Mulla Olim Maxdum Xoji
B) Muhammad Yusuf Bayoniy
C) Mulla Olim Toshkandiy
D) Muhammad Solih
8. Quyidagi qaysi asar muallifning 25 yillik izlanishlaridan keyin yozilgan?
A) “Shajarayi Xorazmshohiy”
B) “Tarixi Turkiston”
C) “Tarixi jadidai Toshkand”
D) “Xorazm tarixi”
9. Qaysi asar Toshkent shahrining XIX asrdagi qiyofasining batafsil yoritilganligi bilan qimmatlidir?
A) “Tarixi Turkiston”
B) “Shajarai Xorazmshohiy”
C) “Xorazm tarixi”
D) “Tarixi jadidai Toshkand”
10. “Xorazm tarixi”, “Shajarayi Xorazmshohiy” asarlarining muallifi kim?
A) Muhammad Yusuf Bayoniy
B) Mulla Olim Toshkandiy
C) Muhammad Solih
D) Mulla Olim Maxdum Xoji
11. “Tarixi jadidai Toshkand” asari Muhammad Solih necha yillik izlanishlaridan keyin yozilgan?
A) 30 yillik
B) 35 yillik
C) 20 yillik
D) 25 yillik
12. Arxeolog Vyatkin yashagan yillarni aniqlang.
A) 1869-1933
B) 1869-1932
C) 1870-1933
D) 1868-1932
13. Samarqandda faoliyat yuritib, Ulug’bek rasadxonasi o’rnini izlagan sharqshunosni naiqlang.
A) Vyatkin
B) Tolstov
C) Vamberi
D) Bartold
14. Qachon va kim Ulug’bek rasadxonasi binosi qoldiqlarini va rasadxonaga tegishli asbob-uskunalarning bir qismini topishga muvaffaq bo’ldi?
A) 1908-Vyatkin
B) 1908-Vamberi
C) 1909-Tolstov
D) 1909-Bartold
15. Vyatkinning asarlari xato berilgan javobni aniqlang.
A) “Cho’ponota”
B) “Shohizinda”
C) “Afrosiyob qo’rg’oni”
D) “Zirabuloq”
16. Quyidagi qaysi sharqshunos rus va o’zbek tillarini o’qitish bo’yicha qator darsliklar muallifidir?
A) Tolstov
B) Vyatkin
C) Vamberi
D) Bartold
17. Turkistonda arxeologiya havaskorlari to’garagi qachon ochilgan?
A) 1894-yil
B) 1896-yil
C) 1897-yil
D) 1895-yil
18. Qaysi yili O’rta Osiyo mintaqasining bosh xaritasi tuzib chiqildi?
A) 1869-yil
B) 1867-yil
C) 1870-yil
D) 1868-yil
19. Dastlab hududni xaritalashtirish va iqlimni o’rganish uchun qayerda meteorologiya stansiyasi tashkil etildi?
A) Toshkent
B) Buxoro
C) Samarqand
D) Xiva
20. Rossiya imperiyasi tomonidan O’rta Osiyoning tabiiy boyliklarini o’zlashtirish bilan bog’liq bo’lgan tadqiqot ishlari qachon avj oldi?
A) B va C
B) XIX asrning 90-yillari
C) XX asr boshlari
D) XIX asrning 80-yillari
21. Pomir tog’ tizmasini o’rganib chiqib, sayohati davomida botanika, minerallarga oid namunalar to’plagan rus zoologi va sayyohini aniqlang.
A) Semyonov-Tyanshanskiy
B) Seversev
C) Mushketov
D) Fedchenko
22. Quyidagi qaysi olim Tyanshan tog’ tizmasini o’rganib, muzlik, vulqonlar haqida qiziqarli ma’lumotlar to’pladi?
A) Semyonov-Tyanshanskiy
B) Mushketov
C) Fedchenko
D) Seversev
23. Rus olimi Fedchenko tekshirib chiqqan hududlar xato berilgan javobni aniqlang.
A) Qoraqum
B) Zarafshon vodiysi
C) Oloy
D) Farg’ona vodiysi
24. O’rta Osiyo Olimlar jamiyati qachon tuzilgan?
A) 1867-yil
B) 1895-yil
C) 1871-yil
D) 1893-yil
25. O’rta Osiyo olimlar jamiyati qachon o’z faoliyatini tugatdi?
A) 1867-yil
B) 1895-yil
C) 1871-yil
D) 1893-yil
26. O’rta Osiyo olimlar jamiyati faoliyat yuritgan yillarni aniqlang.
A) 1872-1892
B) 1871-1893
C) 1870-1892
D) 1872-1893
27. O’rta Osiyo olimlar jamiyati nima uchun o’z faoliyatini to’xtatdi?
A) Rus hukumatining qarshiligi tufayli
B) 1892-yilgi “Vabo isyoni” tufayli
C) mutaxasislar yetishmasligi sababli
D) mablag’ yo’qligi tufayli
28. Turkistonda yerlarni sug’orish, dehqonchilik va yerdan foydalanish borasidagi ilg’or usullarni targ’ib etgan jurnalni ko’rsating.
A) “Oyna”
B) “Osiyo”
C) “Al-Izoh”
D) “Turkistonning qishloq xo’jaligi”
29. 1876-yil……..
A) O’rta Osiyoning xaritasi tuzildi
B) Turkiston muzeyi tashkil etildi
C) O’rta Osiyo olimlar jamiyati tuzildi
D) Toshkentda Turkiston xalq kutubxonasi tashkil etildi
30. 1870-yilda…..
A) O’rta Osiyoning xaritasi tuzildi
B) Toshkentda Turkiston xalq kutubxonasi tashkil etildi
C) Turkiston muzeyi tashkil etildi
D) O’rta Osiyo olimlar jamiyati tuzildi
31. Toshkentda tashkil etilgan Turkiston xalq kutubxonasidagi kitoblarning aksariyat qismi qaysi sohaga oid kitoblar edi?
A) Turkiston tarixiga
B) A va B
C) Turkiston tabiatiga
D) Turkiston dehqonchiligiga
32. Ubaydulla Solih o’g’li Zavqiyning yashab ijod qilgan davrini aniqlang.
A) 1852-1921
B) 1851-1921
C) 1853-1921
D) 1852-1922
33. Quyidagi qaysi shoir satirik she’rlarida mustamlakachi ma’murlar, hukmdorlar va ruhoniylar xatti-harakati tanqid qilgan.Erk va ozodlikni tarannum etgan she’rlari uchun zindonga tashlangan.
A) Avaz O’tar o’g’li
B) Muqimiy
C) Furqat
D) Zavqiy
34. Turkistonda she’riyatning bir-biriga zid qanay ikkita oqimi mavjud edi?
A) nasr va idealistic
B) so’fiylik va tanqidiy-realistik
C) so’fiylik va idealistik
D) nasr va nazm
35. Muhammad Aminxo’ja Muqimiy qaysi shaharda tug’ilgan?
A) Marg’ilon
B) Toshkent
C) Qo’qon
D) Andijon
36. Muqimiyning satirik asarlari xato berilgan javobni aniqlang.
A) “Hapalak qishlog’i ahlining xonga arzi”
B) “Tanobchilar”
C) “Zakotchilar”
D) “Saylov ”
37. Muqimiyning sayohotnoma asarlari to’g’ri berilgan javobni aniqlang.
A) “Qo’qondan Toshkentgacha”, “Qo’qondan Rishtongacha”
B) “Qo’qondan Turkistongacha”, “Qo’qondan Romitangacha”
C) “Qo’qondan Farg’onagacha”, “Qo’qondan Isfaragacha”,
D) “Qo’qondan Farg’onagacha”, “Qo’qondan Marg’ilongacha ”
38. Quyidagi qaysi shoira Qo’qonda yashab, ayolarning erkinligi va tenghuquqli bo’lishi uchun kurashga davit etgani uchun shahardagi mutaasib kuchlar tomonidan kaltaklandi va ko’p o’tmay hayotdan ko’z yumdi?
A) Uvaysiy
B) Anbar Otin
C) Mehri Xotun
D) Ojiza
39. Jadid adabiyotida qaysi yildan A.Qodiriyning ilk nasriy asarlari e’lon qilindi?
A) 1912-yil
B) 1910-yil
C) 1909-yil
D) 1911-yil
40. “Juvonboz” hikoyasi va “Baxtsiz kuyov” pyesalarining muallifi kim?
A) Behbudiy
B) Fitrat
C) Cho’lpon
D) A.Qodiriy
41. Jadidlar xalqqa yaqinlashishning eng samarali yo’li sifatida ….ni yaratishdi?
A) she’riyat
B) nazm
C) nasr
D) milliy teatr
42. Jadid teatrlarida 1911-1917-yillarda qancha pyesa namoyish etildi?
A) 25 ta
B) 29 ta
C) 26 ta
D) 20 ta
43. Qaysi yillar Turkistonning turli shaharlarida teatrlar tashkil etildi?
A) 1911-1913
B) 1911-1917
C) 1911-1912
D) 1911-1915
44. “Padarkush ”asarining muallifi kim?
A) Fitrat
B) Behbudiy
C) A.Qodiriy
D) Cho’lpon
45. Quyidagi qaysi asarda otalar va bolalarni shafqatsiz mavjudotlarga aylantirgan ma’naviy qashshoqlik mol-mulkka ruju qo’yish qattiq qoralangan edi?
A) “Padarkush”
B) “Baxtsiz kuyov”
C) “Juvonboz”
D) “To’y”
46. “To’y” asarining muallifi kim?
A) Qudratilla Nusratilla
B) Nusratilla Qudratilla
C) Fitrat
D) Behbudiy
47. Quyidagi qaysi asarda oilaviy va shaxsiy fojialar sababchisiga aylangan serchiqim ba’zi urf-odatlar va an’analar tanqid ostiga olinadi?
A) “To’y”
B) “Padarkush”
C) “Baxtsiz kuyov”
D) “Juvonboz”
48. 35 Yunoncha-yer atmosferasi, uning xususiyatlari va unda bo’ladigan fizik jarayonlar haqidagi fan bu….
A) xronologiya
B) antropogenez
C) meteorologiya
D) felyeton
49. Fransuzcha-kundalik turmushda ro’y beradigan salbiy hodisalarni tanqid qilib yozilgan gazeta yoki jurnal maqolasi bu…..
A) drama
B) satira
C) felyeton
D) afisha