1-XIX asr o'rtalarida O'rta Osiyo davlatlarining hududi va aholisi (48)
Testlar
1. ”Biz tariximizdan bir sahifani ham olib tashlamaymiz.Bu tarix bizniki, uni unutishga hech kimning haqqi yo’q” so’zlari kimga tegishli?
A) A.Fitrat
B) U.Xo’jayev
C) B.Ahmedov
D) I.Karimov
2. O’rta Osiyoda qaysi davlat poytaxti islom dini markazlaridan biri hisoblangan?
A) Afg’oniston davlati
B) Buxoro amirligi
C) Qo’qon xonligi
D) Xiva xonligi
3. XIX asrda Buxoro amirligining hududi qancha edi?
A) 130 ming kv.km
B) 200 ming kv.km
C) 448 ming kv.km
D) 267 ming kv.km
4. Buxoro amirligining hududini ko’rsating.
A) Janubda Kichik Juz yerlaridan Amudaryogacha, sharqda Qo’qon xonligidan g’arbda Xiva xonligi hududlarigacha cho’zilgan.
B) Janubda Afg’onistondan, sharqda Xiva xonligidan g’arbda Qo’qon xonligi hududlarigacha cho’zilgan.
C) Janubda Afg’onistondan Sirdaryogacha, sharqda Qo’qon xonligidan g’arbda Mang’ishloq yarimoroligacha cho’zilgan.
D) Janubda Amudaryoning qirg’og’idan boshlanib, Sirdaryogacha, sharqda Pomir tog’laridan g’arbda Xiva xonligi yerlarigacha cho’zilgan.
5. XIX asrda Buxoro amirligi hududi janubda qayerdan boshlangan?
A) Pomir tog’lari
B) Amudaryoning chap qirg’ogi
C) Xiva xonligi
D) Sirdaryo
6. XIX asrda Buxoro amirligi hududi sharqda qayerdan boshlangan?
A) Xiva xonligi
B) Amudaryoning chap qirg’ogi
C) Pomir tog’lari
D) Sirdaryo
7. XIX asrda Buxoro amirligi hududi g’arbda qayergacha borgan?
A) Pomir tog’lari
B) Amudaryoning chap qirg’ogi
C) Xiva xonligi
D) Sirdaryo
8. XIX asr o’rtalarida Buxoro amirligi bilan chegaradosh davlatlar xato berilgan javobni aniqlang?
A) Eron, Afg’oniston
B) Sharqiy Turkiston va Xitoy
C) qozoq juz yerlari
D) Qo’qon va Xiva xonliklari
9. Buxoro amirligining markaziy qismini aniqlang.
A) Sirdaryo vodiysi
B) Qarshi vohasi
C) Zarafshon vodiysi
D) Jizzax vohasi
10. Buxoro amirligining markaziy qismi hisoblangan Zarafshon vodiysida qanday shaharlar joylashgan?
A) Buxoro, Samarqand
B) Kitob, G’uzor
C) Termiz, Sherobod
D) Shaxrisabz, Qarshi
11. Buxoro amirligining yirik savdo-sotiq, hunarmandchilik va madaniy markazlari xato berilgan javobni toping.
A) Kitob, G’uzor
B) Chorjo’y, Marv
C) Shaxrisabz, Qarshi
D) Buxoro, Samarqand
12. Buxoro amirligining yirik savdo-sotiq, hunarmandchilik va madaniy markazlari xato berilgan javobni toping.
A) Oqmachit, Turkiston
B) Hisor, Ko’lob
C) Termiz, Sherobod
D) Termiz, Ko’lob
13. Buxoro amirligiga qarashli bo’lgan Tojikistondagi hududlar xato berilgan javobni toping.
A) Vaxsh vodiysi
B) Murg’ob vohasi
C) Panj vodiysi
D) Kofirnihon vodiysi
14. Buxoro amirligiga qarashli bo’lgan Turkmanistondagi hudud to’g’ri berilgan javobni toping.
A) Kofirnihon vodiysi
B) Murg’ob vohasi
C) Panj vodiysi
D) Vaxsh vodiysi
15. Buxoro amirligi qanday boshqarilgan?
A) Amirlik beklik va tumanlarga bo’linib, ularni devonbegi boshqargan.
B) Amirlik beklik va tumanlarga bo’linib, ularni amir tayinlagan beklar boshqargan.
C) Amirlik beklik va noiblikka bo’linib, ularni amir tomonidan tayinlangan noib boshqargan.
D) Amirlik viloyatlarga bo’linib, viloyatlarni qushbegi boshqargan.
16. Buxoro amirligi necha beklikka bo’lingan?
A) 27ta
B) 18ta
C) 40ta
D) 23ta
17. Xiva xonligining XIX asrning ikkinchi yarmidagi hududi qancha edi?
A) 200 ming kv.km
B) 448 ming kv.km
C) 267 ming kv.km
D) 130 ming kv.km
18. XIX asrning ikkinchi yarmida Xiva xonligi janubda qayer bilan chegaradosh edi?
A) Eron
B) Kaspiy dengizi
C) qozoq juzlari
D) Buxoro amirligi
19. XIX asrning ikkinchi yarmida Xiva xonligi sharqda qayer bilan chegaradosh edi?
A) Buxoro amirligi
B) qozoq juzlari
C) Eron
D) Kaspiy dengizi
20. XIX asrning ikkinchi yarmida Xiva xonligi g’arbda qayer bilan chegaradosh edi?
A) qozoq juzlari
B) Eron
C) Buxoro amirligi
D) Kaspiy dengizi
21. XIX asrning ikkinchi yarmida Xiva xonligi shimolda qayer bilan chegaradosh edi?
A) Kaspiy dengizi
B) qozoq juzlari
C) Eron
D) Buxoro amirligi
22. Xiva xonligining ma’muriy markazini aniqlang.
A) Vazir
B) Qo’ng’irot
C) Xiva
D) Urganch
23. XIX asr o'rtalarida Xiva xonligining yirik shaharlari xato berilgan javobni aniqlang.
A) Xiva, Kat
B) Vazir, Mang’it
C) Yangi Urganch, Hazorasp
D) Qo’ng’irot, Xo’jayli
24. Xiva xonligi Buxoro amirligi kabi bekliklarga bo’lingan bo’lib, ularni xon tomonidan tayinlangan…… boshqargan.
A) beklar va to’ralar
B) noiblar
C) biy va beklar
D) beklar
25. Xiva xonligida qancha beklik bo’lgan?
A) 40ta
B) 27ta
C) 23ta
D) 18ta
26. XVIII asrning boshlarida qaysi hududlar Buxoro amirligidan ajralib chiqib, mustaqil davlat-Qo’qon xonligi tashkil topdi?
A) Farg’ona vodiysi va Amudaryoning quyi oqimigacha bo’lgan hududlar
B) Farg’ona vodiysi va Norin daryosigacha bo’lgan hududlar
C) Farg’ona vodiysi va Irtish radyosining quyi oqimigacha bo’lgan hududlar
D) Farg’ona vodiysi va Sirdaryoning quyi oqimigacha bo’lgan hududlar
27. Qo’qon xonligi g’arbda qayerlar bilan chegaradosh edi?
A) Buxoro amirligi
B) B va C
C) Sharqiy Turkiston
D) Xiva xonligi
28. Qo’qon xonligining qaysi tog’li o’lkalarni o’z ichiga olgan?
A) Darvoz, Kitob, O’ratepa, Erjar
B) Qorategin, Kitob, Xo’jand, O’ratepa
C) Erjar, Oqmachit, Turkiston, Toshkent
D) Qorategin, Ko’lob, Darvoz, Sho’g’non
29. Qo’qon xonligining qaysi hududlar borasida Buxoro amirligi bilan tez-tez to’qnashuvlari ro’y bergan?
A) Qorategin, Kitob, Xo’jand, O’ratepa
B) Darvoz, Kitob, O’ratepa, Erjar
C) Erjar, Oqmachit, Turkiston, Toshkent
D) Qorategin, Ko’lob, Darvoz, Sho’g’non
30. Qo’qon xonligining ma’muriy, savdo-sotiq va madaniy markazga aylangan shaharlari xato berilgan javobni aniqlang?
A) Marg’ilon, Namangan, O’zgan
B) Chimkent, Qorategin, Darvoz
C) O’sh, Pishpak, Turkiston
D) Qo’qon, Toshkent, Andijon
31. O’rta Osiyoda qaysi davlat boshqa xonliklardan farqli o’laroq, sersuv daryolar, so’lim vodiylar, serhosil yerlarga boy bo’lgan?
A) Afg’oniston
B) Qo’qon xonligi
C) Xiva xonligi
D) Buxoro amirligi
32. O’rta Osiyoda qaysi xonlik bekliklarga bo’linib, ularni asosan xon tomonidan o’z qarindoshlari va yaqinlaridab tayinlangan kishilar boshqargan?
A) Xiva xonligi
B) Afg’oniston
C) Qo’qon xonligi
D) Buxoro amirligi
33. XIX asrning o’rtalarida Buxoro amirligining aholisi qancha kishi edi?
A) 2 mln.atrofida
B) 800 ming
C) 3 mln.dan ortiq
D) 3 mln.ga yaqin
34. Buxoro amirligining etnik tarkibi asosan kimlardan iborat edi? 1.o’zbek 2.tojik 3.qoraqalpoq 4.turkman 5.qozoq 6.qirg’iz
A) 1, 2, 3, 4, 5, 6
B) 1,3,4,5
C) 1, 2, 3, 4, 5
D) 1, 2, 5, 6
35. XIX asr o’rtalariga kelib Xiva xonligida aholi soni qancha edi?
A) 3 mln.ga yaqin
B) 800 ming
C) 3 mln.dan ortiq
D) 2 mln.atrofida
36. Xiva xonligi aholisi asosan kimlardan tashkil topgan?
A) tojiklar
B) o’zbeklar
C) turkmanlar
D) qozoqlar
37. Xiva xonligining etnik tarkibi kimlardan iborat edi? 1.o’zbek 2.tojik 3.qoraqalpoq 4.turkman 5.qozoq 6.qirg’iz
A) 1, 2, 5, 6
B) 1, 2, 3, 4, 5, 6
C) 1, 2, 3, 4, 5
D) 1,3,4,5
38. XIX asr o’rtalarida Qo’qon xonligi aholisi qancha edi?
A) 3 mln.dan ortiq
B) 800 ming
C) 2 mln.atrofida
D) 3 mln.ga yaqin
39. Qo’qon xonligining etnik tarkibi kimlardan iborat edi? 1.o’zbek 2.tojik 3.qoraqalpoq 4.turkman 5.qozoq 6.qirg’iz
A) 1, 2, 3, 4, 5, 6
B) 1, 2, 3, 4, 5
C) 1, 2, 5, 6
D) 1,3,4,5
40. Qo’qon xonligida yashagan boshqa elat vakillari xato berilgan javobni toping.
A) uyg’urlar
B) xitoyliklar
C) hindlar
D) yahudiylar
41. XIX asr o’rtalarida uchala xonlik aholisining asosiy qismini tashkil qiluvchi o’zbeklar shug’ullangan sohalar xato berilgan javobni toping.
A) dehqonchilik
B) chorvachilik
C) hunarmandchilik
D) savdo-sotiq
42. XIX asr o’rtalarida uchala xonlikda ham chorvachilik bilan shug’ullangan millat vakillari xato berilgan javobni toping?
A) turkman, qirg’iz
B) o’zbek, tojik
C) qozoq, qirg’iz
D) qozoq, qoraqalpoq
43. Uchala xonliklarning hududi bugungi kundagi O’zbekistondan tashqari qaysi davlatlarni o’z ichiga olgan? 1.Qozog’iston 2.Qirg’iziston 3.Tojikiston 4.Turkmaniston 5.Eron 6.Xitoy
A) 1, 3, 4, 5
B) 1, 2, 3, 5
C) 1, 2, 3, 4
D) 2, 4, 5, 6
44. XIX asr o’rtalarida uchala xonlik aholisi asosiy qismining shug'ullangan sohalari xato javobni toping.
A) dehqonchilik
B) termachilik
C) hunarmandchilik
D) chorvachilik
45. Quyidagi nomlar bir-biriga mos kelmagan javobni toping.
A) Avliyoota-Taraz
B) Oqmachit-Qizilo’rda
C) O’zgan-Jand
D) Pishpak-Bishkek
46. XIX asr o’rtalarida Buxoro amirligiga kirgan shaharlar xato berilgan javobni toping.
A) Dushanbe, Sherobod
B) Shaxrisabz, Qarshi
C) Qunduz, Shibirg’on
D) Buxoro, Samarqand
47. XIX asr o’rtalarida Qo’qon xonligiga kirgan shaharlar xato berilgan javobni toping.
A) Qashg’ar, Yorkend, Badaxshon
B) Pishpak, Avliyoota, Xo’jand
C) Namangan, O’zgan, Marg’ilon
D) Oqmachit, Turkiston, Andijon
48. XIX asr o’rtalarida Xiva xonligiga kirgan shaharlar xato berilgan javobni toping.
A) Urganch, Xiva
B) Astrobod, Qunduz
C) Qo’ng’irot, Ko’hna Urganch
D) Hazorasp, Marv
Do'stlaringiz bilan baham: |