8 sinf Jahon tarixi



Download 210,99 Kb.
bet1/8
Sana21.01.2020
Hajmi210,99 Kb.
#36127
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
8-sinf-jahon-tarixi

8 - sinf Jahon tarixi


  1. (8-jah-k)Jahon tarixida G’arbiy Yevropa va Shimoliy Amerikada yangi jamiyat-kapitalizmning vujudga kelish shart sharoitlari qachon shakllandi?

  1. XIX asrning 60-yillarida

  2. # XVI-XVIII asrlar

  3. XIV-XV asrlar

  4. XII-XIV asrlar




  1. (8-jah-k )Jahon tarixida Yevropa va Shimoliy Amerikada sanoat inqilobi nihoyasiga yetib va industrial jamiyat qachon qurilgan?

  1. #XIX asrning 60-yillari oxirigacha

  2. XVI-XVIII asrlar

  3. XIV-XV asrlar

  4. XII-XIV asrlar




  1. (8-jah-k)Insoniyat tarixidagi yangi, industrial jatniyatga qachon asos solindi?

  1. XV asrda

  2. #XVI asrda

  3. XVII asrda

  4. XVIII asrda




  1. (8-jah-k) ..... - jamiyatning xususiy mulk, bozor iqiisodiyati va demokratik tartiblariga asoslangan shakli.

  1. quldorlik

  2. feodalizm

  3. #kaitalizm

  4. sotsializm




  1. (8-jah-k)Kapitalizm feodal jamiyatdan qaysi xususiyatlari bilan farq qiladi?

  1. xususiy mulkni shakllanganligi

  2. yer munosabatlariga chek qo’yilganligi

  3. #xususiy mulk va yollanma mehnatdan foydalanishda kishilarga keng erkinlik berilganligi

  4. inson huquqlariga alohida e'tibor berilishi




  1. (8-jah-k)Nima uchun Osiyoda Yevropadagidek mashina kuchidan foydalaniladigan sanoat ishlab chiqarishi vujudga kelmagan?

  1. Xususiy muikni to’la qaror topmaganligi uchun

  2. Osiyoda shaxs tashabbuskoriligirag’batlantirilganligi u-n.

  3. #An'anaviy jamiyat hukm suraganligi uchun

  4. Sharq hunarmandchiligi asosan, erkin oilaviy sharoitda rivojlanganligi uchun




  1. (8-jah-k)Kapitalizmjamiyati dastlab qayerlarda qaror topgan?

  1. G'arbiy Yevropa va G’arbiy Osiyoda

  2. #G'arbiy Yevropa va Shimoliy Amerikada

  3. Sharqiy Yevropa va Janubiy Amerikada

  4. Markaziy Yevropa va Yaqin Sharqda




  1. (8-jah-k)Nima uchun Osiyoda yangi jamiyatni, ya'ni kapitalizmni qaror topishi nihoyatda uzoq davri qamrab oldi?

  1. #yerga to’la xususiy mulkchilik qaror topmaganligi u-n

  2. yer muikdorlar o’rtasida taqsimlanib olinganligi u-n

  3. Osiyoda mulk barcha merosxo’rlar o’rtasida taqsimlanmaganligi u-n

  4. Osiyoda yeming davlat mulki bo’lib qolmaganligi uchun




  1. (8-jah-k )O’z egasiga daromad kelturuvchi xususiy mulk va mablag’,o’zini-o’zi ko’paytiruvchi sarmoya bu.....?

  1. Manopol

  2. Kredit

  3. #Kapital

  4. Askiya




  1. (8-jah-k)Odamzod insoniyatning butun tarixi davomida yaratgan moddiy va ma'naviy boyligining 90 foizini qaysi asrlar mobaynida yaratdi?

  1. XV-XIXasrlarda

  2. #XVI-XX asrlarda

  3. XVII-XX asrlarda

  4. XVI- XIX asrlarda




  1. (8-jah-1)Abu Rayxon Beruniy o’zining «Hindiston» asarida «Yerning choragi ma'muradir. Ma'murani G’arb va Sharq tomondan Muhit okeani ... o’rab turadi ......» deb ma'lumot yozib qoldirgan. Unda Muhit okeani deb qaysi okeanlarni nazarda tutgan?

  1. Shimoliy Muz va Atlantika okeanlarini

  2. #Atlantika va Tinch okeanlarini

  3. Atlantika va Hind okeanlarini

  4. Hind va Tinch okeanlarini




  1. (8-jah-1)Quyidagilardan qaysi biri buyuk geografik kashfiyotlarning ro’y berishiga sabab bo’lmagan?

  1. #yangi yerlami ochishga bo’lgan qiziqish va madaniy yodgorliklarni izlab topishga bo’lgaii intilish

  2. Yevropada tovar ishlab chiqarishni kuchayishi va xomashyoga bo’lgan ehtiyoj

  3. hukmron tabaqalaming boyliklami egallab olishga bo’lgan ishtiyoqi

  4. Usmonli turklarning istilosi




  1. (8-jah-1)Buyuk geografik kashfiyotlaming tashabbuskorlari ... dengiz sayyohlari bo’lishdi.

  1. Ispaniya va Angliya

  2. #Portugaliya va Ispaniya

  3. Angliya va Portugaliya

  4. Angliya va Fransiya




  1. (8-jah-1) .... yaratgan xaritasida Osiyo qit'asi qirg’oqlari Atlantika okeanining g’arbiy sohillarida ekanligi belgilangan. Shu tufayli Yevropa qirg’oqlaridan G’arb tomonga suzib Hindistonga borish mumkin deb hisoblanardi.

  1. L. Torres

  2. M. Valdzemyuller

  3. A.Vespuchchi

  4. #P. Toskanelli




  1. (8-jah-1) XV asr oxiridan boshlab buyuk geografik kashfiyotlarning amalga oshirilishiga sabab bo’lgan omilni ko’rsating.

  1. XV asr oxiri-XVI asr boshlaridaga kelib Yevropada tovar ishlab chiqarish va yuqori sur’atlarda o’sishi va xomashyoga talabning oshishi.

  2. yangi hukmron tabaqalarning boylikka,pulga bo’lgan ehtiyojini yanada orttirib yuborishi va ularning ongida o’zga yurtlarning oltin-kumushlarini va boshqa qimmatbaho boyliklarini egallab olish ishtiyoqi.

  3. Quruqlikdan va O’rta Yer dengizidan o’tadigan savdo yo’llari,shu jumladan,Buyuk Ipak yo’lining xavfli bo’lib qolganligi

  4. # Yuqoridagi barchasi to’g’ri




  1. (8-jah-1)Savdo yo’llarining qaysi davlat qo’liga o’tishi yevropaliklar oldida yangi dengiz savdo yo’llarini ochish tarixiy zaruratga aylandi?

  1. #Usmonli Turklar

  2. Mo’g’ullar

  3. A.Temur

  4. Arablar




  1. (8-jah-1)Dengiz sayyohlaridan kim Hindistonga Atlantika okeani orqali boridigan yo’lni ochishni maqsad qilib qo’ygan va kim yerning dumaloqligi haqidagi ta’limotdan kelib chiqib,dunyo xaritasini yaratganligi katta ahamiyatga ega bo’ldi?

  1. Xristofor Kolumb va L.V.Torres

  2. #Xristofor Kolumb va P.Toskanelli

  3. F.Magellen va M.Valdzemyuller

  4. Ameriga Vispuchchi va P.Toskanelli




  1. (8-jah-1)1492-yilda X.Kolumb Ispaniya qirollik oilasi bilan Hindiston sari suv yo’li ochish uchun shartnoma tuzishga muvaffaq bo’ldi, shartnoma shartlari qanday edi?

  1. #X.Kolumb yangi ochiladigan yerlarning vitse-qiroli; yangi yerlardan olinadigan daromadning 1/10 qismi;o’sha yerlardan savdodan tushadigan daromadning 1/8 qismiga;

  2. X.Kolumb yangi ochiladigan yerlarning vitse-qiroli; yangi yerlardan olinadigan daromadning 1/5 qismi;o’sha yerlardan savdodan tushadigan daromadning 1/8 qismiga;

  3. X.Kolumb yangi ochiladigan yerlarning qiroli; yangi yerlardan olinadigan daromadning 1/10 qismi;o’sha yerlardan savdodan tushadigan daromadning 1/8 qismiga;

  4. X.Kolumb yangi ochiladigan yerlarning vitse-qiroli; yangi yerlardan olinadigan daromadning 1/10 qismi;o’sha yerlardan savdodan tushadigan daromadning 2/8 qismiga;



  1. (8-jah-1) X.Kolumb Hindiston sari suv yo’li ochish uchun qachon birinchi ekspeditsiyasini boshladi?

  1. 1491-yilning 16-avgust kuni

  2. #1492-yilning 6-avgust kuni

  3. 1493-yilning 26-avgust kuni

  4. 1498-yilning 6-avgust kuni




  1. (8-jah-1)1492-yilda X.Kolumb Hindiston sari suv yo’li ochish uchun qanday tarkib bilan ekspeditsiya boshladi?

  1. 2 ta kemada 90 kishi bo’lib jo’nab ketdi.

  2. 13 ta kemada 194 kishi bo’lib jo’nab ketdi.

  3. 30 ta kemada 200 kishi bo’lib jo’nab ketdi.

  4. #3 ta kemada 90 kishi bo’lib jo’nab ketdi.




  1. (8-jah-1)Olimlar Buyuk kashfiyotga olib kelgan «buyuk xato» bu...?

  1. Hindiston xaritasini tuzishda XV asr olimi P.Toskanellining 10 ming kilometrga adashgan xatosi edi.

  2. # Xarita tuzishda XV asr olimi P.Toskanellining 12 ming kilometrga adashgan xatosi edi.

  3. Kompasdan foydalanishda XV asr olimi P.Toskanellining 17 ming kilometrga adashgan xatosi edi.

  4. Xarita tuzishda XV asr olimi X.Kolumbning 12 ming kilometrga adashgan xatosi edi.




  1. (8-jah-1)X.Kolumb 1492-yilda Hindistonga emas,Amerikaga kelib qolganligini anglamagan. X.Kolumb Hindistonga(aslida Amerikaga) necha marta ekspeditsiya uyushtirgan?

  1. 5 marta

  2. # 4 marta

  3. 6 marta

  4. 3 marta




  1. (8-jah-1)X.Kolumb kashf qilgan qit’aning Kolumbiya deb emas,Amerika deb atalishi kimning nomi bilan bog’liq.U qayerda xizmat qilib, portugaliyaliklar ekspeditsiyasi tarkibida qachon Braziliya qirg’oqlarini tadqiq etdi va u keyinchalik qit’aga qanday nom berdi?

  1. #Ameriga Vispuchchi(1454-1512); Ispaniya va Portugaliya flotida 1499-1501-yillar; “Yangi Dunyo”

  2. M.Valdzemyuller(1454-1512); Ispaniya va Portugaliya flotida 1499-1501-yillar; “Yangi Dunyo”

  3. Ameriga Vispuchchi(1454-1512); Angliya va Fransiya flotida 1499-1501-yillar; “Yangi Dunyo”

  4. Ameriga Vispuchchi(1454-1512); Ispaniya va Portugaliya flotida 1489-1501-yillar; “Yangi Qit’a”




  1. (8-jah-1)1507-yilda qaysi xaritashunos olim Kolumb kashf etgan yangi qit’ani Amerigo Vespuchchi sharafiga Amerika deb atashni taklif etgan?

  1. X.Kolumb

  2. Amerigo Vispuchchi

  3. P.Toskanelli

  4. #M.Veldzemyuller



  1. (8-jah-1) 1515-yilda Yangi Dunyo «Amerika» deb atalgan birinchi globus qayerda yaratilgan va qaysi yildan Kolumb kashf etgan yerlar «Amerika» deb yoziladigan bo’lgan?

  1. Angliyada;1569-yildan

  2. Germaniyada;1519-yildan;

  3. Ispaniyada;1522-yildan;

  4. # Germaniyada;1569-yildan;




  1. (8-jah-1 )Quyidagi kashfiyotlarning sanasini tog’ri aniqlang.

  1. Portugaliyalik dengiz sayyohi Vaska da Gama Atlantika okeani orqali Hindistonga boradigan yo’l kashf etdi.

  2. Portugaliyalik dengizchi F.Magellan Amerika qit’asini aylanib o’tib Hindistonga boradigan dengiz yo’lini ochdi.

  3. Dunyoni aylanib suzishning nihoyasiga yetkazilishi.

  4. L.V.Torres boshchiligidagi ekspeditsiyaning Avstraliyani kashf etishi.

  1. 1605-yil;

  2. 1522-yil:

  3. 1519-yil:

  4. 1498-yil;

  1. 1-c; 2-b; 3-a; 4-d;

  2. 1-b; 2-a; 3-d; 4-c;

  3. #1-d; 2-c; 3-b; 4-a;

  4. 1-a; 2-d; 3-c; 4-b;




  1. (8-jah-1)XVII asrgacha xizmat qilgan joyning geografik koordinatalarini,vaqtni, yulduzlarning chiqish va botish paytini aniqlovchi astranomik asbobni anglatuvchi so’zlarni toping

  1. Kompas

  2. Usturlob

  3. #Astrolyabiya

  4. Kapdinator




  1. (8-jah-1) Harbiy-dengiz floti qo’mondonlariga beriladigan unvonni anglatuvchi so’zlarni toping

  1. Kapitan

  2. #Admiral

  3. Marshal

  4. Yunka




  1. (8-jah-1) «Yerning choragi ma’muradir. Ma’muraning G’arb va sharq tomondan Muhit okeani(Atlantika va Tinch okeanlari) o’rab turibdi.... » degan fikrlar kimning qaysi asarida berilgan?

  1. Ibn Sino , “Tib qonunlari”

  2. Beruniy, “Geografiya”

  3. #Beruniy, “Hindiston”

  4. Farobiy, “Fozil odamlar shahri”




  1. (8-jah-1) X. Kolumb yangi ochiladigan yerdan olinadigan daromadning qanchasiga egalik qilishi kerak edi?

  1. #1/10 qismiga

  2. 1/5 qismiga

  3. 1/4 qismiga

  4. 1/8 qismiga




  1. (8-jah-2)Ispaniyada mustamlakalarni boshqaruvchi vitse-qirollikni nazorat qilgan organni aniqlang.

  1. #"Hindiston kengashi"

  2. "Levantiy" kompaniyasi

  3. "Ost-Indiya" kompaniyasi

  4. "Sevilya savdo palatasi"




  1. (8-jah-2)Yangi Ispaniya vitse-qirolligiga kirmagan hududni aniqlang.

  1. Markaziy Amerika

  2. Meksika

  3. #Janubiy Amerika

  4. Venesuela




  1. (8-jah-2)Qachondan boshlab mustamlakachilar Afrikada yashovchi aholini qullarga aylantirib, Amerikaga olib kela boshlaganlar?

  1. XV asr o’rtalaridan

  2. XV asr oxirlaridan

  3. XVI asr boshl aridan

  4. #XVI asr o’rtalaridan




  1. (8-jah-2)XVI asrning birinchi yarmida Ispaniya tomonidan zabt etilgan hududlarni aniqlang.

  1. Nikaragua,Venesueia,Kolumbiya,Peru

  2. #Ekvador,Kolumbiya,Boliviya,Peru

  3. Kolumbiya,Boliviya,Gaiti,Ganduras

  4. Venesuela Meksika,Argentina,Chili




  1. (8-jah-2)Ispaniya qiroli qachon mahalliy hindularni qulga aylantirishni taqiqlab qo’yuvchi qonun chiqargan?

  1. #1512-yilda;

  2. 1510-yilda;

  3. 1522-yilda;

  4. 1519-yilda;




  1. (8-jah-2)Mustamlakachi davlatlar qachondan boshlab konkista siyosatini yurita boshlaganlar?

  1. 1512-yilda;

  2. #1510-yilda;

  3. 1522-yilda;

  4. 1519-yilda;




  1. (8-jah-2)1679-yilgacha bo’lgan davrda qaysi davlat Amerika sivilizatsiyasining markazi bo’lgan Mayya davlati-(Meksika hududlari)ni to’la bo’ysundirib, XVI asrning 20-40-yillari oralig’ida Kolumbiya,Ekvador,Peru va Boliviya, keyinchalik esa Chili va Argentina hududlari ham zabt etdi?

  1. Italiya;

  2. Angliya;

  3. #Ispaniya;

  4. Fransiya;




  1. (8-jah-2)1503-yildan 1565-yilgacha Amerikadan Ispaniyaga qancha boylik tashib ketilgan?

  1. 161 tonna oltin va salkam 15000 tonna kumush

  2. 181 tonna oltin va salkam 19000 tonna kumush

  3. 171 tonna oltin va salkam 16000 tonna kumush

  4. #181 tonna oltin va salkam 17000 tonna kumush




  1. (8-jah-2 )Ispaniya bosib olgan mustamlakalarni boshqarish uchun ikkita vitse-qirollik tashkil etgan bo’lib ulardan biri Yangi Ispaniya va ikkinchisi esa Peru vitse-qirolligidir.Ushbu vitse-qirolliklar qaysi hududlari boshqargan va necha yil muddatga tayinlangan?

  1. Yangi Ispaniya vitse-qirolligi-Meksika,Markaziy Amerika,Madrid,Venesuela va Karib dengizi;Peru vitse-qirolligi Braziliyadan tashqari,deyarli butun Janubiy Afrika; 3-yil

  2. # Yangi Ispaniya vitse-qirolligi-Meksika,Markaziy Amerika,Venesuela va Karib dengizi; Peru vitse-qirolligi Braziliyadan tashqari,deyarli butun Janubiy Amerika; 3-yil

  3. Yangi Ispaniya vitse-qirolligi-Meksika,Markaziy Amerika,Venesuela va Karib dengizi;Peru vitse-qirolligi Braziliyadan tashqari,deyarli butun Janubiy Amerika; 5-yil

  4. Yangi Ispaniya vitse-qirolligi-Meksika,Markaziy Amerika,Venesuela va Karib dengizi;Peru vitse-qirolligi Braziliya va Avstraliyadan tashqari,deyarli butun Shimoliy Amerika;3 -yil




  1. (8-jah-2 )Ispan mustamlakalarida Vitse-qirollar faoliyati qanday organ tomonidan nazorat qilingan?

  1. »Sevilya savdo palatasi»

  2. »Vest-Indiya»

  3. #»Hindiston kengashi»

  4. »Peru vitse qirolligi»




  1. (8-jah-2) Ispaniya qachon Filippin orollari ustidan o’z hokimiyatini o’rnatib,bu orollarni shahzoda Filipp sharafiga Filippin deb atay boshladi?

  1. 1503-yilda;

  2. 1565-yilda;

  3. #1529-yilda;

  4. 1500-yilda;




  1. (8-jah-2) Qaysi dengiz sayyohi qachon Braziliyani kashf etdi va uni Portugaliya qirolining mulki,deb e’lon qildi.

  1. #1500-yili Portugaliyalik dengiz sayyohi Kabral;

  2. 1583-yildi Italiyalik dengiz sayyohi Vaska da Gama;

  3. 1519-yili Portugaliyalik dengiz sayyohi L.V.Torres;

  4. 1522-yili Portugaliyalik dengiz sayyohi Kabral;




  1. (8-jah-2 )Yevropada davlatlar o’rtasida mustamlakalar uchun kurash boshlandi.Bunga (1)...............da manifakturaning tobora rivojlanishi sabab bo’ldi. Buyuk geografik kashfiyotlar geografik jihatdan qulay hududda joylashgan (2)..............ni eng muhim dengiz savdo yo’llaridagi davlatga aylantirdi. (3)...............esa yirik port shahriga aylandi.Uning aholisi tez orada 200 ming kishiga yetdi.

  1. (1)Fransiya; (2)Italiya; (3)Venetsiya;

  2. Fransiya;(2)Fransiya; (3)Parij;

  3. #(1)Angliya; (2)Angliya; (3)London;

  4. (1)Italiya; (2)Italiya; (3)Rim;




  1. (8-jah-2) Qachon Ispaniyaning «Yengilmas armada» si engilgan Angliya-Ispaniya o’rtasida dengiz urushi bo’lib o’tdi?

  1. #1588-yilda;

  2. 1529-yilda;

  3. 1500-yilda;

  4. 1583-yilda;




  1. (8-jah-2) XVII asr boshlarida inglizlarining Sh.Amerikada asos solgan birinchi mustamlakasi qaysi?

  1. Nyu-York

  2. #Virginiya

  3. Kolumbiya

  4. Braziliya




  1. (8-jah-2) Inglizlarning «Ost-Indiya» kompaniyasi qachon tuzilgan?

  1. 1550-yil;

  2. 1570-yil;

  3. #1600-yil;

  4. 1700-yil;




  1. (8-jah-2)Quyidagi so’zlarning ma’nosi to’g’ri aniqlang.

  1. Armada;

  2. Vitse;

  3. Konkista;

  4. Vest-Indiya;

  5. Ost-Indiya;

  6. Eksplutatsiya;

  1. boshqalar mehnati mahsuluni o’ziniki qilib olishi;

  2. G’arbiy-Hindiston;

  3. zabt etish;

  4. katta flot;

  5. Sharqiy –Hindiston;

  6. o’rinbosar;

  1. 1-f; 2-c; 3-b; 4-e; 5-a; 6-d;

  2. 1-b; 2-e; 3-a; 4-d; 5-f; 6-c;

  3. #1-d; 2-f; 3-c; 4-b; 5-e; 6-a;

  4. 1-c; 2-b; 3-e; 4-a; 5-d; 6-f;




  1. (8-jah-2)Qaysi kompaniyaga Hind va Tinch okeanlari sohilida joylashgan mamlakatlar bilan savdo qilish huquqi berilgan?

  1. #"Ost-Indiya"

  2. "Vest-Indiya"

  3. "Levantiy"

  4. "Seviliya savdo palatisi"




  1. (8-jah-2)Afrikada yashovchi aholini Amerikaga olib kelib qullarga aylantirish nechanchi asrdan boshlandi?

  1. XVasrboshlaridan

  2. XV asr oxirlaridaii

  3. #XVI asr o’rtalaridan

  4. XVII asr boshlaridan




  1. (8-jah-2)Nechanchi yildan konkista siyosati yuritila boshlandi?

  1. #1510-yilda

  2. 1512-yilda

  3. 1529-yilda

  4. 1665-yilda




  1. (8-jah-2)Konkista siyosati qachongacha davom eigan?

  1. XVI asr boshlarigacha

  2. XVI asr o’rtalarigacha

  3. XV IIasr boshlarigacha

  4. #XVII asr o’rtalarigacha




  1. (8-jah-2)1679-yilgacha bo’lgan davr oralig’ida Ispaniya Amerika sivilizatsiyasining markazi bolgan ......... hududini to’la bo’ysundirdi.

  1. Indeslar davlati

  2. Inkalar davlati

  3. Asteklar davlati

  4. #Mayya davlati




  1. (8-jah-2)1503-yildan 1565-yilgacha Amerikadan Ispaniyaga qancha tonna oltin tashib

ketilgan?

  1. 150tonna

  2. 176tonna

  3. #181 torma

  4. 193 tonna




  1. (8-jah-2)1503-yildan 1565-yilgacha Amerikadan Ispaniyaga qancha tonna kumush tashib ketilgan?

  1. #17000 tonna

  2. 15000tonna

  3. 16000 tonna

  4. 19000tonna




  1. (8-jah-2) Ispaniyada mustamlakalar bilan olib boriladigan savdo qaysi organ tomonidan nazorat qilingan?

    Download 210,99 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish