002-Franklar ijtimoiy tuzumi va davlatining vujudga kelishi (31)
Testlar
1. Buyuk ko`chishlar boshlangunga qadar qaysi qabilalar Reyn daryosi quyi oqimidagi hududlarda yashaganlar?
A) Franklar
B) Vandallar
C) Ostgotlar
D) Angllar
2. Kimlarning tashqi ko`rinishi ham boshqa german qabilalaridan ancha farqlangan?
A) Franklar
B) Vandallar
C) Angllar
D) Ostgotlar
3. Kimlar gotlar va langobardlar kabi hayvon terisidan emas, matodan kiyim-bosh kiyganlar va soch-soqollarini olib yurishgan?
A) Angllar
B) Vandallar
C) Ostgotlar
D) Franklar
4. Kimlarda faqat qirol oilasiga mansub kishilargina uzun soch bilan yurishlari mumkin bo`lgan?
A) Franklar
B) Vandallar
C) Angllar
D) Ostgotlar
5. G`arbiy Rim imperiyasining inqirozidan keyin franklarga qo`shni bo`lgan Galliyada kim mustaqil knyazlik tuzadi?
A) Egidiy
B) Xlodvig
C) Siagriy
D) Tatsit
6. Franklarning Galliyaga hujumiga kim boshchilik qiladi?
A) Tatsit
B) Siagriy
C) Egidiy
D) Xlodvig
7. Franklar davlatiga kim asos soladi?
A) Egidiy
B) Siagriy
C) Xlodvig
D) Tatsit
8. Franklar davlatiga qachon asos solinadi?
A) 466 yilda
B) 476 yilda
C) 478 yilda
D) 486 yilda
9. Xlodvig Egidiyning vorisi Siagriy qo`shinlarini qachon mag`lub etgan?
A) 486 yilda
B) 476 yilda
C) 466 yilda
D) 478 yilda
10. Xlodvig Egidiyning vorisi Siagriy qo`shinlarini qaysi shahar yaqinidagi jangda mag`lub etgan?
A) Parij
B) Suasson
C) Tuluza
D) Rim
11. Kimlar tuzgan davlat dastlab sulolalar nomi bilan atalgan?
A) Angllar
B) Vandallar
C) Ostgotlar
D) Franklar
12. Nechanchi asrdan Parij atrofidagi viloyat Il de Frans davlat nomiga asos bo`ladi va u Fransiya deb atala boshlaydi?
A) X asrda
B) VII asrda
C) VI asrda
D) IV asrda
13. Kim varvar qabilalari ichida birinchi bo`lib xristianlikni Rimdan qabul qiladi?
A) Egidiy
B) Xlodvig
C) Tatsit
D) Siagriy
14. Senorning o`z vassaliga harbiy xizmati evaziga in’om etgan yer-mulk qanday atalgan?
A) Benefetsiy
B) Feod
C) Allod
D) Konung
15. O`rta asrlarda G`arbiy Yevropada ixtiyorida qaram dehqonlari va mayda feodal-vassallari bo`lgan yer egasi qanday atalgagan?
A) Senor
B) Baron
C) Zodagon
D) Feodal
16. Senor so`zi lotincha so`z bo`lib, qanday ma’noni bildiradi?
A) Vassal
B) Katta
C) Feodal
D) Yer egasi
17. G`arbiy Yevropa mamlakatlarida feodalning boshqa feodalga bo`ysunish tartibi nima deb atalgan?
A) Feodal
B) Baronlik
C) Vassallik
D) Kattalik
18. Frank qirolligi qayerda tashkil topgan?
A) Shimoliy Galliyada
B) Pireneya yarimorolida
C) Sharqiy Afrikada
D) Britaniyada
19. Xlodvigning vorislari qachon Burgundiyani ishg`ol qildi?
A) 534 yilda
B) 533 yilda
C) 537 yilda
D) 536 yilda
20. Xlodvigning vorislari qachon Provansni ishg`ol qildi?
A) 536 yilda
B) 537 yilda
C) 533 yilda
D) 534 yilda
21. German qabilalari to`g`ri ko`rsatilgan javobni toping?
A) Tyuring, gerero, bavar
B) Tyuring, bushmen, bavar
C) Alleman, gerero, tyuring
D) Tyuring, alleman, bavar
22. Franklarda mamlakat viloyatlarga bo`linib, qirol ularni boshqarishni kimlarga topshirgan?
A) Xalq yig`iniga
B) Graflarga
C) Baronlarga
D) Gersoglarga
23. Qaysi davlatda viloyatlarni graflar boshqargan?
A) Rimda
B) Xunnlarda
C) Franklarda
D) Vandallarda
24. Franklar soliq tartiblarini kimlardan qabul qilganlar?
A) Rimdan
B) Vandallardan
C) Vizantiyadan
D) Xunnlardan
25. Franklarda mahaliy boshqaruv asosini erkin franklarning yuzlik yig`inlari tashkil etib, uning boshlig`i, yuzboshi nima deb atalgan?
A) Feodal
B) Baron
C) Senor
D) Tungin
26. VI asr oxiridan franklarning chek yerlari dehqon oilasining sotishi yoki in’om etishi mumkin bo`lgan mulki nimaga aylanadi?
A) Allod
B) Feod
C) Chek yer
D) Benefitsiy
27. G`arbiy feodal jamiyatida avloddan-avlodga meros bo`lib o`tadigan yer-mulk qanday ataladi?
A) Feod
B) Benefitsiy
C) Chek yer
D) Allod
28. Franklarda qaysi qirol davrida yangi qonun chiqarilib, unga muvofiq o`g`il voris bo`lmasa yerni avvalgidek jamoaga emas, marhumning qizi, singlisi yoki ukasiga o`tish huquqini tasdiqlaydi?
A) Xildebert
B) Xilperik
C) Pipin Pakana
D) Buyuk Karl
29. 561-584 yillarda Franklar davlatida kim hukmronlik qilgan?
A) Buyuk Karl
B) Xildebert
C) Pipin Pakana
D) Xilperik
30. «Sali haqiqati» kimlarning qonunlar to`plami hisoblanadi?
A) burgundlarning
B) rimning
C) franklarning
D) vandallarning
31. «Sali haqiqati» kimning buyrug`iga binoan yozilgan?
A) Buyuk Karl
B) Pipin Pakana
C) Xlodvig
D) Xilperik