1. Vizantiya imperiyasi qachon tashkil topgan?
395-yilda
2. Qaysi Rim imperatori o`g`illari Rim imperiyasini ikki mustaqil davlatga bo`lib olishadi?
Feodosiy
3. G`arbiy Rim imperiyasining poytaxti qaysi shahar bo'lgan?
Rim
4. Sharqiy Rim imperiyasining poytaxti qaysi shahar bo'lgan?
Konstantinopol
5. Konstantinopol shahri o`rnidagi Vizantiy qaysi shahar qaysi yunon shahar davlatining koloniyasi bo'lgan?
Megara
6. IV asrda Vizantiya imperiyasi tarkibiga qayerlar kirgan?
Bolqon yarimoroli, Kichik Osiyo, Kavkaz, Suriya, Falastin, Misr, Krit va Kipr orollari
7. Vizantiya imperiyasida qaysi til davlat tiliga aylanadi?
Yunon tili
8. Yevropada Sharqiy Rim imperiyasi aholisini nima deyishgan?
Yunonlar
9. Vizantiya imperiyasi fuqarolari o`zlarini nima deb hisoblashgan?
Rimliklar
10. Vizantiya imperiyasida aholining katta qismini kimlar tashkil etgan?
Erkin dehqonlar
11. Qaysi shahar Osiyo va Yevropani bog`lovchi «Oltin ko`prik» hisoblangan?
Konstantinopol
12. Vizantiya oltin puli qanday atalgan?
Nomisma
13. Vizantiya imperiyasini kim boshqargan?
Vasilevs
14. Qaysi so`zning manosi yunonchada “podsho” degan ma’noni bildiradi?
Vasilevs
15. Vizantiya imperiyasida maslahat organi bu …?
Sinklit
16. Vizantiya imperiyasi qaysi imperator davrida o`z qudratining cho`qqisiga erishadi?
Yustinian I
17. 527-565 yillarda Vizantiya imperatori kim bo`lgan?
Yustinian I
18. Vizantiya tarixida oddiy askarlikdan imperator darajasiga ko`tarilgan shaxsni aniqlang?
Yustin
19. Yoshligida aktrisa bo`lgan Yustinianning rafiqasi kim?
Feodora
20. Yustinian qaysi sarkardani Shimoliy Afrikada joylashib davlat tuzgan va O`rta dengizda savdo kemalarini talash bilan shug`ullangan vandallarga qarshi yuboradi?
Velisariy
21. Yustinian qachon o`z sarkardasini Shimoliy Afrikada joylashib davlat tuzgan va O`rta dengizda savdo kemalarini talash bilan shug`ullangan vandallarga qarshi yuboradi?
534 yilda
22. Shimoliy Afrikada vandallar davlatini bo`ysundirgandan so`ng Velisariy qayerga yo`l oladi?
Italiyaga
23. Italiyada Velisariy kimlarning qattiq qarshiligiga uchraydi?
Ostgotlar
24. Vizantiyaliklar Italiyaning katta qismini bo`ysundirib alohida noibdik (ekzarxat) tuzishadi.Uning markazi qaysi shahar edi?
Ravenna
25. Italiyadagi urush so`nggida Yustinian I qayerga qo`shin yuboradi?
Ispaniyaga
26. Vizantiyaliklar Ispaniyaga yurish qilganida Ispaniyada kimlar hukmronlik qilar edi?
Vestgotlar
27. Vizantiyaning zaiflashuvi VI asrning o`rtalaridan qaysi qabilalarning istilolariga yo`l ochadi?
Slavyanlar
28. VII asrda Arab xalifaligi hujumlari natijasida qayerlar Vizantiya qo`lidan ketadi?
Suriya va Misr
29. Vizantiya imperiyasida feodalar hokimiyatining kuchayishi va markaziy hokimiyatning zaiflashuvi qachon feodal munosabatlarning uzi-kesil o`rnatilishiga olib keldi?
IX-XI asrlar