007-Slavyan davlatlarining tashkil topishi (34)
Savollar va javobi
1. Yozma manbalarda vizantiyalik tarixchilar tomonidan «slavyanlar» atamasi nechanchi asrdan ishlatilgan?
VI asrdan
2. G`arbiy slavyanlarga qaysi xalqlar kiradi?
Chexlar, polyaklar, lujichanlar, slovaklar
3. Janubiy slavyanlarga qaysi xalqlar kiradi?
Bolgarlar, serblar, xorvatlar, chernogorlar, slovenlar, makedonlar, bosniliklar
4. Sharqiy slavyanlarga qaysi xalqlar kiradi?
Ruslar, ukrainlar, beloruslar
5. Slavyanlar qadimdan nima bilan shug`ullangan?
dehqonchilik
6. Visla, Dnepr, Dunay, Elba daryolari bo`yida yashagan aholi xo`jaligida nima muhim o`rin tutadi?
Baliqchilik
7. Bolqon yarimorolining shimoliy qismida Bolgariya podsholigi qachon tuzilgan?
VII asr oxirida
8. Bolgariya posholigiga kim asos solgan?
Asparux
9. Dastlabki slavyan davlati bu - ?
Bolgariya
10. Qachon Bolgariya yirik davlatga aylanadi?
IX asr boshida
11. Kimning hukmronligi davrida Bolgariya o`z qudratining cho`qqisiga erishadi?
Simeon
12. 893-927 yilarda Bolgariya podshosi kim bo`lgan?
Simeon
13. 643-701 yillarda kim yashagan?
Asparux
14. Bulg`or podsholigi qaysi davlatning bosib olishi bilan tugagan?
Vizantiya
15. Bulg`or podsholigi nechanchi asrda Vizantiya tomonidan bosib olingan?
X-asr boshi
16. Rivoyatlarga qaraganda chex qabilalarining qadimgi yo’lboshchisi kim?
Chex
17. Buyuk Moraviya qulaganidan keyin mahalliy slavyan qabilalari qaysi daryo havzasida yashagan chex qabilalariga bo`ysungan?
Vltava daryosi
18. Chex qabilalari ittifoqi boshida qaysi xonadondan bo`lgan knyazlar turgan?
Prjemislovichlar
19. Hozirgi Chexiyaning sharqida IX asr oxiri, X asr boshlarida vujudga kelgan davlat?
Buyuk Moraviya
20. Buyuk Moraviya qachon parchalangan?
X asr boshida
21. Buyuk Moraviya kimlarning hujumi natijasida parchalangan?
vengerlar
22. Buyuk Moraviya parchalangach, uning hududlari qaysi davlat tarkibiga kirgan?
Chexiya
23. Chexiyaning qaysi knyazi yoshligidan xristian dini aqidalari bo`yicha tarbiyalanib, keyinchalik bor kuchi bilan dinni Chexiyada yoyishga harakat qiladi?
Vatslav
24. 920-935 yillarda Chexiya knyazi kim bo`lgan?
Vatslav
25. Kimni chexlarning asosiy miliy avliyosi, chex davlatining homiysi sifatida e’zozlashgan?
Vatslavni
26. German imperatori Genrix IV qachon Chexiya knyaziga qirol unvonini taqdim etadi?
1085 yil
27. Bo`lajak Polshaning asosini qaysi rayonda yashagan polyak qabilalari tashkil etadi?
Gnezno
28. Qachon Polsha davlati tashkil topdi?
X asrda
29. Polsha davlatiga kim asos solgan?
Meshko
30. Polshada qaysi sulola hukmronlik qilgan?
Piastlar
31. Kim Jasur (yoki Buyuk) nomini olgan?
Boleslav I
32. Polshaning qaysi knyazi 1018 yilda Rus knyazi Yaroslav Mudriy qo`shinlarini tor-mor etib Kievga kiradi?
Boleslav I
33. Knyaz Meshko X asr o`rtalarida qaysi daryo havzasida polyak qabilalarini birlashtirib, Polsha davlatiga asos soladi?
Visla daryosi
34. Qaysi davlatning knyazlik sulolasining afsonaviy asoschisi, solnomachining yozishicha «kambag`al kishi Piast» bo`lgan?
Polsha
Do'stlaringiz bilan baham: |