27-XIX asrning 70-yillarigacha bo'lgan davrda Germaniya va Italiya (14)
1. XIX asrda Germaniya inqilobining asosiy sababi ...kapitalizm taraqqiyotiga hamon to'siq bo'lib kelayotganligi edi.
A) Chet mamlakatlardan ko'plab tovarlar keltirilishi
B) Hamma javoblar to'g'ri
C) O'rta asr feodal tartiblarining
D) Chet el mamlakatlarining tahdidi
2. Yevropada 1847-yilda yuz bergan inqiroz Germaniyada ...
A) boshqa mamlakatlarining mahsulotlari kirib kelishi kuchaydi
B) ishsizlikning ko'payishiga, ish haqining pasayishiga olib keldi
C) boshqa mamlakatlarga tovar chiqarish ko'paydi
D) hech qanday rol o'ynamadi
3. XIX asr o'rtalarida Germaniyada inqilob boshlanishiga uchqun bo'lgan vazifani ayting.
A) Buyuk Britaniyada boshlangan inqilob
B) Buxarestdagi talabalarning noroziliklari
C) 18-mart Berlinda qo'zg'olon ko'tarilishi
D) Fransiyada 1848-yil fevral inqilobi
4. 1848-yilda Prussiya qirolligida nimaning joriy etilishi katta siyosiy yutuq edi?
A) Konstitutsiyaning
B) Boj to'lovlari olinishi
C) Siysiy partiyalar tuzilishi
D) Burjuaziyaga erkinliklar berilishi
5. Qachon Italiya qirolligi tashkil etildi?
A) 1868-yilda
B) 1867-yilda
C) 1861-yilda
D) 1860-yilda
6. Italiyani birlashtirishdek tarixiy vazifa qaysi qirollik zimmasiga tushdi?
A) Sirakuza
B) Korsika
C) Sardiniya
D) Sitsiliya
7. Italiya bosh vaziri K.Kavur nimaning tarafdori edi?
A) siyosiy reaksiya va konstitutsiyaviy monarxiya
B) mo'tadil islohotlar va mutloq monarxiya
C) mo'tadil islohotlar va konstitutsiyaviy monarxiya
D) siyosiy reaksiya va mutloq monarxiya
8. Italiya bosh vaziri Kamilo Kavur Avstriya zulmiga qarshi qaysi davlat bilan shartnoma tuzdi?
A) Buyuk Britaniya
B) Rossiya
C) Fransiya
D) Germaniya
9. Italiyani birlashtirishning qizg'in tarafdori Juzeppe Garibaldi o'z harbiy kuchi bilan qachon Sitsiliya oroliga kelib tushdi?
A) 1861-yilda
B) 1870-yilda
C) 1862-yilda
D) 1860-yilda
10. Italiya qirolligi tuzilgach, hokimiyatga kim keldi?
A) Sitsiliya qiroli Umberto III
B) Sardiniya qiroli Viktor Emmanuil II
C) Bosh Vazir Kamilo Kavur
D) Juzeppe Garibaldi
11. Qaysi voqea bilan Italiyani birlashtirish yakunlandi?
A) 1870-yili Fransiya ta'siri ostida bo'lgan Rim shahrining qo'shib olinishi bilan
B) Neapol qo'shini mag'lub etilib Neapol qirolligi tugatilishi bilan
C) Avstriya qo'l ostida qolgan Venetsiya viloyati qo'shib olinishi bilan
D) Juzeppe Garibaldi Sitsiliya orolini qo'shib olishi bilan
12. XIX 60-yillarida Germaniyada mavjud 23 ta davlatni birlashtirish qaysi davlatga nasib etdi?
A) Berlin qirolligiga
B) Saksoniyaga
C) Prussiyaga
D) Avstriyaga
13. Germaniyani yagona davlatga birlashtirishdek tarixiy ishga kim rahbarlik qildi?
A) Utrext Kristof
B) Otto fon Bismark
C) Juzeppe Garibaldi
D) Vilgelm I
14. Prussiya bilan 22 nemis davlati qachon "Shimoliy Germaniya Ittifoqi" tuzish haqida shartnoma tuzishdi?
A) 1867-yilda
B) 1871-yilda
C) 1864-yilda
D) 1866-yilda