1. XIX asr boshlarida Lotin Amerikasining ko'pgina davlatlari qaysi davlat mustamlakasi edilar?
A) Germaniya
B) Fransiya
C) Ispaniya
D) Angliya
2. Lotin Amerikasiga dastlab ko'chib kelgan ispan va portugallarning avlodlari nima deb yuritilgan?
A) kreollar
B) mulatlar
C) metislar
D) zanjular
3. XIX asr boshlarida Ispaniya amaldorlari kreollarga nisbatan qanday munosabatda bo'lgan edilar?
A) birgalikda ish yuritganlar
B) ularni qullarga aylantirganlar
C) boshqa hududlarga ko'chirish siyosatini yuritganlar
D) mensimay qaraganlar
4. Meksika xalqi ozodlik kurashining shonli qahramonlari kimlar edilar?
A) Migel Idalgo va Simon Bolivar
B) Migel Idalgo va Xose Morelos
C) Xose Morelos va Simon Bolivar
D) Xose San-Martin va general Sukre
5. 1810-yilgi Meksika xalqi ozodlik kurashida Idalgo dehqonlarning qaysi tabaqalarini kurashga chaqirdi?
A) dvoryanlar va savdogarlardan
B) hindular va dvoryanlardan
C) kreollar va zanjulardan
D) hindular va mulatlardan
6. Meksika xalqi ozodlik kurashining shonli qahramoni Migel Idalgo qachon otib o'ldirildi va uning ishini kim davom ettirdi?
A) 1810-yilda, Xose San-Martin
B) 1816-yilda, general Sukre
C) 1811-yilda, Xose Morelos
D) 1812-yilda, Xose Morelos
7. Qachon Meksika mustaqillikka erishdi?
A) 1824-yilda
B) 1823-yilda
C) 1830-yilda
D) 1821-yilda
8. Qachon Meksika Respublika deb e'lon qilindi?
A) 1830-yilda
B) 1824-yilda
C) 1823-yilda
D) 1821-yilda
9. Venesuelada mustaqillik urushiga kim rahbarlik qildi?
A) Xose Morelos
B) Simon Bolivar
C) general Sukre
D) Xose San-Martin
10. Simon Bolivar qanday oilada tug'ilgan edi?
A) Ispaniyadan ko'chib kelgan
B) kreol - pomeshik va savdogar oilasida
C) kambag'allashayotgan dvoryan oilasida
D) mahalliy hindu oilasida
11. "Ispaniya mening mamlakatimni bandi qilgan zanjirlarni parchalab tashlamagunimcha xotirjam bo'lmayman" - deb ta'kidlagan ozodlik urushi yo'lboshchisini aniqlang.
A) general Sukre
B) Xose San-Martin
C) Xose Morelos
D) Simon Bolivar
12. Lotin Amerikasi xalqlarining milliy ozodlik kurashida "Xasloskor" nomini olgan shaxsning nomini aniqlang.
A) general Sukre
B) Xose Morelos
C) Xose San-Martin
D) Simon Bolivar
13. Simon Bolivar Venesuela ozodlik kurashida Yevropaning ilg'or jamoatchiligiga murojaat etganida qaysi mamlakatlardan ko'ngilli jangchilar kelgan edilar?
A) Irlandiyaliklar, bolgarlar, xitoyliklar, amerikaliklar, ruslar
B) Irlandiyaliklar, inglizlar, nemislar, italyanlar, polyaklar, ruslar
C) Italyanlar, xitoyliklar, nemislar, irlandiyaliklar, ruslar
D) Inglizlar, yaponlar, nemislar, polyaklar, ruslar
14. Qachon Venesuela mustaqillikka erishdi?
A) 1821-yilda
B) 1810-yilda
C) 1824-yilda
D) 1811-yilda
15. Simon Bolivar qaysi davlatning Ispaniyadan ozodlikka erishishiga yordamlashdi?
A) Paragvay
B) Braziliya
C) Yangi Granada
D) Argentina
16. Qachon Yangi Granada Venesuela bilan birlashdi?
A) 1810-yilda
B) 1811-yilda
C) 1824-yilda
D) 1821-yilda
17. Yangi Granada Venesuela bilan birlashgandan so'ng unga qanday nom berildi?
A) Venesuela
B) Buyuk Kolumbiya
C) Boliviya
D) Argentina
18. Simon Bolivar Buyuk Kolumbiya Prezidenti etib tayinlangach, amalga oshirishga uringan tadbirlardan xato javobni aniqlang.
A) Chegaradagi mamlakatlarni mustamlakaga aylantirish edi
B) Hindularga solinadigan o'lponni bekor qildi
C) Pomeshiklar yerlarini musodara qilish loyihasini ishlab chiqdi
D) Amerika Respublikalari Konfederatsiyasini tuzishni istar edi
19. Qachon Simon Bolivar iste'fo berdi?
A) 1823-yilda
B) 1824-yilda
C) 1830-yilda
D) 1821-yilda
20. "Inqilobga xizmat qilish - bu dengizni shudgor qilish bilan barobardir" - deb ta'kidlagan ozodlik urushi yo'lboshchisini aniqlang.
A) general Sukre
B) Xose San-Martin
C) Xose Morelos
D) Simon Bolivar
21. Argentinada mustaqillik uchun qurolli kurash qachondan boshlandi?
A) 1810-yildan
B) 1824-yildan
C) 1811-yildan
D) 1821-yildan
22. Argentinada mustaqillik uchun qurolli kurash boshlangan va milliy bayram kuni bo'lib qolgan sanani aniqlnag.
A) 23-aprel
B) 25-may
C) 4-iyul
D) 18-avgust
23. Qachon Braziliya Portugaliyadan mustaqillikka erishdi?
A) 1824-yilda
B) 1822-yilda
C) 1821-yilda
D) 1820-yilda
24. Qachon Yuqori Peru Ispaniya zulmidan uzil-kesil ozod bo'ldi?
A) 1824-yilda
B) 1821-yilda
C) 1825-yilda
D) 1826-yilda
25. Yuqori Peru keyinchalik qanday nom bilan atala boshlandi?
A) Simon Bolivar sharafiga Boliviya
B) Paragvay
C) Venesuela
D) Xristofor Kolumb sharafiga Kolumbiya
26. Argentina qachon mustaqillikka erishdi?
A) 1826-yilda
B) 1824-yilda
C) 1869-yilda
D) 1830-yilda
27. Urugvay qachon mustaqillikka erishdi?
A) 1824-yilda
B) 1830-yilda
C) 1826-yilda
D) 1869-yilda
28. Kuba qachon mustaqillikka erishdi?
A) 1824-yilda
B) 1830-yilda
C) 1826-yilda
D) 1869-yilda
29. Lotin Amerikasi mamlakatlarida mustaqillikdan keyin qanday tuzum o'rnatildi?
A) Meksikadan boshqa hammasida monarxiya tuzumi
B) Konstitutsiyaviy monarxiya tuzumi
C) Braziliyadan boshqa hammasida Respublika tuzumi
D) Meksikadan boshqa hammasida Respublika tuzumi
30. Lotin Amerikasi xalqlarining milliy ozodlik kurashi yana qanday xususiyatlarga ega edi?
A) Konstitutsiyaviy monarxiya ham qaror topishi edi
B) burjua inqilobi ham edi
C) qullik bekor qilinishi ham edi
D) sanoat inqilobi ham edi
31. Lotin Amerikasi davlatlari hududiga kirmaydigan davlatni aniqlng.
A) Angola
B) Venesuela
C) Paragvay
D) Ekvator
32. Amerikada oq tanli aholiga mansub kishi bilan hindular o'rtasidagi nikohdan keyin tug'ilgan avlod nima deb yuritiladi?
A) zanjular
B) metislar
C) mulatlar
D) kreollar
33. Oq tanli va qora tanli kishilar o'rtasidagi nikohdan keyin tug'ilgan avlod nima deb yuritiladi?
A) zanjular
B) kreollar
C) metislar
D) mulatlar