23-XVI-XVIII asrlarda Eron (32)
1. XV asrda Erondagi siyosiy beqarorlik uni qaysi davlat tomonidan bosib olinish xavfini kuchaytirgan edi?
A) Boburiylar
B) Turkiya
C) Ozarbayjon
D) Misr
2. XVI asr boshlarida Eronni birlashtirishga muvaffaq bo'lgan Ismoil Safaviy qaysi shahar hukmdori edi?
A) Adabiy
B) Isfahon
C) Mashhad
D) Tabriz
3. 1502-yilda Ismoil Safaviy qaysi shaharni egallab o'zini shohanshon deb e'lon qilgan edi?
A) Adabiy
B) Mashhad
C) Isfahon
D) Tabriz
4. Ismoil Safaviy Eronda hukmronlik qilgan yillarni aniqlang.
A) 1503-1528-yillar
B) 1502-1524-yillar
C) 1500-1524-yillar
D) 1501-1524-yillar
5. Ismoil Safaviy tuzgan "Safaviylar" davlatiga Erondan tashqari yena qaysi hududlar kirgan edi? 1.Ozarbayjon 2.Armanistonning bir qismi 3.Afg'oniston 4.janubiy-sharqiy Iroq
A) 1, 2, 3, 4
B) 1, 2
C) 1
D) 1, 2, 3
6. Ismoil Safaviy markaziy boshqaruvchi mustahkamlash maqsadida qaysi yer egaligi bekor qilib, qanday yer egaligini joriy qilgan edi?
A) jogirni bekor qilib, tiyulni joriy qilgan
B) suyurg'olni bekor qilib, tanhoni joriy qilgan
C) suyurg'olni bekor qilib, jogirni bekor qilgan
D) suyurg'olni bekor qilib, tiyulni joriy qilgan
7. Quyidagi fikrlardan qay biri tiyul haqida noto'g'ri fikr beradi?
A) shoh oldidagi alohida xizmati uchun umrbod berilgan
B) shoh oldidagi alohida xizmati uchun vaqtincha berilgan
C) bunday yerlar amaldorlarga xizmat vazifasini bajarish muddatiga berilgan
D) bunday yerlarni meros qoldirish mumkin edi
8. Eronda shoh Abbos I hukmronlik qilgan yillarni to'g'ri aniqlang.
A) 1589-1629-yillar
B) 1589-1627-yillar
C) 1587-1629-yillar
D) 1587-1627-yillar
9. Safaviylar davlati qaysi hukmdor davrida o'zining qudrati cho'qqisiga ko'tarilgan edi?
A) shoh Abbos I
B) Safi I
C) Nodirshoh
D) Taxmasp II
10. Eron shohi Abbos I poytaxtni qayerdan qayerga ko'chirgan edi?
A) Ozarbayjondagi Adabiydan Erondagi Isfahonga
B) Ozarbayjondagi Tabrizdan Erondagi Isfahonga
C) Ozarbayjondagi Mashhaddan Erondagi Isfahonga
D) Ozarbayjondagi Adabiydan Erondagi Mashhadga
11. Eron shohi Abbos I quyidagi qaysi davlatlar bilan keng ko'lamli savdo-sotiq yo'lga qo'ygan edi? 1.Rossiya 2.Niderlandiya 3.Turkiya 4.Angliya 5.Venetsiya 6.Fransiya
A) 1, 2, 3, 4, 5, 6
B) 1, 2, 3, 4
C) 1, 3, 5
D) 1, 2, 3, 4, 5
12. Eron shohi Abbos I qaysi davlat mutaxassislari yordamida o'q otuvchi qurol va to'p joriy qilgan edi?
A) Rossiya
B) Portugaliya
C) Angliya
D) Fransiya
13. 1602-yilda Eron o'zining azaliy raqibi bo'lgan qaysi davlatni tor-mor qilgan edi?
A) Angliya
B) Turkiya
C) Hindiston
D) Fransiya
14. 1602-yildagi g'alabasidan keyin Eron qayerda mustahkamlanib olgan edi?
A) Sinay yarim orolida
B) Bengaliyada
C) Kavkazda
D) Ormuz orolida
15. Eron Angliya yordamida qaysi davlatni Ormuz orolidan quvib chiqarishga muvaffaq bo'lgan edi?
A) Rossiya
B) Fransiya
C) Portugaliya
D) Angliya
16. Eron Ormuz oroli orqali Yevropaga nima eksport qilar edi?
A) gazlama
B) jun
C) ipak
D) gilam
17. Quyidagi qaysi savdo kompaniyasi Eron bilan savdoda katta imtiyozlarga ega bo'lib olgan edi?
A) "Moskva"
B) "Levantiy"
C) "Vest-Indiya"
D) "Ost-Indiya"
18. XVIII asrdan boshlab nima uchun Safaviylar davlatida iqtisodiy tushkunlik boshlangan edi?
A) tiyul yer egaligining ko'payishi natijasida davlatga qarashli yerlarning kamayishi tufayli
B) dehqonlarning yerlarni tashlab ketishi tufayli
C) Safaviylar davlat hukmdorlari olib borgan noto'g'ri moliyaviy siyosat tufayli
D) ko'p yillik qurg'oqchilik tufayli
19. Turkiyada "Adolat" farmoni chiqarilgandan 100 yil o'tib ...
A) Eronda shoh Husayn dehqonlarning yerni tashlab ketishni taqiqlovchi qonun chiqardi
B) Eronda Nodirshoh hokimiyatga keldi
C) Afg'onistonda Qandahon xonligi tuzildi
D) Afg'on qabilasi boshlig'i Mirvaysxon Eronni egallab oldi
20. 1709-yilda Eronga qarshi qayerda isyon ko'tarilgan edi?
A) Iroqda
B) Afg'onistonda
C) Armanistonda
D) Ozarbayjonda
21. Afg'onlar yetakchisi Mir Mahmud qachon Eronni istilo qilgan edi?
A) 1721-yilda
B) 1724-yilda
C) 1711-yilda
D) 1722-yilda
22. Safaviylar sulolasining so'nggi hukmdorini aniqlang.
A) shoh Abbos I
B) Safi I
C) Husayn
D) Taxmasp II
23. Nodirquli turkmanlarning qaysi qabilasi yetakchisi edi?
A) afshor
B) abdali
C) barakzay
D) gilza
24. Nodirquli qachon Eronni afg'on bosqinidan ozod qilgan edi?
A) 1747-yilda
B) 1740-yilda
C) 1730-yilda
D) 1736-yilda
25. Nodirquli qachon aslzodalar qurultoyida o'zini Eron shohi deb e'lon qilishga erishgan edi?
A) 1747-yilda
B) 1740-yilda
C) 1730-yilda
D) 1736-yilda
26. Ichki kurashlar natijasida qachon Nodirshoh o'ldirilgan edi?
A) 1736-yilda
B) 1740-yilda
C) 1747-yilda
D) 1730-yilda
27. Nodirshoh o'ldirilgandan keyin qaysi qabilalar o'rtasida Eronda hukmronlik uchun kurash ketgan edi?
A) zend va afg'on
B) zend va qojar
C) zend va barakzay
D) qojar va afshor
28. Eronda zendlar sulolasining hukmronlik yillarini aniqlang.
A) 1747-1798-yillar
B) 1747-1796-yillar
C) 1758-1796-yillar
D) 1757-1796-yillar
29. 1796-yilda Eronda qaysi sulola hokimiyatga keldi?
A) afshor
B) qojar
C) zend
D) barakzay
30. Eronda qojarlar davrida davlat poytaxti qaysi shahar bo'lgan edi?
A) Mashhad
B) Isfahon
C) Tehron
D) Tabriz
31. Eronda qojarlar sulolasi qachongacha hukmronlik qildi?
A) 1950-yilgacha
B) 1940-yilgacha
C) 1925-yilgacha
D) 1935-yilgacha
32. XVI-XVIII asrlarda Eronda sulolalar necha marta almashdi?
A) 4 marta
B) 6 marta
C) 3 marta
D) 5 marta
Do'stlaringiz bilan baham: |