1. Qaysi asrdan boshlab Rossiya iqtisodiyotida yangi alomatlar paydo bo'la boshladi?
A) XIX asrdan
B) XVIII asrdan
C) XVI asrdan
D) XVII asrdan
2. Rossiya tarixida qaysi asrdan boshlab shaharlar rivojlana boshlagan edi?
A) XVI asrdan
B) XVIII asrdan
C) XIX asrdan
D) XVII asrdan
3. Quyidagi qaysi shahar XVII asrda Rossiyada rivojlana boshlagan shaharlar qatoriga kirmaydi?
A) Ufa
B) Qozon
C) Novgorod
D) Nijniy Novgorod
4. XVII asrda Moskvada necha turdagi hunarmandchilik bilan shug’ullanishgan?
A) 100 ta
B) 300 ta
C) 150 ta
D) 250 ta
5. Rossiyada dastlab paydo bo’lgan manufakturalar birinchi bo’lib qaysi sohada paydo bo’lgan edi?
A) qora metallurgiya
B) hunarmandchilik
C) ko’mir qazib chiqarish
D) to’qimachilik
6. XVII asrda Rossiya tashqi savdosida muhim o'rin egallagan shaharlarni aniqlang.
A) Arxangelsk, Astraxan
B) Sevastopol, Volgagrad
C) Peterburg, Moskva
D) Moskva, Novgorod
7. XVIII asrgacha Rossiya qaysi dengizlarga chiqish imkoniyatiga ega emas edi?
A) Qora va Kaspiy
B) Qora va Boltiq
C) Boltiq va Kaspiy
D) Azov va Kaspiy
8. Rossiya dengizga chiqa olmaganligi tufayli ko'p vaqtgacha tashqi savdoni qaysi davlat savdogarlari vositachiligida amalga oshirar edi?
A) Shvetsiya va Daniya
B) Gollandiya va Shvetsiya
C) Buyuk Britaniya va Gollandiya
D) Polsha va Shvetsiya
9. Rossiyada chet ellik savdogarlarga chakana savdo bilan shug’ullanishni taqiqlagan “Yangi savdo nizomi” qachon qabul qilingan edi?
A) 1683 yil
B) 1667 yil
C) 1670 yil
D) 1607 yil
10. 1649 yil Rossiyada qabul qilingan Sobor nizomi…
A) krepostnoylik nasldan-naslga o’tadigan bo’ldi
B) dvoryanlar o’z yerlarni meros qoldirish huquqiga ega bo’ldilar
C) hamma javob to’g’ri
D) dehqonlar uzil-kesil dvoryanlarga biriktirib qo’yildi
11. Rossiyada mutlaq monarxiyaning qaror topishi qaysi hukmdor nomi bilan bog'liqdir?
A) Ekaterina II
B) Pyotr II
C) Pyotr I
D) Pavel I
12. Pyotr I taxtga o’tirgan sanani aniqlang.
A) 1689 yil
B) 1687 yil
C) 1721 yil
D) 1690 yil
13. Rossiya Boltiq dengiziga chiqish uchun 1700-1721 yillarda qaysi davlat bilan urush olib bordi?
A) Daniya
B) Germaniya
C) Turkiya
D) Shvetsiya
14. Buyuk rus hukmdori Pyotr I tashqi siyosati maqsadlaridan birini aniqlang.
A) Ukrainani bosib olish
B) Rossiyani kuchli harbiy-dengiz flotiga ega davlatga aylantirish
C) O'rta Osiyo oltinlariga ega bo'lish
D) Rossiyaga Qrim va Qozoq juzlarini qo'shib olish
15. Pyotr I Shvetsiyaga qarshi urushda qaysi davlatlar bilan ittifoq tuzgan edi?
A) Polsha va Daniya
B) Buyuk Britaniya va Polsha
C) Ukraina va Polsha
D) Fransiya va Gollandiya
16. Rossiya va Shvetsiya o'rtasidagi Shimoliy urush taqdirini hal qilgan jang qayerda bo'lib o'tgan edi?
A) Borodinoda
B) Kiyev ostonasida
C) Poltavada
D) Nisshtadda
17. Qaysi voqeadan keyin Shvetsiya o'zining buyuk davlat maqomini qo'ldan boy berdi?
A) Finlandiyani qo'ldan boy bergandan keyin
B) Poltava jangidagi mag'lubiyatdan keyin
C) Nisshtad jangidagi mag'lubiyatdan keyin
D) Prussiya bilan urushdan keyin
18. Shimoliy urushda g'alaba qilgan Rossiya...
A) O'rta Osiyoga yo'l ochdi
B) Boltiq dengiziga chiqish imkoniga ega bo'ldi
C) Shimoliy dengizga chiqish imkoniga ega bo'ldi
D) Qora dengizga chiqish imkoniga ega bo'ldi
19. Pyotr I imperator deb e’lon qilingan sanani aniqlang (Rossiya imperiyasi tashkil topgan yil)
A) 1725 yil
B) 1710 yil
C) 1721 yil
D) 1703 yil
20. Pyotr I davrida amalga oshirilmagan islohotni aniqlang.
A) mamlakat guberniyalarga bo'lindi
B) Senat tuzildi
C) Mamlakat poytaxti ko'chirildi
D) Saylanma Rada tuzildi
21. Pyotr I Rossiyada Boyarlar Dumasi o’rniga Senat tashkil etgan bo’lib, unga ….vakolatlari berilgan edi?
A) hukumatni boshqarish
B) qonunlar chiqarish
C) ikkita javob to'g'ri
D) sud ishlarini boshqarish
22. Rossiyada Pyotr I davrida boshlab qo'shinga qanday tarzda askarlikka olish boshlangan edi?
A) posad
B) gusar
C) kazak
D) rekrut
23. Pugachev qo’zg’oloni bo’lib o’tgan sanani aniqlang.
A) 1756-1760 yillar
B) 1786-1789 yillar
C) 1742-45 yillar
D) 1773-1775 yillar
24. 1654 yilda…
A) Rossiya Qozog’istonning bir qismini bosib oldi
B) Ukraina va Sharqiy Belorussiya Rossiyaga qo’shib olindi
C) Qrim xonligi Rossiyaga qo’shib olindi
D) Rossiya Turkiya urushi boshlandi
25. Rossiyada dastlabki manufakturalar nechanchi asrda paydo bo’ldi?
A) XVII asr
B) XVIII asr
C) XIX asr
D) XVI asr
26. Poltava yaqinidagi jang bo’lib o’tgan sanani aniqlang.
A) 1706 yil
B) 1703 yil
C) 1705 yil
D) 1709 yil
27. Rossiyaning Boltiq dengiziga chiqishdagi asosiy raqibi..
A) Finlandiya
B) Polsha
C) Shvetsiya
D) Daniya
28. 1725-1800 yillarda nechta Romanovlar sulolasi vakillari taxtga o’tirishgan?
A) 8 ta
B) 9 ta
C) 5 ta
D) 6 ta
29. Rossiya tarkibiga Qrim xonligi qo’shib olingan sanani aniqlang.
A) 1783 yil
B) 1797 yil
C) 1774 yil
D) 1755 yil
30. Qaysi shartnomaga binoan Rossiya Qora dengizda flot qurish huquqini qo’lga kiritdi?
A) Kuchukqaynarja
B) Kuleli
C) Istanbul
D) Nishtad
31. Quyidagi qaysi davlat o'z hududini o'ziga tutash hududlarni bosib olishi bilan kengaytirgan edi?
A) Fransiya
B) Prussiya
C) Shvetsiya
D) Rossiya
32. O'rta Osiyo oltiniga ega bo'lish maqsadida Pyotr I qachon Xivaga harbiy ekspeditsiya jo'natgan edi?
A) 1711-yilda
B) 1718-yilda
C) 1714-yilda
D) 1717-yilda
33. XVIII asrning ikkinchi choragida…
A) Qrim xonligi Rossiyaga qo’shib olindi
B) Rossiya Qozog’istonning bir qismini bosib oldi
C) Rossiya Turkiya urushi boshlandi
D) Ukraina va Sharqiy Belorussiya Rossiyaga qo’shib olindi
34. 1783-yilda…
A) Ukraina va Sharqiy Belorussiya Rossiyaga qo’shib olindi
B) Rossiya Qozog’istonning bir qismini bosib oldi
C) Rossiya Turkiya urushi boshlandi
D) Qrim xonligi Rossiyaga qo’shib olindi
35. 1768-yilda…
A) Ukraina va Sharqiy Belorussiya Rossiyaga qo’shib olindi
B) Rossiya Qozog’istonning bir qismini bosib oldi
C) Rossiya Turkiya urushi boshlandi
D) Qrim xonligi Rossiyaga qo’shib olindi
36. Rus hukmdori Ekaterina II hukmronlik yillarini aniqlang.
A) 1762-1796-yillar
B) 1764-1798-yillar
C) 1765-1797-yillar
D) 1771-1796-yillar