014-Amerika Qo'shma Shtatlarining tashkil topishi (26)
1. Quyidagi omillardan qay birlari amerika xalqining shakllanishiga olib kelgan edi?
A) hududning umumiyligi
B) hamma javob to'g'ri
C) til va dinning yagonaligi
D) mustamlakalarning iqtisodiy va xo'jalik manfaatlari
2. Qachondan boshlab Angliyaning mustamlakasi bo'lgan Shimoliy Amerikada yagona bozor vujudga kela boshladi?
A) XIX asr boshlari
B) XVIII asr boshlari
C) XVIII asr o'rtalari
D) XVIII asr oxirlari
3. Angliya qiroli tomonidan yevropaliklarning Amerika g’arbiga siljishini taqiqlovchi qarori chiqarilgan sanani aniqlang.
A) 1769yil
B) 1765 yil
C) 1763 yil
D) 1774 yil
4. Angliya qiroli tomonidan yevropaliklarning Amerika g’arbiga siljishini taqiqlovchi qarori...
A) Ispaniyaning tajovuzkor harakatlaridan xavfsirash oqibatida qabul qilingan edi
B) bo'sh yerlarni tartibsiz egallanishini oldini olishi kerak edi
C) metropoliya manfaatlariga zid edi
D) mahalliy hindular bilan urush kelib chiqishining oldini olishi kerak edi
5. Metropoliyaga qarshi kurashish maqsadida amerikalik inglizlar 1765 yilda “……” nomli tashkilot tuzdilar.
A) “Kuk-klus klan”
B) “Ozod Amerika”
C) “Boston uyushmasi”
D) “Ozodlik farzandlari”
6. Angliyaning mustamlakachilik siyosatiga qarshi amerikalik inglizlar qachon "Ozodlik farzandlari” degan tashkilot tuzgan edilar?
A) 1769yil
B) 1763 yil
C) 1765 yil
D) 1774 yil
7. 1774 yilda Amerikaning 13 shtati qaysi shaharda Kontinental Kongressga yig’ilgan edi?
A) Vashington
B) Boston
C) Filadelfiya
D) Nyu-York
8. Amerikada tuzilgan "Ozodlik farzandlari” tashkiloti...
A) savdo ishlarini tashkillashtirish bilan shug'ullanar edi
B) milliy-ozodlik kurashiga etakchilik qiluvchi tashkilot edi
C) terrorchi tashkilot edi
D) ingliz tovarlarini boykot qilinishi harakatini boshqarib turdi
9. Amerika va Buyuk Britaniya qirolligi o’rtasida urush boshlanib ketgan sanani aniqlang.
A) 1774-yilda
B) 1776-yilda
C) 1773-yilda
D) 1775-yilda
10. AQSHning milliy-ozodlik kurashiga boshchilik qilgan Jorj Vashington yashagan yillarni aniqlang.
A) 1733-1799-yillar
B) 1723-1799-yillar
C) 1732-1799-yillar
D) 1734-1798-yillar
11. AQSHda milliy-ozodlik kurashi yillarida "Mustaqillik deklaratsiyasi qabul qilingan sanani aniqlang.
A) 1776-yil 4-iyulda
B) 1778-yil 5-sentabrda
C) 1777-yil 8-martda
D) 1775-yil 5-mayda
12. Quyidagi qaysi davlatda burjua inqilobiga burjuaziya va quldor-plantatorlar boshchilik qilishgan edi?
A) AQSHda
B) Angliyada
C) Germaniyada
D) Fransiyada
13. Amerika burjua inqilobining o’ziga xos xususiyati nimada edi?
A) feodal tuzumni yo’q qilganligi
B) quldorlikning bekor qilinishida edi
C) urushga burjuaziyaning boshchilik qilishi
D) urushning milliy-ozodlik urushi shaklida o’tganligi
14. 1776-yilda AQSHdan kim Fransiyaga elchi sifatida jo'natilgan edi?
A) Benjamin Franklin
B) Tomas Jefferson
C) Adam Smit
D) Jon Adams
15. 1778-yilda AQSH qaysi davlat bilan “Do’stlik va Tijorat” bitimini imzolagan edi?
A) Rossiya
B) Ispaniya
C) Germaniya
D) Fransiya
16. Quyidagi qaysi davlatlar Buyuk Britaniyaning zaiflashuvidan birdek manfaatdor edilar?
A) Rossiya va Germaniya
B) Avstriya va Gollandiya
C) Fransiya va Shvetsiya
D) Ispaniya va Rossiya
17. 1783-yil 3-sentabrda AQSH va Buyuk Britaniya o’rtasidagi kelishuv bitimi qaysi shaharda imzolangan edi?
A) London
B) Berlin
C) Parij
D) Madrid
18. AQSH konstitutsiyasi qabul qilingan yilni aniqlang.
A) 1787-yil
B) 1778-yil
C) 1783-yil
D) 1784-yil
19. 1787-yilda qaysi shaharda mamlakat vakillarining Ta'sis Konventi chaqirilgan edi?
A) Filadelfiyada
B) Bostonda
C) Vashingtonda
D) Nyu-Yorkda
20. Amerika Qo’shma shtatlarida prezident to’g’risidagi ma’lumotlardan qay biri noto’g’ri?
A) Xalqaro shartnomalarni tuzadi
B) ijro etuvchi hokimiyatning boshlig’i hisoblanadi
C) prezident to’g’ridan-to’g’ri fuqarolar tomonidan saylanadi
D) armiya va flotning Oliy bosh qo’mondoni hisoblanadi
21. AQSHda prezident farmonlari va AQSH qonunlarini konstitutsiyaga mosligini tekshiruvchi organ qanday nomlanadi?
A) Vakillar palatasi
B) Senat
C) Oliy Sud
D) Kongress
22. Biror-bir davlat yoki korxona tovarlarini xarid qilishdan voz kechish nima deb ataladi?
A) boykot
B) demonstrasiya
C) metropoliya
D) stachka
23. Mustamlakachi davlat qanday nomlanadi?
A) metropoliya
B) protektorat
C) hamdo’stlik
D) koloniya
24. AQSHda Kongressining yuqori palatasi qanday nomlanadi?
A) Oliy Palata
B) Senat
C) Departament
D) Lordlar palatasi
25. 1789-yilda AQSHning birinchi prezidenti etib saylangan shaxsni aniqlang.
A) Tomas Jefferson
B) Jorj Vashington
C) Adam Smit
D) Jon Adams
26. AQSHda mustaqillik urushi yillarida oliy qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshirgan organni aniqlang.
A) Ta'sis Konventi
B) Kontinental Kongress
C) Vakillar Kengashi
D) Kongress