8-sinf jahon tarixi. 2019-yil. Abduraxmonov m 1-mavzu



Download 313,5 Kb.
bet1/6
Sana02.04.2020
Hajmi313,5 Kb.
#42991
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
8-sinf Jahon tarixi. 2019-yil


8-SINF JAHON TARIXI. 2019-YIL. ABDURAXMONOV M

1-MAVZU:

1. Insoniyat tarixining qaysi davriga nisbatan “agrar sivilizatsiya” yoki “an`anaviy jamiyat” iboralari ishlatiladi?

A) Qadimgi dunyo tarixi

B) O`rta asrlar tarixi

C) Yangi tarix

D) Eng yangi tarix

2. Agrar sivilizatsiya insoniyat tarixida qaysi davrdan boshlangan edi?

A) neolit B) eneolit C) bronza D) temir

3. Olimlar insoniyat tarixini XVI asrdan boshlanadigan davrni nima deb atadilar?

A) o`rta asrlar tarixi

B) yangi tarix

C) qadimgi dunyo tarixi

D) eng yangi tarix

4. Qaysi javobda kapitalistik jamiyatga xos bo`lma-gan xususiyat ko`rsatilgan?

A) jamiyatda xususiy mulk va yollanma mehnatdan foydalanuvchilarga keng imkoniyatlar yaratildi

B) kishi kishiga qonun bilan majburan qaram qilindi

C) hayotda ko`plab yangiliklar, ishchanlik, intiluv- chanlik kabi yangi belgilar paydo bo`ldi

D) sanoat taraqqiyotiga asoslangan – industrial sivi-lizatsiya shakllangan

5. Xristofor Kolumb Ispaniya qiroliga Atlantika okeani bo`ylab … ga qarab suzib, dengiz orqali Hindistonga yo`l ochishni taklif qilgan.

A) sharq B) shimol C) janub D) g`arb

6. Xristofor Kolumb qachon Bagama orollari tarki- biga kiruvchi orolga yetib kelgan?

A) 1492-yil 12-oktabr B) 1492-yil 5-dekabr

C) 1492-yil 26-avgust D) 1492-yil 2-noyabr

7. Xristofor Kolumb kashfiyotining mohiyatini ang- lashda qaysi sayyoh amalga oshirgan sayohat katta ahamiyatga ega bo`lgan?

A) Amerigo Vespuchchi B) Bartolomeu Diash

C) Fernando Magellan D) Vasko da Gama

8. Ingliz muhandisi Jorj Stefenson tomonidan qaysi yilda parovoz ixtiro qilingan?

A) 1814-yil B) 1817-yil C) 1822-yil C) 1825-yil

9. Avstraliyani kim boshchiligidagi ekspeditsiya kashf etdi?

A) Abel Tasman B) Luis Torres

C) Fernando Magellan D) Vasko da Gama

10. Qachon gollandiyalik Villem Yanszon qachon Avstraliya qirg`oqlariga kelib, uni Gollandiya mulki deb e`lon qilgan?

A) 1499-yil C) 1522-yil C) 1606-yil D) 1629-yil

11. Kapitalistik jamiyatga xos xususiyatlar qaysi javobda to`g`ri ko`rsatilgan?

1) bu jamiyat xususiy mulkdan va yollanma mehnatdan foydalanishda kishilarga keng imkoniyat yaratib berdi; 2) bu jamiyat o`rta asrlarda bo`lgani kabi kishini-kishiga qonun bilan qaram qilib qo`yadigan jamiyatdir; 3) ishlab chiqarishning yangi shakllari paydo bo`ldi, sexlar o`rnini manufakturalar egallay boshladi; 4) rivojlangan shahar madaniyati, antic davr tarixiga bo`lgan katta qiziqish, uni ideallashtirish, badiiy san`atning tez hayotiylashuvi kuzatildi; 5) bu jamiyat inson qobiliyati, salohiyatini namoyon qilishida to`sqinlik qilgan;

A) 1,3,4 B) 1,4,5 C) 2,3,4 D) 3,4,5

12. Buyuk geografik kashfiyotlar qaysi asrlarni o`z ichiga olgan jarayon hisoblanadi?

A) XVI-XVIII asrlar B) XVI-XVII asrlar

C) XV-XVIII asrlar D) XV-XVII asrlar

13. Quyidagi olimlardan qay birining elektrdan foydalanish asoslari yaratilishiga aloqasi yo`q?

A) Andre-Mari Amper B) Maykl Faradey

C) Alessandro Volta D) Jeyms Xargrivs

14. Iqtisodiyotda bozor munosabatlari shakllangan, jamiyatda siyosiy va ijtimoiy tenglik, huquqiy davlat, bag`rikenglik kabi qadriyatlar qaror topgan tarixiy davrga nisbatan qanday atama ishlatiladi?

A) kapitalistik jamiyat B) industrial sivilizatsiya

C) agrar sivilizatsiya D) an`anaviy jamiyat

15. “Muqaddas xaloskor” oroli hozirga qaysi hududda joylashgan?

A) Panama B) Kolumbiya C) Kuba D) Bagama

16. Alessandro Volta qayerlik olim hisoblanadi?

A) Italiya B) Fransiya C) Angliya D) Avstriya

17. Quyidagi sayohatchilardan qay biri Antil orollari, Janubiy va Markaziy Amerika qirg`oqlarini kashf etgan?

A) Xristofor Kolumb B) Bartolomeu Diash

C) Fernando Magellan D) Vasko da Gama

18. Okean to`lqinlariga bardosh bera oladigan dastlabki yelkanli kema – karavella qachon yaratilganligini aniqlang?

A) XV asr oxirlari B) XVI asr boshlari

C) XVI asr o`rtalari D) XV asr o`rtalari

19. Buyuk geografik kashfiyotlar uchun qaysi dav- latga dengiz yo`lini ochish g`oyasi turtki bo`lgan?

A) Avstraliya B) Hindiston

C) Tasmaniya D) Amerika qit`asi

20. Kim boshchiligidagi ekspeditsiya Afrikani ayla-nib o`tib, Hind okeaniga chiqqan?

A) Amerigo Vespuchchi B) Bartolomeu Diash

C) Fernando Magellan D) Vasko da Gama

21. Buyuk geografik kashfiyotlar natijasida dengiz savdo yo`llari O`rtayer dengizidan qayerga ko`chdi?

A) Hind okeani B) Shimoliy dengiz

C) Tinch okeani D) Atlantika okeani

22. Karavella – yelkanli kemalari qaysi asrlarda Yevropada keng tarqalgan?

A) XV-XVII asrlar B) XVI-XVII asrlar

C) XIV-XVI asrlar D) XVI-XVIII asrlar

22. Vasko da Gama qachon Hind okeaniga chiqqan?

A) 1497-yil B) 1498-yil C) 1499-yil D) 1501-yil

23. “Yer markaziga sayohat” asarning muallifini aniqlang?

A) Jyul Vern B) Aleksandr Dyuma

C) Jonatan Svift D) Richard Rixtgard

24. Kimning ekspeditsiyasi natijasida Hindistonga muntazam dengiz yo`li ochildi?

A) Amerigo Vespuchchi B) Bartolomeu Diash

C) Fernando Magellan D) Vasko da Gama

25. Vasko da Gama ekspeditsiyasi a`zolari qachon Portugaliyaga qaytib kelgan?

A) 1497-yil B) 1498-yil C) 1499-yil D) 1501-yil

26. Atlantika okeani bo`ylab suzishni qayerlik dengizchilar boshlab berishgan?

A) portugal B) ispan C) golland D) ingliz

27. Amerika qit`asini aylanib o`tib, Hindistonga boradigan dengiz yo`lini kim ochgan?

A) Vasko Da Gama B) Xristofor Kolumb

C) Fernando Magellan D) Amerigo Vespuchchi

28. Yevropaning eng g`arbiy qismida joylashgan davlatni aniqlang?

A) Ispaniya B) Portugaliya

C) Angliya D) Gollandiya

29. Qaysi davlatning geoagrafik kashfiyotlardagi muvaffaqiyatlari shahzoda Genrix Dengizchi nomi bilan bog`liq bo`lgan?

A) Ispaniya B) Portugaliya

C) Angliya D) Gollandiya

30. XV asrda Madeyra, Kanar, Azor orollarini qayerlik dengizchilar kashf etishgan?

A) Ispaniya B) Portugaliya

C) Angliya D) Gollandiya

31. XV asr oxirlarida kim Afrika janubidagi burunni aylanib o`tib, Hind okeaniga chiqqan?

A) Amerigo Vespuchchi B) Bartolomeu Diash

C) Fernando Magellan D) Vasko da Gama

32. Quyidagi shaxslardan qay biri yaratgan kashfiyot Afrikani aylanib o`tib, Hindistonga dengiz orqali yo`l ochish istiqbolini yaratgan?

A) Amerigo Vespuchchi B) Bartolomeu Diash

C) Fernando Magellan D) Vasko da Gama

33. Arab dengizchisi Ahmad ibn Majid yordamida 1498-yil Hindistonga yetib kelgan dengizchini aniqlang?

A) Amerigo Vespuchchi B) Bartolomeu Diash

C) Fernando Magellan D) Vasko da Gama

34. Magellan bo`g`ozi Amerikaning qaysi qismida joylashgan? A) sharq B) shimol C) janub D) g`arb

35. XVI asrning ikkinchi yarmi – XVII asr boshlarida qayerlik dengizchilar Tinch okeani havzasiga bir nechta ekspeditsiya uyushtirgan?

A) portugal B) ispan C) golland D) ingliz

36. Okeanda uzoq vaqt davomida suzish davomida ochlik va kasallikdan, yangi ochilgan orollardagi mahalliy aholi bilan bo`lgan janglarda qaysi dengizchi halok bo`lgan edi?

A) Amerigo Vespuchchi B) Bartolomeu Diash

C) Fernando Magellan D) Vasko da Gama

37. Sulaymon (Solomon) orollari, Janubiy Polinezi-ya va Melaneziya qayerlik dengizchilar tomonidan kashf etilgan?

A) portugal B) ispan C) golland D) ingliz

38. XVII asr o`rtalarida qayerlik dengizchilar Avst-raliya qirg`oqlarini tatqiq eta boshlaganlar?

A) portugal B) ispan C) golland D) ingliz

39. Keyinchalik Tasmaniya oroli deb atalgan orol Indoneziyaning qaysi tomonida joylashgan?

A) sharq B) shimol C) janub D) g`arb

40. Buyuk geografik kashfiyotlarning eng salbiy oqibatlaridan biri …

A) jahon mustamlaka tizimining shakllanishi

B) qul savdosining xalqaro miqyosda rivojlanishi

C) qadimgi sivilizatsiya o`choqlari yo`q qilinishi

D) bo`ysundirilgan xalqlar eksplutatsiya qilindi
2-MAVZU:

1. Zamonaviy ko`rinishdagi ilk bank – Genuyadagi Avliyo Georgiy banki qachon paydo bo`lgan?

A) XIV asr B) XV asr C) XVI asr D) XVII asr

2. Kimning ekspeditsiyasi yerning dumaloqligini amalda isbotlab berdi?

A) Xristofor Kolubm B) Bartolomeu Diash

C) Fernando Magellan D) Vasko da Gama

3. Qachondan boshlab texnika va texnologiyalarda buyuk ixtirolar amalga oshirildi?

A) XVIII asr oxirlaridan B) XVIII asr boshlaridan

C) XVII asr o`rtalaridan D) XVII asr oxirlaridan

4. Qanday omil mahsulot ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilar o`rtasida raqobat paydo bo`lishiga olib kelgan edi?

A) geografik kashfiyotlar natijasida

B) bozorlarda mahsulotning ko`payishi natijasida

C) yangi banklarning paydo bo`lishi natijasida

D) manufakturalarning vujudga kelishi natijasida

5. Kishilar biri birida kapitalning mavjudligi va daromad darajasiga qarab farqlanadigan jamiyat …

A) sinfiy jamiyat B) proletar jamiyat

C) yangi jamiyat D) kapitalistik jamiyat

6. Buyuk geografik kashfiyotlar natijasida dastlab qaysi shaharlar jadal rivojlangan edi?

A) London, Parij B) Lissabon, Sevilya

C) London, Sevilya D) Parij, Antverpen

7. Yangi savdo yo`llari ochilishi natijasida qaysi davlat shaharlari avvalgi ahamiyatini yo`qotgan?

A) Italiya B) Angliya C) Germaniya D) Fransiya

8. Qachondan Yevropaning savdo chorrahalari Shimoliy dengiz qirg`oqlariga ko`chdi.

A) XVI asr birinchi yarmidan

B) XVII asr birinchi yarmidan

C) XVI asr ikkinchi yarmidan

D) XVIII asr birinchi yarmidan

9. XVIII asrga kelib qaysi shahar Yevropaning asosiy savdo markaziga aylangan?

A) London B) Antverpen C) Parij D) Lissabon

10. XVI asrda diniy urushlar va vabo epidemiyasi natijasida qaysi shahar rivojlanishi sekinlashishi kuzatilgan edi?

A) London B) Antverpen C) Parij D) Lissabon

11. O`z a`zolarining manfaatlarini himoya qilish uchun tuzilgan savdogarlar va hunarmandlar uyushmasi qaysi atama bilan izohlanadi?

A) manufaktura

B) proletariat

C) gildiya

D) aksionerlik jamiyati

12. Luis Torres qayerlik dengiz sayyohi hisoblanadi?

A) Angliya B) Portugaliya

C) Ispaniya D) Gollandiya

13. Fernando Magellan tashkil etgan ekspeditsiya a`zolarining kam sonli tirik qolgan qismi qachon o`zlari yo`lga chiqqan Ispaniya qirg`oqlariga qaytib kelishgan?

A) 1519-yil B) 1522-yil C) 1547-yil D) 1606-yil

14. Temza daryosi bo`yida joylashgan shahar to`g`ri ko`rsatilgan javobni belgilang?

A) London B) Antverpen C) Parij D) Lissabon

15. Qo`l mehnatiga asoslangan ishlab chiqarish ma`nosini bildiruvchi atamani aniqlang?

A) manufaktura B) sex C) industriya D) feodal
3-MAVZU:

1. Gunohlarni afv etganlik to`g`risida Rim papalari-ning maxsus yorliqlari qanday ataladi?

A) interdekt B) indulgensiya

C) autodafe D) inkvizitsiya

2. “95 tezislar” deb ataluvchi indulgensiyalarga qarshi da`vat bilan chiqqan shaxsni aniqlang?

A) Tomas Myunser B) Martin Lyuter

C) E.Rotterdamskiy D) Yan Gus

3. “95 tezislar” deb ataluvchi indulgensiyalarga qarshi da`vat qachon e`lon qilingan?

A) 1517-yil B) 1519-yil C) 1521-yil D) 1524-yil

4. Rim papasi M. Lyuterni qaysi shaharda joylash-gan sudga chaqirdi?

A) Kyoln B) Rim C) Vorms D) Strasburg

5. Qayerdan ko`plab g`alla va kumushni olib kelinishi Yevropa dehqonlarini og`ir ahvolga solib qo`ygan edi?

A) Amerika B) Hindiston C) Avstraliya D) Afrika

6. Martin Lyuter reformatsiya to`lqinining kuchayi- shiga qadar qanday kasb egasi sifatida mashhur bo`lgan?

A) katolik cherkovi arxiyepiskopi

B) nemis qishloqlaridan birining oqsaqoli

B) kuchli nemis knyazlaridan biri

D) Vittenberg universiteti ilohiyot fani professori

7. Yevropa dehqonlarining qo`zg`aloni dastlab qaysi davlatda boshlangan?

A) Germaniya B) Fransiya C) Italiya D) Ispaniya

8. Xalq Reformatsiyasi deb nomlangan qo`zg`alon-ga kim boshchilik qilgan?

A) Tomas Myunser B) Uatt Tayler

C) Martin Lyuter D) Yan Gus

9. Xalq Reformatsiyasi deb nomlangan qo`zg`alon qaysi davrda bo`lib o`tgan?

A) 1524-yil yoz – 1526-yil boshlari

B) 1524-yil kuz – 1526-yil o`rtalari

C) 1525-yil qish – 1526-yil oxirlari

D) 1524-yil yoz – 1525-yil boshlari

10. Protestantlikning yangi oqimlaridan bo`lgan kalvinizmga qayerda asos solingan?

A) Parij B) Jeneva C) Vorms D) Genuya

11. Boylik orttirishni maqsad qilgan yangi zodagon- lar va burjuaziya vakillari kim tomonidan ilgari surilgan shiorni qo`llab-quvvatlagan edi?

A) Tomas Myunser B) Martin Lyuter

C) Ignatiy Loyola D) Jan Kalvin

12. Protestantlik oqimi mamlakatlarida savodxonlik darajasining oshishida qanday sabab muhim omil bo`lgan edi?

A) Injilni mustaqil o`qish ehtiyoji kishilarni savodli bo`lishga undagan

B) o`zga mamlakatlar madaniyati bilan tanishuv turli tillarni o`rganish ehtiyojini keltirib chiqargan

C) barcha uchun savodxonlik kurslari ochilgan

D) Yevropa xalqlari reformatsiyadan o`zlariga to`g`- ri xulosa chiqarib olganligi

13. Rim papasi qachon “Iso jamiyati” yoki iyezuitlar ordenini ta`sis etgan?

A) 1526-yil B) 1564-yil C) 1540-yil D) 1524-yil

14. Qaysi javobda “Iso jamiyati”ning asoschi to`g`ri ko`rsatilgan?

A) Tomas Myunser B) Martin Lyuter

C) Ignatiy Loyola D) Jan Kalvin

15. Reformatsiyaga qarshi qaysi davlat Papa bosh-liq katolik reaksiyasining barcha dahshatini o`zida his qilgan?

A) Ispaniya B) Italiya C) Fransiya D) Germaniya
4-MAVZU:

1. Qaysi davlatlar aholisi bir-biriga dushman ikki diniy mazhabga ajralib, bir-biriga qarshi urushlar olib borgan edilar?

A) Italiya, Ispaniya B) Fransiya, Germaniya

C) Italiya, Fransiya D) Germaniya, Ispaniya

2. Reformatsiya natijasida qanday voqealar sodir bo`lganligini aniqlang?

1) jamiyatning ma`naviy, siyosiy va iqtisodiy xarakterini o`zgartirib yubordi; 2) milliy cherkovlar paydo bo`ldi; 3) adashgan olomon to`g`ri yo`lga solindi; 4) dunyoviy hokimiyat mustahkamlandi; 5) barcha aholi tabaqalari huquq jihatdan tenglash- tirildi; 6) aholiga saylov huquqlari bo`yicha imtiyozlar berildi; 7) millatlarning shakllanishi va milliy davlatlarning rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratildi; 8) shaxsning ekinligi va tashabbuskorligiga keng yo`l ochildi; 9) demokratik qadriyatlar shakllandi;

A) 1,2,4,7,8,9 B) 1,2,3,5,8,9

C) 2,3,5,6,8,9 D) 1,2,4,5,6,8

3. XVI asrgacha bo`lgan davrda Yevropada qaysi til fan va adabiyot tili sifatida muomalada bo`lgan?

A) ingliz B) ispan C) lotin D) fransuz

4. Nechinchi asrdan boshlab antik madaniyat qayta tiklana boshladi?

A) XIV asr B) XV asr C) XVI asr D) XVII asr

5. Nechinchi asrga kelib, ruhoniylar va hatto Rim papalari ham gumanizm g`oyalari bilan qiziqib, gumanistlarga erkin fikr bildirish imkonini berishdi?

A) XIV asr B) XV asr C) XVI asr D) XVII asr

6. Gumanizm dastlab qaysi davlatda paydo bo`lgan?

A) Italiya B) Ispaniya C) Fransiya D) Germaniya

7. O`z asarida “Utopiya” nomli ideal davlat namuna-sini yaratgan siyosatchi qaysi davlatda faoliyat ko`rsatgan?

A) Gollandiya B) Ispaniya C) Fransiya D) Angliya

8. O`rab turgan olamga ilohiy emas, dunyoviy, insoniy qarash tarafdorlari qaysi atama bilan ifodalanadi?

A) renessans B) panteizm C) gumanist D) iudiezm

9. Uyg`onish davrining qaysi allomasi qahramoni haqiqiy ritsar kabi xo`rlanganlar himoyasiga otlanadi?

A) Rembrant B) Uilyam Sheksper

C) Rafail Santi D) Migel de Servantes

10. Uilyam Sheksper yashagan yillarni aniqlang?

A) 1564-1616-yillar B) 1561-1619-yillar

C) 1547-1616-yillar D) 1564-1616-yillar

11. Qaysi javobda qaysi rassom qaysi san`at asarini yaratganligi to`g`ri ko`rsatilgan?

1) Rembrant; 2) R.Santi; 3) Leanordo da Vinchi;

a) “Adashgan o`g`lining qaytishi”;

b) “Maxfiy kecha”;

c) ”Skistin madonnasi”;

A) 1-c, 2-a, 3-b B) 1-a, 2-c, 3-b

C) 1-a, 2-b, 3-c D) 1-b, 2-a, 3-c

12. “Inson – tabiatning ajoyib mo`jizasi”, deb hisoblovchi uyg`onish davri namoyondasini aniqlang?

A) Leonardo da Vinchi B) Uilyam Shekspir

C) Migel de Servantes D) Rembrandt

13. “Injilda oilasini tashlab ketib, uzoq vaqt sanqib yurgan, barcha boyliklari tugagach, ortga qaytgan o`g`ilni ota kechiradi va uyiga qabul qiladi”, ushbu fikr qaysi ijodkor asariga doir ekanligini aniqlang?

A) Leonardo da Vinchi B) Uilyam Shekspir

C) Migel de Servantes D) Rembrandt

14. Buyuk rassomlardan biri Rafail Santiga oid ma`lumotlarni aniqlang?

1) u Italiyalik buyuk rassom edi; 2) u atigi 37 yil umr ko`rgan; 3) u yaratgan asarlar ichida “Sikstin madonnasi” mashhur hisoblanadi; 4) u “teatr”ning odamlar taqdir zarbasidan bukilmaslikka o`rgatuvchi

kuch ekanligiga ishonib yashagan; 5) u bir vaqning o`zida ham rassom, ham shoir, ham me`mor, ham haykaltarosh, ham musiqachi, ham ixtirochi bo`lgan; 6) rassom bir paytning o`zida izlanuvchan olim edi;

A) 2,4,5 B) 1,2,3 C) 2,4,6 D) 1,2,3,6

15. Migel de Servantes yashagan yillarni aniqlang?

A) 1555-1641-yillar B) 1561-1619-yillar

C) 1547-1616-yillar D) 1564-1616-yillar

16. Uyg`onish davri tarixchilaridan biri qaysi asarga nisbatan: “u shunchalar yoqimliki, suratni ko`rib insoniylikdan ko`ra ko`proq ilohiy oziq olasan …”, degan fikrlarni bildirgan edi?

A) “Adashgan o`g`ilning qaytishi”

B) “Sikstin madonnasi”

C) “Mona Liza” (“Jokonda”)

D) “Chaqaloq tutgan Madonna”

17. “Yirtiq kiyim va sochsiz bosh o`tgan umr kulfatlaridan dalolat beradi. Keksayib ko`r bo`lib qolgan otaning barmoqlari o`g`lining yelkasiga tegayapdi. Qo`l harakati bu dunyodan qariyb umidini uzgan odamning yorqin quvonchini va cheksiz muhabbatini aks ettiradi”, ushbu muloha- zalar qaysi asarga nisbatan ishlatilgan?

A) “Adashgan o`g`ilning qaytishi”

B) “Sikstin madonnasi”

C) “Mona Liza” (“Jokonda”)

D) “Chaqaloq tutgan Madonna”

18. Ispan yozuvchisi Migel de Servantes asari qaysi javobda to`g`ri ko`rsatilgan?

A) “Don Kixot” B) “Sikstin madonnasi”

C) “Maxfiy kecha” D) “Chaqaloq tutgan Madonna”

19. Qaysi bir ijodkor rasm chizish san`atini “san`atlar malikasi” deb atagan?

A) Uilyam Shekspir B) Leonardo da Vinchi

C) Migel de Servantes D) Mikelanjelo Buonarroti

20. Quyidagi ijodkorlarning qay biri insonlarni o`rab turgan olamni sahna, odamlarni esa aktyorlar deb tasavvur qilgan?

A) Leonardo da Vinchi B) Uilyam Shekspir

C) Migel de Servantes D) Rafail Santi

21. “Hamlet”, “Otello”, “Qirol Lir” va “Romeo va Julyetta” asarlarining muallifini aniqlang?

A) Leonardo da Vinchi B) Uilyam Shekspir

C) Mikelanjelo Buonarroti D) Rembrandt

22. Rembrandt yashagan yillarni aniqlang?

A) 1588-1643-yillar B) 1606-1663-yillar

C) 1606-1669-yillar D) 1609-1669-yillar

23. Mos javob variantini aniqlang?

1) N. Kopernik; 2) G. Galiley; 3) J. Bruno;

a) 1564-1642; b) 1473-1543; c) 1548-1600;

A) 1-b, 2-a, 3-c B) 1-a, 2-b, 3-c

C) 1-b, 2-c, 3-a D) 1-a, 2-c, 3-b

24. Yer Quyosh atrofida va o`z o`qi atrofida ayla- nadi, degan xulosaga kelgan olimni aniqlang?

A) Nikolay Kopernik B) Jordono Bruno

C) Galileo Galiley D) Isaak Nyuton

25. Qaysi olim olamning cheksizligi va abadiyligi haqidagi nazariyani yaratdi?

A) Nikolay Kopernik B) Jordono Bruno

C) Galileo Galiley D) Isaak Nyuton

26. Yevropalik olimlar orasida birinchi bo`lib osmon jismlarini teleskop yordamida kuzatgan olimni aniqlang?

A) Nikolay Kopernik B) Jordono Bruno

C) Galileo Galiley D) Isaak Nyuton

27. Quyidagi qaysi ijodkorning asosiy xizmati inson- ning yashash, erkinlik va mulkka egalik qilish huquqlari haqidagi ta`limotni yaratganligi bilan belgilanadi?

A) Nikolay Kopernik B) Jordono Bruno

C) Galileo Galiley D) Jon Lokk

28. Yevropalik olimlardan qay biri geliosentrik na-zariyaga asos solgan?

A) Nikolay Kopernik B) Jordono Bruno

C) Galileo Galiley D) Isaak Nyuton

29. Quyidagi olimlardan qay biri davlat hokimiyatini bo`lish, ya`ni ijro etuvchi hokimiyatni qonun chiqaruvchi ajratish haqidagi g`oyani ilgari surgan?

A) Sharl Furye B) Jordano Bruno

C) V.Belinskiy D) Jon Lokk

30. Jon Lokk tavalludidan necha yil o`tib, butun olam tortishish qanunini ishlab chiqqan olim dunyoga kelgan?

A) 11 yil B) 13 yil C) 15 yil D) 9 yil


5-MAVZU:

1. Qaysi olim o`z izlanishlari natijasida ko`zguli teleskopni kashf qilgan?

A) Nikolay Kopernik B) Jordono Bruno

C) Galileo Galiley D) Isaak Nyuton

2. “Meros” badiiy filmi qaysi davlatning uyg`onish davri vakillariga bag`ishlangan?

A) Italiya B) Ispaniya C) Angliya D) Fransiya

3. Nechinchi asrlarda Yevropada Yangi davr mada-niyati shakllanib, san`at va fan jadal rivojlangan?

A) XV-XVII asrlar B) XVI-XVIII asrlar

C) XIV-XVI asrlar D) XVI-XVII asrlar

4. Quyidagi olimlardan qay biri Polsha davlatida tavallud topgan?

A) Nikolay Kopernik B) Jordono Bruno

C) Galileo Galiley D) Isaak Nyuton

5. Absolutizm ya`ni mutlaq monarxiya Angliyada qachon shakllangan?

A) XIV asr B) XV asr C) XVI asr D) XVII asr

6. Ayrim mustaqil shimoliy grafliklar va Uels kim- ning davrida qirol hokimiyatini tan olgan?

A) Genrix VII B) Genrix VIII

C) Mariya Tyudor D) Yelizaveta I

7. Yelizaveta I qachon hokimiyatga kelgan?

A) 1556-yil B) 1563-yil C) 1553-yil D) 1558-yil

8. 1603-yil Angliya taxtiga chiqqan styuartlar sulo- lasidan bo`lgan Yakov I qayerlik edi?

A) Irlandiya B) Fransiya C) Shotlandiya D) Daniya

9. Angliya burjua inqilobining asosiy sababiga aylangan omilni aniqlang?

A) Angliya qiroli Yakov I mamlakat aholisiga qo`shimcha soliqlarni joriy etishi

B) Yakov I ning qo`shni mamlakatlarga muvaf- faqiyatsiz yurishlar qilganligi

C) styuartlarning yangi qirollik sulolasining parlament va puritanlarga qarshi kurash boshlashi oqibatida vujudga kelgan qarama-qarshilik

D) burjuaziya qatlami manfaatlarini oyoq-osti qiluvchi qonunlarning qabul qilinishi

10. Qaysi hukmdor davrida obsolutizmning inqirozi kuchaydi, burjua inqilobi uchun iqtisodiy, siyosiy va g`oyaviy asoslar shakllangan?

A) Karl I B) Yakov II C) Yakov I D) Yelizaveta I

11. Angliyada qaysi hukmdor davrida savdogarlar, yangi dvoryanlar, hurfikrli dindorlar davlat ishlari-dan butunlay chetlatilgan?

A) Karl I B) Genrix VIII

C) Yakov I D) Yelizaveta I

12. Angliya tarixida “Uzoq muddatli parlament” nomini olgan parlament qachon yig`ilgan?

A) 1640-yil B) 1643-yil C) 1645-yil D) 1649-yil

13. Uzoq muddatli parlamentning absolutizmga qarshi qaratilgan dastlabki qarorlaridan biri …

A) qirol minstrlarining sudga tortilishi

B) ko`pgina yuksak lavozimli amaldorlar, yepis- koplar, sudyalar qamoqqa olindi

C) barcha davlat lavozimlariga davlat xazinasidan maosh to`lanishi belgilandi

D) qirol va uning amaldorlari huquqlarini cheklov-chi qonunlar qabul qilindi

14. Nechinchi yilning oxirlariga kelib Angliya hudu-dining to`rtdan uch qismi qirol hukmronligi ostida bo`lgan?

A) 1640-yil B) 1643-yil C) 1645-yil D) 1649-yil

15. Angliyada inqilob davrida parlament qirolga qarshi qaysi mamlakat bilan harbiy ittifoq tuzgan?

A) Fransiya B) Ispaniya C) Shotlandiya D) Irlandiya

16. Angliyada fuqarolar urushi tugaganidan so`ng parlament qanday islohatlarni amalga oshirgan?

1) zodagon yer egalari feodal to`lovlardan ozod etildi; 2) burjuaziya vakillarining hukmron mavqeyi qonuniylashtirildi; 3) yangi zodagonlar qo`lidagi yerlar xususiy mulk qilib berildi; 4) savdogarlar endi savdo yuritishga ruxsatnoma sotib olmaydigan bo`ldi; 5) parlament mamlakatda cheklanmagan huquqlarga ega bo`ldi; 6) qirol, qirol tarafdorlari va yepiskoplarning yerlari musodara qilindi; 7) cherkov parlamentga bo`ysundirildi; 8) hokimiyat to`laligi- cha o`zini “ingliz ozodligining asrovchisi” deb hisoblovchi bir palatali parlament qo`liga o`tdi;

A) 1,3,4,5,7 B) 1,3,4,5,6 C) 1,2,3,4,7 D) 1,3,4,6,7

17. Angliya qachon Respublika deb e`lon qilingan?

A) 1649-yil 19-may B) 1648-yil 3-mart

B) 1649-yil 2-aprel D) 1648-yil 17-iyul

18. Oliver Kromvel boshchiligidagi inqilobiy armiya qayerni bosib olish jarayonida aholisining katta qismini qirib tashlaydi?

A) Ispaniya B) Irlandiya C) Shotlandiya D) Italiya

19. Oliver Kromvel qaysi hududni bo`ysundirgandan so`ng parlament tarqatib yuborilib, uning protekto-rati o`rnatilgan?

A) Ispaniya B) Irlandiya C) Shotlandiya D) Italiya

20. Angliya tarixida qachon “Sharafli inqilob” nomli inqilob sodir bo`lgan?

A) 1649-yil B) 1660-yil C) 1667-yil D) 1688-yil

21. Karl II nechinchi yilda hokimiyat tepasiga keldi?

A) 1658-yil B) 1660-yil C) 1667-yil D) 1688-yil

22. Quyidagi qirollardan qay biri katolik dinini qayta tiklash uchun harakat boshlagan?

A) Karl I B) Karl II C) Yakov II D) Yakov I

23. Angliya nechinchi yildan boshlab Buyuk Britaniya deb atala boshlagan?

A) 1701-yil B) 1707-yil

C) 1714-yil D) 1723-yil

24. Angliya taxtida oxirgi oranyelar sulolasining vakili qachon vafot etgan?

A) 1701-yil B) 1707-yil

C) 1714-yil D) 1723-yil

25. “Taxt vorisligi to`g`risida bill” qachon qabul qilingan?

A) 1701-yil B) 1707-yil

C) 1714-yil D) 1723-yil


Download 313,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish