8-sinf jahon tarixi. 2019-yil. Abduraxmonov m 1-mavzu



Download 313,5 Kb.
bet6/6
Sana02.04.2020
Hajmi313,5 Kb.
#42991
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
8-sinf Jahon tarixi. 2019-yil


29-MAVZU:

1. Nechinchi yilda Jejudo orolida dehqonlar va baliqchilarning qo`zg`aloni bo`lib o`tgan?

A) 1813-yil B) 1814-yil C) 1817-yil D) 1821-yil

2. Li sulolasiga qarshi ko`tarilgan eng yirik qurolli qo`zg`alon yo`lboshchisini aniqlang?

A) Xon Gyon Ne B) Pak Je Son

C) Van Xvon Syo D) Li Son Ge

3. XIX asr boshlarida qaysi Osiyo davlatini ochlik va vabo epidemiyasi qamrab olgan?

A) Xitoy B) Koreya C) Yaponiya D) Hindiston

4. Rim papasi qachon Koreya yepiskopligi tuzilgan-ligini e`lon qilgan?

A) 1825-yil B) 1831-yil C) 1834-yil D) 1837-yil

5. 1812-yilda Koreya qirg`oqlari yaqinida paydo bo`lgan kema qaysi davlat nomidan savdo munosa-batlari o`rnatishni taklif qilgan?

A) Italiya B) Fransiya C) B.Britaniya D) Rossiya

6. Koreyaga kirib kelgan missionerlar asosan … missionerlari edi.

A) ingliz B) fransuz C) nemis D) italyan

7. Qaysi davr Koreyadagi ichki vaziyat xalq g`azabi-ning oshib borishi bilan xarakterlanadi?

A) XVIII asr boshlari B) XIX asr o`rtalari

C) XVIII asr o`rtalari D) XIX asr boshlari

8. Qachon 12 yoshli Li Sze Xvan Qirol Kojon nomi bilan taxtga o`tqazilgan?

A) 1856-yil B) 1859-yil C) 1861-yil D) 1863-yil

9. Yangi podsholikning obro`yini oshirish uchun tevongun nechinchi asrda yonib ketgan Kyonbokkun saroyini tiklagan?

A) XV asr B) XVI asr C) XVII asr D) XVIII asr

10. Nechinchi yilda Koreyada hokimiyatni tevongun ya`ni hokim nomi bilan mashhur Li Xa In egalladi?

A) 1859-yil B) 1862-yil C) 1863-yil D) 1867-yil

11. Koreyaning nochorligi oxir-oqibatda qaysi davlatning mustamlakasiga aylanib qolgan?

A) Rossiya B) Italiya C) Yaponiya D) Fransiya

12. “Chingizxonning oq buluti” qissasi muallifini aniqlang?

A) Maqsud Shayxzoda B) O`tkir Hoshimov

C) Chingiz Aytmatov D) Mirkarim Osim

13. Qaysi davlatning 2 ta kemasi Koreya portlariga kirib sayozlikka o`tirib qolgan edi?

A) Yaponiya B) Fransiya C) Rossiya D) AQSH

14. An`anaviy sivilizatsiya mamlakatlari ichida birinchi bo`lib industrial taraqqiyot yo`liga kirgan davlatni aniqlang?

A) Koreya B) Xitoy C) Yaponiya D) Hindiston

15. Chon Son, Li Myonuk, Kim Xondo kabi shaxslar qaysi san`at sohasida juda mashhur bo`lgan?

A) she`riyat B) rassomlik

C) zargarlik D) o`ymakorlik
30-MAVZU:

1. Usmoniylar imperiyasida aholining qaysi tabaqasidan boshqa barcha davlat xizmatchilari sultonning quli hisoblangan?

A) dehqonlar B) hunarmandlar

C) ruhoniylar D) amaldorlar

2. Usmoniy turklar davlatida jamiyat taraqqiyoti yo`lidagi asosiy g`ov - …

A) sultonning zulmga asoslangan hokimiyati, yangilikni qabul qilishga mutlaqo tayyor emasligi

B) chet el bosqinchilarining to`xtovsiz davom etib turgan yurishlari

C) imperiyada mutaassib din arboblarining obro`yi juda yuqori bo`lishi

D) Rossiya bilan olib borilgan urushlarda muvaffaqiyatsizlikka uchraganligi

3. Qachonga kelib Yevropaning kuchli davlatlari Usmoniylar imperiyasining zaiflashganligidan foydalanib uning mustamlaka hududlariga ko`z olaytira boshlaganlar?

A) XVIII asr boshlari B) XVIII asr o`rtalari

C) XVIII asr oxirlari D) XIX asr boshlari

4. Yevropa davlatlarining Usmoniylar imperiyasiga qaram o`lkalarni egallab olish uchun o`zaro kurashi tarixga qanday nom bilan kirgan?

A) “Sharq masalasi” B) “Rekonkista”

C) “Sharq yurishlari” D) “Konkista”

5. Usmoniylar imperiyasi mustamlakalaridan mum- kin qadar ko`proq o`ljani qo`lga kiritishga intilgan davlatlarni aniqlang?

1) Buyuk Britaniya; 2) Ispaniya; 3) Portugaliya; 4) Rossiya; 5) Fransiya; 6) Italiya; 7) Avsitriya; 8) Germaniya;

A) 1,4,5,6 B) 1,4,5,7 C) 1,4,7,8 D) 1,3,4,5

6. Quyidagi davlatlardan qay biri Turkiyaga qaram bo`lgan Bolqon yarimorolida mustahkam o`rnashib olishga harakat qilgan edi? A) Fransiya B) Avstriya C) Buyuk Britaniya D) Rossiya

7. 1827-yilda Buyuk Britaniya, Fransiya, Rossiya o`rtasida Bolqonning qaysi davlatiga muxtoriyat berilishini ko`zda tutuvchi bitim imzolangan?

A) Bolgariya B) Albaniya C) Gretsiya D) Ruminiya

8. Qaysi davlat Qora dengizning Bosfor hamda Dar-danell bo`g`ozlarini, shuningdek, Istambul shahrini qo`lga kiritishga intilgan?

A) Fransiya B) Avstriya

C) Ispaniya D) Rossiya

9. 1827-yilda Buyuk Britaniya, Fransiya, Rossiya o`rtasida imzolangan bitim qaysi shaharda tasdiqlangan?

A) London B) Parij C) Vena D) Istambul

10. Fransiya Jazoirni bosib olgan yilni aniqlang?

A) 1830-yil B) 1834-yil C) 1829-yil D) 1838-yil

11. Turkiyaga qarshi bosh ko`targan Muhammad Ali qaysi davlatning hukmdori edi?

A) Jazoir B) Tunis C) Misr D) Efiopiya

12. Muhammad Alini quyidagi qaysi davlat qo`llab-quvvatlagan?

A) Fransiya B) Avstriya C) B. Britaniya D) Rossiya

13. Misr hukmdori Muhammad Ali sulton qo`shinini tor-mor etgach, Istambul shahriga yo`l ochiladi. Mana shunday vaziyatda Sultonni halokatdan qaysi davlat saqlab qolgan?

A) Fransiya B) Avstriya C) B. Britaniya D) Rossiya

14. Muhammad Ali qachon Misr va Sudanni bosh- qarishni meros qoldirish huquqini qo`lga kiritdi?

A) 1837-yil B) 1832-yil C) 1840-yil D) 1846-yil

15. “Qrim urushi” nechinchi yillarda bo`lib o`tgan?

A) 1853-1856-yillar B) 1855-1858-yillar

C) 1860-1863-yillar D) 1850-1854-yillar
31-MAVZU:

1. Qaysi davrga kelib buyuk davlatlar Turkiyaning siyosatini belgilashga imkon beruvchi iqtisodiy va siyosiy mavqega ega bo`ldilar?

A) XIX asr 40-yillari B) XIX asr 70-yillari

C) XIX asr 50-yillari D) XIX asr 60-yillari

2. Eronda shoh huzurida maxfiy kengash tuzilgan bo`lib, uning tarkibiga kimlar kirgan?

1) shayx ul-islom; 2) amin ud-davla; 3) sadr-a’zam; 4) beklarbegi; 5) hakimboshi; 6) devonbegi; 7) vazir; 8) mushrif; 9) qozikalon

A) 1,3,5,6,8 B) 1,2,3,4,6 C) 1,2,3,5,7 D) 1,3,4,7,9

3. Eron viloyatlarga bo`lingan bo`lib, ularni kimlar boshqarar edi?

A) vazir B) vali C) beklarbegi D) devonbegi

4. Eronda taxt vorisiga Ozorbayjon ham berilgan bo`lib, uning qarorgohi qayerda joylashgan edi?

A) Tabriz B) Ray C) Hamadon D) Nishopur

5. Buyuk Britaniya va Fransiya qaysi davlatga qarshi Eronni qo`llab quvatlay boshladilar?

A) Germaniya B) Rossiya C)Turkiya D) Avstriya

6. Eron 1826-1828-yillarda … bilan bo`lgan urushlarda mag`lubiyatga uchradi va Kavkazga bo`lgan da`vosidan voz kechdi.

A) Germaniya B) Rossiya C) Turkiya D) Fransiya

7. Qaysi davlat Eronning og`ir ahvolidan foydalanib, uni teng bo`lmagan shartnomalar imzolashga majbur etgan?

A) Rossiya B) Germaniya

C) Fransiya D) Buyuk Britaniya

8. Eronda mahalliy dehqonlar, hunarmand va savdogarlarni xonavayron bo`lishiga olib kelgan omilni aniqlang?

A) Buyuk Britaniya Eron bozorlarini yengil sanoat mahsulotlari bilan to`ldirib tashlaganligi;

B) Rossiya bilan imzolangan ikki shartnoma natijasida, Kavkazortidan voz kechilishi;

C) Davlat apparatida mansablarni sotish va sotib olish nihoyatda kuchayganligi

D) Viloyat hokimlari, katta yer egalarining davlat xazinasiga soliq to`lamay qo`yganligi

9. Eronda “Bobiylar qo`zg`aloni” boshlangan yilni aniqlang?

A) 1846-yil B) 1848-yil C) 1850-yil D) 1847-yil

10. Bobiylar qo`zg`alonida quyidagi tabaqalardan qay birlari qatnashmagan?

1) hunarmandlar; 2) shahar kambag`allari;

3) ziyolilar; 4) mayda savdogarlar; 5) katta yer egalari; 6) shahar atrofida yashovchi dehqonlar;

7) harbiylar; 8) quyi darajadagi ruhoniylar;

9) shaharning o`ziga to`q qismi;

A) 1,3,5,7 B) 2,3,5,7 C) 3,4,6,7,8 D) 3,5,7,9

11. Qachon Bobiylar qo`zg`aloni bostirilib, Ali Muhammad qatl etilgan?

A) 1849-yil B) 1850-yil C) 1851-yil D) 1852-yil

12. Nechanchi yilda Buyuk Britaniya Eronga qarshi urush e`lon qildi?

A) 1853-yil B) 1857-yil C) 1856-yil D) 1864-yil

13. Qachon imzolangan shartnomaga ko`ra, Eron Hirot va Afg`onistonning boshqa hududlariga bo`lgan da`vosidan voz kechgan?

A) 1853-yil B) 1857-yil C) 1856-yil D) 1864-yil

14. Qandahorda qachon Eron bosqinchilariga qarshi qo`zg`alon ko`tarilgan?

A) 1707-yil B) 1708-yil C) 1709-yil D) 1710-yil

15. Qandahorda Eronga qarshi Mir Vaysxon qo’zg’oloni bo’ldi va u qaysi qabiladan edi?

A) gilzoiy B) afshor C) zend D) durroniy

16. Qandahor xonligi qachon Eron poytaxti Isfahonni egalladi va kim o`zini Eron shohi deb e`lon qildi?

A) 1722-yil, Mir Vaysxon B) 1722-yil, Mir Mahmud C) 1724-yil, Mir Mahmud D) 1725-yil, Mir Vaysxon

17. Nodirshoh qachon Afg`onistonni bo`ysundirgan?

A) 1722-yil B) 1740-yil C) 1736-yil D) 1738-yil

18. 1747-yilda tuzilgan Afg’oniston davlatining asoschisi Ahmadshoh asli qaysi qabiladan bo`lgan?

A) Durroniy B) Abdali C) Gilzoiy D) Barakzay

19. Durroniylar sulolasining hukmronligini zaiflash- tirgan omillarni aniqlang?

1) markaziy hokimiyatga bo`ysunmaslik harakati; 2) Eronning doimiy tazyiqlari; 3) afg`on qabilalarining durroniylarga bo`ysunmaslikka urunishlari; 4) bosib olingan o`lka xalqlarining doimiy qo`zg`alonlari; 5) vorislar o`rtasida toj-u taxt uchun kurash; A) 1,4 B) 1,3 C) 2,5 D) 3,4

20. Quyidagilardan qay biri barakzaylar qabilasi yetakchisi, davlatda bosh vazir lavozimini egallab olgan shaxsni aniqlang?

A) Zamonshoh B) Fathxon

C) Temurshoh D) Mir Vaysxon

21. Uzoq davom etgan kurashlardan so`ng, qachon Do`st Muhammadxon Afg`oniston taxtini egalladi?

A) 1826-yil B) 1829-yil C) 1838-yil D) 1836-yil

22. Tarixiy haqiqatga muvofiq kelmaydigan javob variantini toping?

A) Ahmadshoh qator g`alabalari evaziga o`ziga “Durri-Duron” unvonini qabul qildi

B) Fathxon ukasi Do`st Muhammadxon yordamiga tayanar edi

C) Do`st Muhammadxon Afg`oniston taxtini egallagan va o`zini xon deb e`lon qilgan

D) 1826-yilda Durroniylar sulolasi barham topib, Barakzaylar sulolasi hukmronligi o`rnatilgan

23. Afg`oniston hududida quyidagi qaysi davlatlar manfaatlari to`qnashgan?

A) Buyuk Britaniya, Fransiya

B) Rossiya, Avstriya

C) Fransiya, Rossiya

D) Rossiya, Buyuk Britaniya

24. Nechanchi yilda Buyuk Britaniya Afg`onistonni o`z ta`sir doirasiga olish maqsadida unga hujum qilgan?

A) 1841-yil B) 1829-yil C) 1838-yil D) 1842-yil

25. Buyuk Britaniya Afg`onistonga hujum qilib, qisqa vaqt ichida Kobul shahrini egalladi, ayni paytda Afg`oniston taxtiga o`tqazilgan shaxs qaysi sulola vakili bo`lgan?

A) durroniy B) abdali C) gilzoiy D) barakzay

26. Kobul aholisining inglizlarga qarshi ko`targan qo`zg`alonida kim asosiy rol o`ynagan?

A) Sheralixon B) Do`st Muhammadxon

C) Akbarshoh D) Shuju

27. Qachon Buyuk Britaniya qo`shini Afg`onis- tondan chiqib ketgan?

A) 1841-yil B) 1855-yil C) 1838-yil D) 1842-yil

28. Buyuk Britaniya bilan yangi urushni istamagan Do`st Muhammadxon qachon ingliz – afg`on do`stlik shartnomasini imzoladi?

A) 1843-yil B) 1855-yil C) 1857-yil D) 1842-yil

29. Buyuk Britaniya uchun Afg’onistonni vassal davlatga aylantirish yo’lidagi birinchi qadam bo`lgan shartnoma imzolangan yilni aniqlang?

A) 1855- yil B) 1857-yil C) 1861-yil D) 1859-yil

30. Do`st Muhammadxon vafot etgan yilni aniqlang?

A) 1858- yil B) 1861-yil C) 1863-yil D) 1864-yil
32-MAVZU:

1. Afrikaning qaysi davlatlarida feodal monarxiyalar qaror topgan?

1) Misr; 2) Tunis; 3) Angola; 4) Efiopiya;

5) Marokash; 6) Madagaskar; 7) Namibiya;

8) Liberiya; 9) Niger; 10) Chad; 11) Sudan;

A) 1,2,5,7,10,11 B) 1,2,4,5,6,11

C) 1,4,5,8,9,10 D) 1,2,4,5,7,11

2. Afrikaliklar asosan qanday o`simliklarni yetishtirganlar?

A) qahva, yeryong`oq, kakao

B) tamaki, kartoshka, qahva

C) pomidor, kakao, makkajo`xori

D) yeryong`oq, tamaki, kartoshka

3. Afrikaliklarni qul qilib sotish qachongacha davom etdi?

A) XIX asrning boshlarigacha

B) XIX asrning oxirlarigacha

C) XIX asrning o`rtalarigacha

D) XX asrning boshlarigacha

4. Eng muhim qul savdosi bazalari qaysilar?

A) Mozambik, Angola B) Sudan, Gana

C) Zambiya, Gviniya D) Niger, Chad

5. Qachonga kelib, Afrika qit`asi hududining 90 % mustamlakachilar qo`liga o`tgan?

A) XIX asrning boshlari B) XIX asrning oxirlari

C) XIX asrning o`rtalari D) XX asrning boshlari

6. Quyidagi davlatlardan qay birining mustaqilligi AQSHda qulchilikka qarshi kurash bilan bog`liq bo`lgan? A) Liberiya B) Efiopiya C) Misr D) Tunis

7. G`arbiy Afrikada qaysi davlatlar eng qadimgi davlatlar hisoblanadi?

A) Kamerun va Jazoir B) Gana va Mali

C) Jazoir va Marokash D) Senegal va Tunis

8. AQSHda erkinlikka erishgan qora tanli qullarni Afrikaga joylashtirish harakati qachon boshlangan?

A) 1816-yil B) 1818-yil C) 1821-yil D) 1822-yil

9. AQSHda erkinlikka chiqqan qora tanli qullarni Afrikaga joylashtirish harakati natijasi o`laroq, Gviniya qirg`oqlarida 1821-yilda qancha yerni sotib oldilar?

A) 13 ming km2 B) 15 ming km2

C) 18 ming km2 D) 11 ming km2

10. Moroviya hududida joylashib olgan sobiq qora tanli qullar qachon Liberiya ozod davlati tuzilganligini e`lon qilganlar?

A) 1841-yil B) 1843-yil C) 1847-yil D) 1855-yil

11. Liberiya qaysi davlatlar o`rtasidagi raqobatdan foydalanib mustaqilligini saqlab qolgan?

A) Buyuk Britaniya, Fransiya;

B) Germaniya, Buyuk Britaniya;

C) Italiya, Buyuk Britaniya;

D) Buyuk Britaniya, Rossiya;

12. Quyidagi qaysi davlat bir necha knyazliklar birikmasidan iborat bo`lgan?

A) Liberiya B) Efiopiya C) Misr D) Tunis

13. Eronda bosh vazir nima deb atalgan?

A) Hakimboshi B) Amid ad-davla

C) Sadri a`zam D) Beklarbegi

14. Kichik yer egasining o`g`li Kasa qachon Efiopeyani yagona davlatga birlashtirgan?

A) 1858-yil B) 1857-yil C) 1856-yil D) 1855-yil

15. Kasa qanday ishlarni amalga oshirdi?

1) yaxshi harbiy tayorgarlik ko`rgan qo`shin tuzdi; 2) iqtisodiyotni ko`tarishga qaratilgan qator islohot- lar o`tkazdi; 3) savdoni yaxshilash uchun pul islohotini o`tkazdi; 4) yirik feodallarni o`z qurolli kuchlariga ega bo`lish huquqidan mahrum qildi;

5) qaram dehqonlarni ozodlikka chiqardi;

A) 1,2,5 B) 2,3,4 C) 1,3,5 D) 1,2,4

16. Qaysi davlatning aralashuvi bilan Kassa hukumati 1867-yili ag`darildi?

A) Rossiya B) Buyuk Britaniya

C) Fransiya D) Germaniya

17. Janubiy Afrikadagi golland, fransuz, nemis mus- tamlakachilarining avlodlari nima deb yuritilgan?

A) mamluk B) kreol C) mites D) bur

18. Fransiya qachon Jazoirning bosib olgan?

A) 1830-yil B) 1833-yil C) 1847-yil D) 1855-yil

19. Abdulqodir qaysi xalqning milliy-ozodlik kurashi yo`lboshchisi hisoblanadi?

A) tunisliklarning B) misrliklarning

C) jazoirliklarning D) marokashliklarning

20. Marokash aholisi qaysi mustamlakachilarga qarshi kurashgan?

1) ispan; 2) portugal; 4) ingliz; 5) fransuz; 6) nemis; A) 1,2,5 B) 1,2,4 C) 1,3,5 D) 2,3,5

21. Hind okeanida qaysi davlat Madagaskar orolini bosib olishga bir necha bor urunib ko`rib, muvaffaqiyatsizlikka uchradi?

A) Italiya B) Fransiya C) Ispaniya D) Portugaliya





Download 313,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish