8-sinf jahon tarixi. 2019-yil. Abduraxmonov m 1-mavzu



Download 313,5 Kb.
bet2/6
Sana02.04.2020
Hajmi313,5 Kb.
#42991
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
8-sinf Jahon tarixi. 2019-yil


6-MAVZU:

1. “Taxt vorisligi to`g`risida bill”ga asoslanib Angli-ya parlamenti kimni taxtga taklif qilgan?

A) Yakov I B) Vilgelm II C) Georg I D) Styuart I

2. XVI-XVIII asrlarda xalqaro munosabatlarda mojaro va urushlarning qanday sabablari bo`lgan?

1) Yevropaning kelajagi to`g`risida ikki xil qarash-ning mavjudligi; 2) XVI asrda Yevropa katolik va protestant diniy mazhablarga bo`linib ketishi; 3) mustamlakalar, bozorlar va dengiz savdo yo`llarida hukmronlik uchun kurashlar; 4) xalqaro savdo banklarining markazlashuvi; 5) XVI asrda sodir bo`lgan ocharchilik va kasalliklar natijasida ishchi kuchiga bo`lgan talabning oshishi;

A) 1,2,4 B) 1,3,5 C) 1,2,3 D) 2,3,4

3. Qaysi davlatda hukmron sulola katolik imperator boshchiligida yagona imperiya bo`lishi lozim deb hisoblagan?

A) Prussiya B) Avstriya C) Italiya D) Ispaniya

4. XVI-XVIII asrlarda manfaatlari doim bir-biri bilan to`qnashgan davlatlarni aniqlang?

A) Angliya, Ispaniya, Fransiya

B) Italiya, Gollandiya, Angliya

C) Fransiya, Rossiya, Germaniya

D) Angliya, Italiya, Fransiya

5. Italiyaga ta`sir ko`rsatish uchun tez-tez ziddiyat-larga borib turgan davlatlarni aniqlang?

A) Fransiya va Angliya B) Ispaniya va Fransiya

C) Angliya va Ispaniya D) Avstriya va Fransiya

6. Tarixda “O`ttiz yillik urush” nomini olgan urushlar asosan qaysi davlat hududida olib borilgan?

A) Germaniya B) Fransiya C) Angliya D) Ispaniya

7. Vestfal sulh shartnomasi qachon imzolangan?

A) 1664-yil B) 1618-yil C) 1648-yil D) 1657-yil

8. Vestfal sulh shartnomasiga ko`ra, qaysi davlat mustaqilligi tan olingan?

A) Belgiya B) Avstriya

C) Shvetsiya D) Gollandiya

9. Filipp Anjuy Fransiya taxtiga bo`lgan huquqidan voz kechgan yilni aniqlang?

A) 1701-yil B) 1707-yil C) 1714-yil D) 1721-yil

10. 1700-yilda vafot etgan Karl II qaysi davlat qiroli hisoblanar edi?

A) Germaniya B) Fransiya C) Angliya D) Ispaniya

11. O`ttiz yillik urush yakunlariga ko`ra, Yevropada qaysi davlatning roli oshgan?

A) Germaniya B) Fransiya C) Angliya D) Ispaniya

12. Shimoliy urush nomini olgan urushda Rossiya qaysi davlat bilan harbiy to`qnashuvlarga kirishgan?

A) Avstriya B) Fransiya C) Shvetsiya D) Ispaniya

13. Yetti yillik urush natijasida eng katta foydani qaysi davlat qo`lga kiritgan?

A) Rossiya B) Fransiya C) Angliya D) Germaniya

14. Yetti yillik urush yakuniga yetgan yildan necha yil o`tib Mustafo III Rossiyaga qarshi urush boshlagan? A) 5 yil B) 7 yil C) 3 yil D) 9 yil

15. Rossiya Qora dengizda harbiy flotga ega bo`lish huquqini qachon qo`lga kiritgan?

A) 1756-yil B) 1767-yil C) 1774-yil D) 1783-yil



7-MAVZU:

1. Fransiyada XVI asr oxiri – XVII asr boshlarida jadal iqtisodiy o`sishga sabab bo`lgan omillarni aniqlang?

1) konstitutsiyaviy monarxiya boshqaruvi joriy etilishi 2) soliqlarning kamaytirilishi; 3) manufak- turalar uchun qulay moliyaviy sharoit yaratilishi; 4) sobiq vazirlarning qamoqqa olinishi; 5) ishlab chiqarishni rag`batlantiruvchi boj soliqlari joriy qilinishi; 6) texnik yangiliklarning qo`llab-quvvatlanishi; 7) barcha uchun yagona mulk solig`i joriy etilishi;

A) 2,3,5,6 B) 1,2,3,6 C) 2,4,5,7 D) 2,3,6,7

2. XVIII asrning oxirgi choragida Yevropada aholisi soni bo`yicha qaysi davlat yetakchilik qilgan?

A) Fransiya B) Angliya C) Italiya D) Germaniya

3. 1789-yil 5-may kuni kim General shtatlar majlisi-ni ochib, nutq so`zladi?

A) Lyudovik XIV B) Karl IX

C) Lyudovik XVI D) Genrix IV

4. Fransiya qiroli 1789-yil o`z nutqida General shtatlardan qanday talab bilan chiqdi?

A) mutlaq monarxiyani qayta tiklash

B) yangi soliqlar joriy etish

C) Milliy Majlisni tarqatib yuborish

D) qirol vakolatlarini oshirish

5. Fransiyada uchinchi taqaba qirol talablariga qarshi bo`lishgan. Qaysi javob variantida uchinchi tabaqa qarashlarini ifodachisi to`g`ri ko`rsatilgan?

A) Eber va Shomett B) Robespyer

C) Gabriel de Mirabo D) Danton

6. 1789-yil uchinchi tabaqa vakillari tomonidan yangi parlamentga asos solindi. Bu parlament qanday nomlandi?

A) Vakillar palatasi B) Qo`shma majlis

C) Milliy Kengash D) Ta’sis majlisi

7. Fransiya aholisi qachon Bastiliya qal`asi (davlat qamoqxonasi)ga bostirib kirgan?

A) 1789-yi 14-iyul B) 1789-yil 19-iyul

C) 1789-yil 21-iyul D) 1789-yil 24-iyul

8. Ta’sis majlisi tomonidan “Inson va fuqaro huquqlari deklaratsiyasi”ni qabul qilingan. Unda …

A) qirol hukumati tugatilganligi e’lon qilindi;

B) cheklangan manarxiya e`lon qilindi;

C) feodal tartiblar bekor qilindi;

D) so`z, matbuot erkinligi, xususiy mulk daxlsizligi e`lon qilindi;

9. Quyidagi qaysi hujjatning mohiyati “Ozodlik, Tenglik, Birodarlik!” so`zlaridan iborat bo`lgan?

A) “Inson va fuqaro huquqlari deklaratsiyasi”

B) “Imtiyozlarni tugatish haqida dekret”

C) “Davlat fuqoralarning huquqiy tengligi”

D) “Huquqlar to`g`risida petitsiya”

10. Fransiya tarixida birinchi Konstitutsiya qachon qabul qilingan?

A) 1792-yil B) 1793-yil

C) 1791-yil D) 1794-yil

11. 1791-yilda Fransiyaning yangi Qonun chiqaruv-chi majlisi qaysi davlatga qarshi urush e`lon qildi?

A) Angliya B) Prussiya

C) Avstriya D) Shvetsiya

12. Avstriya va Prussiya Fransiyaga bostirib kirishgan bir paytda yana qaysi davlat Fransiyaga qarshi yurish qilgan?

A) Germaniya C) Shvetsiya C) Angliya D) Italiya

13. Fransiyada qachon monarxiyani bekor qilish va Respublika tuzumini o`rnatish to`g`risida dekret qabul qilingan?

A) 1792-yil 10-avgust B) 1792-yil 22-sentabr

C) 1791-yil 10-avgust D) 1793-yil 27-oktabr

14. Fransiya qiroli Lyudovik XVI qachon qatl etildi?

A) 1792-yil dekabr B) 1793-yil yanvar

C) 1792-yil noyabr D) 1793-yil fevral

15. Fransiya qiroli Lyudovik XVI qatl qilinishi qaysi davlatlarning Fransiyaga qarshi urushga chorladi?

A) Angliya va Ispaniya B) Germaniya va Italiya

C) Angliya va Rossiya D) Germaniya va Angliya


8-MAVZU:

1. Qachon M.Robespyer Konventda gulduros qarsaklar ostida qamoqqa olingan

A) 1794-yil 23-may B) 1794-yil 15-iyun

C) 1794-yil 27-iyul D) 1794-yil 19-oktabr

2. Buyuk fransuz burjua inqilobi qanday eski tartib- larni yo`q qilib tashladi?

1) feodal qoidalar va absolutizm tugatildi; 2) barcha soliq va to`lovlar miqdori kamaytirildi; 3) dehqonlar yer oldi; 4) Fransiya Respublika deb e`lon qilindi; 5) Fransiya inqilob natijasida konstitutsiyaviy monar- xiya o`rnatildi; 6) huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati shakllanishi uchun asos solindi; 7) burjua mulkchiligi o`rnatildi; 8) aholining burjuaziya qatlami manfaatlari qisman cheklandi;

A) 1,3,4,6,7 B) 2,3,5,7,8 C) 1,3,4,6,8 D) 1,2,4,5,8

3. Fransiyada uchinchi tabaqa deganda qaysi toifalar nazarda tutilmaydi?

A) harbiylar va zodagonlar

B) dvoryanlar va ruhoniylar

C) dehqonlar va hunarmandlar

D) ruhoniylar va zodagonlar

4. Qachon Parij aholisi Konventga qarshi qo`zg`alon boshlagan?

A) 1794-yil fevral B) 1795-yil yanvar

C) 1795-yil may D) 1795-yil aprel

5. Fransiyada nechinchi yilda qabul qilingan Konsti-tutsiya inqilobning barcha antifeodal yutuqlarining qonuniyligini tasdiqladi?

A) 1791-yil B) 1793-yil

C) 1795-yil D) 1799-yil

6. Fransiyada qachon qonunchilik hokimiyati ikki palatadan iboratligi belgilangan?

A) 1791-yil B) 1793-yil

C) 1795-yil D) 1799-yil

7. Fransiya Konventi qachon mamlakat yangi Kons- titutsiyasini qabul qilgan?

A) 1795-yil fevral B) 1795-yil yanvar

C) 1795-yil avgust D) 1795-yil sentabr

8. Fransiyada Direktoriya davrida qaysi hudud qaram respublikaga aylantirilgan?

A) Gollandiya B) Italiya C) Belgiya D) Shvetsiya

9. Qaysi davlatning bo`ysundirilishi Napoleon Bonapartni juda mashhur qilib yubordi?

A) Gollandiya B) Italiya C) Belgiya D) Shvetsiya

10. 1798-yil qayerga qilingan yurish Napoleonni siyosiy hokimiyatni egallashga chorlagan?

A) Misr B) Sudan C) Jazoir D) Tunis

11. Napoleon Bonapart qaysi hududda o`zini xalqning taqdiriga ta`sir o`tkazishga qodir bo`lgan buyuk shaxs sifatida his qilgan?

A) Gollandiya B) Italiya C) Belgiya D) Shvetsiya

12. Qachon Direktoriya hokimiyatiga qarshi davlat to`ntarishi o`tkazilgan?

A) 1799-yil 9-noyabr B) 1799-yil 14-sentabr

C) 1799-yil 22-oktabr D) 1799-yil 12-dekabr

13. Fransiyada burjua inqilobi yillarida joriy qilingan ijroiya hokimiyatning uchta rahbari qanday nomlangan?

A) termidor B) konvent C) konsul D) protector

14. Fransiya burjua inqilobining ikkinchi bosqichida necha yoshga to`lgan barcha erkaklarga saylov huquqi berilgan edi?

A) 25 yosh B) 21 yosh C) 18 yosh D) 30 yosh

15. Men o`tmishni o`rganib o`zligimga yo`l topdim,

Nutqim bo`ldi tartibli, so`zlarim ko`p ma`nolik.

Men she`riyatdan tartib, musiqadan zavq topdim,

Rimlik va yunon kabi fransuz bo`ldi buyuk.

Ushbu misralar fransuz shoiri tomonidan bitilgan asrda sodir bo`gan voqeani aniqlang?

A) Madeyra, Kanar va Azor orollari kashf etildi

B) Genuyadagi Avliyo Georgiy banki paydo bo`ldi

C) Mashhur rassom Rembrandt yashab ijod etdi

D) Angliyada mutlaq monarxiya shakllandi


9-MAVZU:

1. Germaniya iqtisodiy jihatdan qaysi davlatlardan orqada qolgan?

A) Angliya, Gollandiya, Fransiya

B) Fransiya, Golandiya, Italiya

C) Italiya, Angliya, Fransiya

D) Fransiya, Ispaniya, Angliya

2. Germaniya XVI asrda qancha mayda-mayda knyazlik (davlat)larga bo`linib ketgan edi?

A) 200 ta B) 100 ta C) 300 ta D) 250 ta

3. Qachongacha Shimoliy Italiya va uning vositachiligida butun Sharqning G`arbiy Yevropa bozorlari bilan aloqalari Germaniya yerlaridan o`tardi?

A) XVI asr ikkinchi yarmigacha

B) XVI asr o`rtalarigacha

C) XVII asr birinchi yarmigacha

D) XVII asr ikkinchi yarmigacha

4. Germaniyaning xalqaro miqyosda iqtisodiy roli nima bilan belgilanar edi?

A) dengiz savdo yo`llarining o`tganligi bilan

B) mis ishlab chiqarish bo`yicha dunyoda birinchi o`rinni egallab kelganligi bilan

C) Atlantika okeani orqali olib boriladigan savdoda gegemon rolni o`ynaganligi bilan

D) manufaktura ishlab chiqarishining yuksak rivoj- langanligi bilan

5. Germaniya misining ahamiyatiga jiddiy putur yetkazgan omilni aniqlang?

A) Amerikadan Yevropaga oltin va kumushning ko`p miqdorda keltirilishi

B) Osiyodan ko`plab qimmatbaho toshlarning, ma`danlarning keltirilishi Yevropaga olib kelinishi C) Angliya va Fransiya sanoatining rivojlanishi

D) bu davrga kelib ishlab chiqarishda misga bo`lgan talab kamayib, po`latga talabning oshishi

6. Nima sababda nemis sanoat mahsulotlari chet davlatlar sanoat mahsulotlari bilan raqobat qila olmagan?

A) chunki Germaniyada manufaktura ishlab chiqarishi rivojlanmagan edi

B) sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxona- lar zamonaviy texnikalar bilan ta`minlanmagan edi

C) manufaktura ishlab chiqarishi faqat shahar bilan cheklanib qolgan edi

D) misning qadri pasayishi ko`plab sanoat korxo- nalari xonavayron bo`lishiga olib kelgan edi

7. Germaniyadagi iqtisodiy tushkunlik avvalo nimaning oqibatida yuz berdi?

A) dengiz savdo yo`llarining Atlantika okeaniga ko`chganligi

B) mamlakatning 300 dan ortiq mayda knyazliklarga bo`linib ketganligi

C) Germaniya orqali o`tadigan savdo yo`li o`z ahamiyatini yo`qatganligi

D) qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishi sanoat mahsulotlariga nisbatan talabni qondirmaganligi

8. Germaniyada iqtisodiy tushkunlik qachon boshlangan?

A) XVI asr boshlaridan

B) XVII asr o`rtalaridan

C) XVI asr ikkinchi yarmidan

D) XVII asr birinchi yarmidan

9. Germaniyada qachon dehqonlar urushi bo`lib o`tganligini aniqlang?

A) 1524-1526-yillar B) 1517-1521-yillar

C) 1526-1527-yillar D) 1535-1542-yillar

10. Germaniyada o`rta asr feodal munosabatlarining uzoq vaqt saqlanib qolishi va mamlakatda siyosiy tarqoqlikning davom etaverishiga sabab bo`lgan omilni ko`rsating?

A) dehqonlar urushining mag`lubiyatga uchrashi

B) mis savdosining kasotga uchrashi

C) savdo aloqalarida Germaniya nufuzi pasayishi

D) hamon qishloq xo`jaligining qoloqligi

11. O`ttiz yillik urushdan keyin Yevropada gegemonlik qaysi davlatga o`tgan?

A) Fransiya B) Germaniya

C) Ispaniya D) Buyuk Britaniya

12. Ichki siyosiy tarqoqlik natijasida qachon Germaniya Yevropaning kuchli davlatlari qo`lida qo`g`irchoq davlatga aylanib qolgan?

A) XVII asr ikkinchi yarmi

B) XVII asr birinchi yarmi

C) XVIII asr birinchi yarmi

D) XVII asr oxirlari

13. 1683-yilda Germaniya tarixida sodir bo`lgan voqeani aniqlang?

A) Germaniyada dehqonlar urushi boshlangan

B) “Muqaddas Rim imperiyasi” barham topgan

C) O`ttiz yillik urush nihoyaiga yetgan

D) Germaniya knyazliklari tarixda birinchi marta yakdil qaror qabul qilganlar

14. Noto`g`ri javob variantini aniqlang?

A) Germaniya rasman yagona imperiya hisoblanar, uni imperator boshqarar edi

B) Germaniya imperiyasida yagona fuqarolik ham mavjud bo`lmagan

C) Reyxstag amalda barcha knyazliklarga majburiy bo`lgan yakuniy qarorlar qabul qilgan

D) Siyosiy tarqoqlik sharoitida knyazliklar, hattoki tashqi siyosatda ham mustaqillikka intilganlar

15. Qachon nemis qo`shinlari tomonidan Vena ostonalarida usmoniylarning qo`shini tor-mor etildi? A) 1683-yil B) 1688-yil C) 1699-yil D) 1701-yil

16. XVII asrning ikkinchi yarmidagi siyosiy tarqoqlik oqibatida qaysi davlat Germaniya hududlari hisoblangan Strasburg shahri va Reyn daryosining chap qirg`oq yerlarini egallab olgan edi?

A) Fransiya B) Angliya C) Turkiya D) Rossiya

17. Brandenburg knyazligini quyidagi qaysi sulola boshqargan?

A) Gabsburglar sulolasi

B) Burbonlar sulolasi

C) Gogensollernlar sulolasi

D) Frankoniyaliklar sulolasi

18. Gemaniyaning qaloqlik botqog`iga botib qolave- rishiga katta ta`sir ko`rsatgan o`ttiz yillik urush qaysi yillarda bo`lib o`tgan?

A) 1618-1648-yillar B) 1617-1647-yillar

C) 1628-1658-yillar D) 1648-1678-yillar

19. 1701-yildan boshlab Brandenburg knyazligi o`rniga qaysi qirollik tashkil topdi?

A) Bavariya qirolligi B) Prussiya qirolligi

C) Strasburg qirolligi D) Avstriya qirolligi

20. XVIII asr oxirida Prussiya maydoni jihatidan Yevropada …, qo`shin soni jihatidan esa … o`rinni egalladi.

A) uchinchi, to`rtinchi B) ikkinchi, uchinchi

C) to`rtinchi, ikkinchi D) birinchi, uchinchi


10-MAVZU:

1. Quyida berilgan qaysi asr Avstriya va Bran-denburg knyazliklarining Germaniyada gegemonlik uchun kurashlari ostida o`tgan?

A) XV asr B) XVI asr C) XVII asr D) XVIII asr

2. Germaniyaning Vena ostanisida erishgan g`alabasi qanday natijaga olib kelgan?

A) Germaniyadagi siyosiy tarqoqlikka barham berdi; B) Feodal munosabatlarni tugatilishga olib keldi; C) Germaniya imperatori obro`yini oshirdi;

D) Markaziy Yevropani usmoniylar bosqinidan saqlab qoldi;

3. Prussiyani mutlaq monarxiyaga aylantirgan shaxs hukmronligi yillarini ko`rsating?

A) 1743-1785-yillar B) 1740-1786-yillar

C) 1767-1789-yillar D) 1689-1714-yillar

4. Rus yerlarining Moskva atrofida birlashish jarayo-ni qachon o`z nihoyasiga yetgan?

A) XV asr oxirlari B) XVI asr boshlari

C) XV asr o`rtalari D) XVI asr oxirlari

5. Ivan IV ga podsholik unvoni berilishi uni ….

A) soliq va to`lovlar yig`ishiga imkoniyat yaratdi

B) G`arbiy Yevropa qirollari bilan bir qatorga qo`ydi

C) Ichki siyosatda mustaqillik kafolatlandi;

D) Rus cherkovi himoyasiga o`tkazdi

6. Podsho Ivan IV ichki siyosatining asosiy vazifasi nima bo`lgan?

A) mamlakatni markazlashtirish ishlarini yakunlash

B) dvoryanlar tabaqasini kuchaytirish orqali boyarlar mavqeyini zaiflashtirish

C) mamlakatda o`rnashib olgan mo`g`ul aholisini davlat hududidan butunlay haydab chiqarish

D) joylarda dvoryanlar organi bo`lgan Zemstvo saborini kuchaytirish

7. Rossiya podshosi Ivan IV davrida Zemstvo soborida yangi Sudebnik tuziladi. Unga ko`ra?

1) dvoryanlarning bundan buyon ayblari va nojo`ya qilmishlari uchun boyarlar sudiga berish taqiqlandi; 2) boyarlarga ma`lum bir hududda mustaqil siyosat yuritish huquqi berildi; 3) dvoryanlarning ming nafariga Moskva uyezdidan yer-mulk ajratib beriladi; 4) boyarlarning o`zlari uchun aholidan yig`iladigan soliqlar bekor qilindi; 5) joylarda mahalliy o`zini o`zi boshqarish organi zemstvolar tuzildi; 6) dvoryanlar yer-mulk bilan to`liq ta`minlandi. 7) boyarlarning mavqeyi dvoryanlar bilan tenglashtirildi; 8) davlat lavozimlarini faqat zodagon naslidan bo`lgan kishilar egallashi tartibiga chek qo`yildi;

A) 1,4,5,6,8 B) 1,3,4,5,8 C) 1,2,4,6,8 D) 1,3,5,7,8

8. Ivan IV mamlakat yerlaridan katta qismini ajratib olgan yilni aniqlang?

A) 1549-yil B) 1572-yil

C) 1558-yil D) 1565-yil

9. Podsho Ivan IV nima maqsadda Oprichnina yerlarini tashkil qilgan?

A) davlatda o`z mavqeyini ko`chaytirish

B) aholining har biriga yer ajratib berish

C) boyarlar hokimiyatiga zarba berish

D) krepostnoylik tartiblariga barham berish

10. Ivan IV oprichninani bekor qilgan yildan necha yil o`tib o`g`li Feodor vafot etgan?

A) 21 yil B) 23 yil C) 26 yil D) 29 yil

11. Feodor Ivanovich vafotidan so`ng taxtga kim podsho etib saylangan?

A) Boris Godunov B) Aleksandr I

C) Mixail Romanov D) Ivan V

12. Boris Godunov vafotidan so`ng boshlangan notinchlik davrida qaysi davlatlar Rossiyaning ichki ishlariga aralashganlar?

A) Prusiya, Shvetsiya B) Shvetsiya, Polsha

C) Avstriya, Prussiya D) Polsha, Ruminiya

13. XVII asrning oxirlariga kelib, Rossiya hududi necha barobar kengaygan? A) 2 B) 3 C) 4 D) 5

14. Rossiyada Romonovlar sulolasi qachon boshlan- gan va sulolaning birinchi hukmdori kim bo`lgan?

A) 1613-yil, M.S. Romanov

B) 1614-yil, Ivan Kalita

C) 1613-yil, M.F. Romanov

D) 1614-yil, M.D. Romanov

15. Sudebnik krepostnoy dehqonlarning bir yer egasidan boshqasiga o`tishini yiliga bir kun bilan cheklab qo`ygan vaqtda podsho kim bo`lgan va aynan qaysi kunda bu tadbir amalga oshirilgan?

A) Ivan III, 26-oktabr

B) Ivan IV, 26-noyabr

C) Boris Godunov, 26-dekabr

D) Ivan Kalita, 24-noyabr

16. Rossiya tarixida shaharlarning rivojlanishi boshlangan davrni aniqlang?

A) XV asr B) XVI asr C) XVII asr D) XVIII asr

17. Qaysi sohaning rivojlanishi viloyatlar o`rtasida xo`jalik aloqalarining kengayishiga, butunrossiya yagona ichki bozorining tarkib topishiga olib keldi?

A) dehqonchilik B) savdo-sotiq

C) chorvachilik D) hunarmandchilik

18. Pyotr I qachon taxtga o`tirdi?

A) 1685-yil B) 1687-yil C) 1683-yil D) 1689-yil

19. Pyotr I ning tashqi siyosatdagi asosiy maqsadlaridan birini aniqlang?

A) Shvetsiyani mag`lubiyatga uchratish

B) Rossiyani kuchli harbiy-dengiz flotiga ega bo`lgan davlatga aylantirish

C) Angliyani kuchsizlantish orqali, Yevropada mavqeyini mustahkamlash

D) Fransiya bilan yaqin savdo-iqtisodiy shartnoma tuzishga erishish

20. Pyotr I nima maqsadda Shvetsiyaga qarshi urush boshlaydi?

A) Boltiq dengiziga chiqish uchun

B) Qora dengizga chiqish uchun

C) erkin savdoni yo`lga qo`yish uchun

D) Bolqon yarimorolida ta`sirini kuchaytirish uchun

21. Finlyandiyaning Nishtadt shahrida Rossiya – Shvetsiya tinchlik shartnomasi qachon imzolangan?

A) 1709-yil B) 1716-yil

C) 1721-yil D) 1723-yil

22. Rossiyada turli viloyatlar o`rtasida xo`jalik aloqalarining kengashiga olib kelgan omilni aniqlang?

A) Hunarmanchilikning rivojlanishi

B) Shaharlarning rivojlanishi

C) Manfaktura ishlab chiqarishining rivojlanishi

D) Savdo-sotiqning rivojlanishi

23. Moskva uchun bo`lgan janglarda Polsha qo`shin- lari qachon mag`lubiyatga uchratilgan?

A) 1612-yil B) 1605-yil

C) 1609-yil D) 1613-yil

24. Buyuk rus olimi M.V. Lomonosov tashabbusi bilan Moskva universiteti qachon tashkil qilingan?

A) 1736-yil B) 1747-yil

C) 1755-yil D) 1768-yil

25. Moskvadagi matimatika va navigatsiya maktabi, artilleriya, meditsina maktablari qachon ochilgan?

A) XV asr B) XVI asr C) XVII asr D) XVIII asr

26. Rossiya Fanlar akademiyasi qayerda ochilgan?

A) Moskva B) Peterburg C) Qozon D) Astraxan

27. Osiyoning eng shimoliy chekkasi kashf etilishi kimning nomi bilan bog`liq?

A) S.I. Chelyuskin B) I.P. Kulibin

C) I.I. Polzunov D) G.D. Derjavin

28. Qaysi hukmdor davridan boshlab Peterburg va Moskvada juda katta qurilish ishlari olib borilgan?

A) Ivan IV B) Pyotr I C) Yekaterina II D) Ivan III

29. Rus milliy teatrining asoschisi kim bo`lgan?

A) I.A. Krilov B) D.I. Fonvizin

C) F.G. Volkov D) G.D. Derjavin

30. Quyidagilardan shaxslardan qay birining faoliya-ti adabiyot sohasi bilan bog`liq emas?

A) I.A. Krilov B) D.I. Fonvizin

C) I.P. Kulibin D) G.D. Derjavin


11-MAVZU:

1. Angliyaning Virginiyadagi ilk manzilgohi – Jeymstaun qachon tashkil etilgan?

A) 1607-yil B) 1608-yil C) 1609-yil D) 1611-yil

2. Amerikada qachondan boshlab yagona ichki bozor shakllana boshladi?

A) XVIII asr oxirlari B) XVIII asr boshlari

C) XVIII asr o`rtalari D) XVII asr oxirlari

3. Shimoliy Amerikadagi ingliz mustamlakalari qachon birinchi manufakturalar paydo bo`lgan?

A) XVIII asr ikkinchi yarmi

B) XVIII asr birinchi yarmi

C) XVII asr birinchi yarmi

D) XVII asr ikkinchi yarmi

4. Shimoliy Amerikaga nechinchi asrdan boshlab Afrikadan qora tanli qullar olib kelina boshlangan?

A) XV asr B) XVI asr C) XVII asr D) XVIII asr

5. Qaysi davrga kelib Amerikaning ko`pchilik aholi-si o`zlarini amerikalik deb atay boshlaganlar?

A) XVIII asr boshlari B) XVII asr o`rtalari

C) XVIII asr o`rtalari D) XVII asr oxirlari

6. Qachon Filadelfiya shahrida Birinchi Qit`a Kongressiga yig`ilishgan?

A) 1774-yil sentabr B) 1775-yil may

C) 1774-yil noyabr D) 1776-yil aprel

7. Buyuk Britaniyadan ajralib chiqishga da`vat etuvchi qaror qachon qabul qilingan?

A) 1774-yil B) 1775-yil C) 1776-yil D) 1778-yil

8. Amerika qurolli kuchlari bosh qo`mondoni etib tayinlangan Jorj Vashington qayerlik bo`lgan va uning kasbi qaysi javobda to`g`ri ko`rsatilgan?

A) Kolorado, katta yer egasi

B) Virginiya, polkovnik

C) Filadelfiya, mexanik

D) Jorjiya, plantator

9. Shimoliy Amerikada qachon “Mustaqillik Dekla- ratsiyasi” deb atalgan hujjat qabul qilindi?

A) 1775-yil 14-iyul B) 1776-yil 9-may

C) 1776-yil 24-iyun D) 1776-yil 4-iyul

10. “Mustaqillik Deklaratsiyasi”ning qabul qilinishi va ushbu hujjatining tayyorlanishi kimning nomi bilan bog`liq?

A) Jorj Vashington B) Tomas Jefferson

C) Benjamin Franklin D) Jon Adams

11. AQSh qaysi davlat bilan “Do`stlik va Tijorat Bitimi”, keyinroq esa “Ittifoq Shartnomasi”ni imzolagan?

A) Ispaniya B) Gollandiya

C) Fransiya D) Germaniya

12. Amerika inqilobining asosiy xususiyati qaysi javobda to`g`ri ko`rsatilgan?

A) milliy-ozodlik urushi shaklida o`tdi

B) amerika xalqining shakllanishiga sabab bo`ldi

C) mustamlakachilik siyosatiga barham berdi

D) mamlakatda o`ziga xos milliy til shakllandi

13. Nechinchi yilda ingliz qo`shinlarining asosiy qismi taslim bo`lgan?

A) 1787-yil B) 1783-yil C) 1782-yil D) 1778-yil

14. AQSHda Mustaqillik Deklaratsiyasi qabul qilin-gan yildan necha yil o`tib, Buyuk Britaniya va uning Amerikadagi sobiq mustamlakalari o`rtasida Parij sulhi imzolangan? A) 6 B) 7 C) 8 D) 9

15. AQSH Konstitutsiyasi qachon qabul qilingan?

A) 1786-yil 23-noyabr B) 1785-yil 18-fevral

C) 1788-yil 14-sentabr D) 1787-yil 17-sentabr

16. AQSH Konstitutsiyasiga muvofiq ijro etuvchi hokimiyat kimning qo`liga o`tadi?

A) Prizedent B) “Vakillar palatasi”

C) Parlament D) “Lordlar palatasi”

17. Filadelfiyada qachon Federal Konvent ish bosh- lagan edi?

A) 1787-yil oktabr B) 1787-yil may

C) 1786-yil sentabr D) 1778-yil iyun

18. Jorj Vashington qachon AQSHning birinchi prezidenti etib saylangan?

A) 1787-yil B) 1789-yil

C) 1791-yil D) 1793-yil

19. Quyidagi shaxslardan qay biri Parij tinchlik muzokaralarida qatnashmagan?

A) Jeyms Medison B) Jon Jey

C) Benjamin Franklin D) Jon Adams

20. Amerika inqilobi natijasida AQSH …

1) mustaqil davlatga aylandi; 2) savdo va sanoatni rivojlantirish yo`lidagi barcha to`siqlar olib tashlan-di; 3) sanoat ishlab chiqarishida dunyoda birinchi o`ringa chiqib oldi; 4) shimoliy va janubiy shtatlarda fermerlik faoliyatini yurituvchilar soni ikki barobar oshdi; 5) erkin raqobat va ishbilarmonlikka keng yo`l ochildi; 6) janubda qulchilik saqlanib qoldi;

A) 1,2,5,6 B) 1,3,4,5 C) 1,2,3,6 D) 1,2,4,6


Download 313,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish